Научная статья на тему '“JUDOLIK DIYORI” ROMANIDA TAKRORIY SO’ZLARNING QO’LLANILISHI'

“JUDOLIK DIYORI” ROMANIDA TAKRORIY SO’ZLARNING QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til va uslub / iboralar / takror / lingvistika / so’zlashuv nutq / personaj.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunova Sanobar

Ushbu maqolada Murod Mansurning ”Judolik diyori” romanining o’ziga xosligi, badiiy asar tili, takroriy so’z va iboralardan foydalanganligi tahlilga tortiladi. Bundan tashqari adib asarda personaj nutqini yuksak mahorat bilan ko’tarinki ruhda bo’lishini ta’minlashda takror san’atini qo’llaganligi va turli xil so’zlardan samarali foydalanganligi to’g’risida bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“JUDOLIK DIYORI” ROMANIDA TAKRORIY SO’ZLARNING QO’LLANILISHI»

"JUDOLIK DIYORI" ROMANIDA TAKRORIY SO'ZLARNING

QO'LLANILISHI

Tursunova Sanobar Najmiddinovna

Alisher Navoiy nomli O'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada Murod Mansurning "Judolik diyori" romanining o'ziga xosligi, badiiy asar tili, takroriy so'z va iboralardan foydalanganligi tahlilga tortiladi. Bundan tashqari adib asarda personaj nutqini yuksak mahorat bilan ko'tarinki ruhda bo'lishini ta'minlashda takror san'atini qo'llaganligi va turli xil so'zlardan samarali foydalanganligi to'g'risida bayon etiladi.

Kalit so'zlar: til va uslub, iboralar, takror, lingvistika, so'zlashuv nutq, personaj.

A6crpaKTHbrn. В данной статье анализируется своеобразие романа Мурада Мансура «Жудолик диёр», язык художественного произведения, использование повторяющихся слов и словосочетаний. Кроме того, в литературном произведении отмечается, что персонаж использовал искусство повторения и эффективно использовал различный слова для того, чтобы речь персонажа была в высоком духе.

Ключевые слова: язык и стиль, словосочетания, повтор, лингвистика, разгованая речь, характер.

Abstract. This article analyzes the originality of Murad Mansur's novel "Judolik Diyar", the language of the work of art, and the use of repeated words and phrases. In addition, in the literary work, it is stated that the character used the art of repetition and effectively used various words to ensure that the character's speech was in a high spirit.

Key words: language and style, phrases, repetition, linguistics, conversational speech, character.

Ma'lumki, badiiy asarni jonli qiluvchi kuch bu- badiiy tildir. Badiiy adabiyot tilining o'ziga xos xususiyatlarini belgilovchi omillarlardan biri, badiiy asar tilining ta'sirchanligi bilan bog'liqdir.

Badiiy asar tilining ta'sirchan bo'lishida til elementlaridan mahorat bilan foydalanish muhimdir. Bu o'z -o'zidan har bir yozuvchining so'z qo'llash mahorati, uning har bir so'zdan unumli foydalanish darajasini belgilaydi.

Prof. H.Umurov to'g'ri ta'kidlaganidek,"... badiiy asar tili oqar daryo.Uni o'rganish ham uzluksiz harakatni taqozo etadi. Hayot va suv (adabiyot va so'z) bir-biriga shunchalik zarurki, bir-birisiz yashay olmaydi; bir-birisiz yaratish qudratiga ega bo'lmaydi"

Aslida badiiy asarning barcha komponentlari yozuvchi tili bilan yaratiladi.Yozuvchi manzara yaratadimi, obrazlar siymosini chizadimi yoki bo'lmasa tabiyat tasvirini, personajlar ichki kechinmalarini yoritadimi, bularning barchasi yozuvchi tili va uslubi orqali ro'yobga chiqadi.

Murod Mansurning "Judolik diyori" romani tilidagi jozibadorlik, matnlardagi mahzunlik va ta'sirchan ifodalanishi bilan, kitobxonni o'ziga jalb qiladi. Har bir yozuvchining o'ziga xos uslubi mavjud, bu uslub uning so'zida, nutqida namoyon bo'ladi.

Murod Mansur "Judolik diyori" romani tilining go'zal, jozibador bo'lishini ta'minlovchi tasviriy vositalardan biri bu takrordir. Takrorlar uslubshunoslikning o'rganilishi kerak bo'lgan asosiy ob'ektlardan biridir. Takror bo'yicha o'zbek tilshunosligida qisman tahlil qilingan. Biz bu o'rinda Z.O'rinboyev4ning nomzodlik dissertatsiyasini aytib o'tishimiz mumkin.

Takrorlar o'zbek tilshunosligida turli xil yo'l bilan o'rganilgan bo'lsa-da, uslubiy jihatdan fikrlar yetarli darajada tahlil etilmagan. Shu bilan bir qatorda takrorning badiiy asar tilida qay darajada qo'llanishini alohida aytib o'tish lozim. Talantli yozuvchi Murod Mansur o'z personajlari nutqini yuksak mahorat bilan ko'taringki ruhda bo'lishini ta'minlashda takror san'atida qo'llaydi. "Bir tutam qish kunlari ish bilan, yugur-yugur, idora yumushlari bilan o'tadi-ketadi" (Birinchi kitob, 218).

"Men Nusrat pochchaning shunaqa kuyib-pishib, o'tirgan joylarida o'tirolmay, hech kimning betiga qaramagancha, qo'llarini paxsa qilib, silkiy-silkiy gapirganlarini ko'rmagan edim"(Ikkinchi kitob, 226).

"Bosib-bosib ikki payola choyni ichvordilar u yana avvalgi hollariga qaytdilar-qo'ydilar" (Ikkinchi kitob, 226).

Keltirilgan matnlarda yugur-yugur, silkiy-silkiy, bosib-bosib takrorlari badiiy ta'sirchanlikni oshirish va o'ziiga xos tarzda ta'kidni kuchaytirishni yuzaga keltirish uchun ishlatilgan. Takrorlarni xarakterga xos tarzda ifodalanishi romanning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Xususan, yuqoridagi matnlarda yugur-yugur so'zlariini takrorlash orqali yozuvchi badiiy ta'sirchanligini oshirgan.Bunda davomiylikni ifoda etish ma'nosi o'z ifodasini topadi. Silkiy-silkiy, bosib-bosib takrori ham ma'lum bir maqsadda o'ziga xos tarzda ishlatilgan. Bu takrorlar matnda qahramonning holatini yanada namoyon qilish jarayonida qo'llanilgan.

Mazkur takrorlar matnda ishtirok etibgina qolmay, balki uning uslubiy qimmatini oshirishga harakat qilgan.

Takrorlar tilshunoslikda parallel holatni yuzaga keltiruvchi nutqiy tushuncha hisoblanib, uni nutq jarayonida yuzaga keluvchi lingvistik vosita sifatida o'rganish zarur. Takrorlar nutqda ekspressiv-emotsionallikni oshiruvchi tasviriy vosita

4 Уринбоев З. O словах- повторях узбекского язык.-Tашкент: Фан, 1981. -с.20-27.

hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir ijodkor undan mahorat bilan foydalanadi. Murod Mansurning ham takrorlardan shu maqsadda foydalanganligini ko'ramiz. Masalan: Soli dami ichiga tushib turibdi-yu, o'lganining kunidan: "Mayli-mayli, -deb valdiraydi" (Birinchi kitob, 181)

Odatda bu kabi takrorlar emotsiyaning kuchli bo'lishini ta'minlash bilan bir qatorda, so'zlovchining o'zi ifodalayotgan fikrga nisbatan munosabatining kuchli ekanligini ham tasvirlaydi.

Demak, Murod Mansur ijodini o'rganish jarayonida ham so'zlashuv nutqiga oid bir qator takrorlardan foydalangani kuzatildi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin-ki, yozuvchi umumxalq tilini puxta egallay olgan va o'z asari tilini boyitishda so'zlashuv nutqi unsurlaridan foydalana bilgan. Masalan: "Bilaman, bilaman, lekin bu yoqda ayamgilarni ko'ndirolmasam... "(Birinchi kitob, 189)

Keltirilgan misollarda bilaman takroriy so'zlari so'zlashuv nutqiga xos bo'lib, jonli xalq tiliga xos tarzda bo'lishini ta'minlagan. Ma'lumki, takrorlar badiiy tilning ta'sirchan bo'lishini ta'minlovchi vositalardan biridir. Takrorlar tasviriy vosita sifatida badiiy tasvirlashni ham yuzaga keltiradi. Biz buni yozuvchi Murod Mansur ijodiga xos bo'lgan ayrim manzara tasviri orqali ko'rib o'tish mumkin. Masalan:

"Shunda oblochining Akmal o'ris chaqirtirgan ekan",-degan shivir-shivir yurib qoldi. Keltirilgan misolimizda shivir-shivir takrorini turli xil yo'l bilan tahlil asosida izohlab berish mumkin, bunda "shivir" so'zining tasviriylik xususiyati ham mavjud. Uni takrorlash asosida taqlid so'z yuzaga keltirgan. Chunonchi, shivir-shivir so'zlar eshitildi, yomg'ir shivir-shivir yog'di, deb ishlatishimiz mumkin. Matnda "shivir-shivir yurib qoldi" iborasi "shivir-shivir gap-so'zlar yuribdi" ma'nosida kelgan. Ana shu matndagi "shivir-shivir" takrori badiiy tasvirni kuchli ifoda etganligi bilan ham xarakterlidir.

Bundan tashqari, yozuvchi ijodida o'tir-o'tir, kelgani-kelgan, o'tirgani-o'tirgan turdagi ko'rinishlari, ularning ta'kidini yanada kuchaytirish uchun ishlatilganligi kabi holatlar keng yoritib berilgan. Masalan: "Nima izlaydi, nimadan ko'ngil uzolmaydi, miq etib birovga og'iz ochsa-chi, yo'q! Har kuni kelgani-kelgan, o'tirgani-o'tirgan" (Birinchi kitob, 95).

"O'tir, o'tir ovsar, birov namoz o'qiyotgan paytda tik turmaydilar" (Birinchi kitob, 143).

Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini ko'rsatuvchi dalillardan biri takrorning o'ziga xosligi yoritilgan o'rinlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunday holatni, masalan, Maqsudxo'janing Sultonmurod akasining tasvirida yaqqol ko'rish mumkin:

"Sultonmurod akam burilib, ishkom ichiga kirib ketdiyam tepa tomondan otlar dupuri ko'tarilib, tuproq ko'cha bilan biz tomon shitob yaqinlashib kela boshladillar. Vo ajab! Ko'cha pastlab qayrilgan joyda tuyoq ovozlari ham susayib, yo'q bo'lib

ketar, xiyol o'tmay, bu burilishdan gumbirlab chiqib kelar edi. Uzog'i bilan besh yo oltita otliq. Ammo vahimasi olamni buzadi, qirq-ellik ot dupir-dupir, dupir-dupir bilan kelayotgandek". (Birinchi kitob, 218)

Shunday qilib, yozuvchi ijodida takroriy so'zlar qay holatda qo'llanilishidan qat'iy nazar, o'z qimmatiga ham egadir.

Bir so'z bilan aytganda, yozuvchi asarida qo'llanilgan har bir takroriy so'z uslubiy va nutqiy qimmatga ega bo'lib, Murod Mansur bu vositadan imkon qadar bevosita va bilvosita foydalanishga harakat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Абдуллаев Ф. Фонетика Хорезмских говоров. - Ташкент: Фан, 1967. -210 с.

2. Yo'ldoshev M. Cho'lpon so'zining sirlari. Toshkent, "Ma'naviyat" 2002-yil, 5-55- бетлар.

3. Murod Mansur.Judolik diyori.Birinchi kitob. Toshkent, 2007-yil.

4. Murod Mansur.Judolik diyori. Ikkinchi kitob. Toshkent, 2007-yil.

5. Badiiy nasr tili va davr //"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi (19.XII.2008).

6. Karimov S. O'zbek tilining badiiy uslubi Т, 1983-йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.