Научная статья на тему 'FISKAL SIYOSATNI RAQAMLASHTIRISHNING TASHKILIY - HUQUQIY JIHATLARI'

FISKAL SIYOSATNI RAQAMLASHTIRISHNING TASHKILIY - HUQUQIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
83
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fiskal siyosat / raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / soliqlar / davlat xarajatlari / fiskal ko‘rsatkichlar. / фискальная политика / цифровая экономика / цифровые технологии / налоги / государственные расходы / фискальные показатели.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Omonova Shohista Ikrom Qizi

Hozirda har bir soha va tarmoqlarda raqamlashtirish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Mamlakat rivojlanishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mamlakatlar fiskal va monetar kabi makroiqtisodiy siyosatlardan foydalanishadi. Hozirgi raqamlashtirish sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yangi raqamli texnologiyalarni jalb etishni talab etadi. Maqolada mamlakatimizda soliq-budjet siyosatini raqamlashtirishning tashkiliy va huquqiy jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ

В настоящее время тенденция цифровизации во всех сферах и отраслях быстро продолжается. Развитие страны, повышение уровня жизни населения связано со стабильным развитием экономики, при котором страны используют такие макроэкономические политики, как фискальная и монетарная. Совершенствование фискальной политики в современной цифровой среде требует привлечения новых цифровых технологий. В статье описаны организационно-правовые аспекты цифровизации налогово-бюджетной политики в нашей стране.

Текст научной работы на тему «FISKAL SIYOSATNI RAQAMLASHTIRISHNING TASHKILIY - HUQUQIY JIHATLARI»

FISKAL SIYOSATNI RAQAMLASHTIRISHNING TASHKILIY- HUQUQIY JIHATLARI

Omonova Shohista Ikrom qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti sh. omonova@tsue. uz

Annotatsiya: Hozirda har bir soha va tarmoqlarda raqamlashtirish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Mamlakat rivojlanishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, bunda mamlakatlar fiskal va monetar kabi makroiqtisodiy siyosatlardan foydalanishadi. Hozirgi raqamlashtirish sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yangi raqamli texnologiyalarni jalb etishni talab etadi. Maqolada mamlakatimizda soliq-budjet siyosatini raqamlashtirishning tashkiliy va huquqiy jihatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: fiskal siyosat, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, soliqlar, davlat xarajatlari, fiskal ko'rsatkichlar.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ

ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ

Омонова Шохиста Икром кизи

Докторант Ташкентского государственного экономического

университета

sh.omonova@tsue.uz

Аннотация: В настоящее время тенденция цифровизации во всех сферах и отраслях быстро продолжается. Развитие страны, повышение уровня жизни населения связано со стабильным развитием экономики, при котором страны используют такие макроэкономические политики, как фискальная и монетарная. Совершенствование фискальной политики в современной цифровой среде требует привлечения новых цифровых технологий. В статье описаны организационно-правовые аспекты цифровизации налогово-бюджетной политики в нашей стране.

Ключевые слова: фискальная политика, цифровая экономика, цифровые технологии, налоги, государственные расходы, фискальные показатели.

ORGANIZATIONAL AND LEGAL ASPECTS OF DIGITALIZATION OF

FISCAL POLICY

Omonova Shohista

Phd student of Tashkent state university of economics sh. omonova@tsue. uz

Abstract: Currently, the trend of digitization in all spheres and industry continues rapidly. The development of the country, the improvement of the standard of living of the population is related to the stable development of the economy, in which countries use macroeconomic policies such as fiscal and monetary. Improving fiscal policy in the current digital environment requires the involvement of new digital technologies. The article describes the organizational and legal aspects of the digitization of the tax-budget policy in our country.

Key words: fiscal policy, digital economy, digital technologies, taxes, government spending, fiscal indicators.

Kirish

Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida keng miqyosli islohotlar amalga oshirilayotgan bo'lib, bu amaliyotlar raqamlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog'liq hisoblanadi. Qо'yilgаn mаqsаdgа еrishish uсhun hаr bir sоhа vа tаrmоqlаr uchun qаbul qilingаn qаrоrlаr, fаrmоnlаr, qоnunlаr vа ulаrning ijrоsi muhim аhаmiyаtgа еgа.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek "Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo'q" [1].

Shu sababdan iqtisodiyotning muhim halqalaridan biri bo'lgan soliq - budjet siyosatini raqamlashtirish va bunda bir nechta tashkiliy-huquqiy jihatlarni ham hisobga olish lozim.

Tashkiliy nuqtayi nazardan, bu jarayon texnologik infratuzilmaga katta sarmoya kiritishni va soliq ma'lumotlarini yig'ish va boshqarishni qo'llab - quvvatlay oladigan raqamli platformalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Bundan tashqari, fiskal siyosat uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari raqamli strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur tajribaga ega bo'lishi va ularning mavjud tizimlarga samarali integratsiya qilinishini ta'minlashi kerak.

Huquqiy nuqtayi nazardan, soliq-budjet siyosatini raqamlashtirish ma'lumotlarning maxfiyligi, xavfsizligi va me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi bilan bog'liq muammolarni hal qiladigan keng qamrovli huquqiy bazani ishlab chiqishni

talab qiladi. Ushbu doirada soliq qonunchiligini amalga oshirish va raqamli tranzaksiyalar bilan bog'liq risklarni boshqarish qoidalari ham bo'lishi kerak.

Asosiy qism

Hоzirgi ^^а mаmlаkаtimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog'liq kаttа о'zgаrisЫаr bilan bir qatorda, ularning huquqiy asoslari ham ta'minlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 148-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir. O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi [2].

Bosh qomusimizda belgilangan budjet ijrosining ochiqligi va shaffofligini, budjet shakllanishi va ijrosida jamoatchilik nazoratining mavjudligini ta'minlashni raqamlashtirish asosida samarali yo'lga qo'yish mumkin, albatta.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli Farmonida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari keltirilgan bo'lib, fiskal tizimga oid bo'lgan soliqqa tortish va soliq bazasini aniqlash jarayonlarini shaffof va adolatliligini ta'minlash maqsadida Davlat soliq qo'mitasining axborot tizimlari kompleksining yagona platformasini yaratish chora-tadbirlari, amalga oshirish bosqichlari, muddati, moliyalashtirish manbalari hamda ijrochilari belgilab berilgan [3].

Soliqqa tortish jarayonlarida inson omili natijasida ba'zi hollarda muammoli vaziyatlar yuzga kelish holatlari ham kuzatiladi. Ya'ni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan soliq hisobotlarida ba'zi hollarda soliqni yoki soliq bazasini noto'g'ri ko'rsatish yoki umuman ko'rsatmaslik, moliyaviy hisobotlarlardagi ko'rsatkichlar bir-biriga to'g'ri kelmasligi va shu kabi nomutanosibliklar mavjud bo'lib, soliq nazoratchilari soliq hisobotlaridagi xatoliklar aniqlangan yoki aniqlanmagan taqdirda ham ta'magirlik qilish holatlari uchrab turadi va bu holatda jarayonni raqamlashtirish samarali natija beradi. Shu maqsadda, davlat dasturida soliq to'lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to'liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi "Tahlika-tahlil" dasturiy mahsulotini yaratish va soliq auditining har bir qadamini avtomat tarzda qayd etib boradigan va uni ijrosini nazorat qiluvchi soliq auditining nazorat tizimini yaratish chora-tadbirlari belgilangan [4].

Davlat soliq qo'mitasi tominidan "Aqlli soliq" va markirovka tizimlarini rivojlantirish maqsadida tarmoqlar va hududlar axborot texnologiyalari sohasida O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan [5].

Elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangandek hozirgi kunda Ochiq budjet portali va "Open Budget" negizida fuqarolarning mahalliy budjet xarajatlari parametrlarini shakllantirish va ijrosini kuzatib borishdagi ishtirokini ta'minlash imkoniyati yaratildi [6].

Shuningdek, Ochiq budjet portali yordamida soliq tushumlari, davlat xarajatlari, davlat qarzi, davlat xaridlari kabi fiskal ko'rsatkichlar bilan ham tanishish mumkin.

Quyida 2022-yil davlat budjeti daromadlari statistikasi keltirilgan.

1-jadval

Davlat budjeti daromadlari 2022-yil (mlrd. so'm) [7]

Ko'rsatkichlar Kvartal 1 Kvartal 2 Kvartal 3 Kvartal 4 Yillik

Daromadlar (Maqsadli jamg'armalarsiz) - Jami 41 916,1 50 664,7 54 529,1 54 753,8 201 863,7

1 Bevosita soliqlar 15 139,8 15 987,8 18 327,7 14 991,7 64 477,1

1.1 Foyda solig'i 9 280,8 9 325,6 11 528,3 7 515,2 37 649,9

1.2 Aylanmadan soliq 622,4 624,4 652,5 613 ,4 2 512,7

1.3 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 5 236,6 6 037,8 6 147,0 6 863,1 24 284,5

2 Bilvosita soliqlar 16 312,4 18 524,9 18 259,8 18 293,1 71 390,2

2.1 Qo'shilgan qiymat solig'i 11 794,9 13 929,1 13 410,1 13 055,3 52 189,4

2.2 Aksiz solig'i 3 440,4 3 105,3 3 301,6 3 607,7 13 455,0

2.3 Bojxona boji 1 077,0 1 490,5 1 548,1 1 630,1 5 745,7

3 Resurs to'lovlari va mulk solig'i 5 955,9 6 242,9 5 769,3 5 944,7 23 912,8

3.1 Mulk solig'i 943,3 1 027,0 937,1 1 108,0 4 015,4

3.2 Yer solig'i 1 113,7 1 437,1 1 330,1 1 425,0 5 305,9

3.3 Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 3 719,5 3 635,1 3 344,7 3 188,1 13 887,4

3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 179,4 143,7 157,3 223,7 704,1

4 Boshqa daromadlar 4 508,1 9 909,2 12 172,3 15 524,1 42 113,7

Yuqoridagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki budjet daromadlarining shakllanishida soliq tushumlarining ulushi ko'p. Shu sababli soliq bazasini berkitish holatlarini oldini olish, soliq to'lovchilarga adolatli soliq tizimini yaratish maqsadida 2019-yil 30-dеkаbrdа О'zbеkistоn Rеsрublikаsi sоliq kоdеksining yаngi tаhriri qаbul qilindi. Bundа bir ^сЫа sоliq turlаri umumlаshtirildi, bа'zilаri оНЬ tаsЫаndi, bа'zilаrini hisоblаshni sоddаlаshtirish mаqsаdidа yаgоnа stаvkа jоriy ейШ! [8].

Joriy etilgan yangi konsepsiyaga ko'ra savdo obyektlari naqd va naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirganda onlayn nazorat-kassa mashinasi orqali fiskal QR (Quick response) kodli chekni xaridorlarga taqdim etishlari majburiy etib belgilangan [9].

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari uchun hisob-fakturalarni elektron rasmiylashtirishni majburiy etib belgilanishi, norasmiy iqtisodiyotni ulushi biroz bo'lsada kamayashiga, byudjetga soliq tushumlarini ortishiga olib keldi [10].

O'zbekiston Respublikasi soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi bo'yicha Global forumga a'zo bo'ldi va O'zbekiston soliq to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurashish, shuningdek, ofshor holatlarni qisqartirish bo'yicha xalqaro harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi. Shu maqsadda O'zbekiston BEPS loyihasi bo'yicha OECD xalqaro inklyuziv dasturiga qo'shildi [11].

BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) - Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo'yicha harakatlar rejasi bo'lib, O'zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan soliq muammolarini hal etish va transmilliy kompaniyalar tomonidan soliqlar ro'yxatdan o'tgan joyida emas, balki daromad olish joyi bo'yicha adolatli ulushini to'lashini ta'minlash majburiyatini oldi [12].

Xulosa

Umuman olganda, mamlakatimizda fiskal siyosatni muvaffaqiyatli raqamlashtirish davlat idoralari, xususiy sektor manfaatdor tomonlari va jamoatchilikning muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlarini talab qiladi. Bu jarayonning tashkiliy va huquqiy jihatlarini ko'zda tutuvchi, shu bilan birga foyda jamiyatda teng taqsimlanishini ta'minlaydigan aniq qarash va keng qamrovli strategiyani ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselktr yig'ilishi, 2020-yil 22-sentyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahrir), 2023-yil 30-aprel.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga 23-ilova.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga 23-ilova.

7. O'zbekiston Respublikasi "Ochiq budjet" portali Davlat budjeti daromadlari 2022-yil ijrosi.

8. Sh.I.Omonova "Respublikada mamalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning iqtisodiy o'sishga ta'siri" magistrlik dissertatsiyasi;

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi "Savdo va xizmat ko'rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5813-sonli Farmoni;

10. Omonova Shohista. "Fiskal siyosatni raqamlashtirishning ahamiyati". "Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to 'plami. (2023): 87-89.;

11. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organization for economic cooperation and development - OECD) "Uzbekistan joins the Inclusive Framework on BEPS and participates in the agreement to address the tax challenges arising from the digitalisation of the economy" 2023-yil 9-iyun;

12. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi fiskal tahlili, 2023-yil 24-iyun.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.