Научная статья на тему 'DARSDAN TASHQARI XOLLARDA JISMONIY MASHG‘LOTLARINI TASHKIL QILISH USULLARI'

DARSDAN TASHQARI XOLLARDA JISMONIY MASHG‘LOTLARINI TASHKIL QILISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
571
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hayotga tayyorlash / rivojlanish tarixi / jismoniy tarbiya / sog‘lom turmush / maxsus tayyorgarlik.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Yusupbayeva Amahgul Saparbayevna, Islomov Umidjon

Maqola maktabdan tashqari xollarda jismoniy mashg‘lotlarni tashkil qilish va bolalarni hayotga tayyorlash, ularning sog‘lom turmushga, jismoniy tarbiya darsiga moslashuvini kuchaytirish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DARSDAN TASHQARI XOLLARDA JISMONIY MASHG‘LOTLARINI TASHKIL QILISH USULLARI»

DARSDAN TASHQARI XOLLARDA JISMONIY MASHG'LOTLARINI TASHKIL

QILISH USULLARI 1Yusupbayeva Amahgul Saparbayevna, 2Islomov Umidjon

1CHDPU «Jismoniy madaniyat metodikasi» kafedrasi o'qituvchisi 2CHDPU J/M yo'nalishi 22/1 talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051034 Annotatsiya. Maqola maktabdan tashqari xollarda jismoniy mashg'lotlarni tashkil qilish va bolalarni hayotga tayyorlash, ularning sog'lom turmushga, jismoniy tarbiya darsiga moslashuvini kuchaytirish yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Hayotga tayyorlash, rivojlanish tarixi, jismoniy tarbiya, sog'lom turmush, maxsus tayyorgarlik.

Umumta'lim maktabi o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Negaki, maktabda mamlakatimizdagi hamma bolalar ta'lim oladilar. Jismoniy tarbiya maktab o'quv-tarbiyaviy ishining ajralmas qismi sifatida o'quvchilarni hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashda yetakchi rol o'ynashi lozim. Mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida bunga ayniqsa, katta e'tibor berilayapti. Chunki, Prezidentimiz aytganidek, "Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi". Maktabdagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar o'quvchilardan havaskorlikni, tashabbuskorlikni, uyushqoqlikni talab qiladigan juda xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Ular o'quvchilarda tashkilotchilik ko'nikmalari, faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi.

Maktabdagi o'quvchilar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Sog'likni mustahkamlash, o'quvchilarni to'g'ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Bu vazifa maktabdagi barcha jismoniy tarbiya va sport ishlarining eng muhimi hisoblanadi. U har bir o'qituvchining, pedagogika jamoasining diqqat markazida bo'lishi kerak.

O'quvchilik davri bolalarning tez o'sish va jismoniy rivojlanish davridir, shuning uchun maktab o'quvchilarining jismoniy jihatdan normal rivojlanishi uchun iloji boricha ko'proq kuch sarflash kerak. O'quvchilar sog'ligini mustahkamlash va ular organizmini chiniqtirish avvalo jismoniy mashg'lotlar jarayonida amalga oshiriladi. Bunda ko'pchilik mashg'lotlar ochiq havoda o'tkaziladi, mashg'lotlar usti yopiq binoda o'tkazilganda esa tegishli gigienik sharoit yaratiladi. O'yinlar, yugurish, sakrashlar, uloqtirish kabi mashqlar juda muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar bilan shug'ullanishda katta muskul guruhlari rivojlanadi, nafas olish, yurak-tomir va organizmning boshqa tizimlari mustahkamlanadi. Sog'likni mustahkamlash va to'g'ri, har tomonlama rivojlantirish vazifalari maktabda o'tkaziladigan boshqa bir qator xilma-xil tadbirlar orqali, xususan: darslardagi fizkultura minutlari, tanaffuslarni uyushqoqlik bilan o'tkazish, mashg'lotgacha gimnastika, maktab binosi tozaligi uchun kurash, issiq nonushtani tashkil etish, o'qituvchilarning o'quvchilar qomatini, yurishini doimiy nazorat qilib turishlari orqali amalga oshiriladi. Maktab o'quvchilarining garmonik rivojlanishida qomat muayyan ahamiyatga ega. Barcha ichki organlarning to'g'ri holati va normal ishlashi qomat bilan

bog'liqdir. Sog'likni mustahkamlash va organizmni chiniqtirishda tabiatning tabiiy omillaridan keng foydalaniladi.

2.O'quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigienik bilim va ko'nikmalarni singdirish. Bu vazifa o'quvchilarga jismoniy mashg'lotlarning foydasi haqidagi, gigienik qoidalarga, shuningdek, dasturda ko'zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to'g'ri bajarish qoidalariga rioya qilish haqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat. Bularning hammasi bolalar sog'ligini mustahkamlashga, ularning gigiena qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo'lib, bunga maktab, oila, jamoatchilik hamda bolalarning o'zlarining birgalikdagi harakati bilan erishiladi.

3.O'quvchilarda harakat malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o'rgatish. Bundan tashqari, bolalarni bevosita amaliy xarakterga ega bo'lmagan turli mashqlarga o'rgatib borish zarur. Bolalarga o'yin uchun ko'proq imkon berish kerak, chunki o'yinlarda harakatlarning xilma-xil boyligi ochiladi.

4.Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish. Tezkorlik , kuch, epchillik va chidamlilik har bir kishi uchun zarur bo'lgan sifatlardir. Ular bolalarda harakat ko'nikmalarining shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir.

5.Botirlik, qat'iylik, intizomlilik, jamoa bo'lib ishlash, do'stlik va o'rtoqlik hissini, madaniy xulq ko'nikmalarini, mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash.

6.Turganda va yurganda qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalarini shakllantirish.

7.O'quvchilarni Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida aks etgan jismoniy madaniyat

kompleksida ko'zda tutilgan mashqlarni bajarishga asta-sekin tayyorlash.Masalan, 1-11 sinflarning jismoniy tarbiya dasturlariga "Dovyuraklar va chaqqonlar" bosqichining ko'pchilik mashqlari kiradi.Ana shu mashqlardan tanaffuslarda foydalanish mumkin.

8.O'quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo'yicha muntazam mashg'lotlarga barqaror qiziqish va ko'nikmalarni tarbiyalash.

9.O'quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash.

Jismoniy tarbiya vositalari : jismoniy mashqlar, mehnat, tegishli kun rejimi va tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi.Maktabda jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi jismoniy mashqlardir.Jismoniy mashqlar o'quvchilarda harakat malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish bilan bog'lik vazifalarni hal etadi, harakat apparatining rivojlanishiga yordam beradi, qon aylanish va modda almashinishini yaxshilaydi, nafas olishga ijobiy ta'sir etadi. Jismoniy mashqlarni tanlashda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatom-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, albatta hisobga olinadi. Bolalar organizmining eng muhim xususiyati -bo'yining tez o'sishi va tananing hamma organlarda sifat o'zgarishlari bo'lishidir. Ayniqsa, oyoqlar tez o'sadi. Bu tana mutanosibligini o'zgartradi. Tana og'irligi yiliga o'rtacha 2 kg ko'payadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning yuragi nisbatan katta, qon tashuvchi tomirlari kattalarnikiga qaraganda keng,tomir devorlari esa elastikroq bo'ladi. Puls tezroq(minutiga 90 martaga yaqin uradi) bo'ladi. Yurak muskuli zaif va elastik bo'ladi. Yurak tomir tizimining o'ziga xos xususiyatlari tortilish, og'irlik ko'tarish, qarshilikni yengish bilan bog'liq bo'lgan mashqlarni chegaralashni talab qiladi. Bolalarga qiyin, asab muskulini taranglashtiruvchi,

yurakni tez urdiruvchi mashqlarni bajartirmaslik kerak.Kichik maktab yoshidagi o'g'il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishida ba'zi bir farqlar kuzatiladi, o'g'il bolalarning bo'yi va og'irligi o'rtacha olganda ortiqroq, ko'krak qafasi kengroq va o'pkaning faoliyat hajmi kattaroq bo'ladi. O'g'il bolalarda muskul kuchi yaxshirok rivojlanadi. Shunga bog'liq ravishda ularning harakat qobiliyatlari farqlanadi, o'g'il bolalar tezroq yugurishadi, uzoqroq va balandroqqa sakrashadi. Jismoniy rivojlanishning qonuniy xususiyatlari 1 va 11 sinflardagi o'g'il va qiz bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalarini tanlashda aks etmaydi.11 sinfdan boshlab o'g'il bolalarga qiz bolalarga nisbatan ko'proq mashqlar berish mumkin.Kichik yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlari o'qituvchini ishlashga, jiddiy, maqsadga binoan va muntazam ishlashga, bola organizmining to'g'ri shakllanishi va o'sishiga yordam berishga da'vat etadi.O'quvchilar jismoniy tarbiyasining muhim vositasi jismoniy mehnat hisoblanadi. Maktab o'quv rejalariga kiritilgan mehnat darslarining ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati katta. Maktab o'quvchilarining nerv tizimi va organizmining hamma faoliyatlariga muhim ta'sir ko'rsatadigan qat'iy kun tartibi bolalarning jismoniy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid ish shakllari:

Jismoniy madaniyat darslari, o'quv kuni tartibidagi jismoniy tadbirlar: mashg'lotgacha gimnastika, darsda jismoniy tarbiya daqiqalari, tanafussda o'yin va mashqlar, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, uyda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish.Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishining asosiy shakli o'qituvchi tomonidan davlat dasturiga binoan, maktab o'quv rejasi va qat'iy jadval bo'yicha o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridir. Jismoniy mashg'lotlar sog'igi tekshirilib ruxsat etilgan hamma o'quvchilar uchun majburiydir.O'quvchilarni jismoniy tarbiyalashda maktab o'quv kuni rejimidagi jismoniy madaniyat tadbirlari muhim rol o'ynaydi. Ulardan asosiylari quyidagilardir: dars oldilan o'tkaziladigan har kungi gimnastik, dars vaqtida o'quvchilarni to'liqishda. Yuqoridagi tadbirlarning barchasi o'quv kuni davomida jismoniy tarbiyaning muayyan vazifalarini hal etishga, o'quvchilarni o'quv mashg'lotlari jarayonidagi aqliy faoliyatga tayyorlashga qaratilgandir. Maktabda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish. Maktabdagi hamma xodimlar o'quvchilarni jismoniy tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi va vazifalari, mazmuni va shakllarini to'g'ri tushunishlari, amaliy ishlarda o'z kuchiga yarasha qatnashishlari, o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida jismoniy madaniyat va sportni faol targ'ib qilishlari lozim.Umumta'lim maktabi o'qituvchilari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart: dars yuksak darajada o'tishini ta'minlash va tegishli sinf: jismoniy tarbiya dasturini to'liq bajarish, hakim bilan birgalikda o'quvchilarni tibbiy tekshiruvidan o'z vaqtida o'tkazib borish va o'z ishlarida tibbiy tekshiruv natijalarini hisobga olish, bolalarning hammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda shug'ullanishlariga erishish, jismoniy tarbiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlarni uyushtirish va o'tkazishda ishtirok etish hamda unga o'quvchilarni keng jalb qilish va hokazo.Maktabdagi jismoniy tarbiya ishlariga otaliq tashkilotlarni, shu jumladan, ko'ngilli sport jamiyatlarini tortish tavsiya etiladi.

Umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiyaning vazifalari

Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

a) sog'likni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish;

b) hayotga zarur bo'ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo'lgan harakat malaka va ko'nikmalarni egallash;

v) kishining ma'naviy va irodalilik sifatlarini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlilik)ni o'stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasi egallash.

Mehnatkashlar sog'lig'ini mustahkamlash, O'zbekistondagi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir.Jismoniy tarbiyaning turli vositalarini to'g'ri qo'llash kishi organizmida chuqur va har tomonlama ta'sir ko'rsatadi, mustahkam sog'liq hamda zarur jismoniy tayyorgarlikni ta'minlaydi. Jismoniy tarbiyaning o'ziga xos vositalari jismoniy mashqlardir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish markaziy nerv sistemasining rivojlanishi va mustahkamlanishiga , qon aylanish va nafas olish organlariga juda yaxshi ta'sir qiladi, bosh miya po'stlog'ining charchashini kamaytiradi hamda kishining ish qobiliyatini oshiradi. Jismoniy mashqlarning tayanch harakat aparatining rivojlanishi va mustahkamlanishida ham ahamiyati katta. Jismoniy mashqlar tufayli suyaklar juda mustahkamlanadi, bo'g'inlarda harakatchanlik oshadi, tana qayishqoqlashadi. Muskullarda ko'proq o'zgarish ro'y beradi. Jismoniy mashqlar ta'sirida muskullar hajmi oshadi, kuchi o'sadi, muskullarning qisqarish tezligi va ularning elastikligi ortadi. Jismoniy mashqlar kishining ichki organlariga, avvalo yurak va o'pkaga juda yaxshi ta'sir ko'rsatadi.Jismoniy mashqlar jarayonida kishi tanasining barcha muskullari, shu jumladan, yurak muskuli rivojlanadi va harakat qiladi. Mashq qilgan yurak har qisqarganda aortaga mashq qilmagan yurakka nisbatan ko'proq qon haydaydi. Mashq qilgan sportchining yurak urishi xotirjam turganida (minutiga 50-60 marta) sekin, lekin katta hajmdagi ish bajarganda tez bo'lishi (minutiga 240 marta) mumkin.Tadqiqotlar sportchi yuragi jismoniy mashg'lotlar jarayonida katta ish bajarib zaiflashmasligi, balki mustahkamlanishini va yurak ish qobiliyati bilan farq qilishini ko'rsatadi.Jismoniy mashqlar ta'siri ostida nafas olish organlari rivojlanadi va mustahkamlanadi, ko'krak qafasi hajmi kattalashib uning harakatchanligi oshadi. Ko'krak qafasining nafa s olish ekskursiyasi odatdagi 4-6 sm o'rniga 10-15 smga yetadi.Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish o'pka ventilyatsiyasining kuchayishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan to'g'ri, chuqur nafas olishning shakllanishiga yordam beradi.O'zbekistonda xalqimizning hayoti va mehnat faoliyatida umumiy jismoniy tayyorgarlik: tez yurish va yugurish, yaxshi suzish, sakrash, chang'ida yurish to'siqlarini yengib o'tish, granatani uzoqqa va aniq uloqtirish va h. muhim ahamiyatga ega. Bu malaka va ko'nikmalarni juda yoshlikdan shakllantirish jismoniy tarbiyaning amaliy vazifalaridan biridir. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari (tabiatning tabiiy kuchlari, shaxsiy va jamoa gigienasi) bilan birga oqilona qo'llaniladigan jismoniy mashqlar kishi sog'lig'ini yaxshilashga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanishning ta'limiy ahamiyati katta. Jismoniy mashg'lotlarda mashqlarning organizmda ta'siri, amplituda, sur'at, ritm haqida, mashqlarni bajarishni eng to'g'ri yo'llari haqida tushuntirishlar berib boriladi. Shunday qilib, shug'ullanuvchilar jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yordam beruvchi maxsus bilimlarni egallaydilar.Mamlakatimizda jismoniy tarbiya demokratik huquqiy davlat qurilishining umumiy vazifalariga buysundirilgan, shuning uchun yuksak axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir. To'g'ri uyushtirilgan jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida uyushganlik, ongli intizom, tashabbuskorlik, topqirlik kabi axloqiy va irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Shug'ullanuvchilar jismoniy mashqlarni bajarish paytida mashg'lot rahbarlari tomonidan ongli ravishda va ustalik bilan yaratiladigan katta-kichik qiyinchiliklarni yengib o'tadilar, bu qat'iylik, botirlik, sabotlilik, dadillikni tarbiyalashga yordam beradi.Jamoa

mashqlarini uyushgan holda bajarish, yurishlar, musobaqalar, bayramlar, do'stlik, o'rtoqlik hissini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.Insonning harakatli faoliyatida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, qayishqoqlik kabi jismoniy sifatlar muhim rol o'ynaydi. Bunda jismoniy sifatlar doimo birgalikda, o'zaro aloqada namoyon bo'ladi. Bu inson organizmining ichki butunligi, uning funktsiyalarining o'zaro harakati bilan izohlanadi.

KUCH - deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan yengish qobiliyatiga aytiladi. Kuch u yoki bu darajada istalgan bir harakatda namoyon bo'ladi. Shtanga ko'tarish, qo'lda tortilish, vertikal arqonga oyoqlar yordamisiz tirmashib chiqish, yadro irg'itish va boshqalar kuchning yorqin ifodasidir.

TEZKORLIK - Bu kishining harakatni mumkin qadar yuqori tezlikda bajarish qobiliyatidir. Harakat tezligini (M: yugurishda) va harakat reaktsiyasining tezligini farqlash mumkin.

EPCHILLIK - Bu harakatni koordionatsiyalash, yangi harakatlarni egallash o'zgarib turuvchi sharoit talabiga ko'ra bir harakatdan ikkinchisiga tezda o'ta olish qobiliyatidir.Chaqqonlikni rivojlantirish uchun shug'ullanuvchi uchun yangilik va koorditsion qiyinchilik unsuri bo'lib ko'rinadigan har qanday jismoniy mashqdan foydalanish mumkin.

CHIDAMLILIK - organizmning u yoki bu harakat faoliyatidan toliqishga bardosh bera olish qobiliyatidir. Umumiy chidamlilik uzoq vaqt davomida (M: davomli yurish, yugurish, suzish, chang'ida yurish) o'rtacha sur'atda tinimsiz harakat faoliyatiga bardosh berish qobiliyatidir. Maxsus chidamlilik esa muayyan faoliyatdagi chidamlilikdir. Sportda M: tezkorlik va chidamlilik birikib keladigan tezkor chidamlilik, kuch va chidamlilik birikuvida keladigan kuch chidamliligi bo'lishi mumkin. O'rtacha zo'r berishni, lekin uzoq muddat davomida bajarishni talab qiluvchi turli jismoniy mashqlar chidamlilikni o'stirishning vositalari bo'lib xizmat qiladi. Chayirlik kishi organizmining tayanch harakat apparati zvenolarining harakatchanligi bilan xarakterlanadigan xususiyatidir. Harakat ko'lami qayishqoqlikning ko'rsatkichlaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Harakat ko'lami tezkorlik, chaqqonlik va boshqa sifatlarning namoyon bo'lishiga ta'sir etadi. Qayishqoqlikni tarbiyalash uchun cho'zilish, ya'ni harakatlar ko'lami oshirib bajariladigan mashqlar qo'llaniladi. Bu mashqlar avvalo, qo'llar oyoqlar, gavda, bosh uchundir. Yurishning va katta qadam turli xillari "qadamlab" sakrashlar, cho'kkayib turgan holatda sakrashlar, chuqur o'tirish, gimnastika devoriga yuz o'girib yoki teskari turib - oldinga , orqaga, yon tomonlarga o'girish mashqlari va boshqalar. Kishining jismoniy sifatlari harakat malakalari va ko'nikmalari bilan, shuningdek, irodali sifatlari bilan doimo chambarchas bog'liqdir. Bunda tezkorlik kuch epchillik va chidamlilikning hosil bo'lishi tegishli chidam va sabotni ko'pincha esa botirlikni talab etadi. Kishining jismoniy sifatlarining tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim vazifalaridan biridir.Sport kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi: sog'liqni mustahkamlashga, umumiy jismoniy rivojlanishga, amaliy ko'nikmalarni egallashga yordam beradi va o'zining yuksak emotsionalligi bilan farqlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar PF-5924 sonli "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr PF-6099 sonli "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabr, PQ -4877-sonli "Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

4. Юсупбаева.А.С Совершенствование педагогических механизмов формирования здорового образа жизни в дошколном образовании на основе физического воспитания «Мактаб ва хдёт» илмий методик журнал. № 3 2020 йил.

5. Yusupbayeva.A.S Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishida harakatli o'yinlarni tashkil yetish usullari «Xalq ta'limi» ilmiy-metodik jurnal. № 5 2021 yil.

6. B. T. Haydarov, G. X. Ibroimova, J. J. Kazimov «Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi» Samarqand-2020

7. Саломов Р.С., Арипов Ю.Ю. Мактаб ёшидаги болалар жисмоний тарбияси методикаси асослари. - Т., "Молия". 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.