Научная статья на тему 'JANUBIY OSIYO MINTAQASI BARQARORLIGIDA AFG‘ONISTON OMILI'

JANUBIY OSIYO MINTAQASI BARQARORLIGIDA AFG‘ONISTON OMILI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Janubiy Osiyo mintaqasi / Markaziy Osiyo mintaqasi / Afgʻoniston Islom Respublikasi / tinchlik va barqarorlik / mintaqaviy xavfsizlik / geosiyosiy oʻzgarishlar / global tinchlik indeksi. / South Asia region / Central Asia region / Islamic Republic of Afghanistan / peace and stability / regional security / geopolitical changes / global peace index.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Hamidulla Xayrulla O‘g‘li Xudoyorov

Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimida mintaqalarning o‘rni, u yerda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning ilmiy o‘rganilishi muhim va dolzarb hisoblanadi. Bunda mintaqada joylashgan davlatlar tashqi siyosatni o‘z milliy manfaatlariga mos keladigan yo‘nalishda yuritishlariga asosiy e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, dunyoda tinchlik va barqarorlik hukm surishi uchun avvalo, mintaqalarda barqarorlik bo‘lmog‘i lozim. Shu bilan birga davlatlar tashqi siyosatida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlamay turib jahonda barqarorlik va tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladi. Buning uchun birinchi navbatda mintaqada, xususan Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi kerak. Ushbu maqolada Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligida Afg‘oniston omili xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE AFGHANISTAN FACTOR IN THE STABILITY OF THE SOUTH ASIAN REGION

The role of regions in the modern system of international relations, and the scientific study of events occurring in the regions are important and relevant. At the same time, the main attention is paid to ensuring that countries located in the region pursue their foreign policies in a direction that is consistent with their national interests. It is known that for peace and stability to reign in the world, first of all, there must be stability in the regions. At the same time, it is impossible to achieve stability and peace throughout the world without ensuring regional security in the foreign policy of states. From this point of view, good relations between the regions of South and Central Asia will be beneficial to both sides. To do this, first of all, peace must be established in this region, especially in Afghanistan. This article talks about the Afghan factor of stability in the South Asian region.

Текст научной работы на тему «JANUBIY OSIYO MINTAQASI BARQARORLIGIDA AFG‘ONISTON OMILI»

JANUBIY OSIYO MINTAQASI BARQARORLIGIDA AFG'ONISTON

OMILI

Hamidulla Xayrulla O 'g 'liXudoyorov

Erkin izlanuvchi Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti E-mail: kham idulla9@gmail. com

Annotatsiya. Hozirgixalqaromunosabatlartizimidamintaqalarningo'rni, u yerda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarning ilmiy o'rganilishi muhim va dolzarb hisoblanadi. Bunda mintaqadajoylashgan davlatlar tashqi siyosatni o'z milliy manfaatlarigamos keladiganyo'nalishdayuritishlariga asosiy e'tibor qaratiladi. Ma'lumki, dunyoda tinchlik va barqarorlik hukm surishi uchun avvalo, mintaqalarda barqarorlik bo'lmog'i lozim. Shu bilan birga davlatlar tashqi siyosatida mintaqaviy xavfsizlikni ta 'minlamay turib jahonda barqarorlik va tinchlikka erishib bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqalari o'rtasidagi yaxshi munosabatlar har ikki tomon uchun manfaatli bo 'ladi. Buninguchun birinchi navbatdamintaqada, xususan Afg'onistonda tinchlik o'rnatilishi kerak. Ushbu maqolada Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligida Afg'oniston omili xususida so'z boradi.

Tayanch so'zlar: Janubiy Osiyo mintaqasi, Markaziy Osiyo mintaqasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, tinchlik va barqarorlik, mintaqaviy xavfsizlik, geosiyosiy o'zgarishlar, global tinchlik indeksi.

ФАКТОР АФГАНИСТАНА В СТАБИЛЬНОСТИ ЮЖНОАЗИАТСКОГО РЕГИОНА

Хамидулла Худаяров

Соискатель

Ташкентский государственный университет востоковедения Электронная почта: [email protected]

Аннотация. Роль регионов в современной системе международных отношений, научное изучение происходящих в регионах событий важны и актуальны. При этом основное внимание уделяется тому, чтобы страны, расположенные в регионе, проводили свою внешнюю политику в том направлении, которое соответствует их национальным интересам. Известно, что для того, чтобы в мире воцарились мир и стабильность, в

первую очередь должна быть стабильность в регионах. В то же время невозможно достичь стабильности и мира во всем мире без обеспечения региональной безопасности во внешней политике государств. С этой точки зрения хорошие отношения между регионами Южной и Центральной Азии будут выгодны обеим сторонам. Для этого, прежде всего, должен быть установлен мир в этом регионе, особенно в Афганистане. В данной статье говорится об афганском факторе стабильности южноазиатского региона.

Ключевые слова: Регион Южной Азии, регион Центральной Азии, Исламская Республика Афганистан, мир и стабильность, региональная безопасность, геополитические изменения, глобальный индекс мира.

THE AFGHANISTAN FACTOR IN THE STABILITY OF THE SOUTH ASIAN REGION

Hamidulla Khudayarov

Independent researcher Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: kham idulla9@gmail. com

Annotation. The role of regions in the modern system of international relations, and the scientific study of events occurring in the regions are important and relevant. At the same time, the main attention is paid to ensuring that countries located in the region pursue their foreign policies in a direction that is consistent with their national interests. It is known that for peace and stability to reign in the world, first of all, there must be stability in the regions. At the same time, it is impossible to achieve stability and peace throughout the world without ensuring regional security in the foreign policy of states. From this point of view, good relations between the regions of South and Central Asia will be beneficial to both sides. To do this, first of all, peace must be established in this region, especially in Afghanistan. This article talks about the Afghan factor ofstability in the South Asian region.

Keywords: South Asia region, Central Asia region, Islamic Republic of Afghanistan, peace and stability, regional security, geopolitical changes, global peace index.

Kirish. Bugungi kunda butun dunyo turli tahdidlar, global geosiyosiy o'zgarishlar davrida yashamoqda. Bunday vaziyatda Janubiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni, mintaqa xalqlari o'rtasidagi qo'shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim hayotiy zarurat hisoblanadi. Bunda, albatta, Afg'oniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Buni davlatimiz rahbarining "Ishonamizki, mintaqaviy sherikligimiz ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o'rnatish, uning iqtisodiy tiklanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bugun Afg'oniston o'zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda"1- degan so'zlari yana bir bor tasdiqlaydi. Shubhasiz, tabiat in'om qilgan ushbu bog'liqlikni faqat diplomatik yo'l bilan, tinchlik asosida muammolarni hal qilish juda muhim ahamiyatga ega.

Maqsad va vazifalar. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlashda muhim o'rin tutgan Afg'oniston Islom Respublikasi bilan bog'liq muammolarning o'rganilishi va bu borada mulohaza yuritish, xulosalar qilish bugungi o'zbek afg'onshunosligi, siyosatshunosligining muhim vazifalaridan sanaladi.

Metodlar. Tadqiqotni amalga oshirishda asosan tavsifiy va tahliliy metodlardan foydalanildi.

Erishilgan natijalar. So'nggi yillarda tarixan o'zbek xalqi bilan yaqin qo'shni, tarixi, e'tiqodi va falsafiy qarashlari ancha yaqin afg'on xalqining taraqqiyot yo'lini o' rganishga bo ' lgan ehtiyoj yanada o shdi.

Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligida Afg'onistonning o'rni juda yuqori. Geografik joylashuvi va etnik jihatda aholisining mintaqadagi boshqa davlatlar bilan yaqinligi Afg'onistonda davom etayotgan notinch vaziyat bilan birgalikda mintaqaviy xavfsizlikka katta ta'sir o'tkazadi. Bundan tashqari tarixda amalga

Узбекистан Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг "Марказий ва Жанубий Осиё: минтакавий узаро богликлик. Тахцидлар ва имкониятлар" мавзусидаги халкаро конференциядаги нутки (Тошкент шахри, 2021 йил 17 июль) // Халк сузи 2021 йил 17 июль, № 151 (7931). www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

oshirilgan ayrim qarorlar tufayli yechimi topilmay kelyaotgan muammolar sun'iy yaratilgan. Bu o'z navbatida Afg'oniston har doim Janubiy Osiyodagi xavfsizlik tiizmiga ta'sir o'tkazib turuvchi omilga aylantiradi.

Bugungi kunda Afg'oniston zaminida hukmron vaziyatni yaxshilashdan manfaatdor bo'lgan tomonlar yoki aksincha vaziyatning yomonlashishidan manfaatdor bo'lgan kuchlar ham mavjud. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida, Afg'onistonning geografik joylashuviga ko'ra ham Janubiy Osiyo, ham Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizlik va rivojlanish istiqbolida shuningdek, ikki mintaqaning bir-biri bilan bog'lanishida ko'prik vazifasini o'tashi bilan muhim ahamiyat kasb etishini aytish mumkin. Shu munosabat bilan, Afg'oniston bilan munosabatlarning yaxshilanishi har ikki mintaqa davlatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Afg'onistondagi konfliktlarning yechimi hamda milliy birlik masalalarining dolzarbligi bugungi o'z yechimini topmay kelayotgan, o'z chegarasidan tashqari, mintaqa doirasida o'z ta'sirini saqlab qolayotgan masalalarda namoyon bo'lmoqda.

Muhim ichki muammolar Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari orasidagi aloqalarni mustahkamlashga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ammo, ko'p yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, Afg'oniston masalasida har ikki mintaqa davlatlari tomonidan haddan tashqari sek'yuritizasiyalangan (faqat xavfsizlik masalalariga yo'naltirilgan) tashqi siyosat yo'nalishini olib borish Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlari manfaatlari uchun konstruktiv natijalarni bera olmaydi.

Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror rivojlanish istiqbollari qo'shni Afg'onistonda tinchlik o'rnatilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Barqaror, kutilmaydigan harakatlarni amalga oshirmaydigan va jadal rivojlanayotgan Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi muhim ko'prik, shuningdek zamonaviy sharoitlarda tarixiy Ipak Yo'lini tiklashda muhim rol' o'ynashi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining Afg'oniston mojarosini

hal qilishdagi imkoniyatlarini real baholash, ushbu mamlakatda tinchlik o'rnatish va keng qamrovli mintaqalararo hamkorlikni yo'lga qo'yish muhimdir.

Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni cheklaydigan bir qator jiddiy muammolarning mavjudligi bu ikki mintaqani integratsiya qilish va Afg'onistonda murosali tinchlikni o'rnatish maqsadida nostandart yechimlarni ishlab chiqish uchun mashaqqatli yo'lni bosib o'tish zarurligini ko'rsatib turibdi.

Afg'onistonda Pushtunlar eng yirik, uzoq tarixga hamda hokimiyatda katta mavqega ega etnik guruh sifatida nafaqat Afg'onistondagi eng qadimiy, eng katta guruh hisoblanadi, balki butun dunyoda ham eng yirik etnik guruhlardan biri sifatida ma'lum. Ayni paytda, Afg'oniston aholisi salkam 40 million bo'lib, umumiy aholining 42% ni pushtunlar tashkil etadi. Ular eng yirik etnik guruh, afg'on jimayatining bir bo'lagi sifatida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o'rin tutadi. Pushtunlarning aksariyati sunniylar va ularning ijtimoiy hayoti yozlimagan "Pushtunvali" shon-sharaf kodeksiga asoslangan.

Afg'on siyosiy sahnasida afg'on pushtunlarining pokistonlik pushtunlarni qo'llab-quvvatlashining kuchayishi va AQSh kuchlarini Afg'onistonning xavfsizlik kuchlari, iqtisodiy sohasi va Lo'ya Jirgada pushtun vakillarining o'rnini oshirishi boshqa etnik guruhlar munosabatida o'zgarishlarni vujudga keltirdi2.

Shu tariqa 2001-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrda etnoslararo munosabatlarni ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtiruvchi omil sifatida asosiy rolni o'ynashidan aynan unda istiqomat qiluvchi millatlar emas, balki ushbu millatlar orasida adovatni "eksport" qiluvchi tashqi kuchlar manfaatdor ekanligini ko'rish mumkin. Ushbu to'siqlar so'nggi yillarda Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi o'zaro savdo-sotiqqa va Janubiy hamda Markaziy Osiyo o'rtasidagi mintaqaviy savdo-sotiqqa salbiy ta'sir ko'rsatdi. Masalan, Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi savdo hajmi 2017-yildagi 1,5 milliard dollardan 2018-yilda 1 milliard

2 Rhea Abraham. Politics of ethnicity in Afghanistan: Understanding the Pashtuns and the minor ethnic groups // Defence and diplomacy Journal Vol. 2 No. 2 2013 (January - March). - P. 79. www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

dollargacha qisqardi va hozirgi kunda Janubiy va Markaziy Osiyo o'rtasidagi savdo hajmida ham rivojlantirish ko'rsatkichlari kutilgan darajada emas. Afg'oniston-Eron orqali Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan Hindiston bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo aloqalariga kirishish imkoniyatini mavjud ekanligi. Hindiston tomoni bugungi kunda Eronning Chobahor porti bilan Afg'onistonning Hajigak hududiga bog'lash maqsadida 900 km temir yo'l qurish taklifini bermoqda3.

Shunigdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligiga eng katta tahdid soluvchi omillardan biri bu Afg'onistondan kirib keladigan narkotik moddlar savdosidir. Narkotrafik savdosi shubhasiz har ikki mintaqada xavfsizlikka rahna soluvchi eng jiddiy va o'ta xavfli bo'lgan omildir. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasida berilgan statistikaga ko'ra Afg'onistondagi giyohvand moddalar savdosi beqarorlik va notinchlikning asosiy sabablaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC) 2016-yilgi hisobotiga ko'ra, noqonuniy afg'on afyun iqtisodiyotining taxminiy qiymati taxminan 2,8 milliard dollarni tashkil etadi4, bu Afg'oniston umumiy YaIMning 13 foizini tashkil qiladi. Afg'onistondagi giyohvand moddalar savdosi pul bilan bog'liq bo'lib, bu biznesga ko'plab davlat va nodavlat sub'ektlari jalb qilingan. Afg'on afyunining umumiy qiymati taxminan 61 milliard dollarni tashkil qiladi5.

Mintaqada va Afg'onistonda tinchlik bo'lishi uchun Pokiston va Afg'onistonning yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Islomobod va Kobul chegarasi narkotik moddalar savdosi, qurol-yarog' kontrabandasi, noqonuniy savdo va jangarilarning harakatlanishi uchun ishlatiladi. Ikkalasi ham davlatlar o'zaro kelishmovchiliklarni yengib o'tishlari, chegara nizolarini hal qilishlari, chegara

3 Bo'ronov S.M. "Mozori Sharif-Hirot" va "Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo'l loyixalari SWOT tahlili. Mizo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universteti ilmiy jurnali. - T., 2020. - B. 74.

4 "World Drug Report-2016" United Nations Office On Drugs and Crime. https://www.unodc.org/doc/wdr2016/WORLD DRUG REPORT 2016 web.pdf. - P. 26.

5 "The Global Afghan Opium Trade: A Threat Assessment" July 2011, United Nations Office On Drugs and Crime, https://www.unodc.org/documents/data-and-analysis/Studies/Global Afghan Opium Trade 2011-web.pdf. - P. 3

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

xavfsizligini ta'minlashlari va mintaqaviy aloqa va hamkorlik uchun birgalikda harakat qilishlari keraktalab etiladi.

Fors ko'rfazi va Markaziy Osiyo mintaqalari bilan bir vaqtda chegaradosh bo'lgan Janubiy Osiyo xavfsizlik chetida joylashgan Afg'oniston izolyator rolini o'ynashda davom etmoqda. Afg'oniston muammosi Janubiy Osiyo xavfsizlik dinamikasining o'zagida emas. Hindiston va Pokistonning Afg'onistondagi manfaatlari, birinchi navbatda, o'zlarining xavfsizlik intilishlari va ishonchsizlik tashvishlarining aksidir. Bir tomondan, ular bir-birining ta'sirini tekshirish, Afg'oniston tuprog'ida bilvosita va noan'anaviy taktikalar bilan bo'lsa-da, o'zlarining proksi urushini davom ettirish mantiqiy asosiga tayanadi. Pokiston uchun Afg'onistonga ta'sir qilish xavfsizlikning zaruriy sharti, Hindistonga qarshi strategik chuqurlikni saqlab qolish, Durand chizig'ining ochilishiga yo'l qo'ymaslik, Pushtunlarning birlashgan Pashtunistonga intilishlarini yo'q qilish, shuningdek, AQSh bilan iqtisodiy va harbiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati sifatida ko'riladi. Hindiston uchun Afg'onistondagi iqtisodiy ta'sir mamlakatdagi jamoatchilik fîkrini Pokistonga qarshi qaratib, mintaqadagi giyohvandlik va fundamental islom xavfidan o'zini izolyatsiya qilish bilan birga, uni mintaqadagi asosiy donor sifatida tan olish imkonini beradi6.

Afg'oniston ikkita imperiya va ikkita mintaqani ajratib turuvchi davlatga aylandi. Rossiya imperiyasining Sovet Ittifoqi sifatida qayta tuzilishi, shuningdek, Britaniya Hindistoni o'rnida mustaqil davlatlarning shakllanishi kabi omillar va o'zgarishlar aloqalarning tiklanishiga olib kelmadi, natijada Janubiy Osiyoning geosiyosiy bo'linishi sodir bo'ldi. Afg'onistondagi 40 yil oldin boshlangan mojaro ma'lum darajada bu mamlakatning o'zaro yiroqlashishiga olib keldi. Aynan shu davrdan boshlab Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyoni ajratib turuvchi to'siq bo'lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda, Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarining shakllanishi o'zaro manfaatli aloqalarning qayta tiklanishiga va mintaqalararo

6 Shahrbanou Tadjbakhsh. South Asia and Afghanistan: The Robust India-Pakistan Rivalry. Peace Research Institute Oslo (PRIO). 2011. - P. 1.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

453

munosabatlarning qaytadan yangi bosqichda ko'tarilishiga olib keldi. Ma'lumki Markaziy Osiyo Respublikalari okeanlardan uzilib qolgan ya'ni dengizga chiqish imkoni yo'q, janubiy yo'nalish geografik jihatdan dengiz portlariga eng qisqa va aniq yo'l hisoblanadi. Lekin bu masala yuzasidan Markaziy Osiyoda ko'plab murakkab muammolar mavjud bo'lib, bu asosan Afg'oniston bilan bog'liqdir.

Markaziy Osiyoning xavfsizligi Afg'onistondagi xavfsizlik bilan chambarchas bog'liq ekanligini boshqa davlatlar ham ta'kidlab kelmoqda. AQShning Bosh generali AQSh harbiy havo kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni, general-mayor Jefri L.Xarijian o'tgan yilning fevral oyida Toshkentga tashrif buyurgan edi. "Tashrif davomida AQShning Bosh generali so'zlariga ko'ra, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlik Afg'onistondagi tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikning kalitidir" degan edi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o'zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, o'zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida, Afg'onistonda uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan urushni tinch yo'l bilan hal etish tarafdoridir.

Afg'onistonda davom etayotgan ziddiyatli voqea-hodisalar dunyo ahli e'tiborida bo'lib, Afg'onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo'ravonlik va qon to'kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani - bularning barchasi mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ko'rsatmoqda.

Tolibon Afg'onistonda 2021-yil 15-avgustdan beri hukmronlik qilgan bo'lsa-da, bugungi kunda mamlakatda noaniqlik va terrorchilik tahdidlari saqlanib qolmoqda. Chunki Tolibon tomonidan tayinlangan hukumat haligacha hech bir davlat tomonidan tan olinmagan. Qolaversa, mintaqada davlatlar va turli guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar sezilarli darajada kamaygan bo'lsa-da, terrorchilik

tashkilotlari mavjud bo'lishda davom etmoqda7. Shuningdek, afg'onshunos ekspert Indua Saksena toliblarning hokimiyatni qo'lga olishining mintaqa xavfsizligiga ta'sirini quyidagicha izohlaydi: "Afg'oniston fuqarolik hukumatining qulashi butun Janubiy Osiyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tolibonning qayta tiklanishi butun mintaqada aqidaparast mafkura va fundamentalizmni qayta ishga tushiradi va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga ham tarqalishi mumkin.

So'nggi 20 yil ichida Afg'oniston-Pokiston (Af-Pak) qo'shilish joyi global miqyosdagi eng xavfli joylardan biri bo'lib, mintaqadagi terroristik guruhlar uchun xavfsiz boshpana va inkubator ekanligini isbotladi. Global tinchlik indeksi Afg'onistonni so'nggi to'rt yil ichida eng beqaror va xavfli davlat deb baholadi. "Tolibon" boshqaruvining qaytishi va tashkilotning Af-Pak mintaqasidagi jangari guruhlarni qo'llab-quvvatlashi Janubiy Osiyo mintaqasini katta xavf ostiga qo'yadi va zo'ravonlik va qo'rquvning kuchayishiga yo'l ochadi. Tashkilotning hokimiyatga qaytishi tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz yana bir tashvish uyg'otadi, buni Kobul aeroportida davom etayotgan vaziyat ko'rsatib turibdi, mamlakatni tark etish istagida bo'lgan va qo'shni davlatlarga xavfsiz yo'l izlayotgan odamlar to'lib ketgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik bo'lishi uchun Afg'oniston tomonida barqarorlik hukm surishi kerak. Chunki, Afg'oniston bevosita MO davlatlari: O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan to'g'ridan to'g'ri chegaraga ega ekanligi, shuningdek o'xshash madaniyat, tarix va bir-biriga yaqin xalqlar ekaligi ham ikki tomonning umumiylikka yaqinlashtiradi. Bugungi kunga kelib Afg'onistonda etnik tojiklar, o'zbeklar, turkmanlar, qirg'izlar va qazoqlar istiqomat qilib keladi. Shu sababli ham u yerda sodir bo'lgan har qanday voqea va hodisa bevosita beshta davlatga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Misol

7 "Foreign Ministry Spokesperson Wang Wenbin's Regular Press Conference on December. (13.12.2022). Ministry of Foreing Affairs of the People's Republic of China, https://www.fmprc.gov.cn/mfa eng/xwfw 665399/s2510_665401/202212/t20221213_10990010.html, (18.01.2023). www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

uchun, Afg'oniston va Tojikiston o'rtasidagi munosabatlarda Afg'onistonda istiqomat qiladigan tojiklar juda muhim rol o'ynaydi.

"Tolibon" harakati vakillari e'lon qilingan vaqtinchalik hukumat tarkibida Afg'oniston tojiklari uchun hukumatdan faqat uchta o'rin berilishi mamlakatdagi ikkinchi eng katta etnik guruhi hisoblanib, mamlakat aholisining 25%ini tashkil etadi. Ular asosan Afg'onistonning shimoli-janubiy viloyatlarida yashashadi va dariy hamda tojik tillarida so'zlashishadi. Afg'oniston tojiklari pushtunlar bilan siyosiy hokimiyatda boshqaruvni qo'lga olish borasida o'zaro raqobat olib borgan etnik guruh hisoblanadi8. Xususan, toliblar tomonidan hokimiyatni qo'lga kiritgan dastlabki davrida (1996-2001-yillar) boshqa etnik guruhlar singari Afg'oniston tojiklariga nisbatan ham o'ta keskin munosabatda bo'ldi. Shu sababli tojiklar toliblarning asosiy raqobatchisi bo'lgan "Shimoliy Alyans"ning harbiy-siyosiy kuchlarining asosini tashkil qilgan.

Bugungi kunda "Tolibon" hokimiyatni ikkinchi marotaba egallab olganidan so'ng eksi adovat yana avj oldi. Bu safargi pashtun-tojik etnik guruhlari o'rtasidagi konflikt Dushanbe rasmiy hukumati tomonidan toliblarning olib borayotgan sa'y-harakatlarini keskin tanqid qilinishi mojaroning ancha keskin ekanligidan dalolat beradi. Afg'oniston bilan 1300 kilometrlik chegara yaqinida Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) a'zolari qo'shinlari bilan birgalikda harbiy mashg'ulotlar o'tkazilishidan asosiy ko'zlangan maqsad ham toliblar bilan kelib chiqishi mumkin bo'lgan ehtimoliy mojaroga tayyor turish va Afg'oniston tojiklarinini qo'llab-quvvatlashidan dalolat beradi.

Ko'rinib turibdiki, Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash Markaziy va Janubiy Osiyo uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki mintaqalararo loyihalarda Afg'oniston muhim o'rin tutishi ma'lum. Bundan tashqari, Afg'oniston Osiyo va Yevroosiyo taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadigan davlatdir. Markaziy Osiyo va Hindiston yevropaliklar uchun muhim tortishish

8 Abdurahmonov O.N. Afg'oniston pushtunlari. TDShU, - T.: 2021. - B. 11. www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.14054522

456

markazlari sifatida paydo bo'layotgan bo'lsa-da, bu tahdidlar Yevropaga ham zarar yetkazishi mumkinligini aytish mumkin. Bundan tashqari, diniy va etnik o'ziga xoslikni suiiste'mol qilish terrorchilik tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratadi. Bularning barchasi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish va barqarorlikni ta'minlashga to'sqinlik qiladi. Shu bois Afg'onistonda xavfsizlikni ta' minlash butun mintaqa, jumladan, Yevroosiyo uchun muhim ahamiyatga ega.

Xulosa. Afg'oniston Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo dagi mintaqalararo munosabatlarda kalit nuqta hisoblanadi. Afg'onistonning mintaqadagi markaziy mavqei va xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat bu ikki mintaqa o'rtasidagi kelajakdagi hamkorlik va taraqqiyotni belgilab beradi. Hozirda asosiy muammo Afg'onistondagi vaziyat bo'lib, uni imkon qadar tezroq hal qilish zarur. Afg'oniston Tolibon harakatining qayta tiklanishi va mintaqadagi xavfsizlik dinamikasining o'zgarishi Afg'onistondagi xavfsizlik muammolarini yengish uchun ko'p qirrali strategiyani talab qiladi. Afg'oniston muammosining yakuniy yechimi Mintaqa davlatlari va Tolibon harakati o'rtasidagi mazmunli muzokaralardir. Chunki 2001-yildan beri harbiy strategiya barbod bo'ldi va endi siyosiy yechim bu botqoqdan chiqishning yagona yo'li hisoblanadi. Siyosiy rezolyutsiyadan so'ng mintaqaviy va global hamkorlar, jumladan, Xitoy, Amerika, Rossiya, Yevropa Ittfoqi, Hindiston, Eron va Pokiston Afg'onistonga qayta qurish va iqtisodiy rivojlanishda yordam berishi kerak. Barcha mintaqa davlatlari, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Pokiston Afg'onistondagi jinoyatchilikni bevosita moliyalashtiruvchi narkobiznesni jilovlash uchun birgalikda harakat qilishlari kerak. Pokiston va Hindiston ham mintaqa tinchligi va barqarorligi uchun birgalikda harakat qilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Марказий ва Жанубий Осиё: минтакавий узаро богликлик. Тахдидлар ва имкониятлар" мавзусидаги халкаро конференциядаги нутки (Тошкент шахри, 2021 йил 17 июль) // Халк сузи 2021 йил 17 июль, №2 151 (7931).

2. Abdurahmonov O.N. Afg'oniston pushtunlari. TDShU, - T.: 2021.

3. Bo'ronov S.M. "Mozori Sharif-Hirot" va "Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo'l loyixalari SWOT tahlili. Mizo Ulug'bek nomidagi O'zMU ilmiy jurnali.

- T., 2020.

4. Foreign Ministry Spokesperson Wang Wenbin's Regular Press Conference on December. (13.12.2022). Ministry of Foreing Affairs of the People's Republic of China, https://www.fmprc.gov.cn/mfa eng/xwfw

665399/s2510_665401/202212/t20221213_10990010.html, (18.01.2023).

5. Rhea Abraham. Politics of ethnicity in Afghanistan: Understanding the Pashtuns and the minor ethnic groups // Defence and Diplomacy Journal Vol. 2 No. 2 2013 (January - March).

6. Shahrbanou Tadjbakhsh. South Asia and Afghanistan: The Robust India-Pakistan Rivalry. Peace Research Institute Oslo (PRIO). 2011. - P. 1.

7. "The Global Afghan Opium Trade: A Threat Assessment" July 2011, United Nations Office On Drugs and Crime,

https://www. unodc. org/documents/data-and-

analysis/Studies/Global Afghan Opium Trade 2011-web.pdf. - P. 3

8. "World Drug Report-2016" United Nations Office On Drugs and Crime. https://www.unodc.org/doc/wdr2016/WORLD DRUG REPORT 2016 web.pdf.

- P. 26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.