TEXNOLOGIYA
UDK: 677.026: 677.31
JUN TOLASI ASOSIDA OLINGAN NOTO'QIMA MATOLARNING TURLARI, QO'LLANILISHI VA CHO'ZILISH DEFORMATSIYALANISH TAHLILI
Toshbekov Odil Abdullaevich Termiz davlat universiteti
Mustanova Zilola Abdusamat qizi Termiz davlat universiteti
Qarshiev Baxtiyor Eshqobilovich Termiz davlat universiteti
Annotatsiya. Noto'qima matolar to'qimachilik, aviatsiya va dengiz sanoati uchun ko'plab komponentlarda qo'llaniladigan ovoz yutish xossalariga ega yangi turdagi mahsulot yaratilgan. Noto'qima matolarning yana bir yangi xususiyatlaridan biri olovbardoshlik bo'lib plyonkalar lignin yoki kraxmal bilan aralashtirilgan polilaktik kislota (PLA), ammoniy polifosfatdan iborat bo'lib, kanop yoki jun noto'qima matolarga qoplanadi.
Аннотация. Был создан новый тип продукции из нетканых материалов со звукопоглощающими свойствами, используемых во многих компонентах для текстильной, авиационной и морской промышленности. Еще одной новой особенностью нетканых материалов является огнестойкость. Пленка состоят из полимолочной кислоты (PLA), смешанной с лигнином или крахмалом, полифосфатом аммония и нанесенными на нетканые материалы из конопли или шерсти.
Abstract. A new type of product has been created with non-woven fabrics with sound absorption properties used in many components for the textile, aviation and marine industries. Another new feature of non-woven fabrics is fire resistance. The films consist of polylactic acid (PLA) mixed with lignin or starch, ammonium polyphosphate, and coated on hemp or wool non-woven fabrics.
Kalit co'zlar: dag'al jun, tola, noto'qima mato, to'qimachilik, aviatsiya, dengiz, sanoati, qo'ylar, tuya, cho'zilish, deformatsiya.
Ключевые слова: грубая шерсть, волокно, нетканое полотно, текстиль, авиационная, морская, промышленность, овцы, верблюды, удлинение, деформация.
Key words: coarse wool, fiber, non-woven fabric, textile, aviation, marine, industry, , sheep, camel, elongation, deformation.
Kirish. Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida to'qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan. Prezident bugungi kunda to'qimachilik tarmog'idagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan ta'minlayotganiga e'tibor qaratdi. Bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urug'lik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Xorazm 8 ming gektarga chigitni to'liq ekib bo'ldi. Andijon ekishni yaqinda tugatadi. Qoraqalpog'iston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Farg'onada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi qayd etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida» PF-60-sonli Farmonida "Import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi mavjud bo'shliqlarni to'ldirish orqali 2026 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish..., shuningdek, to'qimachilik sanoati
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish" bo'yicha vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalami aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash hamda chorvachilik mahsulotlariga ixtisoslashgan korxonalarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
To'qimachilik sanoatida noto'qima matolar issiqlikka, ishqalanishga chidamli va shovqin o'tkazmaydigan xususiyatiga ega. Bundan tashqari texnik to'qima, mebelbop, filtrlovchi, texnik matolar tayyorlanadi asosan paxta, jun, sintetik tolalar ishlatiladi.
Jun sanoatida umumiy xomashyo Niderlandiyada 28%, Italiyada 18%, Yaponiyada 7%, AQSHda 5%, Frantsiyada 3% ni tashkil etadi. Xomashyo tarkibi 70-85% chiqindilar tashkil etadi.
Jun tolalaridan iplar ishlab chiqarishda ular tarkibidagi chiqindi va nuqsonlar katta qiyinchiliklar tug'diradi. Jun tarkibida [1] o'simlik qoldiqlari, organik chiqindilar hamda toladagi yog' va ter moddalari, mineral chiqindilar, qirqim davri (kalta tolalar, mayda turli tarkiblar) nuqsonlari uchraydi. Ularning miqdori qo'ylarning zotiga, jun turiga, boqish rejimiga, ozuqa tarkibiga, iqlim sharoitiga va boshqa faktorlarga bog'liq.
Tuya jun tolalarining o'rtacha uzunligi 8-8,5 mm, qo'y jun tolalari 4-4,5 mm bo'ladi. Matoning uzunlik yo'nalishi bo'yicha qalinligi 1,8±0,2 mm bo'lgan tekis qatlamga yotqizilgan va IM-2500 uskunasida igna teshish yoradmida bog'lab mahkamladi. Igna bilan teshib ishlov berish jarayonining texnik ko'rsatkichlari 2,2 m, teshilish chastotasi 280-300 min-1, ignalar orasidagi masofa 8 mm va 5 mm, teshilish zichligi - 6000 m-2, mahsuldorlik - 80-84 m/soat (1-rasm).
1-rasm. Jundan tayyorlangan va igna bilan teshib tayyorlangan noto'qima mato tasviri to'qimachilik chiqindilari asosida olingan namuna matolari ishlab chiqilgan
Noto'qima matolar ayrim usullar yordamida to'g'ridan-to'g'ri tolalardan tayyorlanadi. Mahsulotga yakuniy pardoz berish orqali turli xil xususiyatlarni beradigan qayta ishlash usullari mavjud. SHunday usullardan biri to'r hosil qilish va namlash vaqtida tolalar suvda uzluksiz ishlov berish yoki polimerlar eritilib, bir xil to'r hosil qilinadi.
Texnik jihatdan sifatini aniqlashda tolalarning bir biri bilan birikishi asosiy omil hisoblanadi. Noto'qima matolarning mustahkamligi va qattiqligi to'qima matolarga nisbatan pastroq bo'lsada, tannarxi arzonligi va yuqori deformatsiya va issiqlik energiyani yutish qobiliyatiga aloxida ajralib turadi [2,3].
Ovoz yutuvchi matolar ishlab chiqarish uchun bugungi kunda jun tolalardan ikki xil qalinlikdagi kigizlar ishlab chiqarilgan [4]. Bundan tashqari xalqali yigirilgan iplardan gilam olindi. Impedans trubkasidan foydalangan holda tovushni yutish koeffetsenti o'lchanadi va
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
shovqinni kamaytirish koeffetsenti hisoblab chiqiladi. Ikkala turdagi iplar uchun balandligi 12 dan 16 mm gacha oshirilganda, NRC 0,4 dan 0,42 gacha ko'tarildi. Mahalliy jundan tayyorlangan matolar yaxshi singdirish qobiliyatiga ega [5].
Noto'qima matolarning cho'zilish deformatsiyasi o'rganilib, birinchi namunada noto'qima matolarda qayishqoq deformatsiya tarkibi kamayib, plastik (qoldiq) deformatsiya tarkibi ortayotganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalarining ahamiyatliligi mezon bo'yicha solishtirildi. Noto'qima matolarining qayishqoq deformatsiyasi bo'yicha ikkinchi namuna asosida olingan noto'qima matoning ko'rsatkichlari boshqa tarkibli ikkilamchi xomashyodan olingan noto'qima matolarning ko'rsatkichlariga nisbatan yaxshi ekanligi aniqlandi [6].
Jundan noto'qima matolarni ishlab chiqarishda quy junlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Qalinligidagi aniq o'zgarishlar ko'p hollarda noto'qima matolarni ishlab chiqarish uchun qulaydir. Kigiz ishlab chiqarishda tolalarni oddiy mexanik ravishda o'zaro bog'lab qo'yish natijasida tolalar bir-biriga bog'lanib to'qiladi, zichligi o'rtacha 0,7 g/sm gacha bo'lgan o'lchamli matolar xossalari aniqlangan [7]
Noto'qima matolarni yana bir jihatdan tolalar yoki filamentlar, turli xil mexanik, termal va yoki kimyoviy jarayonlar orqali bir-biriga bog'langan qatlam yoki to'r konstruksiyalari deb hisoblash mumkin. Ular to'g'ridan-to'g'ri alohida tolalardan yoki eritilgan plastmassa yoki plastmassa plyonkadan tayyorlanadi. Filamentlarning bog'lovchi iplarini o'z ichiga olgan trikotaj, tikuv bilan biriktirilgan yoki ho'l frezalash yo'li bilan kigizlangan hamda qo'shimcha ignali jarayonlarn juda muhim qismidir [8].
Noto'qima matolar to'qimachilik, aviatsiya va dengiz sanoati uchun ko'plab komponentlarda qo'llaniladigan ovoz yutish xossalariga ega yangi turdagi mahsulot yaratilgan
[9].
Noto'qima matolarning yana bir yangi xususiyatlaridan biri olovbardoshlik bo'lib plyonkalar lignin yoki kraxmal bilan aralashtirilgan polilaktik kislota (PLA), ammoniy polifosfatdan iborat bo'lib, kanop yoki jun noto'qima matolarga qoplanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi qurilish muntazam foydalanish uchun FR PLA plyonkalari bilan himoyalangan yong'inga chidamli va mexanik xususiyatlarini o'rganilgan. Gorizontal va vertikal holatlarda olovni kamaytirish uchun olib borilgan testlar shuni ko'rsatadiki, noto'qima matolarning yonuvchanlik xususiyatlarining sezilarli darajada kamayganligini ko'rsatadi [10].
E-10' f N
6 5 i 3 2 1
0 5 10 15 20 25 30 35 iO e %
2-rasm. № 1 noto'qima matoning eni bo'yicha cho'zilishdagi deformatsiya modulining nisbiy deformatsiyaga bog'liqligi.
Noto'qima matoni eni bo'yicha cho'zishida, shuningdek, deformatsiyalanish jarayoni boshida, noto'qimaning yumshoq strukturasi unchalik qarshiliklarsiz zichlashadi, shuning uchun deformatsiya 0 dan e* gacha ko'rsatkichida deformatsiya modulining intensivligi
E„
C
i i
1 i F 1 * 1
E-Vr—
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
E = E*qiymatgacha kamayadi. CHo'zilish davomida noto'qima mato strukturasi zichlashadi, deformatsiya moduli ko'rsatkichi ortadi s = sk va E = Ek da yirtiladi. Ushbu E(s) o'zgarish
eni bo'yicha noto'qima matoning o'ziga xos tarkibiy tuzilishiga bog'liqligi bilan tushuntiriladi.
Bu yerda, traektoriya bo'ylab deformatsiyalanish jarayoni qovushqoq-plastik hisoblanadi[l 1].
[-v. /v
A
L \
\
V
20
25
30
35
3-rasm. № 2 noto'qima matoni eni bo'yicha cho'zilishdagi deformatsiya modulining
nisbiy deformatsiyaga bog'liqligi.
А ^к
y
L ^Sl 1 *
20 25 30 35
c. %
4-rasm. № 3 noto'qima matoni eni bo'yicha cho'zilishdagi deformatsiya modulining
nisbiy deformatsiyaga bog'liqligi.
Parametrlar qiymatining o'zgarishi, noto'qima matoning eni bo'yicha cho'zilishdagi E(s) funktsiyani o'zgarishi 1-jadvalda keltirilgan. Bu yerda ham sN & 0 ko'rsatkich orqali Ye=EN aniqlanadi [16].
1-jadval
Noto'qima matoni eni bo'yicha cho'zilishdagi deformatsiyalanashning turli
Deformatsiyalanish parametrlari va ularning ko'rsatkichlari Noto'qima mato namunalari
№1 №2 №3
En , N 490,0 220,0 340,0
E, N 30,0 16,0 13,0
s, % 4,0 1,8 3,8
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Ek, N 180,0 320,0 370,0
ek, % 28,0 27,5 31,0
1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, noto'qima matoning strukturasida jun miqdorining ko'payishi s = sk va E = Ek da yirtilish momentida deformatsiya modulining ko'payishiga olib
keladi. Noto'qimaning barcha namunalarida e* va sk parametrlarning ko'rsatkichlarida
eksperimentlar oralig'ida taxminan bir xil bo'lib qolmoqda[12].
1-3-rasmda va 1-jadvalda keltirilgan natijalar shuni ko'rsatadiki, noto'qima matolar eni bo'yicha cho'zilishda yuqori pishiqlikni namoyon qiladi va barcha deformatsiyalanish jarayonida nochiziqli qayishqoq deformatsiyalanadi.
Yuqoridagi natijalardan ko'rinib turibdiki, F(e) tajriba diagrammalarida olingan E(e) bog'liqliklar noto'qima matoning deformatsiya bosqichini aniqroq aks ettiradi. SHuni ta'kidlash kerakki, da taklif qilingan deformatsiyaning qayishqoq, qayishqoq plastik va qovushqoqlik bosqichlarini aniqlash va baholash usuli noto'qima matolarining deformatsiyalanishidagi holati va mexanik xususiyatlarini o'rganish uchun samarali va vizual usuldir[13].
Biroq, noto'qima matolarning mexanik xususiyatlarini aniqlashning eksperimental usullari ko'proq vaqt va xarajatlarni talab qiladi. Ushbu holat yuqoridagi natijalarga asoslanib, noto'qima matoning mexanik xususiyatlarini baholashning nazariy usulini ishlab chiqishni talab qiladi[14].
Ko'rsatkichlar em = 12% yoki e = 0,12 bo'lganda Fm formula bo'yicha Fm = 15,8 N ga
teng bo'ladi. Bunda bo'yicha y = 2 va ¡i = 10 s-1 deb qabul qilingan. y va ¡ parametrlari shu
ko'rsatkichlarida, (3) bo'yicha ek = 1,3 va E¿ = 46 N bo'lsa Fk = 47,1 N ni olamiz. Bu 4.1-
rasmdagi diagramma bo'yicha Fm va Fk ko'rsatkichlari mos holda Fm = 15 N va Fk = 47,28 N
ga teng. Bu (2) tenglamalarni [17] noto'qima matoni qayishqoq deformatsiyalanishini bashorat qilish uchun loyiqligidan dalolat beradi[15].
SHundan kelib chiqib, noto'qima matoni uzunligi bo'yicha cho'zilishida deformatsiya ko'rsatkichi eJ = 17,5% bo'lsa, noto'qima mato qayishqoq deformatsiyalanadi. Eni bo'yicha
cho'zilganda esa qayishqoq deformatsiya eckp = 1,08% deformatsiyada saqlanadi. E5 va ED deformatsiya moduli ko'rsatkichlariga bog'liq holda, hamda y, ¡ va tk ko'rsatkichlarini (2) va (3) formulalar bo'yicha ruxsat etiladigan yukni aniqlash mumkin. Bunda noto'qima mato dastlabki shakli va strukturasini saqlab qoladi[18].
Xulosa. Olingan noto'qima matolarning yaxshilangan hamda to'qimachilik, aviatsiya va dengiz sanoati uchun ko'plab komponentlarda qo'llaniladigan ovoz yutish xossalariga ega yangi turdagi mahsulot yaratilgan. Ushbu izolyatsion matolar asosan to'qimachilik sanoatida, qurilish, qishloq xo'jaligi va bog'dorchilik o't o'chiruvchilar uchun himoya kiyim sifatida ishlatish mumkin. So'nggi paytlarda issiqlik izolatsiyasi energiyani tejash uchun juda muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqgan dag'al jun tolasidan tayyorlangan noto'qima matoning uzunligi bo'yicha cho'zilishda deformatsiya ko'rsatkichi Yem=17,5 bo'lsa, noto'qima mato qayishqoq deformatsiyalanishi aniqlandi, eni bo'yicha cho'zilganda esa qayishqoq deformatsiya 1,08% deformatsiyalanishi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. B.Qarshiev O.A. Toshbekov, SH.Q. Ermatov. Recpublikamizda etishtiriladigan qo'y zotlaridan olinadigan jun tolalarining tadqiqi AGRO ILIM http:// qxjurnal.uz/load/ jurnal_2023/agro_ilm_ 2023_yil_6_son_95_ yuklab olish/12-1-0-533.
2. http://old.qashqadaryogz.uz/qashqadaryo/articles/view/?article id=980
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
3. ITD-15-115 ilmiy tadqiqot ishining hicoboti Mahalliy jun tolalarining xucuciyatlarini tadqiqi acocida ularni uzunligi hamda yo'g'onligi bo'yicha caralash va ip yigirishga tayyorlash texnologiyacini yaratish C.A.Yucupov, Toshkent, 2009, 40 b.
4. ГОСТ 7939-79 Шерсть овечья немытая грубая классированная. Технические условия.
5. Feiz M., Norouzi H. Dyeing studies of wool fibers with madder (Rubia tinctorum) and effect of different mordants and mordanting procedures on color characteristics of dyed samples // Fibers and Ро1утеге. 2014. Vol 15. № 12. С. 2504-2514.
6. Rafikov A, Mirzayev N, Alimkhanova S. Multilayer nonwoven lining materials made of wool and cotton for clothing and footwear // Journal of Industrial Textiles. 2022. № 4. С. 6173-6194.
7. Toshbekov O.A., Ermatov SH.Q. Dag'al jun tolaci acocida noto'qima matolarning ishlab chiqarish texnologiyacini tadqiqi // Farg'ona politexnika inctituti. Ilmiy-texnika jurnali. 2023.T-27, № 3. 95-99 b.
8. Тошбеков O.A., Урозов М.К. Исследование параметров строения жаккардовых тканей // Илмий ва иннoвatsiя фаолиятни ривожлантириш буйича давлат бошкаруви тизими такомиллаштириш-давр талаби. IV - Халкаро конферинция. 18-декабир 2020. 114119 б.
9. Toshbekov O.A., Urozov М.К., Boltayeva I.B., Hamrayeva M.F. Use of wool fabrics, classification and coding of wool fabrics // World Bulletin of Public Health. 2022. Т 11, C. 6871.
10. Urozov M.K., Toshbekov O.A., Raximova K. Junni qalinligini cinovdan o'tkazish ucullari. Eurasian Journal Of Academic Research. 2022. Ш 2, № 13. R. 784-788.
11. Toshbekov O., & Muctonova Z. Olingan noto'qima matoning ishqalanishga chidamliligini va shovqinni yutishga yuqori moclashuvchanlik xoccalarini aniqlash. Evraziyckiy jurnal akademicheckix iccledovaniy, 3(12 Rart 2), 2023.217-221.
12. Toshbekov O., Raximqulova C. Dag'al jun tolalari acocida olingan (avtomobil, aviyatciya, kemacozlik) canoati uchun qo'llanilgan noto'qima mato tayyorlash. Evraziyckiy jurnal akademicheckix iccledovaniy, (2023). 3(12 Rart 2), 211-216.
13. Toshbekov, O., Urazov, M., Ermatov, S., & Khamraeva, M. 2023). Efficient and economical energy use technology in the processing of domestic coarse wool fiber. In E3S Web of Conferences (Vol. 461, p. 01068). EDP Sciences.
14. M.K. Urozov, O. A. O.X. Kulmuminov, & IB. Boltayeva. (2021). Obtaining Pacs from Cellulose of Sunflower Plants, Saflor and From Waste of The Textile Industry. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2, 191-193.
15. O.A.Toshbekov, I.A.Nabiyeva, M.K.Urozov, D.A.Alikulova, S.A.Xolmurodova. Technology Of Wool Fiber Washing and Oil Removal. Texas Journal of Multidisciplinary Studies. 2021y. T-2. 189-190.
16. Toshbekov, O. A., Urozov, M. K., Juraqulov, E. N., & Raximqulova, S. A. (2021). Mechanical and Chemical Processing of Wool Fiber TECHNOLOGY. International Journal on Integrated Education, 4(9), 145-146.
17. Urozov, M. K., O. A. Toshbekov, and K. Raximova. "Junni qalinligini sinovdan o'tkazish usullari." Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy 2.13 (2022): 784-788.
18. Тошбеков O. Болтаева И. Технологический принцип производства нешерстяных тканей в акоци. Евразийский журнал академических исследований, 2024. 4(4), 118-124.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son