Научная статья на тему 'JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING DEKLARATSIYA BO’YICHA HISOBLASH METODLARI'

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING DEKLARATSIYA BO’YICHA HISOBLASH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy himoya tizimi / jismoniy shaxslarning daromad solig‘i / deklaratsiyalash mexanizmi / daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish / soliqlarni unifikatsiyalash / soliq hisobotlarini soddalashtirish / yashirin iqtisodiyot. / social protection system / personal income tax / declaration mechanism / taxation of income based on declaration / unification of taxes / simplification of tax reports / hidden economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eraliyev A., Mamirov M.

Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining ob’ektiv zaruriyati bo‘yicha ko‘plab jahon va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilib, O‘zbekistonda rasmiy e’lon qilingan statistik ma’lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o‘tkazildi. Iqtisodiyot qonunlariga asoslangan omillar, bugungi kunda kambag‘allikni oldini olish chora-tadbirlari, dunyo bo‘yicha aholining kambag‘alligiga sabab bo‘luvchi omillarga qarshi ijtimoiy himoya tizimlari ishlab chiqilgan. Deklaratsiyalash mexanizmini ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish borasida takliflar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION METHODS OF PERSONAL INCOME TAX ACCORDING TO THE DECLARATION

The opinions of many international and local scientists and researchers on the objective necessity of the declaration mechanism in taxing the income of the population were studied, and the level of taxation was analyzed based on the officially published statistical data in Uzbekistan. Factors based on economic laws, today measures to prevent poverty, social protection systems against the factors that cause poverty of the population around the world have been developed. Based on the objective necessity of the declaration mechanism, proposals were made to expand its coverage in the country.

Текст научной работы на тему «JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING DEKLARATSIYA BO’YICHA HISOBLASH METODLARI»

Eraliyev A.

Samarqand iqtisodiyot va servis assistent o'qituvchisi

Mamirov M.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG'INING DEKLARATSIYA BO'YICHA HISOBLASH METODLARI

Annotatsiya. Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining ob 'ektiv zaruriyati bo 'yicha ko 'plab jahon va mahalliy olimlar, tadqiqotchilarfikrlari o'rganilib, O'zbekistonda rasmiy e'lon qilingan statistik ma'lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o'tkazildi. Iqtisodiyot qonunlariga asoslangan omillar, bugungi kunda kambag'allikni oldini olish chora-tadbirlari, dunyo bo'yicha aholining kambag'alligiga sabab bo'luvchi omillarga qarshi ijtimoiy himoya tizimlari ishlab chiqilgan. Deklaratsiyalash mexanizmini ob 'ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish borasida takliflar berildi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy himoya tizimi, jismoniy shaxslarning daromad solig'i, deklaratsiyalash mexanizmi, daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish, soliqlarni unifikatsiyalash, soliq hisobotlarini soddalashtirish, yashirin iqtisodiyot.

Eraliyev A. assistant teacher Samarkand Institute of Economics and Service

Mamirov M. student

Samarkand Institute of Economics and Service

CALCULATION METHODS OF PERSONAL INCOME TAX ACCORDING TO THE DECLARATION

Abstract. The opinions of many international and local scientists and researchers on the objective necessity of the declaration mechanism in taxing the income of the population were studied, and the level of taxation was analyzed based on the officially published statistical data in Uzbekistan. Factors based on economic laws, today measures to prevent poverty, social protection systems against the factors that cause poverty of the population around the world have been developed. Based on the objective necessity of the declaration mechanism, proposals were made to expand its coverage in the country.

Keywords: social protection system, personal income tax, declaration mechanism, taxation of income based on declaration, unification of taxes, simplification of tax reports, hidden economy.

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

174

Kirish. Ma'lumki, iqtisodiy faoliyat jivojlangani sari milliy chegaralarni kesib o'tib, transchegavraviy faoliyatga aylanadi, xalqaro miqyosda ish yurita boshlaydi. Soliqqa tortish vakolati esa davlatga tegishli ya'ni davlat yurisdiksiyasidan chetga chiqa olmaydi. Ushbu nomuvofiqlikdan kelib chiqadigan muammolardan biri bu ikkiyoqlama soliqqa tortishdir. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947, 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarorlari asosida soliq ma'muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq yukini kamaytirish hisobiga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilash chora tadbirlari belgilanib, mazkur yo'nalishlar bo'yicha davlat byudjetiga soliq tushumlarini to'liqligini ta'minlagan holda soliqlarni unifikatsiyalash va soliq hisobotlarini soddalashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste'mol bozorining sig'imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo'lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag'allarni ijtimoiy jihatdan qo'llabquvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon ko'rinishiga keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining zarurligi bo'yicha ko'plab xorij va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar va xorijiy moliyaviy institutlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Mamlakatda daromadlarni deklaratsiyalash tizimining joriy qilinishi soliq organlari va soliq to'lovchilar orasida yangicha munosabat shakllantirdi. Bu tizimning afzalligi albatta soliq organlarining daromadlarni yig'uvchanligini oshirishi bilan bir qatorda daromadlarni yig'ish xarajatlarini kamaytirishi bo'ldi (Australian Treasury's final report, 2004).

Ko'plab siyosiy tashkilotlar va tadqiqotchilar tomonidan mamlakatlarda korrupsiya, ta'magirlik kabi ilatlarni kamaytirishi va davlat mulkini talon taroj bo'lishini oldini olish uchun davlat xizmatchilarining daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi deklaratsiyalash mexanizmini joriy qilish lozimligi to'g'risida fikrlar bildirilgan. Jumladan, Hoppe (2012), Tytko (2019) lar tomonidan ko'plab Evropa mamlakatlarida, xususan Ukrainada daromalar va xarajatlar to'g'risida deklaratsiya taqdim etilishi samarali moliyaviy nazoratning mexanizmi hisoblanib, mamlakatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kuchayib borayotgan, davlat mulkini talon taroj qilish ortib borayotgan, qarindosh va urug' aymoqchilik davlat boshqaruv tizimlarida ko'payib borayotgan paytlarda deklaratsiya masalasi juda dolzarb masala ekanligi to'g'risida fikrlar bildirilgan.

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

175

Ushbu tahlillar shuni ko'rsatadiki, ikkiyoqlama soliq solish, yuqorida aytib o'tilganidek, ayni bir subyektning bir xil daromadi yoki mol-mulki ikki yoki undan ortiq mamlakatda bir xil soliqqa tortilganda yuz beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, ikki tomonlama soliqqa tortish soliq miqdorini arifmetik ravishda ikki baravar ko'paytirish emas, balki soliq to'lovchining soliq yuki keraksiz o'sishi hisoblanadi. Soliq yukining ortishi esa har qanday tarbirkorlik subyektining rivojlanishiga tom ma'noda haqiqiy to'siq hisoblanadi.

O'zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortilishini tanqidiy tahlili. Mamlakatimida amaldagi soliq qonunchiligiga ko'ra, jismoniy shaxslarning daromadlari 3 xil usulda soliqqa tortilib kelinmoqda. Bular, to'lov manbaida ushlab qolish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat'iy daromad solig'i asosida soliqqa tortish va daromad solig'i tushumi hissasida nisbatan kam tushum beradigan deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmi hisoblanadi.

1-diagramma. Aholi daromadlarini soliqqa tortilishi darajasi (Respublika statistika va soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi)

* Soliqdan to'liq va qisman ozod etilgan soliq to'lovchilar daromadlari bilan birga.

** Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va shaxsiy iste'mol uchun o'zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlari.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyotda mulkchilik shakllari turli tuman bo'lib, fuqarolarning daromadlari turli manbalar orqali shakllanmoqda. Ayrim daromad manbalarini soliqqa tortishda, to'lov manbaidan ushlab qolish ("tax withholding system") tizimi etarli emasligi, umuman olganda, to'lov manbaida ushlab qolish tizimi tadbirkorlik sub'ektlari uchun mavjud sharoitlarda iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamasligi, soliq organlari tomonidan aholi daromadlari va yirik xarajatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikni doimiy nazorat qilib borishlik

мЭкономнка h ^uyM" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

176

uchun daromalarni umumdeklaratsiyalash mexanizmi joriy qilinmaganligi mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotni yuqori darajada qolishiga sabab bo'lishligi tahlillar orqali ma'lum bo'ldi (1-diagramma va 1-jadval). O'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatmoqdaki, fuqarolarning o'z daromadlarini to'liq ko'rsatmaslik kabi insonga xos bo'lgan faktorlardan tashqari hozirda mavjud tor doiradagi deklaratsiya taqdim etish holatlarini ommalashmayotganligiga quyidagi sabablarni ko'rsatishimiz mumkin:

1. Aholi daromadlarini deklaratsiya asosida taqdim etilishi qonun hujjatlari bilan aniq mustahkamlanib qo'yilmaganligi, aholining ijtimoiy holidan, daromadlari miqdorini inobatga olmagan holda bir qator imtiyozlar mavjudligi, xususan, o'zini o'zi band qilgan fuqarolar daromadlari soliqdan to'liq ozod qilinganligi;

2. To'lov manbaida soliqqa tortilmasdan qolgan daromadlarini aniqlash va ushbu daromadlarni soliqqa tortish bo'yicha deklaratsiya taqdim etmaslik holatida soliq organlari tomonidan etarli darajada javobgarlik choralari qo'llash imkoniyati cheklanganligi;

3. Elektron ravishda deklaratsiya taqdim etish faqatgina elektron kalit orqali amalga oshirilishi, daromadlari haqidagi hujjatlarni (soliq to'lovchining ushbu hujjatlarni olishda, qo'shimcha xarajat va vaqt sarflashga majburligi) dasturiy mahsulga yuklash talabi mavjudligi, har bir o'ziga xos holatlar bo'yicha dasturiy mahsulda qadamma-qadam aniq ko'rsatmalar joriy qilinmaganligi;

4. Hududiy soliq organlarida bevosita deklaratsiya to'ldirish jarayoni bo'yicha onlayn rejimda maslahat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar ajratilmaganligi;

5. Soliq to'lovchilarning daromadlari miqdori ularning oila a'zolari soni bilan birgalikda hisoblanganda yashash minimumidan past bo'lganda soliqqa tortmaslik amaliyoti, shaxsning qaramog'idagi oila a'zolari sonidan kelib chiqqan holda barcha uchun standart chegirmalar joriy qilinmaganligi fuqarolar tomonidan soliq organlariga daromadlari va ma'lum turdagi xarajatlari (misol tariqasida, tibbiy xarajatlar uchun sarflanganda) ni hisobini yuritmaslik va o'z navbatida bu haqida deklaratsiya taqdim etmasligiga sabab bo'lmoqda.

XULOSA O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, mamlakatimiz soliq siyosatida aholi daromadlarini umumdeklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmining mavjudligi ob'ekti zaruriyati hisoblanadi va ushbu mexanizm asosida soliqqa tortish qamrovini kengaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "YAshirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-6098-sonli Farmoni.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

177

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirzieyovning 27.05.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi (O'RQ-599, 30.12.2019).

5. Usui Nobuaki (2002), "Penetration of self-assessment system for income tax, half-a-century's experience in Postwar Japan".

6. Australian Treasury's final report (2004), Report on aspects of Income tax Self-assessment. (http://www.dcita.gov.au/cca)

7. Толстопятенко Г.П. Тенденции развития налогового права ЕС//Финансовое право. Юбилейный номер, октябрь 2004.

8. Двойное налогообложение доходов. Как избежать (assistentus.ru)

9. Isayeva F.B. Soliq huquqi. Bakalavriatning 5240100 - yurisprudensiya yo'nalishi talabalari uchun darslik. / Mas'ul muharrir: prof.v.b. X.S.Islamxodjaev - Toshkent: TDYU, 2016 - 267 b.

10. Usmanova M.S. (2011), "Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishni takomillashtirish» mavzusida iqtisod fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi.

11. www.ziyonet.uz

12.Пулатов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.

13. Пулатов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.

14.Shirinov, U. (2023). IMPROVING SEGMENT ANALYSIS IN COMMUNICATION ENTERPRISES. The Journal of Economics, Finance and Innovation, 211-217.

15.Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). ХИЗМАТЛАР СОХДСИ СУБЪЕКТЛАРИДА БУХГАЛТЕРИЯ ХИСОБИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 1025-1028.

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

178

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.