Научная статья на тему 'Развитие движений навыков с помощью гимнастических упражнений для дошкольников'

Развитие движений навыков с помощью гимнастических упражнений для дошкольников Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
76
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
гимнастика / действие / спортивные упражнения / просто туризм / комплексные упражнения / искусственные движения / упражнения / которые развивает общую / физических загрузок / координация действий / элемент гимнастики. / gymnastics / action / sports exercises / simple tourism / simple and complex exercises / artificial movement / exercise that develops total / physical downlands / coordination of actions / item gymnastics.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Усмонжон Раджапов, Ирода Алиева

В статье представлена информация о важности физического воспитания на ранних этапах дошкольного образования, а также о важности физического воспитания и видов физической культуры навыков ловкости, мастерства равновесия и упражнений, направленных на быструю адаптацию к меняющимся обстоятельствам.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Development of motor skills through gymnastic exercises for preschoolers

In the article is informed about physical training in early stages pre-school education and also importance physical education, types of physical culture, skills, mastering of balance and exercises directed into adaptation movement for changing circumstances.

Текст научной работы на тему «Развитие движений навыков с помощью гимнастических упражнений для дошкольников»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Development of motor skills through gymnastic exercises for preschoolers

Usmonjon RAJAPOV1, Iroda ALIEVA2

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

Article history:

Received August 2021 Received in revised form 20 August 2021 Accepted 25 September 2021 Available online 25 October 2021

Keywords:

gymnastics, action,

sports exercises, simple tourism, simple and complex exercises,

artificial movement, exercise that develops total, physical downlands, coordination of actions, item gymnastics.

ABSTRACT

In the article is informed about physical training in early stages pre-school education and also importance physical education, types of physical culture, skills, mastering of balance and exercises directed into adaptation movement for changing circumstances.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning gimnastika mashqlari orqali harakat ko'nikmalarini rivojlantirish

ANNOTATSIYA_

Maqolada maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchi-larini hamda uzluksiz ta'limning keyingi bosqichida jismoniy tarbiyaning ahamiyati asosiy mazmuni va jismoniy tarbiyaning turlari, ularda bolalar uchun chaqqonlik harakatlari, muvozanat maxorati hamda o'zgarib turadigan sharoitlarga tez va oson moslashib ketishga mo'ljallangan mashqlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar:

gimnastika,

harakat,

sport mashqlari,

oddiy turizm,

oddiy va murakkab

mashqlar,

sun'iy harakat,

1 Associate Professor, Department of Physical Culture, Faculty of Early Education, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.

2 Master's student of Physics and Theory and Methods of Sports Exercises, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

umumiy rivojlantiruvchi

mashqlar,

jismoniy yuklama,

harakatlarni

muvofiqlashtirish,

ertalabki gimnastika.

Развитие движений навыков с помощью гимнастических упражнений для дошкольников

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

гимнастика, действие,

спортивные упражнения, просто туризм, комплексные упражнения, искусственные движения, упражнения,

которые развивает общую, физических загрузок, координация действий, элемент гимнастики.

В статье представлена информация о важности физического воспитания на ранних этапах дошкольного образования, а также о важности физического воспитания и видов физической культуры навыков ловкости, мастерства равновесия и упражнений, направленных на быструю адаптацию к меняющимся обстоятельствам.

Muxtaram birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, nimani o'z oldimizga maqsad qilib qo'ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha oliyjanob harakatlarimizning zamirida farzandlarimizning ham jismonan, ham ma'naviy jihatdan sog'lom qilib o'stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko'rish, dunyoda xech kimdan kam bo'lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.

Haqiqatan ham, mamalakatimizda barkamol avlod tarbiyasiga faqat ta'lim, sport yoki tibbiyot sohasining masalasi deb emas, balki barcha soha va tarmoqlar faoliyatini majmuali tarzda safarbar etishni taqozo etadigan ko'p qirrali, keng tarmoqli vazifa sifatida qaralmoqda.

Jumladan, bugungi kunda birinchi Prezidentimiz g'oyasi asosida tashkil qilingan, dunyoda noyob tuzilma sifatida e'tirof etilgan "Bolalar sportini ruivojlantirish jamg'ar-masi" faoliyati ham shu maqsadga qaratilgan.

Shu jumladan "Ta'lim to'g'risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning maqdsad va vazifalari shular qatorida. Bular qatorida Maktabgacha ta'lim tizimi bosh bo'g'in sifatida har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoyevning ushbu so'zlari ham bugungi kunda ta'limga, qolaversa uning bosh bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim sohasiga qaratilayotgan e'tibor-ning yuksakligidan dalolardir "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yil ichida mamlakatimizdagi bog'cha yoshiadgi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz".

Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e'tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma'naviy yetuk, jismonan gormonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri xisoblanib kelinmoqda. Hozir ham bu dastur o'z axamiyatini yo'qotgani yo'q. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Sog'lom avlod uchun" dasturining o'zagini tashkil etadi.

Shunday ekan maktabgacha ta'lim qolaversa uzluksiz ta'limning keyingi bosqich-larida ham jismoniy tarbiyaning axamiyati katta.

Bolalar bog'chasida jismomoniy tarbiyaning asosiy mazmunini ijsmoniy mashqlar tashkil etadi. Ular quyidagi jismoniy tarbiya turlaridan iborat bo'ladi:

- gimnastika;

- harakatli o'yinlar;

- sport mashqlari;

- oddiy turizm.

Jismoniy tarbiyada oddiy va murakkab mashqlarning g'oyat xilma-xilligi, tabiiy va sun'iy harakatlartning qo'shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan, jixozlarda bajariladigan mashqlarning mushtarakligi: shug'ullanuvchilar organizmiga umumiy, har tomonlama ta'sir o'tkazish bilan u yoki bu muskul guruhlarining ayrim joylariga ko'proq ta'sir ko'rsata olish imkoniyati: fiziologik yuklamani shug'ullanuvchilar organizmiga nisbatan aniq muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning boshqa jismoniy mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir. Shu tufayli gimnastika muvozanat saqlash va davolash axamiyatiga ega bo'lishi mumnkin. Bolalar bog'chalarida asosiy gimnastika bilan uning turlaridan biri bo'lgan gigiyenik gimnastikadan foyda-laniladi. Asosan gimnastika sog'liqni mustaxkamlashga, organizmni rivojlantirish va chiniqtirishga, ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Qaddi-qomatning noto'g'ri o'sishi va yassi oyoqlikni oldini olish gimnastikaning eng muhim vazifasi hisoblanadi.

Asosiy gimnastika vositalari xayotiy zarur harakatlarni bajarish malakasini shakllantirish va takomillashtirishga, asosiy harakat sifatini rivojlantirishga, shuningdek, hosil qilingan malakani amaliy faoliyatda: xayotda, o'yinda, mashg'ulotlarda qo'llay bilish maxoratiga erishiladi.

Bolalar bog'chasida o'tkaziladigan gimnastikaning o'ziga hos hususuyati bolalarni to'g'ri harakatlarga o'rgatishdan iborat. Bunda bolalar to'g'ri yurish maxoratini takomil-lashtirib boradilar, harakatlarni tarbiyachi talab qilgan sur'at maromda aniq, puxta bajarishga o'rganadilar, har bir bolaning harakati butun jamoaning harakati bilan muvofiq-lashtirib boriladi. Gimnastika bolalarni uyushqoq va intizomli qilib o'stirishda katta axamiyatga ega.

Gimnastikaning mazmuni asosiy harakatlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, saflanish va qayta saflanish, raqs mashqlari tashkil etadi.

Mashqlar harakatlarning harakteriga ko'ra o'zgaruvchan va turg'un mashqlarga bo'linadi. Joyida harakat qilib bajarish bilan bog'liq bo'lgan mashqlar o'zgaruvchan mashqlarga kiradi. O'zgaruvchan mashqlarda harakatlar va muskullarning ishlashi tez-tez o'zgarib, mashqlar goh ko'p, goh kam kuch sarflangan holda bajariladi. Bu esa bolalarning harakat qilish apparatlarini rivojlantirish uchun ayniqsa yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Turg'un mashgqlar esa muskul guruhlarining bir holatda uzoq vaqt zo'r berib turishiga asoslangan. Bu esa qon aylanishini, nafas olish a'zolari faoliyatini qiyinlashtirib qo'yadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklarida ish qobiliyati hali kuchsiz bo'lib, bolalar hadeb bir xil harakat qilaverishi natijasida tezda toliqib qoladilar. Mashqlarni tanlab ularning me'yorini belgilash vaqtida mana shularning hammasini hisobga olish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun chaqqonlikni rivojlantiradigan, harakatlarni muvofiqlashtirish mahoratini oshiradigan, o'zgarib turadigan sharoitlarga tez va oson moslashib ketishga mo'ljallangan mashqlar ko'piroq muvofiq keladi. Gimnastika, asosan,

yirik muskul guruhlarining faol ishlashiga asoslangan harakatlar orqali amalga oshiriladi (uloqtirish, sakrash, tirmashish, cho'qqayib o'tirish, engashish va hakozolar). Biroq bolalarga ko'proq gavdaning ayrim bir qismiga, ayrim mushak, qon tomir guruhlariga ko'proq ta'sir qiluvchi ba'zi mashqlarni, masalan, tovon-to'piq muskullarini mustah-kamlovchi mashqlar (oyoq uchlarida yurish, mayda buyumlarni oyoq uchi bilan bir joydan ikkinchi joyga olish, arqonni oyoq barmoqlari bilan tortish, yoki yig'ib olish kabi) bo'yin muskullarini mustaxkamlovchi mashqlar (boshni burish va engashtirish), qo'l barmoq-laridagi muskullarni mustaxkamlovchi (barmoqlarni bukish va yozish, halqa yoki tayoqni barmoqlar bilan aylantirish) mashqlari ham tavsiya etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy yuklamadan tez charchab qoladilar, lekin ulardagi ish qobiliyati nisbatan tez tiklanadi. Shuning uchun mashg'ulotda jismoniy yuklama qisqa muddatli tanaffuslar bilan yoki muskullarni bo'shashtiruvchi mashqlar bilan tez-tez almashtirib turilishi maqsadga muvofiqdir.

Uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalar asosan, o'zlari kundalik hayotlarida foydalanadigan harakatlarni(yurish, uloqtirish, sakrash va shunga o'xshahs harakatlar) o'rganib oladilar. Biroq, xatto mana shu oddiy harakatlar ham ularda hali takomil-lashmagan bo'ladi: bu harakatlar xali yetarli darajada muvofiqlashmagan bo'lib, ularni aniq bajarmaydilar, ularning tezligi ham juda past bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun harakatlarning son va sifat jihatdan asta-sekin rivojlanib borishi harakterlidir.

Asosiy harakatlar. Yurish, yugurish, emaklash va tirmashib chiqish, uloqtirish va ilib olish, muvozanat saqlash mashqlari asosiy harakatlarga kiradi.

Asosiy harakatlarning o'z vaqtida rivojlanishi bolaning harakat qilish tajribasini boyitadi, unga o'z atrofidagi muhitda erkin harakat qilish imkonini beradi, o'z kuchiga ishonch hissini, faollik, dovyuraklikni tarbiyalaydi.

Asosiy harakatlar bolalarning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: muskullarni, paylarni, qon tomirlarni mustaxkamlaydi va rivojlantiradi, yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalari, ichki organlar va terining ishlashini yaxshilaydi. Agar asosiy harakatlar ochiq havoda o'tkazilsa, ularning sog'lomlashtiruvchi ta'siri ayniqsa ortadi.

Asosiy harakatlar garchi juda oddiy bo'lib tuyulsa xam biroq ularning ayrimlari bolalar uchun murakkab xisoblanadi. Muntazam ravishda mashq qilib, o'rganib boorish orqaligina ularni to'g'ri bajaradigan bo'lishi mumkun.

Yurish bolaning tabiiy harakat qilishidir. Yurish uchun harakatlarning siklligi o'ziga hos xususiyat kasb etadi. Harakatlarning siklligi bir hildagi sikllarning ko'p marotaba takrorlanib turishidan iborat bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko'pchiligi yurgan vaqtda tovon-to'piqlartini bir biriga parallel xolda yoki ozgina ichkariga burgan holda bosadilar.

Gavda muvozanatini saqlashda yelka va qo'l harakatlari katta yordam beradi. Ular bir maromda harakat qiladilar va bu harakatlar oyoqlarning harakati bilan muvofiq-lashtirilgan bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlarni muvofiqlashtirishlari ularning yoshiga qarab muvofiqlashib boradi.

Bolalar guruhlari bilan o'tkazilgan yurisyh mashqlari jamoada harakatlarni muvofiqlashtirishga, uyushqoqlikni tarbiyalashga yordam beradi. Mashg'ulotlarda yurish usullarini, sur'atini, yo'nalishini o'zgartirib turish, turli saflanishlarda yurish mashqlarini o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu boladagi qiziqishni oshiradi, ularda yurishning bir usulidan ikkinchi usuliga o'tish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Yurish vaqtida musiqa chalib turish, sanash, qarsak chalish, turli musiqa sadolari yuirish mashqlarini rivojlanishiga yordam beradi.

Yugurish. Tuzilishi bo'yicha yugurishning yuriush bilan ko'pgina mushtarak tomonlari bor, lekin yugurishning o'ziga xos belgilari ham mavjud. Yugurayotgan kishi yerdan to'la uzilgan vaqtda (parvoz paytining mavjudligi) ana shunday belgilarga ega bo'ladi.

Gavda yerdan uzilganda yugurish uchun katta tezlik olinadi: qadamlarning uzunligi ortadi, gavda parvoz vaqtida inersiya bilan oldinga harakat qiladi, sur'at ortadi.

Gavdaning yugurish vaqtidagi holati: ko'krak yugirilayotgan tomonga qarab biroz oldinga chiqqan, bosh tik tutilgan holda bo'ladi.

Ko'tarilgan oyoq son qismining ancha yuqori ko'tarilib, boldirning old tomoinga chiqishi, yerga tiralgan oyoqning shaxt bilan qattiq itarilishi yugurish uchun o'ziga xos hususiyatdir. Odatda, yugurish vaqtida qo'llar tirsakdan biroz bukilgan holatda bo'lib, panjalar erkin, barmoqlar bukilgan(biroq musht qilib qislmagan) xolda, yelkalar qisilmagan holda erkin tutiladi. Harakatlarni muvofiqlashtirish yurish harakatlariga o'xshash bo'ladi.

Yugurayotganda har bir bolaning qo'l harakatlari o'zining individual hususiyatlariga ega bo'ladi. Bolalardagi qo'l harakatini bir xil qilishga urinish kerak emas. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo'l va oyoq harakatlarini muvofiqlashtirish yugurish vaqtida yurishdagiga qaraganda ancha oldinroq boshlanadi.

Ertalabki gimnastika hamda mashg'ulotlar mazmunini fiziologik vazifa bilan to'ldirish uchun ularga yugurish mashqi ham kiritiladi. Xususan jismoniy tarbiya mashq-lari yetarli vazifani ta'minlay olmaydigan material asosiga qurilgan bo'lsa, u holda bolalarga bir anjomdan ikkinchisiga o'tayotganda yugurib borishni taklif qilish yoki topshiriq bo'yicha mashqni bajarib bo'lgandan keyin bir necha marta aylanib yugurishni buyurish mumkin va hokazo. O'yin vaqtida yugurish o'ynovchining emotsional holatini yaxshilaydi.

Tez yugurib turib, jadal harakatlar bilanm bajariladigan mashqlar bilan yoki boshqa dam beradigan mashqlar bilan almashtirib turilishi kerak.

Sakrashning har hil turlari mavjud. Bolalar bog'chasida turgan joyda sakrash, yurib sakrash, turgan joyda oldinga sakrash hamda balandlikka sakrash, tepadan pastga yoki boshqacha qilib aytganda chuqurlikka sakrash singari turlardan foydalaniladi. Sakrash turlaridan biri hisoblangan arqoncha bilan o'ynab sakrash keng tarqalgan.

Oyoqning yerdan uzilishi va parvoz paytining mavjudligi sakrashning barcha turlari uchun hosdir. Sakrashning har bir turida harakatning 4 ta fazasi bo'ladi. Bular: Tayyor-garlik, depsinish, parvoz, yerga tushish.

Uloqtirish va ilib olish maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida va o'yinlarda keng qo'llaniladi. Bunday mashqlar buyumlar bilan harakat qilishga asoslangan: o'yinda katta va kichik koptoklardan, qum solingan haltachalardan, ichi to'ldirilgan kichik to'plardan va boshqalardan foydalaniladi.

Uloqtirish va ilib olish mashqlari chaqqonlik, to'g'ri mo'ljalga olish singari sifatlarni tarbiyalaydi, oyoq, gavda va ayniqsa qo'l hamda yelka muskullarini mustaxkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bu mashqlar harakatlarni uyg'unlashtirish iqtidorini takomilolashtirishga ham xizmat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga gimnastika katta axamiyatli bo'lib bolalarga barcha xayotiy harakatlarni shakilanishini qamrab oladi.

Muxtaram yurtboshimizning O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi PQ-3305 sonli qarori bo'yicha Vazirlikka bir qator vazifalar yuklatilgan bo'lib bularning asosiylaridan biri Maktabgacha yoshdagi bolalarni shakillantirishda jismoniy tarbiyaga alohida ko'rsatmalar berilib, milltimiz kelajaklari bo'lgan yoshlarni har tomonlama shakillanishlari uchun asosiy e'tibor qaratilgan. Bolalik davridan boshlab xayotiy zaruriy harakat ko'nikma va malakalarini shakillantirishga, bolalarni sog'lom turmush tarzi vositalari bilan uyg'un xolda ulg'ayishida ahamiyatli.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'shlangan tantanali marosimdagi nutqi. 31-avgust 2017-yil.

2. Achilov A. Badiiy gimnastika. Toshkent. - 2010. - B. 16, 18.

3. Niyozev I. Yengil atletika. Farg'ona. - 2015. - B. 13, 43.

4. G'aniboyev I.D., Soliyev I.R., Adbiyev Sh.A., Yengil atletikachilarni yengil atletika turlari texnikasiga o'rgatish uslubiyati. Toshkent. - 2014. - B. 67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.