Научная статья на тему 'JINOYAT ISHLARIDA ADVOKAT TOMONIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATISHNING UMUMIY ASOSLARI'

JINOYAT ISHLARIDA ADVOKAT TOMONIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATISHNING UMUMIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
13
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
advokatura / “advocare” / «advocatus» / malakali yuridik yordam / gumon qilinuvchi / ayblanuvchi / sudlanuvchi / ayblov / himoya / ishni hal qilish / odil sudlovga yordam berish va boshqa

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xushboqova Nigora G‘ayrat Qizi

ushbu maqolada jinoyat ishlarida advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatishning umumiy asoslari, huquqiy yordam tushunchasining mohiyatini tahlil etish, advokatning faoliyat funksiyalari va jinoyat protsessida ishtirok etish uchun ishga kirishishining asoslari haqida batafsil yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JINOYAT ISHLARIDA ADVOKAT TOMONIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATISHNING UMUMIY ASOSLARI»

JINOYAT ISHLARIDA ADVOKAT TOMONIDAN YURIDIK YORDAM KORSATISHNING UMUMIY ASOSLARI

Xushboqova Nigora G'ayrat qizi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10695495

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 15-February 2024 yil Ma'qullandi: 18- February 2024 yil Nashr qilindi: 23- February 2024 yil

KEYWORDS

advokatura, "advocare",

«advocatus», malakali yuridik yordam, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ayblov, himoya, ishni hal qilish, odil sudlovga yordam berish va boshq.

ABSTRACT

ushbu maqolada jinoyat ishlarida advokat tomonidan yuridik yordam ko'rsatishning umumiy asoslari, huquqiy yordam tushunchasining mohiyatini tahlil etish, advokatning faoliyat funksiyalari va jinoyat protsessida ishtirok etish uchun ishga kirishishining asoslari haqida batafsil yoritilgan.

Advokatlik kasbi ikki ming yildan ortiq davr mobaynida amal qilib kelayotgan kasblardan biri hisoblanadi. Dunyo tarixida uning vujudga kelishi Qadimgi Yunonistonga borib taqalsa, uning ildam rivojlanishi esa Rim imperiyasi hukmronlik qilgan davrlardan tortib, to hozirgi kunimizgacha davom etib kelmoqda.

"Advokat" so'zi lotin tilidagi "advocare", ya'ni "chaqirmoq, yordam so'ramoq" so'zidan kelib chiqqan. Ushbu so'zdan keyinchalik Rim huquqidagi sud ishlarining u yoki bu tarafida inson manfaatlarini himoya qilishda yordam ko'rsatuvchi shaxs ma'nosini anglatuvchi "advocatus" termini vujudga kelgan.

O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonuni (1996 y.)ning 3-moddasida oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O'zbekiston Respublikasining

moddasi esa shaxsning litsenziya olish tartibini va litsenziya olish talablarini belgilaydi. Unga ko'ra, belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega bo'lgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat ko'rsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.

Shuni ham qayd etish lozimki, advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olishning o'zigina shaxsga advokat vakolatlariga ega bo'lishni anglatmaydi. Bu esa uning hali jinoyat protsessi ishtirokchisi hisoblanmasligini va ishga kirishishiga ruxsat berilmasligini anglatadi. Yuqorida keltirilgan Qonunning 3x-moddasi 9-qismiga muvofiq, talabgorga adliya organlari tomonidan advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e'tiboran u advokat maqomini oladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi 2003 yil 19 dekabrdagi 17-sonli qarori belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan va advokatlar tuzilmalarining: advokatlar hay'ati, advokatlik firmasi, byurosi a'zosi bo'lgan shaxslarning advokat hisoblanishini belgilaydi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib aytadigan bo'lsak, mamlakatimizda advokat maqomiga - to'la muomala layoqatiga ega bo'lgan, sudlanmagan, jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko'rsatishning barcha turlarini doimiy va haq evaziga ko'rsatish uchun yuridik mutaxassislik bo'yicha yetarli bilim va tajribaga ega, malaka imtihonlarini topshirish natijalari bo'yicha adliya organlarining tegishli ruxsatini olgan va o'z kasbiy faoliyatini qonunda belgilangan tartibda advokatlik tuzilmalaridan birida amalga oshiradigan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi ega bo'ladi.

Shu o'rinda aytish mumkinki, "advokat" termini advokatlik faoliyatining tabiati va ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida belgilanganidek, advokatura fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun faoliyat ko'rsatadi. Asosiy Qonunimizda ushbu normaning belgilanishi malakali huquqiy yordam olishda, ya'ni shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokat faoliyatining huquqiy asosi sifatida namoyon bo'ladi. Bu esa advokatlik faoliyatining mazmuni huquqiy yordam ko'rsatishdan iborat ekanligini anglatadi. Huquqiy yordam tushunchasining mohiyatini anglashda, eng avvalo quyidagilarni tahlil etish lozim bo'ladi:

1) Malakali yuridik yordamga bo'lgan huquqning mazmuni;

2) Malakali yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi;

3) Malakali yuridik yordamni amalga oshiruvchi shaxs.

Malakali yuridik yordamga bo'lgan huquq. Har bir shaxsning malakali yuridik yordamga bo'lgan Konstitutsiyaviy huquqi o'z mohiyatiga ko'ra shaxsning qonunchilikka muvofiq mumkin bo'lgan xatti-harakatlari huquqiy o'lchovi shaklidagi sub'ektiv huquqi hisoblanadi. Mazkur huquq nafaqat o'z huquqlarini bilish va o'z maqsadiga erishish uchun qonun normalaridan foydalanishni, balki normativ hujjatlarning ma'nosini ochib berish huquqini ham o'zida aks ettiradi. Ushbu huquq qonunni yetarli darajada sharhlash va yuridik jihatdan to'g'ri, qonuniy qarorlar qabul qilishga qaratilgandir. Bunday qarorlar esa professional yurist - advokat tomonidangina bildirilishi va tushuntirilishi mumkin.

Malakali yuridik yordam oluvchi shaxslar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra har bir shaxs malakali yuridik yordam olish huquqiga ega hisoblanadi. Xususan, jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgar malakali yuridik yordam olish huquqiga ega shaxslar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilgan

shaxslarning himoya huquqiga ega ekanligini belgilaydi, balki ushbu huquq kafolatlanganligiga alohida e'tibor qaratadi. Jinoyat protsessida himoya instituti gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya tarafi sifatida aybni yoki jinoyatni sodir etishga bo'lgan gumonni rad etishi, jinoyatga daxlsiz ekanligini ilgari surishi va javobgarlikni yumshatishga qaratilgan harakatlarida namoyon bo'ladi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash prinsipi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasida belgilangan. Unga ko'ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o'ziga qo'yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo'lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish majburiyati bilan ta'minlanadi.

Ushbu norma mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, himoyachi tomonidan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega shaxslar - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchidir. Himoyalanish huquqi uni amalga oshirish kafolatidan ayro holda mavjud bo'lishi mumkin emas. Shu sababli ham qonun chiqaruvchi jinoyat protsessini yurituvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar zimmasiga e'lon qilingan ayblovdan qonuniy usul va vositalar yordamida himoyalanish imkoniyatini ayblanuvchiga ta'minlab berish majburiyatini yuklaydi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, shaxsning malakali yuridik yordamni olishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqining amalga oshishi jinoyat ishlarini yuritish jarayonida murakkablik kasb etadi. Ushbu murakkablikni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin bo'ladi:

1) jinoyat-protsessual qonunchilikda malakali yuridik yordam olish huquqi to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinmagan;

2) protsessual qonun jinoyat ishlari bo'yicha yuridik yordam tushunchasi va mazmunini belgilamaydi;

3) jinoyat protsessi ishtirokchilari orasida advokat-himoyachi va advokat-vakil faoliyati tadbiq etilmaydigan shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha tegishli protsessual huquqlarga ega bo'lgan alohida (mustaqil) protsess ishtirokchisi - advokat mavjud emas.

Malakali yuridik yordamni amalga oshiruvchi shaxs. Malakali yuridik yordam ko'rsatuvchi shaxs sifatida advokat namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, malakali huquqshunos - bu advokatdir. O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonuni 5-moddasi advokatning jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagicha yuridik yordam ko'rsatishini belgilaydi:

S huquqiy masalalar bo'yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan

og'zaki va yozma ma'lumotnomalar beradi; S huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; S fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlar hamda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;

S jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;

■ tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko'rsatadi;

■ hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi;

■ qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishni ham amalga oshiradi.

Jinoyat protsessida advokat ishtiroki quyidagi ko'rinishda amalga oshiriladi:

1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyachisi;

2) jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarning vakili;

3) guvohning advokati.

Jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyachisi sifatidagi advokat ishtirokiga u advokat guvohnomasini ko'rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo'l qo'yiladi.

Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo'lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko'ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta'minlaydi.

Jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tariqasida advokat ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos bo'ladi.

Guvohning advokati sifatida advokatning ishda ishtirok etishiga u advokatlik guvohnomasini ko'rsatganidan va orderni taqdim etganidan so'ng, guvoh chaqirilgan paytdan e'tiboran qo'yiladi.

Jinoyat protsessida advokat gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarning vakili hamda guvohning advokati sifatida ishtirok etar ekan, uning faoliyat funksiyalari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

1) ayblov;

2) himoya;

3) ishni hal qilish;

4) odil sudlovga yordam berish.

Advokat faoliyatidagi ayblov funksiyasi uning jabrlanuvchi va fuqaroviy da'vogarning vakili sifatidagi faoliyatida namoyon bo'ladi. Bunda advokat jinoyatni sodir etgan shaxsning aniqlanishi, munosib jazo olishi va ijtimoiy xavfli qilmishning salbiy moddiy oqibatlari bartaraf etilishi uchun intiladi va harakat qiladi.

Uning himoya funksiyasi esa himoyachi sifatidagi faoliyatida namoyon bo'ladi. Chunki advokatning himoyachi sifatidagi faoliyatidan ko'zlangan asosiy maqsadi - himoyasi ostidagi shaxsni oqlash va reabilitatsiya qilish yoki uning javobgarligi va jazo chorasini yengillashtirishdan iborat bo'ladi.

Advokat faoliyatidagi ishni hal qilish funksiyasi uning fuqaroviy javobgarga malakaviy yuridik yordam ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Negaki, fuqaroviy javobgar o'z vakili bo'lgan advokatdan uning mulkiy manfaatlarini himoya qilishni kutadi, chunki u jinoyat tufayli yetkazilgan zararni qoplashi shart hisoblanadi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, advokat himoyachi sifatida ishga kirishar ekan, bunda u himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan haqiqat yuzaga chiqishiga intiladi. Uning ushbu intilishi esa o'z o'rnida odil sudlov faoliyatiga ko'maklashish tarzida namoyon bo'ladi. Zero, himoyachi jinoyat protsessida ish natijasidan manfaatdor bo'lgan taraflardan biri hisoblanadi. Ushbu manfaatdorlik natijasida u o'z faoliyatini faol ravishda amalga oshiradi.

Endi bevosita advokatning himoyachi sifatida ishga kirishish jarayoniga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Jpkning 49-moddasi 4-qismiga muvofiq himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo'lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. Bunda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihat shundan iboratki, shaxs amalda ushlangan vaqtdan boshlab u gumon qilinuvchi sifatida e'tirof etiladi, garchi ushlash bayonnomasi shaxs militsiya idorasi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelingandan so'ng tuzilsa ham. Aynan o'sha shaxs amalda ushlangan vaqtdan boshlab u gumon qilinuvchining barcha huquqlaridan, shu jumladan himoyachiga ega bo'lish huquqidan ham foydalanadi. Natijada esa ushbu shaxsni guvoh sifatida so'roq qilish, uni gumon qilinuvchi sifatida ishga jalb qilish to'g'risidagi qarorni e'lon qilmasdan va uning huquq va majburiyatlarini tushuntirmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borish mumkin emas. Shu tariqa himoyachining ishda ishtirok etishiga ehtiyoj vujudga keladi.

Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning iltimosiga ko'ra yohud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining roziligi bilan ishga taklif etiladi. Zarurat bo'lgan holllarda esa ushbu shaxslarning iltimosiga ko'ra, himoyachining ishdagi ishtiroki surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ta'minlanadi. Bu esa himoyachining jinoyat protsessida ishtirok etish uchun ishga kirishishi 2 ta asosga ko'ra, ya'ni:

1. Himoyachini ishga taklif etish asosida:

2. Himoyachini ishga tayinlash asosida.

Tanlangan himoyachining yigirma to'rt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati bo'lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi tayinlashni so'rab O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini ko'rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo'l qo'yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi qonuni. Toshkent sh, 1996-yil 27-dekabr, 349-I-son.

2. https://lex.uz/ru/docs/-54503;

3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

4. https://lex.uz/docs/-6445145;

5. Jinoyat protsessida ximoyachining ishtiroki: o'quv qo'llanma G.Tulaganova; TDYuI; Taqrizchi Z.F. Inog'omjonova, B.Salomov. - T.: TDYuI, 2005. S. 8-10.

6. Advokatura. Uchebnik dlya vuzov. A.Egamberdiev, R.Axmedov, Sh.Mirzaev, I.Nikonov, G.Sayfieva. T.: Izdatelstvo TGYuU, 2016. - S. 36-73 s.

7. Uchastie advokata po ugolovnbim delam: Uchebnoe posobie / Pod obm,. red. k.yu.n. U.A.Tuxtashevoy - T.: Izdatelstvo TGYuI, 2009. - S.10-72.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.