Научная статья на тему 'SOG‘LOM TURMUSH TARZI SOG’LOM KELAJAK KAFOLATI'

SOG‘LOM TURMUSH TARZI SOG’LOM KELAJAK KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya / sport / motivatsiya / sog'lom turmush tarzi / jismoniy mashqlar / ertalabki badan tarbiya. / physical culture / sports / motivation / healthy lifestyle / morning physical education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muradov N. O.

Maqolada o'quvchilarning jismoniy va axloqiy qiyofasini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'rni hamda jismoniy tarbiya va sportning inson ruhi, ma'naviyati va axloqiga ta'siri xaqida nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A healthy lifestyle is the key to a healthy future

The article presents theoretical and practical information about the role of physical culture and sports in the formation of the moral and ethical image of students and the influence of physical culture and sports on the psyche, spirituality and morality of a person.

Текст научной работы на тему «SOG‘LOM TURMUSH TARZI SOG’LOM KELAJAK KAFOLATI»

SOG'LOM TURMUSH TARZI SOG'LOM KELAJAK KAFOLATI

Muradov N. O.

Annotatsiya- Maqolada o'quvchilarning jismoniy va axloqiy qiyofasini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'rni hamda jismoniy tarbiya va sportning inson ruhi, ma'naviyati va axloqiga ta'siri xaqida nazariy va amaliy ma'lumotlar keltirilgan.

Aннотация: В статье представлены теоретические и практические сведения о роли физического воспитания и спорта в формировании физического и нравственного облика студентов, а также о влиянии занятий физическим воспитанием и спортом на дух духовность и нравственность человека.

Abstract-The article presents theoretical and practical information about the role of physical culture and sports in the formation of the moral and ethical image of students and the influence of physical culture and sports on the psyche, spirituality and morality of a person.

Tayanch so'zlar - Jismoniy tarbiya, sport, motivatsiya, sog'lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar, ertalabki badan tarbiya.

Ключевые слова: физическая культура, спорт, мотивация, здоровый образ жизни, утренняя физкультура.

Key words: physical culture, sports, motivation, healthy lifestyle, morning physical education.

Mamlakatimizda chuqur o'zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Tariximizga kirib kelayotgan buyuk marra munosabati bilan o'tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o'zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lida qanday sur'atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug'ilmoqda. Qisqacha aytganda, biz o'z oldimizga qo'ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya'ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o'sishini ta'minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallash borasidagi sa'y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan holisona baho berishimiz tabiiydir.

Faol harakatning organizmga ko'rsatadigan tasirini quyidagicha ifodalash mumkin:

- yurak-qon-tomir funktsiyasi faollashadi;

- nafas olish yaxshilanadi;

- suyaklar mustahkamlanib, muskullar kuchli bo'ladi, bo'g'inlarning harakatchanligi

ortadi;

- ovqatning yaxshi hazm bo'lishi ta'minlanadi;

- ayrim organlarining faoliyati yaxshilashadi;

- asab tizimi mustahkamlanadi, Bular esa markaziy nerv tizimida bo'ladigan qo'zg'alish hodisalarining muvozanatini bir me'yorda saqlashda katta ahamiyatga ega;

- inson psixologiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;

- qaddi-qomatning to'g'ri shakllanishiga yordam beradi va hokazolar.

Sog'lom turmush tarzi quyidagi komponetlarni o'z ichiga oladi.

1. Inson salomatligini saqlash hamda mehnat qobiliyatini oshirishni ta'minlaydigan mehnat sharoitlarini tashkillashtirish ;

2. Madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish, sport va jismoniy tarbiya bilan shug'illanish, passiv dam olish shakllaridan voz kechish, psixologik qobiliyati ustida ishlash, chekish va ichishdan voz kechish, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, oilada sog'lom muhitni tashkil etish va boshqalar;

3. Mehnat jamoalarida oilada, shaxslaroro munosabatlarni shakllantirish, bemor va nogironlar bilan munosobatlarni shakllantirish;

4. Tabiatni asrash ish joyida jamoat joylarida, transportda o'zini yuqori madaniyatli

tutish;

5. Tibbiy muassasalar tomonidan o'tkaziladigan profilaktik tadbirlarda faol qatnashish, shifokor tavsiyalarini bajarish, birlamchi tibbiy yordamni ko'rsata bilish, ommabop tibbiy adabiyotlarni o'qib o'rganish.

Turmush tarzi omillariga quyidagilar kiradi.

Kasalliklarni kamaytirish va oldini olish uchun avvalo turmush tarzini yaxshilashimiz lozim ekan. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

• Ovqatlanishni to'g'ri tashkil qilish.

• Gipodinamiyani oldini olish ( harakat va salomatlik).

• Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish.

• Oilani har tomonlama to'g'ri tashkil qilish (yaratish).

• O'zaro munosobatlarni meyorlash.

• Zararli odatlardan tiyilish.

• Tozalik va tozalanish masalalariga rioya qilish.

• Baxtsiz hodisalar va jaroxatlanishlardan ehtiyotkor bo'lish.

• Soglom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo'lish.

1. Birinchi shart. Ovqatlanishni to'g'ri tashkil etish.

Shubxasiz bu yunalishlar umumiy harakterga ega bo'lib, ular sog'lom turmush yulidagi harakat dasturini belgilaydi. 19-asrdan boshlab ovqatliklarning tarkibiy mutanosibligi, energiya muvozanati, mikroblar, ovqatlanish tartibi haqida ilmiy qarashlar paydo bo'ldi bu esa uz navbatida dietologiya fanini shakllanishiga zamin yaratdi. Hozirgi kunga kelib esa, noto'g'ri va noratsional ovqatlanish kishilar o'rtasida uchrayotgan oshqozon ichak, yurak qon-tomir, ichki sekretsiya bezlari, bo'gimlar, modda almashinuvining buzilishi, rak kasalliklarining asosiy sababchisi ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi.

Bu kundalik iste'mol qilinayotgan oziq ovqat mahsulotlarini kishilar organizmida fiziologik, biologik talablar asosida tashkil etishdir. To'g'ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o'zining fizik-kiyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og'irlik qilmasligi, aksincha tez va oson xazm bo'lib, organizmni kerakli oziq moddalari bilan ta'minlay olishi lozim. Bu o'rinda biz quyidagi talablarga rioya qilishimiz kerak:

1. Ovqatlik mahsulotlari tarkibini kishi organizmining fiziologik talablariga mos bo'lishini

ta'minlash;

2. Iste'mol qilinadigan ovqatning miqdorini kishi sarf qiladigan energiyaga mos bo'lishini

ta'minlash;

3. Ovqatlanish rejimini kishi badanidagi biologik qonuniyatlarga mos bo'lishini ta'minlash;

4. har galgi ovqatlanishda badan fiziologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish;

5. Ovqatlarni tayyorlashda uning tarkibi va sifatini saqlab qolish tartiblariga rioya qilish;

6. Ovqatlik mahsulotlarni yetishtirish, tanlash va saqlashga bo'lgan talablarga rioya qilish;

7. Ovqat xazm qilish a'zolari tuzilishi va ulrning funksiyalari to'g'risidagi qisqacha

ma'lumotlarga ega bo'lish;

8. Ovqat xazm qilish tizimi normalarini baholovchi asosiy ko'rsatkichlarni bilish;

9. Ovqat xazm qilish tizimi muammolarida tadbirlar qo'llash hamda mutaxassislarga

murojaat qilish.

Agarda, ovqatlanishda yuqoridagi harakat dasturiga rioya qilsangiz va shu talablarning har birisi bo'yicha oddiygina tushunchalarga ega bo'lib, ularni o'z turmushingizda qo'llashni bilsangiz siz ovqatlanishni ongli tashkil qilgan bo'lasiz va xech qachon u bilan bog'liq muammolarga duch kelmaysiz. Shuning uchun, yukoridagi ovqatlanishga bo'lgan talablarning har biri bo'yicha aloxida to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi.

• Ovqatliklarning tarkibida un maxsulotlari va shirinliklarni muntazam ortiqcha iste'mol qilish natijasida butun tanada xilt ko'payib ketadi. Ortiqcha xiltlar ichki a'zolar, badan bo'shliqlari va bo'gimlarga o'tib a'zolar faoliyatini qiyinlashtish oqibatida, artrit, poliartirit, radikulit, osteoxondroz, semirib ketish, ichaklarda qabziyat, qandli diabet, tomirlarda ateroskleroz, tana va ichki a'zolarda o'smalar paydo bo'lishi kabi kasalliklarga sharoit yaratadi. Ovqatining tarkibida un mahsulotlari va shirinliklar ko'p bo'lgan insonlar orasida tez-tez shamollash, har xil virusli toshmalar toshishi, gaymorit, frontit, otit, surunkali tonzillit, faringit va tanadagi ortiqcha xiltlarni bronxlar orqali ko'plab ajralib chiqishidan tez-tez tomoq qirish, burun qoqish, balg'am tupirish kabi holatlar ko'p uchraydi.

• ovqatliklarning tarkibida go'sht, tuxum oqi oqsillarni surunkali iste'mol qilish natijasida buyraklar faoliyatining qiyinlashuvi, buyrakda o't qopida, siydik chiqaruv yo'llarida tosh hosil bo'lish, ichaklarda qabziyat, ruhiayatning buzilishi, asabiylik kabi holatlarga sabab bo'ladi.

• ovqatliklar tarkibida yog'larni, ayniqsa mol yog'larining ortiqchaligidan qonning tarkibi quyuqlashib, tomirlarda ateroskleroz va uning oqibatida yurakda stenokardiya, infarkt xolatlari, qon bosining yuqori bo'lishi, xolesistit, semirib ketish kabi holatlarga olib keladi.

• ovqatliklar tarkibida vitaminlarning yetishmasligidan parchalanish jarayonlari sustlashish oqibatida a'zolarning faoliyati uchun zarur bo'lgan moddalar yetishmasligi sodir bo'ladi. Oqibatda bolalarda raxit, kattalarda shapko'rlik, Organizmdagi barcha muhum jarayonlarning susayishi kabi xolatlarga olib keladi.

• ovqatliklarning kimyoviy zaharli moddalar bilan zararlanishidan turli darajalardagi ovqatdan zaharlanishlar, radioaktiv moddalar bilan zaharlanishidan esa, sochlarning to'kilib ketishi, ichki a'zolar faoliyatining susayishi, bepushtlik, rak, oq qon kabi og'ir oqibatlarga olib keluvchi kasalliklar yuzaga keladi.

• Ba'zi bir ovqatlik turlarining ayrim odamlar organizmiga mos kelmasligidan terida har xil toshmalar toshishi va qichishi (dermatitlar), oshqozon va ichaklarda - gastrit va kolit, miya to'qimalarining zaharlanishi - migren, meningit, nafas olishning qiyinlashuvi - diqqinafaslik, yurakda huruj-stenokardiya va butun organizmda bezovtalikka sabab bo'luvchi allergik holatlarga olib keladi.

• Ortiqcha ovqatlanish va ovqatxo'rlik tufayli, semirib ketish, qomatning buzilishi, go'zallik va epchillikning izdan chiqishi, kishi gavdasining beso'naqay, ko'rimsiz, kiyim-kechak yarashmaydigan ahvolga kelib qolishi, nafas olish va harakatlarning qiyinlashuvi, tanadan va og'izdan qo'lansa hidlarning tarqalishidan noqulay ahvolga tushish, kasallanish ehtimollarining ortib borishi yuz beradi.

• Spirtli ichimliklarni surunkali iste'mol qilish oqibatida ruhiyatning buzilishi, asabiylik, o'z hatti-harakatlarini nazorat qila olmaslikdan insoniy, ahloqiy normalardan chetga chiqish, obro'-e'tiborning, farzandlar tarbiyasida massuliyatning bo'lmasligi, jinoyatga qo'l urish, insonni shaxs sifatida inqirozga yuz tutishi, uydan eldan oiladan, bola-chaqadan ajrab yakka yolgizlikda yashab umrini barbod qilish

holatlari uchrab turibdi. 1. Ikkinchi shart. Harakatli turmush va jismoniy mashg'ulotlarning salomatlikdagi roli. Talaba quyidagilarni bilishi kerak:

• Harakatlarning ruxiy va jismoniy rivojlanishga ta'siri.

• Kasalliklarni oldini olishda harakatlarning ahamiyati.

• Jismoniy mashq turlari.

• Jismoniy mashq qilishning asosiy negizlari.

• Bemor organizmiga jismoniy mashqlarning ta'siri.

• Aholining turli guruhlarida (yoshiga, mexnat turiga, jinsiga qarab) harakat darajalarini aniqlashni.

Bugungi hayotimizdan bizga shu narsa ma'lumki, taraqqiyot imkoniyatlari va qulayliklari bizni harakat qilishdan deyarli ozod qilib qo'ydi. Bu holat inson organizmining chidamliligini pasaytirib, kasalliklarga beriluvchanligini oshirdi. Tana va mushaklar mustahkamligi kamaydi. Kam harakatlilik tufayli organizmda o'tirib qolgan chiqitlar (chala parchalanish ma hsulotlari) ichki a'zolar faoliyati yomonlashdi. Natijada ovqat xazm qilish, moddalar almashinuvi, ayirish sistemasi a'zolarining va boshqa a'zolar faoliyatini buzulishi bilan bog'li q kasalliklar ko'paydi. Demak, insoniyat uchun harakat va uning turlarini, o'zining kundalik turmushiga ongli ravishda kiritish zarurati paydo bo'ldi. Shuning uchun salomatlik, ishchanlik, faol va baxtli keksalik, uzoq umr kabi inson orzu xavaslarini ro'yobga chiqarishda harakatli turmush jismoniy mashg'ulotlarning roli va ahamiyatini fan ham, hayot ham allaqachon isbotlagan.

Salomatlikning bu samarali vositasini kundalik turmushimizga kiritishga ba'zan hayotning o'zi majbur qilsa (tirikchilik yo'lidagi harakatlar va yugur-yugurlar), ko'pchilik ishlarda davr talabi va davlat siyosati natijasidagi zamondoshlarimizning ongli intilishlari sabab bo'lmoqda. Buni shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazidagi qurilgan va qurilayotgan stadionlar, tennis kortlari, sport maydonlari, sog'lomlashtirish markazlari yoki ushbu masalalarga bag'ishlangan prezident farmonlari, xukumat qarorlarida olib borilayotgan katta targ'ibotchilik ishlarida ko'rish mumkin. Harakat natijasida insonning turli a'zo va tuzulmalar faoliyati me'yorlashadi, aqliy va jismoniy mehnatga bo'lgan faoliyati ortadi. Inson uchun harakat to'laqonli xayot va faoliyat ko'rsatgichidir. Harakatchanlik tufayli quyidagilar:

• butun kun davomida yaxshi kayfiyatda bo'lasiz;

• ishda charchamaydigan, ishingiz sifatli va unumli, ijodiy faoliyatingiz kuchli bo'ladi.

• asab tizimi muvozanatlashib, bosiq, mulohazali bo'lasiz.

• teri osti va ichki a'zolarga to'plangan yog'lar kamayib ixcham, epchil chaqqon bo'lasiz.

• qorin va shalviragan joylaringiz tortishib, mushaklaringiz taranglashib, qomatingiz ko'rkam va kelishgan bo'ladi.

• tomirlarda qonning oqishi yaxshilanib, butun tanaga kislorod hamda oziq moddalarning borishi yaxshilanadi.

• qon bosimi mo'tadillashadi, uning tarkibi yaxshilanadi.

• organizmni himoya qobilyati oshadi.

• siz tengdoshlaringizga qaraganda ancha yosh va ixcham ko'rinasiz.

Lekin, harakatlar hamma vaqt ham soglikka xizmat qilavermaydi. Me'yoridan ortiq harakatlar esa zo'riqishga organizm extiyojlarini isrof bo'lishiga, tana hamda a'zolarning toliqishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun harakatlarning mohiyatini ya'ni chiniqish, charchash va toliqish holatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.

Chiniqish-bu organizmning tashqi muhitning turli ta'sirlariga, turmushning jismoniy va ruxiy yuklamalariga chidam berish qobilyatidir. Bunda quyidagilarga amal qilinishi lozim:

- asta-sekinlik

- muntazamlik;

- har tomonlamalik;

- o'ziga xos (individual) yondoshish;

- o'zini-o'zi nazorat qilib borish.

Ma'lumki kishilar organizmidagi xayotiy jarayonlar ichki a'zolarning, shuningdek tana qismlarini tabiat o'zgarishlari jismoniy harakatlar hamda ruxiy o'zgarishlarga mos va xos ishlashidan iborat. Masalan: tomir urishi, qon bosimi, qonning kislorod bilan to'yinishi va boshqalar. Harakatlar yuklamasi va vaqti qanchalik ko'p bo'lsa tomir urishlar, nafas olishlar soni, qon bosimining oshib turish vaqti uni shunchalik ko'p hamda uzoq vaqt davom etadi. Demak, organizm butun bir sistema bo'lib, birining funksiyasi ikkinchisiga bog'liq. Mana shu bogliqlik qanchalik kuchli bo'lsa, organizmning chidamliligi shunchalik yaxshi va musta hkam bo'lar ekan. Shuning uchun ham bu bog'liqlik salomatlik uchun nihoyatda muhim, balki shuning o'zi salomatlikdir.

Charchash-bu organizm funksiyalari yoki ma'lum bir a'zolarini biror ishni bajarish jarayonida o'z ehtiyojlarini sarflash natijasida ish qobiliyatining susayib borishidir. Charchash ikki xil bo'ladi:

a). Jismonan charchash-ya'ni ma'lum qismdagi ish bajaruvchi muskullarning charchashi.

b). Aqliy mehnat natijasida miya faoliyatining charchashi.

Bu holatlar organizm 5-10 minut dam olgandan so'ng qayta tiklanadi.

Toliqish-bu charchashning og'ir shakli bo'lib, organizm charchagandan keyin ham unga charchoqni yozishni zarur bo'lgan energiyani qayta tiklab olishga vaqt bermaslik oqibatida sodir bo'ladigan holatdir.Toliqishdan so'ng organizmning ish qobiliyatini tiklash uchun bir necha ko'plab maxsus sharoit, rejimli turmush ba'zan esa salomatlikni tiklovchi tadbirlarni qo'llashga to'g'ri keladi.

Harakat turlari:

- mehnat;

- raqs;

- bolalar o'yinlari;

- sport o'yinlari;

- yog mashqlari;

- namoz amali;

- ushu, karate, taekvondo kabi mashqlar;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- jismoniy tarbiya.

Asosiy sog'lomlashtiruvchi mashg'ulotlar.

- chigallarni yozuvchi mashg'ulotlar;

- piyoda yurish;

- yugurish;

- namoz amalini bajarish;

- sayr qilish;

- otda yoki eshakda yurish;

- velosipedda yurish yoki mashinada yurish;

- sog'lomlashtiruvchi markazlarda trenajerlardan gimnastika va turli mashqlardan foydalinish;

- raqs tushish;

- sayohat;

- cho' milish.

Uchinchi shart. Kun va ishni biologik rejimlar asosida tashkil qilish.

Bizga ma'lumki moddiy olamdagi barcha hodisalar va shuningdek tirik organizmlardagi barcha jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Barcha turdagi harakatlar deyarli bir xil vaqtlar orasida davriy ravishda takrorlanib turish xossasiga ega. Mana shu takrorlanib turish xususiyatiga ritm deyiladi. Ritm uchun harakterli bo'lgan xususiyat harakat va hodisalarning batartibligidir. Agarda shu batartiblik bo'lmasa, tabiatda hech bir o'zgarish va rivojlanish bo'lmaydi. Masalan, haftalik ish tartibi, har kungi ishni ma'lum soatlarga mo'ljallash va boshqalar. Demak biz jamiyatda yoki o'zimizda nimaiki shakllantirmoqchi bo'lsak, uzviy takrorlanishini ta'minlashimiz lozim. Shu tartibda turmush tarzi shakllanadi. Xullas tabiatdagi bunday holatning abadiy va uzliksiz takrorlanishi, inson organizmida ma'lum bir qonuniyatlarni vujudga keltirib bo'lgan. Ya'ni organizmdagi faollikni kunduzi kuchayib, kechqurun susayishi bunga oddiy misoldir.

Organizmdagi bunday o'zgarishlar yurak, o'pka, oshqozon va ichaklar kabi xayotiy muhum a'zolar ishidan tortib a'zolar, to'qimalar va hatto xujayralardagi kimyoviy o'zgarishlargacha bo'ladi. Kishi organizidagi tabiatga monand bunday o'zgarishlar soni 300 taga yaqin bo'lib, ularga bioritmlar deb ataladi. Demak, bioritmlarni tirik mavjudotlardagi ritmik o'zgarishlarga moslashish jarayoni deb ta'riflash mumkin. Organizmlardagi bunday davriylik nafaqat kundalik turmush, hafta, oy yillar bilan balki umrimizning davrlari bilan ham bog'liq. Kishining dunyoga kelib, o'sish, voyaga yetib, keksayib, qarib-qartayib, olamdan o'tishi ham nihoyatda muhim jarayon bo'lib, bu jarayon har bir kishida deyarli bir xil vaqt va oraliqda sodir bo'ladi hamda shu jihatdan ma'lum ma'noda davriylik qonuniga bo'ysunadi. Tekshirish natijalariga ko'ra quyidagilar aniqlangan: organizmdagi kechasi susaygan biologik faollik ertalabki soat 4 lardan boshlab ko'tarila boshlaydi, ertalabki 7-8 larda eng yuqori darajaga ko'tarilib 5 ballga (eng yuqori) yetadi. Bu holat kunduzgi soat 10-11 largacha saqlanadi. Kunduzgi soat 12 lardan soat 14 largacha biologik faollik susayib (2,5-3 ballgacha), soat 16-17 larda u yana yuqori darajaga ko'tariladi. Bu holat ham kechgi soat 20-21 largacha saqlanadi. Kechki soat 21 larda biologik faollik ancha sustlashib, kechki soat 23 larda eng past darajada bo'ladi. Bu sustlik ertalabki soat 4 largacha davom etadi. Bu davriylik hamma vaqt abadiy davom etadi. Shuning uchun inson o'zining kundalik faoliyatini shu biologik tartibga mos tashkil qilsagina u yashaydi, salomatligi mustahkam, ishi unumdor, umri uzoq bo'ladi. Ana shu ilmiy xulosa esa bizga kun va ish rejimini tuzishga yordam beradi.

To'rtinchi shart. Oilani to'g'ri tashkil qilish (irsiy jinsiy va oilaviy omillar).

Agar munosabatlarda oila tartibi bo'lmaganda, ijtimoiy xayotning xech bir sohasida tartib bo'lmas edi. Aslida jamiyatni boshqarishdagi ko'pgina tartiblar oilani boshqarishdan kelib chiqqan. Oila jamiyat xayotida qanchalik muhum ahamiyatga ega bo'lsa, jamiyat ham oila uchun shunchalik muhumdir. Shuning uchun har qanday jamiyat o'z tartib intizomlariga xos oilani vujudga keltiradi. Har bir kishi o'zining butun umri davomida oilada bir-biridan keskin farq qiluvchi 3 ta davrda bo'ladi ya'ni:

• tug'ilib, o'sib voyaga yetguncha ota-onasining tarbiyasi va qaramog'idagi davr;

• voyaga yetib oilali bo'lgandan keyingi davr (uz oilasi va farzandlari );

• qarilik davri fazandlar ta'minoti va parvarishga muhtojlik davri.

Bu davrlaning har biri kishi xayoti va salomatligida muhum rol o'ynaydi. Shuning uchun, oilani kishilar xayoti, salomatligi va uzoq umr ko'rishlarida asosiy ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy maskan deyish mumkin, chunki salomatlikning asoslari oilada va oilaviy muhitda yaratiladi hamda shakllanadi.

ADABIYOTLAR

1. Makulov S. Z. PHYSICAL CULTURE-THE GUARANTEE OF HEALTH //Экономика и

социум. - 2019. - №. 5. - С. 129-130.

2. Makulov S. H. Z. THE ROLE OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORT IN EMPHASIZING THE SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES OF STUDENTS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 8. - С. 334-339.

3. Ikromovich S. A., Olimjonovich M. N., Khudoiberdiyevich O. U. The Role of Physical Culture and Sports in the Formation of a Healthy Lifestyle of a Student. - 2021.

4. Chihman V. N. et al. Electrophysiological measurements of natural image distortion //Human Vision and Electronic Imaging III. - International Society for Optics and Photonics, 1998. - Т. 3299. - С. 510-518.

5. Rakhmonovich Q. R. Information Technologies and Their Role in Society. - 2021.

6. Azizov M.A. Pedagogical conditions for the formation of a culture of preserving nature of students during travel. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Vol. 2 No. 5, May 2021.

7. Azizov M.A. Sport turizmi jarayonida ekologik madaniyatning ahamiyati. Замонавий таълимда ракамли технологиялар: филология ва педагогика сохдсидаги замонавий тенденциялар ва ривожланиш омиллари. 84 б.

8. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми оркали экоах,локий тарбия бериш мазмуни. INTERNATIONALES DEUTSCHES AKADEMIKA AACHENER 2021. 26 б.

9. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми жараёнида табиатни асраш маданиятини шакллантириш. International conferense Innovative research of the XXI century sciense and eduсation. 14 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.