Научная статья на тему 'JISMONIY MASHQLAR SOGʻLOMLASHTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA'

JISMONIY MASHQLAR SOGʻLOMLASHTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
20
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ateroskleroz / gipertoniya / gipodinamiya / degenerativ / osteoxondroz / psixoyemotsional.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Mamayusupov Otabek Valiyevich

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Ilgʻor pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy sinovdan oʻtkazish muammolari ilmiy obyekt sifatida koʻpgina olimlar eʼtiborini jalb qilib kelmoqda. Mazkur tadqiqotda shu muammolarni kengroq yoritishga, oʻquvchilar uchun murabbiylik mahoratini izchil egallab olishga koʻmaklashishga harakat qilindi. Tadqiqotda gimnastika darsi uchun vositalar misol tariqasida keltirilgan. Namuna tariqasida berilgan mashgʻulotlar majmuasi mutaxassislar uchun bilimlarini chuqurlashtirishga imkon beradi degan umiddamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY MASHQLAR SOGʻLOMLASHTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA»

JISMONIY MASHQLAR SOGLOMLASHTIRISHNING MUHIM VOSITASI SIFATIDA

Mamayusupov Otabek Valiyevich

Qo'qon DPI Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210188 Annotatsiya. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Ilg'or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliy sinovdan o'tkazish muammolari ilmiy obyekt sifatida kopgina olimlar e 'tiborini jalb qilib kelmoqda.

Mazkur tadqiqotda shu muammolarni kengroq yoritishga, o'quvchilar uchun murabbiylik mahoratini izchil egallab olishga ko'maklashishga harakat qilindi. Tadqiqotda gimnastika darsi uchun vositalar misol tariqasida keltirilgan. Namuna tariqasida berilgan mashg'ulotlar majmuasi mutaxassislar uchun bilimlarini chuqurlashtirishga imkon beradi degan umiddamiz.

Kalit so'zlar: ateroskleroz, gipertoniya, gipodinamiya, degenerativ, osteoxondroz, psixoyemotsional.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni boshlagan odam nafaqat hayotining uzaytirilishiga erishadi, balki uning sifatini ham oshiradi. Quyidagilar isbotlangan:

doimiy jismoniy yuklamalarga o'zini yo'naltirgan odamlar yurak qon-tomir kasalliklariga, ya'ni hozirgi davrda o'limning asosiy sababchisi bo'lgan ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va gipertoniya kasalligiga uch marta kamroq duchor bo'lar ekanlar;

yetarli bo'lmagan jismoniy faollik (gipodinamiya) qand kasalligiga duchor bo'lish xavfmi tug'dirishi bo'g'imlarda degenerativ o'zgarishlar, osteoxondroz va "oddiy" shamollashlarga olib kelishi mumkin;

yaxshi jismoniy formada bo'lgan odamlarda saraton (rak) kasalligiga bo'lgan moyillik pastroq bo'lishi kuzatilgan, masalan, kam harakatli odamlarga nisbatan yugurish bilan mo'tadil shug'ullanuvchilarda saraton kasalligiga duchor bo'lish eng past darajada bo'lar ekan. Yugurish bilan shug'ullanuvchilarda saraton kam harakatli odamlarga nisbatan 4-marta kam, yugurish bilan shug'ullanuvchi ayollarda esa bu ko'rsatkich 6 barobar past bo'lar ekan;

yetarli bo'lmagan jismoniy faollik organizmni himoyalovchi kuchlarning pasayishiga, psixoyemotsional, haddan tashqari yuklama va har xil noxush omillarga bardoshliligini pasaytiradi.

Olimlar shuni ta'kidlashadiki, doimiy intensiv jismoniy mashqlar (bir haftada 2 soatli mashg'ulotlar, agar har kuni 1 soatdan bo'lsa, undan ham yaxshi) sekin yugurish, tennis, eshkak eshish, suzishlar o'rta hisobda odamning umrini 6—9 yilga uzaytirar ekan.

Sog'lomlashtirish yoki davolash badantarbiyasida tatbiq etiladigan vositalarni shartli ravishda gimnastika va nogimnastika vositalariga bo'lish mumkin.

Gimnastika vositalari — bu umumrivojlantiruvchi, kuch-tezlik mashqlari, bo'shashtirish va cho'zilish mashqlari, koordinatsiya statik va dinamik nafas olish mashqlari hamda nafasni iroda bilan boshqariladigan mashqlardir.

Nogimnastik vositalar— bu yurish, yugurish, suzish, velosiped haydash, chang'ida va konkida uchish hamda eshkak eshishdir. Bu vositalar uchun dinamik, siklik jismoniy yuklamalar,

har xil tuzilmalar, trenajyorlar, ya'ni veloyergometr, tredban, maxsus zinapoyalar va boshqalar beriladi. Ushbu vositalar guruhini o'yinlar, sport o'yinlari, massaj va tabiiy jismoniy omillar deb atasa bo'ladi. Shu bilan birga, davolash badantarbiyasida tatbiq etiladigan jismoniy mashqlarning shartli klassifikasiyalariga ko'ra umumrivojlantirish, nafas olish va maxsus mashqlar ham mavjud.

Umumrivojlantirish mashqlari qon aylanishni yaxshilaydi, modda almashishini kuchaytiradi, tayanch-harakat appparatini mustahkamlaydi hamda organizmga umumiy va mahalliy ta'sir ko'rsatadi. Bular o'z navbatida quyidagicha klassifikatsiyalanadi.

Anatomik belgisi bo'yicha:

• qo'llar, yelka kamari, bo'yin, tana, tos kamari, oyoqlar mushaklariga beriladigan mashqlar. Bu mashqlar u yoki bu mushak guruhlariga yo'naltirilib, shu orqali ichki organlar faoliyatiga ham ta'sir qiladi.

Faollik belgisi bo'yicha:

• Aktiv (faol) mashqlarni odam mustaqil va ongli ravishda bajaradi. Bular davolash jismoniy tarbiya vositalarining asosiy tarkibini tuzadi. Bu guruhdan bo'shashtirishga beriladigan mashqlarni alohida ajratish mumkin. Bunday mashqlar umumiy organizmga har tomonlama ta'sir etadi: mushaklar tonusini pasaytiradi, nerv tizimini tinchlantiradi, tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Qo'llar va oyoqlar mushaklarini bo'shashtirishda siltash va siltanish harakatlari yordam beradi. Butun tanani bo'shashtirish uchun, masalan iliq vannaga tushish kifoya, bundan tashqari, irodali im-pulslar bilan, ya'ni bosh bilan "ishlash" yaxshi naf beradi;

• Passiv mashqlar tashqaridan ko'rsatiladigan yordam bilan bajariladi. Bu mashqlar oyoq, qo'llar sholligida, miokard infarktining boshlang'ich davrida, suyaklar singanida tatbiq etiladi. Mashq ettirilayotgan mushaklar passiv harakatda to'liq bo'shashtirilgan bo'lishi shart. Bu mashqlar organizmga yengil fiziologik ta'sir etadi, bu esa cho'zilayotgan mushaklarning darajasi va bo'shashtirish davomiyligi bilan bog'liqdir. Cho'zilish paytida mushaklar to'qimalarining isitish mahsuloti kutariladi, qon tomiri torayib, mushaklarni qon bilan ta'minlash kamayadi, keying mushaklarni bo'shashtirish paytida reflektor hamma narsa teskari bo'ladi: qon aylanish yaxshilanadi, kislorodni mushaklarda o'zlashtirish uch barobar oshadi, mushaklar elastikligi ko'tariladi (30,31)

Organizmda ko'rinarli fiziologik so'rilishlarning yuklama orqali sodir etilishi-bu jismoniy mashqlarning kichik, o'rtacha va yuqori (maksimal) tez sur'atli bo'lishidir.

• kichik tez sur'atli mashqlar fiziologik funksiyalarning so'rilishida ma'lum o'zgarishlar kiritmaydi va mashqlantirish samaradorligiga ta'sir etmaydi, shunga qaramasdan, kichik qo'shimcha yuklamalar gipodinamiyaning salbiy oqibatlarining oldini oladi va markaziy nerv tizimiga ijobiy ta'sir etadi. Kichik tez sur'atli mashqlar — bu kichik mushaklar guruhi harakatlari bo'lib, sekin tempda va kichik amplitudada o'tkaziladi. Bunday mashqlar davolash badantarbiyasi bilan shug'ullanishni birinchi bosqichida o'tkaziladi. Bu mashqlar gemodinamik ko'rsatkichlarni yurak urishi sonini, nafas sonini, chuqurligini va boshqalarni me'yorlashtiradi, lekin kichik tez sur'atli mashqlarni uzoq va davomli bajarish charchoqni kuchaytiradi, u, o'z navbatida, yurak qon-tomir tizimi faoliyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin;

• o'rta kuch sur'atli mashqlar mushaklarda oksidlanish jarayonlarini va glikogenning parchalanishini, yurak qon-tomir, nafas olish tizimining ishini faollashtiradi, shu orqali mushaklarning ishlashiga ayerob sharoitlar tug'diradi. Bu mashqlar ko'proq davolash badantarbiyasida qo'llaniladi. Bu mashqlarga sekin va o'rta tempda yurish, qo'llar va oyoqlarga katta amplitudalar bilan sekin, o'rta tempda hamda tanalar mushaklariga beriladigan mashqlardir;

• katta va maksimal tez sur'atli mashqlar organizmni hayotiy funksiyalarining ma'lum

darajada taranglashga olib keladi. Mushaklar faoliyati anayerob xarakterga ega bo'lib, uzoq muddat davomida "kislorod qarzi" so'ndiriladi. Shunga qaramasdan, ushbu tiklanish davrida modda almashishi davom etishi kuchayadi, kichik maksimal tez sur'atli mashqlarning ta'siri uzoq davom etadi.

Tezlik bilan yugurish, tez yurish, gimnastik uskunalarda bajariladigan mashqlar, qo'shimcha malollik mashqlari, katta mushaklar guruhiga beriladigan mashqlar katta amplituda va tezlik bilan bajarilishi natijasida, organizmga ma'lum yuklama berilishi munosabati bilan bu mashqlarning bajarilishida qat'iy shifokor nazorati o'tkazilishi lozim.

Ideomotor mashqlar alohida guruhni tashkil etadi. Bu esa "fikrlash gimnastikasi"dir. Bu yerda hech qanday sehrgarlik yo'q: ma'lum bir harakatni tasavvur qilish bosh miyada ma'lum neyronlarni qo'zg'atadi, shu bilan harakat nerv hujayralari faollashadi. Bu esa buzilgan periferik nervlarni tiklashga yordam beradi (16).

Har xil kasalliklarda turli jismoniy mashqlar maqsadli ta'sir ko'rsatadi. Masalan: yurak qon-tomir va nafas olish tizimi uchun maxsus nafas olish mashqlari, gipertoniya kasalligida — bo'shashtirish mashqlari (mushaklar relaksasiyasi); markaziy nerv tizimi kasalliklarida — harakat koordinasiyasi va muvozanatni yaxshilash mashqlari; ovqat hazm qilish kasalliklarida — qorin bo'shlig'i pressiga, suyaklar sinishi va mushaklar atrofiyasida statik izometrik mashqlar va hokazolar tavsiya etiladi.

Turmush tarzi — insonning jamiyat va muhitdagi hayotini, mehnat qilish, dam olish va hokazolarni o'z ichiga oladi. Uning tarkibiy qismlariga nafaqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyati, balki ishlab chiqarishdan tashqari vaqtdagi ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. Tibbiy faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy ta'sirotlar, nojo'ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bularning oldini olish uchun aholining o'z salomatligiga bo'lgan munosabatlarini tarbiyalash va tibbiy bilimlarni targ'ib qilish zarur.

Sog'lom turmush tarzi keng ma'noli tushuncha bo'lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o'zini tiyish, har yili shifokor ko'rigidan o'tib turish va shu kabi boshqa ko'plab tarkibiy qismlardan iboratdir. Jamiyatning har bir a'zosi bularni o'z turmush tarziga tatbiq etsa, sog'lom hayot kechiradi (22,23).

Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishda tibbiy nazorat muhim o'rin tutadi. Kasalliklarni oldindan aniqlash maqsadida dispanser ko'rigi yoki aholini yoppasiga tibbiy ko'rikdan o'tkazish ko'pgina xastaliklarga qarshi kurashishda ahamiyatga ega.

1. Kasalliklar profilaktikasi va davosi bilan shug'ullanish.

2. Maslahatlar berish.

3. Kasallanish va o'lim holatlarini o'rganish.

4. Umumiy tarmoq shifokorlariga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatish.

Aholining tibbiy savodxonligini oshirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va kasalliklarning oldini olishda sog'liqni saqlash muassasalari, davlat va jamoat, madaniyat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari hamkorlikda ish olib borishlari zarur (20).

Yalpi tibbiy ko'rik— davolash-profilaktika usullaridan biri bo'lib, kasallikka barvaqt tashxis qo'yish maqsadida shifokor kuzatuvida bemorlarni tekshirib aniqlash; aholining muayyan guruhlari va xastalarni maxsus hisobga olib, ular sog'lig'ini kuzatib borish; kasalliklar, uning oldini olish; bemorlarning sog'lig'i bilan mehnat qobiliyatini tezroq tikl-ash uchun o'z vaqtida davo va profilaktika tadbirlari o'tkazish; dispanser hisobida turgan kishilarning mehnat, shuningdek, turmush sharoitlarini o'rganish, kasalliklarning ko'payishiga imkon beradigan

omillarni bartaraf etishni o'z ichiga oladi (40,42)

Aholi dispanserizasiyasida qatnashuvchi muassasalarning uch turi mavjud:

1. Ambulatoriya-shifoatxona muassasalar: qishloq vrachlik punkti (QVP), shifokor ambulatoriyalari, tibbiy bo'lim; tibbiy-sanitariya qismi (TSQ), hudud shifoatxonalari.

2. Ixtisoslashgan dispanserlar — kardiologiya, onkologiya, teri-tanosil, endokrinologiya, narkologiya, psixonevrologiya va boshqalar.

3. Viloyat va respublika miqyosidagi kasalxonalar, ixtisoslashgan markazlar, tibbiyot va ilmiy-tekshirish institut-larining shifoxonalari.

Og'ir surunkali kasalliklar (sil, yurak-tomir kasalliklari, me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi va boshqalar), shuningdek, ko'pchilik sog'lom kishilar, chaqaloqlar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, 14—18 yoshdagi o'smirlar, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, homilador ayollar, sportchilar, shaxtyorlar va zararli ishlarda ishlovchilar, harbiy xizmatchilar, mexanizatorlar, sut sog'uvchilar va boshqa kasbdagi kishilar muntazam dispanser kuzatuvida bo'lishadi (25,26,27).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.