Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / chet tillarni o‘rganish / ilm-fan / “XTQ” metodi / nutq rivojlanishi / yangi tizimni yo‘lga qo‘yish

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yaxyayev Dilmurod Karimovich

Ushbu maqolada AKT vositalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya darslari jarayonlarida qo‘llash haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘quvchilar fan yuzasidan nazariy bilimlarga ega bo‘lishi orqali ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishi xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Yaxyayev Dilmurod Karimovich

Toshkent shahar, Uchtepa tumani 238-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining I-toifali jismoniy madaniyat fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186954

Annotatsiya. Ushbu maqolada AKT vositalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan bo'lib, jismoniy tarbiya darslari jarayonlarida qo'llash haqida ma'lumotlar keltirilgan. O'quvchilarfanyuzasidan nazariy bilimlarga ega bo'lishi orqali ta'lim samaradorligi va sifatini oshirishi xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, chet tillarni o'rganish, ilm-fan, "XTQ" metodi, nutq rivojlanishi, yangi tizimniyo'lga qo'yish.

So'nggi yillarda Yurtboshimiz tomonidan ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish borasida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda.

Shu o'rinda, maktab ta'limini rivojlantirishni umumxalq harakatiga aylanishi zarurligi, eng muhimi - jamiyatda o'qituvchilarning salohiyati, malakasi, o'quv jarayonini samarali tashkil etish va o'quv jarayoniga ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda maktabgacha va maktab ta'limi tizimi xodimlari o'rtasida o'zaro tajriba almashishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining dunyo taraqqiyoti darajasidagi istiqbolini ta'minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda katta o'zgarishlar bo'lishi bilan bog'liq. Bunday o'zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, ma'naviyat va keng dunyoqarashni talab etadi. Ta'lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish- jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Ta'limga yangicha yondashuv pedagogik jarayonga faol ta'sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan hisosblanadi. O'zbekiston ta'lim tizimining insonparvarlashuvi, demokratlashuvi va yangi texnologiyalarning kiritilishi fanlar oldiga ta'limning mazmuni, tuzilishi, rivojlanish darajasi, imkoniyatlari va texnologiyasini aniqlashdek murakkab vazifalarni qo'ydi.

Hozirgi davrda o'qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo'lishi, ta'lim-tarbiya ishlarida integratsiya, interaktiv usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma'naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo'lib yetishishini ta'minlash yo'lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo'g'ini sifatida pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo'yicha yuksak mahoratga ega bo'lishlarini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Hozirda har bir maktabda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bo'lib turibdi. Buning uchun har bir o'qituvchi o'z fanini o'qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik usullarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o'rganib

borishi orqali o'z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta'lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma'lum.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog'i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo'lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-1875-sonli Qarori asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o'rganish umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinflaridan o'yin tarzidagi darslar va og'zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va grammatikani o'qitish bosqichma-bosqich boshlandi. Qarorga ko'ra, Chet tillarni o'rganishni yanada rivojlantirish bo'yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta'lim sohasining barcha yo'nalishlarida beqiyos ko'lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo'nalishi tanlab olinib, alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. Chet tillari ana shunday ustuvor sohalardan biri etib belgilangan. O'zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev: Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatish bo'yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo'ladigan yangi tizimni yo'lga qo'yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey va oliy o'quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat'iy talab har bir ta'lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, - deb ta'kidlaganlar.

Umumta'lim maktablarida ingliz tilini boshqa fanlar bilan uyg'unlashtirish (integratsiya)ni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilarning ko'nikma hosil bo'lishi hamda nutqi ravonlashishiga zamin yaratadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslari jarayonida xorijiy tillardan biri bo'lgan ingliz tili terminlaridan foydalanib, jismoniy madaniyatga oid ba'zi atama va terminlarni ingliz tili so'zlari bilan qo'llasak maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, "XTQ" (xorijiy tillarni qo'llash) metodi o'quvchilarga inglizcha so'zlarni, tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishi, eslab qolishi uchun zamin yaratadi. Bir so'z bilan aytganda, ingliz tiliga taalluqli qiyinchiliklarni yengishiga yordam beradi. Qolaversa, yetishib chiqayotgan yurtimiz sportchilari bellashish uchun chet davlatlarda bo'lgan vaqtlarida xorijiy tilda so'zlashishga qiynalmaydilar.

O'quvchilarning ingliz tili faniga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida darsning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida mavzuga oid ayrim so'zlarni, ya'ni dars jarayonida ko'p ishlatiladigan so'zlarni ingliz tilida aytilishini elektron doska(proektor)da ko'rsatilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Masalan: a) saflan! -line up! b) tekislan!-straighten up! d) rostlan!-stand still! e) chapga!-turn left! f) o'ngga-turn right! va xokazo. Natijada o'quvchilar har darsda qo'llagan so'zlarni yodlab oladilar.

Yangi "XTQ" metodini dars jarayonida qo'llashning "Tarmoq" metodida (1-rasm) ko'rinishi:

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mustaqil davlatimizning taraqqiyoti ta'limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta islohotlarni talab qiladi. Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jamiyatning muhim ehtiyojini qondirishning eng zarur shartidir. Jamiyatning yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun boshlang'ich sinfdan boshlaboq tinimsiz izlanish, ta'limning yangi samarali usullarini qidirish va kashf qilish zarur. Bizning izlanishimiz asosida turgan konsepsiya ham ta'lim jarayonida integratsiyani qo'llagan holda o'quvchilarning o'qish motivini o'stirish va ularning fanni o'zlashtirishga qiziqish va ehtiyojini tarbiyalashdir. Motivning mavjudligi shaxsning o'quv faoliyatga erkin kirishuvi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida erkin muloqotning shakllanishi va tez til topa bilishini ta'minlashga yordam beradi. Biz maqolamizda quyidagilarni o'rgandik:

1. Jismoniy tarbiya darslarida AKT vositasi yordamida chet tillari so'zlarini qo'llashga oid o'qituvchilarining ilg'or tajribalarini;

2. Ta'lim jarayonida integratsiyani qo'llash, fanlararo bog'liqlikni yo'lga qo'yish. Biz maqolamiz orqali jismoniy tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalar joriy etilishi, o'qish motivlarini har tomonlama rivojlantirilishi, pedagogik texnologiyaning mohiyatini anglatishga erishilishi, unga doir bilim, ko'nikma va malakalar chuqur egallanilishi va ular ta'lim amaliyotida muvaffaqiyatli qo'llanilishi jismoniy tarbiya darslari jarayonida yuqori samaradorlikka erishishni ta'minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-1875-sonli qarori.

2. Iriskulov A.T va boshqalar Kids' English pupil's book 2sinf -Toshkent —O'zbekiston; 2014

"XTQ" METODIN1 QO'LLASHDA TARMOQLANISH SXEMASI

1-rasm.

3. Umarov M.N. Gimnastika. O'quv qo'llanma. " VNESHINVESTPROM" -T.:2015

4. Eshtayev A.K. Sport gimnastikasi mashg'ulotining nasariy asoslari (uslubiy qo'llanma). O'zDJTI nashriyot- matbaa bo'limi. -T.: 2009.

5. uzedu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.