Научная статья на тему 'JUN TOLASI ASOSIDAGI NOTO‘QIMA MATOLARNING ISSIQ SAQLOVCHI XOSSALARI O‘RGANISH'

JUN TOLASI ASOSIDAGI NOTO‘QIMA MATOLARNING ISSIQ SAQLOVCHI XOSSALARI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
46
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Noto‘qima mato / hajm / zichlik / havo o‘tkazuvchanligi / namlik / qattiklik / issiqlik va shovqin yutish xossalari / egiluvchanlik / Нетканое полотно / объем / плотность / воздухопроницаемость / влагопроницаемость / твердость / теплои шумопоглощающие свойства / гибкость

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, Urozov Mustafokul Kulturaevich, Rustamova Kamola To’ychi Qizi

To‘qimachilik sanoatida noto‘qima matolar ishlab chiqarish va sanoatda foydalanish ko‘lami ortib bormoqda. Noto‘qimalar ishlab chiqarish o‘zining arzonligi, sifatining o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish usullarining xilma xilligi bilan ajralib turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Studying the heat-dying properties of non-woven fabrics based on wool fibers

Увеличиваются масштабы производства и промышленного использования нетканых материалов в текстильной промышленности. Производство нетканых материалов отличается дешевизной, оригинальностью качества, разнообразием способов производства.

Текст научной работы на тему «JUN TOLASI ASOSIDAGI NOTO‘QIMA MATOLARNING ISSIQ SAQLOVCHI XOSSALARI O‘RGANISH»

TEXNOLOGIYA

UDK 677.052.48.3.5

JUN TOLASI ASOSIDAGI NOTO'QIMA MATOLARNING ISSIQ SAQLOVCHI

XOSSALARI O'RGANISH

Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich Paxtasanoat ilmiy markazi, t.f.d., professor

Urozov Mustafokul Kulturaevich Termiz muhandislik texnologiya instituti, t.f.n., dotsent, Е-mail: urazov. mustafo. [email protected]

Rustamova Kamola To'ychi qizi Termiz muhandislik-texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi, E-mail: [email protected]

Annotatsiya. To'qimachilik sanoatida noto'qima matolar ishlab chiqarish va sanoatda foydalanish ko'lami ortib bormoqda. Noto'qimalar ishlab chiqarish o'zining arzonligi, sifatining o'ziga xosligi, ishlab chiqarish usullarining xilma xilligi bilan ajra lib turadi.

Аннотация. Увеличиваются масштабы производства и промышленного использования нетканых материалов в текстильной промышленности. Производство нетканых материалов отличается дешевизной, оригинальностью качества, разнообразием способов производства.

Abstract. The scale of production and industrial use of nonwoven materials in the textile industry is increasing. The production of nonwoven materials is characterized by low cost, original quality, and a variety of production methods.

Kalit so'zlar. Noto'qima mato, hajm, zichlik, havo o'tkazuvchanligi, namlik, qattiklik, issiqlik va shovqin yutish xossalari, egiluvchanlik.

Ключевые слова. Нетканое полотно, объем, плотность, воздухопроницаемость, влагопроницаемость, твердость, тепло- и шумопоглощающие свойства, гибкость.

Keywords. Non-woven fabric, volume, density, breathability, moisture permeability, hardness, heat and noise absorption properties, flexibility.

Kirish Noto'qima matolar ishlab chiqarishda yuqori sifatli tolalarni talab etilmasligi, ikkilamchi xomashyo va chiqindilarni kengroq jalb etish mumkinligi uning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Ikkinchi tomondan qo'llaniladigan jixozlarning unumdorligi ham juda yukori. Odatda noto'qima matolar tolalar, iplar yoki to'qima matolardan iborat bo'lib ularni o'zaro bog'lash yoki mahsus bog'lovchi moddalar yordamida yelimlab biriktirish usullari bilan olinadi.

Noto'qima matoni asosini tashkil etuvchi elementlarni tayyorlash ko'p bosqichli bo'lmagani uchun, hamda bog'lash usullari mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng joriy etish imkonini bergani uchun ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo'ladi. Noto'qima mahsulotlar ishlab chiqarish to'qimachilik sanoatining nisbatan yangi sohasi hisoblanadi.

Noto'qima matolarning o'ziga xos bulgan hajmiy zichligi, havo o'tkazuvchanligi, namlikni o'ziga shimib olish darajasi, qattikligi, issiqlik va tovushni to'sib qolish xossalari, egiluvchanligi, tarkibini bir tekisdaligi, arzonligi ulardan foydalanish ko'lamini va maqsadini belgilaydi.

Noto'qima matolar texnik, maishiy va tibbiy maqsadlar uchun ishlab chikariladi. Texnik maqsadlarda foydalanish uchun filtrlar, brezent, yopqichlar, tozalash (artish) uchun matolar, himoya qatlami, qoplamalar, mahsulotlarni o'rashga va qurilishda ishlatishga mo'ljallangan matolar ishlab chiqariladi. Mexanik texnologiya tashkil etuvchi elementlarni tolalar yoki iplar

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

bilan bog'lab ular o'rtasida ishqalanishni vujudga keltirish yo'li bilan noto'qima mato hosil qilishga asoslangan.

1-rasm. Noto'qima matolar ishlab chiqarish usullari

Ushbu texnologiya bo'yicha tashkil etuvchi asos bo'lgan qatlamni iplar yoki tolalar bilan tikib- to'qilgan matolar, sirtida iplardan halka shaklidagi tuklar hosil qilingan matolar ishlab chiqariladi. Igna sanchish usulida tolalar qatlamini yoki tolalar qatlamini gazlamalar bilan qo'shib matolar ishlab chiqariladi.

Mexanik texnologiya tasniflashga asoslanib baholanganda usullar uncha ko'p emasdek ko'rinsada, aslida har bir usul o'z navbatida xomashyo va matoning tarkibiy tuzilishiga ko'ra xilma xildir. Bunda xomashyo turiga ko'ra bir yoki bir necha tashkil etuvchidan iborat bulishi nazarda tutilgan.

Tadqiqot qismi. Ishlatiladigan xomashyo to'ldiruvchi, asos hamda bog'lovchiga ajratiladi. Ularni turi hamda bog'lash usuli noto'qima mato tuzilishini, tashqi ko'rinishini, fizik mexanik xossalarini, qanday maqsadda ishlatish mumkinligini, amaliy qiymati va umuman xaridor talabiga mosligini belgilaydi.

Hozirgi kunda Respublikamizdagi junni dastlabki ishlash korxonalarining aksariyatida 2BT-150Sh junni titish-tozalash uskunasi ishlatilib kelinmoqda. Jizzax viloyatida "Jizzax jun" hamda Surxondaryo viloyatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan "Xisori mayin jun" xususiy korxonalaridagi titish-tozalash jarayoni tahlil qilindi. Natijada titish-tozalash jarayonidagi texnologik muammolar o'rganildi. Tadqiqot ishlari davomida "Hisori mayin jun" korxonasida xo'jaliklardan olib kelingan mahalliy dag'al jun xomashyosini saralash va navlarga ajratish uchun yuvilmagan jun tolasidan GOST 20576-88 standart talabi bo'yicha namuna olindi.

Transportda keltirilgan junning turli sohalaridan 5 grammdan 12 ta namuna olinib ±0.01 gramm xatolik bilan SAS-600 rusumli elektron tarozida tortildi. Namunalar oq qog'oz ustiga aralashtirilib bo'laklarga ajratildi va diagonol holatda 3 ta 5 grammli namuna qolguncha davom etdi. Qolgan namunalar oq qog'oz ustida orgonoleptik (qo'l yordamida) usulda ranlari bo'yicha tolalar saralandi va ±0.01 grammdan ko'p bo'lmagan xatolik bilan o'ichandi.

Rangli tolalarining massa ulushi (m) foiz sifatida quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi:

bu yerda: mi- rangli tolalar massasi, g; m2- namuna massasi, g.

Yuvilmagan mahalliy dag'al jun tolasi oq, ochiq kulrang, och rangli va to'q rangli navl arga aj rati l adi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

"Hisori mayin jun" MChJ korxonasida o'tkazilgan tajribada Qorako'l zotli qo'y, Hisori zotli qo'y va jaydari qo'y junlari tarkibidagi begona aralashmalar miqdori orgonoleptik usulda namunaga solishtirish orqali o'rganildi va tahlil qilindi (1-jadval).

1-jadval

Mahal iy qo'y juni tarkibidagi ifloslik aralashmalar miqdori

Jun turi Jun tarkibidagi o'rtacha ifloslik, % Tola Namlik

O'simlik aralashmalari Mineral aralashmalar Yog' -ter

Qorako'l zotli qo'y juni 3,0 4,0-14,5 11-12 58-80 10,0

Hisori zotli qo'y juni 3,5-4,4 6,5-15,7 11,5-12,8 54-77 7,2

Jaydari qo'y juni 3,2 5,8 9,7-10,5 56-78 8,0

Mahalliy dag'al jun tarkibidagi ifloslikning miqdori olimlar tomonidan o'rganilgan va begona aralashmalar ulushi 32-47% bo'lishi aniqlangan. Saralangan jun tolasi mexanik usulda titish-tozalash uskunasida titiladi va tozalanadi. Korxonalarda ishlatilayotgan titish-tozalash uskunasining ta'minlash mexanizmi noqulay yasalganligi, bu esa uskunaning ish unumdorligiga, tola sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi va iqtisodiy samaradorlikning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo'lishi aniqlandi. Jun tolasini titish-tozalash uskunasining eng asosiy va murakkab konstrutsiyasiga ta'minlash mexanizmlari kiradi. Uskuna uzluksiz bir me'yorda tola bilan ta'minlanishi, energiya va vaqt sarfi to'g'ri taqsimlanishi uchun ta'minlovchi mexanizmlarni ahamiyati katta.

Metodologik qismi. Titish jarayoni jun tolalarini begona aralashma va iflosliklardan bo'laklarga ajratish, yumshatish va tozalash maqsadida amalga oshiriladi. Titish samaradorligi junni yumshatish darajasi, jipslanib qolgan junlar massasining kamayishi va junni iflosliklardan tozalash darajasi bilan baholanadi. Olib borilgan tajribada junning hajmini aniqlash uchun mahsus idish to'ldiriladi va ustiga 1 m3 hajmdagi jun uchun 10 kg yuk qo'yilgan. Hajm quyidagicha aniqlanadi: jun tolasi idishga qo'l yordamida solinadi, ustiga to'rli qopqoq qo'yiladi va yuk bilan bosiladi. Yukning ta'siri ostida jun tutami siqiladi, so'ng jun tolasi egallagan maydon hajmi aniqlanadi, vazni va jun tolasining hajmiy og'irligi hisoblab chiqiladi, kg/m3. Sig'im hajmi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

bunda, v ~ idishning hajmi sm3;

Vn - idishning silindrik qismining hajmi, sm3;

Vk - idishning konussimon qismining hajmi, sm3.

So'ngra bochkaning bo'sh qismining hajmi hisoblanadi, (sm3)

bunda, H:-idishning bo'sh qismining balandligi, sm.

Junning hajmiy og'irligi g/sm3

9i -9z

(1)

V-K

bunda: g -jun tolasining haqiqiy vazni, g; Vsh - idishning jun solingan hajmi, sm3;

(2)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

g1 -idishning to'liq vazni, kg;

g2 -idishning bo'sh qismining vazni, kg.

Jun tolasining titilish darajasi titilmagan jun tutamlarining vazni bilan ham baholanadi, og'irligi past bo'lsa, tolali material shunchalik titiladi. Jun tolasini titilganlik darajasini aniqlashning yana bir usuli mavjud: Uskunadan chiqqan jun bo'laklari ikkiga: titilgan jun va yaxshi titilmagan jun tolalariga ajratiladi. Solishtirish va taqqoslash yordamida titilganlik ko'rsatkichi aniqlanadi.

To'qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan matolarning turlari juda ko'p bo'lib, to'qimachilik texnologiyasi noto'qima matolar ishlab chiqarish va sanoatda foydalanish ko'lami ortib bormoqda. Noto'qima mahsulotlar ishlab chiqarish to'qimachilik sanoatining nisbatan yangi sohasi hisoblanib, bu turdagi mahsulotlar arzonligi, sifatining o'ziga xosligi, ishlab chiqarish usullarining xilma xilligi bilan ajralib turadi. Matolarning ko'plab turlari to'qimachilik, texnika, qurulish va tibbiyotda qimmatbaho hisoblangan, qisqa muddatli gazlamalar o'rnida foydalanish imkoniyati mavjud.

Tahliliy qismi. Noto'qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi kompleksi uchta asosiy guruhga: mexanik, fizik-kimyoviy va murakkab texnologiyaga bo'linadi. Har bir texnologiya-mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan qayta ishlash, tayyorlash usullari, xomashyoning holatini, xossalarini, ko'rinishini o'zgartirish jarayonlarining o'ziga xos yig'indisidan iborat bo'lib, tayyorlanish usuliga ko'ra tikib-to'qish, igna sanchish, shimdirish, yuqori haroratda presslash kabilarga bo'linadi. Tarkibidagi xomashyo, ishlatilishi maqsadiga ko'ra assortiment, ko'lami juda keng bo'lib, eng katta ulush (umumiy hajmning 22 %) tibbiy va gigienik maqsadlarda foydalanuvchi turlarga tegishli.

Qabul qilingan tasniflashga muvofiq igna sanchish usuli mexanik texnologiyaning tolalardan ipsiz bog'lash usulida noto'qima matolar ishlab chiqarish usullari qatoriga kiradi. Bunday matoda bog'lovchi vazifasini tolalarning o'zi bajaradi.

Ushbu usulda texnik maqsada qo'llaydigan avtomobil, aviatsiya, kemasozlik va qurulish sanoati uchun, jilvirlash va o'rash mahsulotlari tayyorlash uchun to'qimachilik sanoati hamda kiyimlar tayyorlash uchun matolar ishlab chiqariladi.

Matoning tuzilishini tahlil etiladigan bo'lsa, igna sanchish yelim bilan biriktirish silindr shaklidagi kichik bo'shliq hosil bo'ladi. Ushbu silindr atrofidagi tolalar o'zaro chigallashgan, bir-biri bilan turlicha bog'langan holda bo'ladi. Bunda tolalarning bir qismini «faol tolalar», ikkinchi qismini «ishtirokchi» tolalar deb nomlaymiz. Faol tolalar ikki va undan ortiq bog'lanish nuqtalariga ega bo'ladi. Ishtirokchi tolalar ham o'ziga xos bog'lanishda ishtirok etadi, lekin bunday bog'lanish juda bo'sh bo'ladi. Igna qadash yelimlash usulida biriktirish usulida tayyorlangan matolar arzonligi va foydalanishning qulayligi tufayli sanoat tarmoqlarida ommalashib bormoqda. Mato har xil uzunlikdagi sintetik yoki organik iplarni bir-biriga igna bilan zarb berish orqali tasodifiy chalkashtirilib bog'langan.

1-rasm. Igna sanchish usulida biriktirish jarayoni

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Avtomobil sanoati uchun noto'qimalar ishlab chiqarishning uchinchi usulida to'qimachilik iplarini bog'lovchi aralashma yordamida yelimlashga asoslangan. Bunda turli yo'nalishdagi iplar kesishgan nuqtasida bog'lovchi yelim vositasida birikib uzluksiz tizimni, ya'ni matoni tashkil etadi. Ushbu usulda noto'qima mato tayyorlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: iplarni tayyorlash, bog'lovchi aralashmani tayyorlash, bog'lovchini sifaimda yelimni kukun xolatida qo'shish orqali noto'qima matolar tayyorlanadi.

Fizik-kimyoviy usullar bilan olinadigan noto'qima matolar asosan o'zaro bog'lab turuvchi moddalar sifatida yelimlar va bog'lovchi moddalardan foydalaniladi. Yelimli noto'qima matolar keng tarqalgan bo'lib, tolali o'ram (xolst) (1 m massasi 10 dan 1000 g va undan yuqori bo'lgan to'qimachilik tolalarining qavati) hisoblanadi.

Noto'qima matolar-to'qimachilik usullarini qo'llamasdan turib bir-biri bilan o'zaro biriktirilgan tolalar yoki iplardan tashkil topgan to'qimachilik buyumlaridir.

Bu usul bilan olinadigan noto'qima matolar (tezligi 50 m/min va undan yuqori) oraliq qat matolar sifatida, avtomobilsozlik sanoatida issiqlik saqlovchi va shovqindan izolyatsiyalaydigan matolar va boshqalar ko'rinishida qo'llaniladi. Issiq presslash usulida tolalarni birlashtirish

termoplastlar (poliamidlar, polietilen, polivinilxlorid va boshqalar) yordamida mahsus

22

kalandrlarlarda yuqori haroratlar ostida 2 mn/m (20 kgs/sm ) gacha bo'lgan bosim ostida amalga oshiriladi.

Noto'qima matolarning issiqlik saqlovchanlik va shovqindan saqlovchanlik xususiyatlari hisobiga yana bir qo'llanilish doirasiga poyabzal, kiyim, tibbiy mo'ljalga ega bo'lgan buyumlarni ishlab chiqarishda oraliq qat mato sifatida qo'llanilishidir.

Xulosa. Jun asosida avtomobil sanoati uchun noto'qima mato ishlab chiqarish mahalliy jun xomashyosidan foydalanishning muhim manbai hisoblanadi. Jun asosida olinadigan avtomobil sanoati uchun noto'qima matolar to'quv (jakkard) yoki trikotajlardan farqli ravishda kimyoviy ta'sir, namlik va issiqlikning mos kombinatsiyasi orqali tolalarning o'zaro bog'lanishidan hosil bo'lgan struktura hisoblanadi. Tolalar bilan birga xomashyoni tayyorlash, dastlabki qayta ishlash jarayonlarida qo'shilgan yoki hosil bo'lib, ularga ilashgan xas-cho'p va nuqsonlar ham bo'ladi. Toladagi har xil nuqsonlar qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiradi va tashqi sifatlarini pasaytiradi.

ADABIYOTLAR

1. D.Juraev, M.Urozov, N.Urakov, "Junni titish-tozalash uskunasini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish orqali uning ish unumdorligini oshirish"// Namangan MQI, // Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali //Mahsus son №1/2023 y. 25 -29 b.

2. Juraev D.A., Urozov M.K., Yangiboev R.M. Sovershenstvovanie pryadilno-ochistitelnogo uzla sherstyanogo volokna // Universum: texnicheskie nauki: elektron. nauchn. jurn. 2023. 7(112). URL: https://7universum.com/ ru/tech/archive/item/15725 (data obraщeniya: 14.07.2023)

3. D.A.Jo'rayev, M.K.Urozov. "Cleaning the wool fiber from foreign impurities by installing a brush drum in the unwashed wool cleaning equipment" Journal of Textile and Fashion Technology (JTFT) Vol. 13, Issue.2, 5 -8 © TJPRC Pvt. Ltd. Published: Dec 2023, 5-8 s.

4. Рустамова К.Т, Нигматова Ф.У Особенности создания ассортимента смешанных трикотажных полотен плателно-костюмного назначения. International Bulletin of Applied Science and Technology, Volume 3, Issue 4, April, 2023

5. Rustamova K.T To'qimachilik chiqindilarini qayta ishlash uskunalari. "Paxta tozalash, to'qimachilik va yengil sanoat sohalarining texnologiyasini takomillashtirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 2023-yil 20-21-oktabr

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

6. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Boltayeva I.B., Hamrayeva M.F. Use of wool fabrics, classification and coding of wool fabrics // World Bulletin of Public Health. 2022. T 11, S. 68-71

7. Urozov M.K., Toshbekov O.A., Raximova K., Bobomurodov E. Jun tolasi diametri va notekisligi aniqlash. Eurasian Journal Of Academic Research. 2022. Vol 2, № 13. R. 789-791

8. Toshbekov O.A., Urozov M.K., Baymurova N.R., Hamrayeva M.F. Processes of bleaching and discolouring of wool fibers // International journal of social science & Interdisciplinary research issn. 2022. T 11, № 6. S. 231-235

9. Бокижонович, И. (2022). ^учкоров Собиржон Каримжонович. Абдуназаров Элбек Элмуродович, and Ортиков Нозимжон Бокижон Угли." Анор тупларини кумадиган машина уюмлагичининг конструкцияси" Механика и технология, 3(8), 98-102.

10. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.