O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJETI DAROMATLARINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Dadajon Ro'ziboyevich Xabibullayev
Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti "Moliya va buxgalteriya hisobi" fakulteti
"Moliya" kafedrasi assistenti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Budjet daromadlari davlat vazifalarini bajarish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini yaxshilash kabi bugungi kundagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish muammolari muhokama qilinadi.
Shunningdek ushbu maqolada ayni jihatlarga e'tibor qaratilgan, ya'ni budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, aytish mumkinki bugungi kunda Davlat moliyasini sog'lomlashtirish davlat budjeti daromadlarinining barqarorligini, ularni shakillantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta'minlash maqsadida yurtimizda yangi-yangi isloxotlar amalga oshirilayotganligi to'g'risida to'xtalib o'tildi.
Kalit so'zlar: Budjet, Budjet tizimi, Budjetni rejalashtirish, Iqtisodiy normativlar, Davlat moliyasi, Davlat budjeti, Budjet daromadi, Budjet xarajati, Budjet defitseti, Budjet profitseti
Bizga ma'lumki Budjet tizimi murakkab mexanizm bo'lib, har bir mamlakatning o'ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o'z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradiga dastaklardan biri - davlat budjetidir.
O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta'rif berilgan bo'lib, unga ko'ra davlat budjeti - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg'armasi.1
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o'zida davlatning bir yilga mo'ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo'ljallangan daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi. Budjet orqali iqtisodiyotga quyidagi jihatlarda ta'sir ko'rsatish mumkin: soliqlar, yig'imlar va turli majburiy to'lovlar vositasida; to'gridan-to'gri budjetdan moliyalashtirish vositasida; subsidyalash vositasida; foizisiz va
1 O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. 26-dekabr 2013-yil.O'RQ-360-son. 3-modda
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
imtiyozli kreditlar berish vositasida; budjet mablag'lari hisobiga maxsus jamg'armalar va zahiralar yaratish vositasida ta'sir ko'rsatiladi.
Yurtimizda chuqur iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilayotgan xozirgi zamonda davlat budjeti daromatlari yaxshilanishi va samarali boshqarilish ahamiyati g'oyat yuksakdir. Bugungi kunda Davlat tomonidan islohotlar qilish va tarmoqlarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlash, xamda ularning samaradorligini yanada oshirish kabi vazifalarini kun tartibiga qo'yar ekan u o'z navbatida budjet daromadlarini samarali shakllantirish tizimini joriy qilmoqligi zarur xisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo'lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan daromadlar va jamg'armalarning bir qismini budjetga o'tkazilishi natijasida vujudga keladi. Budjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag'lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (budjet) kategoriyaning namoyon bo'lish shakli budjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to'lovlar, yig'imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Davlat budjetining daromadlari o'zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to'lovlarning turi, mablag'larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o'zlarining manbalariga ko'ra quyidagi uch guruhga bo'linadi:
-soliqli daromadlar;
- nosoliqli daromadlar;
- tiklanmaydigan tarzda o'tkaziladigan pul mablag'lari.
Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
- budjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan haqli (to'lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
- fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub'ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'lar;
- moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari);
- boshqa nosoliqli daromadlar.
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti (1-rasm) .
2 Chizma Mualif tomonidan yasaldi
Uzbekistan
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida budjeti daromadlari tarkibida soliqlarning mohiyati, soliq munosabatlarining ahamiyati, soliq tizimida va davlat budjetining daromadlaridagi salmog'ini nazariy va amaliy ma'lumotlarga tayangan holda tahlil etish va o'rganish bugungi kun talabi hisoblanadi. Soliq tizimida mavjud soliqlar iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko'ra to'g'ri(bevosita) va egri(bilvosita) soliqlarga bo'linadi. To'g'ri soliqlarni soliq to'lovchilarning o'zi to'g'ridan-to'g'ri to'laydi, soliqning huquqiy jihatdan ham, haqiqiy to'lovchisi ham bitta shaxs bo'ladi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to'lanadigan barcha soliqlar kiradi. Egri soliqlar yuridik jihatdan to'lovchilari mahsulot, ish va xizmatlarni yuklab yuboruvchilar bo'lib, soliqning haqiqiy og'irligi oxirgi iste'molchining zimmasiga tushadi, soliq summasi tovar, ish va xizmatlar narxi ustiga ustama tarzda o'rnatiladi.
Davlat budjeti daromadlari 2020-2021 yillardagi tarkibi va dinamikasi3
2020-2021-yil 31-dekabr holatiga budjet tushumlaririing
3 Manba:soliq.uz
Uzbekistan
O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-2021-yillardagi ijrosini tahlili. qiladigan bo'lsak. Unga ko'ra, 2021 yilda O'zbekiston budjetining daromadlarini 46 foizini Bevosita soliqlar tashkil qilmoqda, 30 foiz qismini Bilvosita soliqlar tashkil qilgan. 17 foizi Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i bo'lsa qolgan, 3 foizi Davlat boji va jarimalar va 4 foizini Boshqa tushumlar va yig'imlar tashkil qilmoqda.
Daromadlar tarkibida eng salmoqli ulushga ega bo'lgan soliq turi bevosita soliqlardir. Shuningdek aytishimiz kerakki Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i xam yillar davomida o'sish tendensiyasiga ega bo'lmoqda. Buni albatta mamlakatimizda mulkdorlar safini kengayishi bilan izoxlashimiz mumkin. Bu foizlarni raqamlarda quyidagi rasimda xam ko'rishimiz mumkin.
2020-2021-yil 31-dekabr holatiga budjet tushumlari (mlrd so'm)
Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i
Bilvosita soliqla
Bevosita soliqlar
Budjetga tushumlar, Jami
J 5,481.1 5,141.1 J 3,333.1 H 2,033.4 * 1 22,163.1
à
31,32 4.1 P •
* P 43,310.8 |
P 103,566.4
2021 ■ 2020
2020-2021-yil budjet tushumlari4
Yuqorida ta'kidlaganimizdek Budjet Daromadlari tarkibida eng salmoqli ulushga ega bo'lgan soliq turi bevosita soliqlar bo'lib qolmoqda yani 2021 yil xolatiga 58.533.6 mlrd so'mni tashkil etmoqda.
Soliq turlari bo'yicha 2020-2021-yil 31-dekabr holitga budjet tushumlari
to'g'risida ma'lumot5
(mlrd.so'mda)
№ Soliq turlari 2020-yil 31- 2021-yil 31- Ulushi O'sish sur'ati
dekabr dekabr (foizda)
holatiga holatiga
Budjetga tushumlar, jami 103 566 127 867 100 123.5
shu jumladan:
1 Bevosita soliqlar 43 811 58 534 45.8 133.6
2 Bilvosita soliqlar 31 324 38 351 30.0 122.4
4 Manba:soliq.uz 5Manba: Soliq.uz
№ Soliq turlari 2020-yil 31- 2021-yil 31- Ulushi O'sish sur'ati
dekabr dekabr (foizda)
holatiga holatiga
3 Resurs to'lovlari va mol- 21 257 22 168 17.3 104.3
mulk solig'i
4 Davlat boji va jarimalar 2 033 3 333 2.6 163.9
5 Boshqa soliqlar va 5 141 5 481 4.3 106.6
yig'imlar
Bu jadvalda to'g'ri soliqlarni davlat budjeti va soliqlar tarkibidagi ulushini ko'rish mumkin, ya'ni jismoniy shaxslardan daromad solig'i jami budjet tarkibida 45.8 foizni tashkil etgan bo'lib, o'tgan yilga nisbat 133.6 mlrd ga oshganini ko'rishimiz mumkin.
Soliq tarkibiy turlari bo'yicha 2020-2021-yil 31-dekabr holitga budjet
tushumlari to'g'risida ma'lumot6
i™lrd.so'mdci)
Soliq turlari bo'yicha 2020-2021 yil 31-dekabr holatiga budjetj
(mlrd so'mda)
Cto'shilgan qiymat solig'i Aksiz solig'i
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i .mortTy shaxslardan olinadigan daromad solig'i Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Mol-mulk solig'i Yer solig'i Davlat boj i va jarimalar Boshqa tushumlar va yig'imlar
5,000 10,000 15,000 20,Q00 25,OOQ 30,000 35,000 40,000 45,000 20,485
I 25,572
2,033 | 3,333
■ 2020-yil 2021-yil
31-dekabr holatiga tushumi 31-dekabr holatiga tushun
2021 yil Jami tushumda Soliq tarkibiy turlari (foizda)7
JOM-Vii |AMITUSMUMOA«HIQTUftIARININGUlUSMt|FOCt>A) Boshqa tushumlar va yig'imlar
6Manba: Soliq.uz 7Manba: Soliq.uz
Ma'lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, 2021 yilda Yuridik Shaxslardan olinadigan foyda solig'i 38.363 mlrd so'm bo'lib soliqlar tarkibida 30% ulushiga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin.
Biroq Moliya vazirligi 2021 yil uchun tasdiqlangan budjet daromadlariga nazar tashlasak unda ko'rishimiz mumkinki Davlat budjeti daromadlarining tarkibida budjetga tushayotgan umumiy tushumlarning bilvosita soliqlar turning ulushi oshib borishi ya'ni, bilvosita soliqlar tushumining asosiy qismi QQS va aksiz solig'i tushumlarining ortishi hisobiga ta'minlanadi va o'sish sur'ati joriy yil kutilayotgan tushumga nisbatan 50,6% ni tashkil etadi deya prognoz qilingan edi.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rishimiz mumkinki bilvosita soliqlar budjet tarkibida 30 foizni tashkil etmoqda va bu prognoz o'z tasdig'ini topmadi. Xulosa
Xulosa o'rnida aytishimiz kerakki mamlakatimizda mavjud ijtimoiy ehtiyojlarini mablag' bilan ta'minlash uchun mustahkam moddiy asosni yaratish zarur, lekin davlat budjeti daromadlarisiz bunga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham davlat budjetining daromadlari tushumini barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini xarakterlaydigan eng muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Biz davlat budjeti daromadlarini tarkibida birgina soliqlarning mohiyati va soliq munosabatlarining ahamiyatini o'rganar ekanmiz soliqlar budjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda qanchalik muhim vazifalarni amalga oshirishini tushunib yetdik. Biroq, ming afsuski ayrim soliqlar bo'yicha ko'zlangan prognozlar amalga oshirlmagan. Bunday holatlarni kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to'g'ri yo'lga qo'yilmagaligi bo'lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o'z vaqtida va to'liq tushmasligidir.
Bunday holatlarni kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to'g'ri yo'lga qo'yilmagaligi bo'lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o'z vaqtida va to'liq tushmasligidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, budjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirish yo'nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: S budjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma'lumotlar bazasiniyetarli va sifatli darajada shakllantirish;
S bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko'rib chiqish va budjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usullari, muddatlari hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko'rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish; S ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida qo'llaniladigan usullarni tatbiq qilish;
Muxtasar qilib aytadigan bo'lsak davlat budjeti daromadlarini to'g'ri rejalashtirish, ijrosini belgilangan tartibda va miqdorlarda ta'minlash davlatning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Malikov T.S, Olimjonov O.O Moliya darslik-T "Iqtisod-moliya", 2019 125 b.
2. Vahobov.A.V, Jo'rayev.A.S. Soliq va soliqqa tortish. Darslik. T.: Iqtisodiyot-Moliya. 2018.-408 b.
3. E.Gadoev, N.Kuzieva. Jismoniy shaxslani soliqqa tortish. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. TDIU, Iqtisodiyot. 2019 y. 430 b
Internet saytlari
1. www.gov.uz
2. www.mf.uz
3. www.soliq.uz