Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK NAZORATI VA UNI TASHKIL ETISHDA YOSHLARNING O‘RNI VA ROLI'

JAMOATCHILIK NAZORATI VA UNI TASHKIL ETISHDA YOSHLARNING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

162
474
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoatchilik / nazorat / jamiyat / mahalla / oila / ijtimoiy tarmoq / yoshlar / davlat / hokimiyat. / public / control / society / neighborhood / family / social network / youth / state / government.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ravshan Aktamovich Ikramov, Umidbek Xaitbayevich Adambayev

Ushbu maqolada jamoatchilik nazorati tushunchasiga g‘arb olimlarining mulohazalari, jamoatchilik nazoratini tashkil etishda davlatning roli, Yangi O‘zbekistonda yangidan qad rostlayotgan mahallalar va ularda yashovchi oilalarning jamoatchilik nazoratini tashkil etishdagi faolligi, mahalla yoshlarning mamlakatda bo‘layotgan siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, davlat rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yoshlarning jamoatchilik nazoratini tashkil etishdagi harakatlari to‘g‘risida mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the concept of public control, the role of the state in organizing public control, the activity of newly formed microdistricts and their families in organizing public control in new Uzbekistan, the participation of district youth in political processes in the country. y attention and feedback on the actions of young people in the organization of public control.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK NAZORATI VA UNI TASHKIL ETISHDA YOSHLARNING O‘RNI VA ROLI»

JAMOATCHILIK NAZORATI VA UNI TASHKIL ETISHDA YOSHLARNING O'RNI VA ROLI

Ravshan Aktamovich Ikramov

Chirchiq davlat pedagogika instituti, dotsent

Umidbek Xaitbayevich Adambayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti, o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamoatchilik nazorati tushunchasiga g'arb olimlarining mulohazalari, jamoatchilik nazoratini tashkil etishda davlatning roli, Yangi O'zbekistonda yangidan qad rostlayotgan mahallalar va ularda yashovchi oilalarning jamoatchilik nazoratini tashkil etishdagi faolligi, mahalla yoshlarning mamlakatda bo'layotgan siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, davlat rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va yoshlarning jamoatchilik nazoratini tashkil etishdagi harakatlari to'g'risida mulohazalar berilgan.

Kalit so'zlar: jamoatchilik, nazorat, jamiyat, mahalla, oila, ijtimoiy tarmoq, yoshlar, davlat, hokimiyat.

ABSTRACT

This article discusses the concept of public control, the role of the state in organizing public control, the activity of newly formed microdistricts and their families in organizing public control in new Uzbekistan, the participation of district youth in political processes in the country. y attention and feedback on the actions of young people in the organization of public control.

Keywords: public, control, society, neighborhood, family, social network, youth, state, government.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается понятие общественного контроля, роль государства в организации общественного контроля, активность новообразованных микрорайонов и их семей в организации общественного контроля в новом Узбекистане, участие районной молодежи в политических процессах в стране. y внимание и отзывы о действиях молодежи в организации общественного контроля.

April, 2022

260

Ключевые слова: сообщество, контроль, общество, соседство, семья, социальная сеть, молодежь, государство, власть.

KIRISH

G'arb olimlarining qarashlarida jamoatchilik nazorati aksariyat hollarda biror bir sohada amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. Jumladan, amerikalik sotsiolog Travis Xirski (Travis Hirschi) jamoatchilik nazoratini, asosan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash nuqtai nazaridan talqin qiladi. Unga ko'ra, ijtimoiy so'rovlar jamoatchilik nazoratini shakllantiradi va aksilijtimoiy xarakterga ega bo'lgan xatti-harakatlarni tartibga soladi. Charlz Kuley (Charles Horton Cooley) ham mazkur fikrni davom ettirgan holda, jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda jamoatchilik nazorati muhim o'rin tutishi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda u samarali xizmat qilishini ta'kidlaydi. Bu hodisa jamiyatda o'ziga xos raqobat muhitini vujudga keltirishi bilan birga, o'ziga xos tarzda ijtimoiy vijdonni shakllantirishga ham xizmat qiladi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda Davlatning roli juda muhim sanaladi, nazorat obyekti davlatning o'zi bo'lsa ham, davlat umummilliy manfaat nuqtai nazaridan jamoatchilik nazoratiga yo'l bermasa, uning samara berishi qiyin.

Yangi O'zbekistonda yangidan qad rostlayotgan mahallalarimiz ijtimoiy va madaniy-ma'naviy hayotida tub o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ular faoliyatining huquqiy jihatlari oshirildi, tashqi dunyo bilan aloqalari yanada mukammallashdi, jamiyatimiz islohotlarini amalga oshirishning ishonchli tayanchi va ta'sirchan vositasi sifatida shakllana boshladi.

Insonning butun umri o'tadigan fuqarolar o'zini o'zi boshqaruvining muhim jamoatchilik organi - mahalla bo'lib, uning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda yashovchi har bir oila, shaxs shu ahil jamoa ko'z o'ngida shakllanadi, har bir fuqaroning hayot tarzi, uning nimaga qodir yoki muhtojligini mahalladan ko'proq biladigan idora yo'q. Har bir kishi va uning oilasiga qo'shnilari va mahallasi beradigan baho eng xolis bahodir. Turmush bilan bog'liq har qanday tadbir mahallasiz o'tmaydi.

Azaldan xalqda "Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona" degan maqol yuradi. Ushbu maqolni hayotiy olib qaraydigan

April, 2022

261

bo'lsak, haqiqatdan ham mahalladagi har bir bolaning yaxshi inson bo'lib yetishi, o'qishi va biror kasbni tanlashida mahallada yashovchi oilalar, qo'ni-qo'shnilarning o'rni beqiyos.

Hammamizga ma'lumki Respublikamiz aholisining 64 foizini - 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. 2021-yilda bo'lib o'tgan O'zbekiston Prezidenti saylovida 6 million 993 ming 924 nafar (qariyb 33 foiz) 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishgan. Shulardan 880 ming 155 nafar yoshlar O'zbekiston Prezidenti saylovida ilk marotaba o'zining saylov huquqidan foydalanishgan.[2] Bu mamlakat yoshlarinig siyosiy tafakurga ega va o'z kelajagini oldindan ko'ra bilishidan darakdir.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan pragmatik, ochiq-oshkoralikka asoslangan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi tufayli, jamiyatimizda jamoatchilik nazoratining ham ta'sir doirasi sezilarli ravishda kuchaydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar tomonidan davlat organlari va ularning rahbar-mutasaddilari xatti-harakatlariga nisbatan bildirilayotgan munosabat tufayli ko'plab kamchilik va muammolar, qonun buzilish holatlariga chek qo'yilayotganini alohida e'tiborga olish lozimdir.

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilandi:

- "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

- mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o'yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste'dodi va tashabbuslarini rag'batlantirish hamda hayotda o'z o'rnini topishlariga ko'maklashish;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy

rivojlanishini ta'minlash;

April, 2022

- huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo'lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko'maklashish[3].

Yetakchilar o'ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini madaniyat va san'atni targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, ma'naviyat va kitobxonlikni targ'ib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash kabi asosiy yo'nalishlarda amalga oshiradi. Bu orqali mahalla yoshlarida ma'naviy-madaniy, siyosiy-iqtisodiy, huquqiy ong shakllanadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining "Yoshlarga oid davlat siyosatini" mahallabay tizimda qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan mahalla yoshlarning jamoat nazoratini o'rnatilishiga zamin yaratadi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkunki, Yangi O'zbekiston yoshlari o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari sari olg'a qadam tashlamoqdalar. Mamlakatning yuksalishida yoshlar jamoatchilik nazoratining asosiy quroli bo'lmish qonun asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qonunlarga qay tarzda amal qilayotgani va ularni qanday ijro etayotgani yuzasidan jamoatchilik nazorati o'rnatadilar hamda bu jamoatchilik nazoratining xulosalari ijro hokimiyatining faoliyatini tanqidiy ko'rib chiqish, xatolarni tuzatish, xalqchillikni ta'minlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Babajanov Sarvarbek Bekpulatovich, (2022). Jamoatchilik nazorati - davlat boshqaruvini demokratlashtirishning huquqiy asosi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), pp-40.

2. https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/06/electorate O'zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.01.2022 yildagi PQ-92-son. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son Umidbek Adambayev. (2021) Faith - the conception of belief and steps to develop it / Actual problems of modern science, education and training. -

pp. 96-100.

XULOSA

April, 2022

4. Umid Adambayev. (2021). Milliy o'zlikni anglash millat taraqiyotining poydevori // Scientific progress. - pp. 1858-1862.

5. AgaMÖaeB YMHgöeK XaHTÖaeBHH. (2022) MmoHH-BtTHKogHH maKrnaHTHpHmga yp$-ogar Ba aHtaHanapHHHr TatCHpH // Scientific progress. - pp. 348-351.

6. YMHgöeK XaHTÖaeBHH AgaMÖaeB, ^ycTMypog 3. (2022) 3KonorHK MagaHH^T Ba yHH rnaKmaHTHpHffl // Academic research in educational sciences. - pp. 125-134.

7. Umidbek Xaitbayevich Adambayev, Sirojiddin U. (2022) Navro 'z bayrami va uning etnomadaniy ahamiyati. Academic research in educational sciences. - pp. 175-

8.Умидбeк Хaитбaевич Aдaмбaев. (2022) Ишонч-эътикодни шакллантиришда аргументлашнинг урни // Academic research in educational sciences. - pp. 898-

9. Adambaev U. (2021). Confidence-nonverbal methods of argumentation in the formation of the verb // Экономика и социум. - С.18-21.

177.

905.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.