Научная статья на тему 'Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari'

Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2224
220
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy matn / nobadiiy matn / estetik vazifa / umumxalq tili / badiiy boʻyoqdor soʻzlar / badiiy nutq / adabiy til / badiiy nasr tili

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yunus Jummayevich Davidov

Ushbu maqolada badiiy nasr tili va adabiy tilining koʻrinishlari boʻlgan ilmiy, rasmiy, publitsistik uslublardan farqli jihatlari keltirilgan. Badiiy asarlar xalq tilidagi nafis, ta’sirchan jihatlarini oʻzida namoyon etib, ta’sir kuchini oshirishi, estetik zavq berishi bilan xalq tilining goʻzalligi va badiiyligi, tabiiyligi va milliyligini aks ettiradi. Adabiy til normasining shakllanib, rivojlanib borishida badiiy asar tili alohida oʻrin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari»

Badiiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari

Yunus Jummayevich Davidov davidov_yunus@tersu.uz Termiz davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy nasr tili va adabiy tilining ko'rinishlari bo'lgan ilmiy, rasmiy, publitsistik uslublardan farqli jihatlari keltirilgan. Badiiy asarlar xalq tilidagi nafis, ta'sirchan jihatlarini o'zida namoyon etib, ta'sir kuchini oshirishi, estetik zavq berishi bilan xalq tilining go'zalligi va badiiyligi, tabiiyligi va milliyligini aks ettiradi. Adabiy til normasining shakllanib, rivojlanib borishida badiiy asar tili alohida o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: badiiy matn, nobadiiy matn, estetik vazifa,umumxalq tili, badiiy bo'yoqdor so'zlar, badiiy nutq, adabiy til, badiiy nasr tili

Specific features of artistic speech

Yunus Jummayevich Davidov davidov_yunus@tersu.uz Termiz State University

Abstract: This article presents the different aspects of artistic prose language and literary language from scientific, official, journalistic styles. The works of art reflect the beauty and artistry, naturalness and nationalism of the folk language by showing the elegant and impressive aspects of the folk language, increasing the power of influence and giving aesthetic pleasure. The language of an artistic work occupies a special place in the formation and development of the literary language norm.

Keywords: artistic text, non-artistic text, aesthetic task, universal language, artistic colorful words, artistic speech, literary language, artistic prose language

Har bir matn ma'lum bir ma'no anglatadi va turli xil axborotlarni yetkazadi. Axborotni qay tarzda yetkazishiga ko'ra matnlar bir necha turga ajratiladi. Matnlarda umumxalq tilining yutuqlari umumlashadi. Bu esa matnni filologik yo'nalishda o'rganish lozimligini ko'rsatadi. "Badiiy asar tarkibida so'zlar sehrli va maftunkor raqqosalarga o'xshaydi", - degan edi rus yozuvchisi M.Prishvin. So'zlardagi ana shunday xususiyatni to'g'ri anglash va ularning estetik qimmatini izohlash maqsadida badiiy asar tili keng o'rganilgan va o'rganilmoqda.

Barcha nutq uslublari kommunikativ vazifa bajaradi. Ya'ni ma'lum bir axborot tashiydi. Ayrim nutq uslublari kommunikativ vazifadan tashqari ekspresiv vazifaga ham egadir. M.Yuldashev badiiy matnning nobadiiy matndan farqini quyidagicha izohlaydi: badiiy matnda muallifning o'quvchi yoki kitobxonga estetik ta'sir qilish maqsadi birinchi planda tursa, noadabiy matnda muallifning asosiy maqsadi o'quvchi yoki kitobxonga kommunikativ ta'sir qilishi, noadabiy matnda muayyan axborotning mazmuni va uning ifodasi birlamchi bo'lsa, badiiy matnda shu axborot vositasida aytilmoqchi bo'lgan fikr-g'oyaning estetik ta'sirli ifodasi mutlaqo hal qiluvchi ekanligi ta'kidlangan.1 Demak, badiiy matn nobadiiy matndan, avvalo, estetik ta'sirchanligi bilan farqlanadi. Garchi barcha matnlar kommunikativ vazifa bajarsa-da, axborotni qay tarzda yetkazishiga, til vositalarining qo'llanish ko'lamiga ko'ra o'zaro farqlanadi.

Professor B.Umurqulov ...badiiy nutq adabiy til taraqqiyoti yo'llarini aniqlab berishda muhim ahamiyatga egaligini, badiiy nutq adabiy tilni rivojlantituvchi manbalardan biri bo'lganidek, adabiy normani shakllantirib boruvchi, adabiy til uchun yangi normativ vositalarni tavsiya etuvchi nutq ham ekanligini ta'kidlaydi2. Darhaqiqat, badiiy nutq adabiy tilni rivojlantiruvchi manbalardan biridir, shevaga oid so'zlar ham adabiy tilga badiiy nutq orqali kirib keladi. Tasviriylik va hissiylik badiiy matnning asosiy xususiyatlaridandir. Chunki yozuvchi tabiiy va ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo'lib, shu borliqning mohiyatini ochib ko'rsatish maqsadida turli-tuman lug'aviy birliklardan, badiiy obrazlar, adabiy tilning tasviriy vositalari va nozik qirralaridan to'iq foydalanadi.3

Fedorov tilda estetik vazifa mavjudligini, ammo uning namoyon bo'lish darajasi matn tuzuvchining maqsadi bilan bog'liq holda farqli bo'lishini qayd etib ilmiy va badiiy matnni quyidagicha taqqoslaydi: Ilmiy va badiiy matndagi muallifning maqsadi bir-biridan tamoman farq qiladi. Ilmiy matn muallifining asosiy e'tibori axborot berish, bildirish, tegishli qoidalarni ishlab chiqish va umumlashtirish, ilmiy yangiliklarni isbotlash, dalillash, muayyan qonuniyatlardan tinglovchi yoki o'quvchini xabardor qilishga qaratilsa, badiiy matn ijodkorining maqsadi tinglovchi yoki o'quvchining his-tuyg'ulariga ta'sir qilish, uning ruhiy olamini zabt etishdan iborat bo'ladi. Shuning uchun ham ilmiy matnda fikrning mantiqiy, aniq, ikki xil talqinga yo'l bermaydigan ifodasi taqozo etilsa, badiiy matnda fikrning obrazli, ko'pma'noli ifodasi birinchi planda turadi.4 Badiiy asar tili adabiy tilning o'ziga xos ko'rinishidir. Badiiy uslubda adabiy tilning shakllanishi va tarqqiyoti bilan bog'liq juda keng imkoniyatlar mavjud. P.Qodirov "Tirik jonlarning unib-o'sishi uchun toza havoning ahamiyati qanchalik katta bo'lsa, adabiyotimizning ravnaqi uchun chinakam badiiy tilning ahamiyati ham

1 Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоетик тадкики. Филол. фан.док. дисс. -Т.2009. -99 б

2 Умуркулов Б. Бадиий наср жозибаси.-Т. "Muharrir nashriyoti", 2021. 6-бет

3 Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний та^лил. Тошкент, "Укитувчи".1995.5-бет

4 Федоров А.И Образня речь. -Новосибирск: Наука, 1985. -С. 11

shunchalik zo'r"5 darhaqiqat, badiiy nutqda so'z turli jilolari bilan tabiat va jamiyatdagi voqelikni butun borlig'icha tasvirlaydi. Badiiy nutq xalq tilining o'ziga xos ifodali bir ko'rinishidir. Professor B. Umurqulov har qanday xalq tili va badiiy adabiyot xalqning dunyoqarashi, psixologiyasi va tarixiy taraqqiyotini o'zida aks ettirishini, shu sababli xalq tili va badiiy adabiyot o'rtasida muayyan bog'liqlik mavjudligini, badiiy nutq ham xalq tili asosida vujudga kelib, uning bitmas-tuganmas imkoniyatlarini namoyon qiluvchi vosita ekanligini6 qayd etadi. Badiiy asarlar xalq tilidagi nafis, ta'sirchan jihatlarini o'zida namoyon etib, ta'sir kuchini oshirishi, estetik zavq berishi bilan xalq tilining go'zalligi va badiiyligi, tabiiyligi va milliyligini aks ettiradi. Milliy til madaniyatining yuksak fazilatlarini o'zida namoyon etgan baddiy ijod tili o'z navbatida umumxalq tilidagi vositalar va me'yorlar tarqqiyotiga ham ijodiy va ijobiy ta'sir etadi. Badiiy adabiyot tiliga bo'lgan qiziqish va munosabat inson dunyoqarashini o'stira boradi, nutqiga barakali va ijobiy ta'sir etadi. Shuningdek badiiy asar tilida nutqning o'ziga xos ifodalanish nozikliklari, yo'llari, so'zlarning badiiy, stilistik, ekspressiv, emotsional bo'yoqli ifoda usullari aks etadi.7 Yana shuni ham alohida ta'kidlash joizki, tilninig o'ziga xos estetik vazifasi faqat badiiy matnda emas, undan boshqa matnlarda ham kuzatilishi mumkin. D.N.Shmelev tilning estetik vazifasi faqat badiiy asardagina namoyon bo'lmasligini, bizning diqqatimiz jumlaning shakliga, fikr qay tarzda ifodalanganligiga qaratilgan har onda biz aynan shu vazifaning harakati doirasiga kirishimizni8 qayd etadi.

Olimning ta'kidlashicha, so'zlovchi o'z nutqining tashqi shakliga e'tibor bera boshlashi, lisoniy ifoda imkoniyatlarini baholashga o'tishi bilan tilning estetik vazifasi o'zining boshlang'ich ko'rinishida namoyon bo'ladi. Kundalik muloqot jarayonida qochirimlar, hazillar, so'z o'yinlari kabi holatlarda tilning estetik vazifasi namoyon bo'ladi. Bu xususida D.N.Shemelev tilning estetik vazifasi, albatta, so'zlashuv nutqida ham doimiy ravishda namoyon bo'lishini, lekin bu vazifani so'zlashuv nutqida etakchi deb bo'lmaslikni, badiiy matnlarda esa til hamisha ayni shu alohida vazifasi bilan ishtirok etishini ta'kidlaydi. Demak, tilning estetik vazifasi to'laligicha badiiy nutqda aks etadi. M.Yo'ldoshev ta'kidlaganidek, tilning estetik vazifasi butun o'ziga xosligi va murakkabligi bilan, albatta, kommunikativ vazifani ham transformatsiya qilgan, badiiyat manfaatlariga to'lasicha xizmat qildirgan holda bevosita badiiy nutqda namoyon bo'ladi. Umumxalq tilidagi birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etadi9.

T.Qurbonov badiiy tilning adabiy til rivojiga qo'shadigan hissasini quyidagicha izohlaydi: Adabiy til normasining shakllanib, rivojlanib borishida badiiy asar tili

5 Кодиров П. Бадиий тил муаммолари. Инкилоб ва адабиёт. -Т. Фан, 1977. 140-б

6 Умуркулов Б. Бадиий наср жозибаси.-Т. "Muharrir nashriyoti", 2021. 59-бет

7 Курбонов Т.Тарихий бадиий асар ва давр тили масалалари.-Тошкент. 2006.12-бет

8 Шмелов Д.Н. Русский язык в его функциональных разновидностях. -М. Наука, 1977, с-35.

9 Йулдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоетик тадлили асослари. -Тошкент, 2007. 7-бет

alohida o'rin tutadi. Ya'ni badiiy asar tili, umuman, badiiy adabiyot uchun o'ziga xos laboratoriya sanaladi. U shunday laboratoriyaki, umumxalq tilining nutqiy vositalari badiiy asar tarkibida qayta ishlanadi10. Umuman olganda, badiiy asar tili adabiy tilning rivojlanishiga katta ta'sir qiluvchi manbadir. B.Umurqulov "Badiiy adabiyot tili keng funksiyali til ekanligini, badiiy nutq yozma nutq turlari orasida leksik-grammatik vositalari, nutq qurilishi jihatidan ajralib turuvchi nutq ekanligini, badiiy nutqning bu alohidaligi leksik jihatdan, uning tayanch so'zlari badiiy-kitobiy so'zlar badiiy adabiyot tili jarayonida turli uslubiy imkoniyatlarni vujudga keltiruvchi manba ekanligi bilan xarakterlanishini ta'kidlagan.11 Badiiy nutqning bir turi bo'lgan nasriy asarlarda ham estetik jihatdan ta'sirchan, badiiy bo'yoqdor so'zlar keng qo'llaniladi. Bu borada professor B.Umurqulov badiiy nasrning go'zalligi ham, mohiyatan ta'sirchanligi ham ko'p jihatdan ifoda usulining o'ziga xosligi, ko'pma'nolilik, so'zlarni ko'chma ma'nolarda qo'llash, bir tushunchani turli lingvistik vositalar orqali ifodalash imkoniyatining mavjudligi asosida vujudga kelishini12 ta'kidlaydi. Badiiy nasr tili adabiy tilining ko'rinishlari bo'lgan ilmiy, rasmiy, publitsistik uslublardan chegaralanmaganligi, erkinligi, umumxalq tilining barcha vositalarini qo'llay olishi bilan farqlanadi. Ya'ni badiiy til umumxalq tilining bor jozibasini o'zida namoyon qila oladi.

Adabiy til va badiiy nasr tilini bir-birini to'ldirsa-da, quyidagicha farqlashini kuzatishimiz mumkin:

1. Adabiy til ma'lum darajada chegaralangan, badiiy nasr tili esa erkindir.

2. Adabiy tilda shevaga oid birliklar qo'llanilmaydi, badiiy nasrda personajning qayerdanligiga urg'u berish maqsadida shevaga oid birliklardan foydalaniladi.

3. Adabiy tilda nutqning sofligini buzadigan vositalar varvarizm, vulgarizm, jargonlar, parazit so'zlar ishlatilmaydi, badiiy nasrda bu vositalar milliy mansubligini ko'rsatish, tarbiyalanganlik darajasini, saviyasini yoki nutqiy malakasining pastligini ko'rsatish maqsadida ishlatiladi.

4. Adabiy tilda so'zlarning ko'chma ma'nolari, ko'pma'nolilik, sinonimlar(asosan dominanta)ning turli ma'nolari kam qo'llaniladi, badiiy nasrda esa ko'pma'noli so'zlar, sinonimlarning uslubiy bo'yoqdor so'zlari qo'llaniladi.

5. Adabiy tilda takrorlar nutqiy g'alizlik hisoblansa, badiiy nasrda ta'kidni kuchaytirib, ma'lum uslubiy vazifa bajaradi.

6. Adabiy til grammatik me'yorlarga amal qiladi, badiiy nasr til me'yorlarini chetlab o'tadi.

7. Adabiy tilining funksional doirasi keng, badiiy nutqning qo'llanish doirasi u qadar keng emas.

10 Курбонов Т. Бадиий асар тили ва услуби масалалари.(укув кулланма) -Тошкент. 2006.16-бет

пУмуркулов Б. Бадиий адабиётда суз.- Тошкент: Фан, 1993, 131-бет.

12 Умуркулов Б. Бадиий наср жозибаси.-Т. "Muharrir nashriyoti", 2021. 46-бет

8. Adabiy til barcha uchun umumiy va majburiy, badiiy nasr tili bu borada ham erkindir.

9. Badiiy nasrning adabiy tildan yana bir farqi u muallif (yozuvchi) nutqi va personajlar nutqidan iborat bo'lishidir.

10. Badiiy nasrning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri umumuslubiyligidir. Ya'ni badiiy nasrda boshqa uslub vositalarini ham kuzatishimiz mumkin.

11. Badiiy asarlarda boshqa nutq uslublarida deyarli uchramaydigan ichki nutqni (personajning o'z-o'ziga qaratilgan nutqi) kuzatishimiz mumkin.

12. Badiiy nasrning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri umumuslubiyligidir. Ya'ni badiiy nasrda boshqa uslub vositalarini ham kuzatishimiz mumkin. Umuman olganda badiiy nasr boshqa matn turlaridan ifodali vositalarning ko'p qo'llanishi bilan ajralib turadi. Osmonda xoin oy kezar, behayo iljaygancha harom nurini sochar, xiyonatkor yulduzlar xoinlarcha kuz qisishar, xiyonatkor shamol xoinona qiqir-qiqir kular edi. (O'.Hoshimov. "Dunyoning ishlari") Shu kabi noodatiy ifodalar badiiy nasrning o'ziga xosligini ta'minlaydi va uni nutqning boshqa ko'rinishlaridan farqlab turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Йулдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоетик тахлили асослари. -Тошкент, 2007.

2. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил. Тошкент, "Укитувчи".1995.5-

бет

3. Умуркулов Б. Бадиий адабиётда суз.- Тошкент: Фан, 1993, 131-бет.

4. Умуркулов Б. Бадиий наср жозибаси.-Т. "Muharrir nashriyoti", 2021. 6-бет

5. Федоров А.И Образня речь. -Новосибирск: Наука, 1985. -С. 11

6. Шмелов Д.Н. Русский язык в его функциональных разновидностях. -М. Наука, 1977, с-35.

7. Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоетик тадкики. Филол. фан.док. дисс. -Т.2009.

8. ^одиров П. Бадиий тил муаммолари. Инкилоб ва адабиёт. -Т. Фан, 1977. 140-б

9. бурбонов Т. Бадиий асар тили ва услуби масалалари.(укув кулланма) -Тошкент. 2006. 10Дурбонов Т.Тарихий бадиий асар ва давр тили масалалари.-Тошкент. 2006.12-бет

11. Davidov Y. J. The Phenomenon of Polysemy and Different Aspects of Conversion //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 12. - С. 245-247.

12. Davidov Y. J. WORD FORMATION PATTERNS IN UZBEK LANGUAGE //International Conference on Agriculture Sciences, Environment, Urban and Rural Development. - 2021. - C. 16-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.