Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023
JAMOAT TASHKILOTLARI VA ULARNING DAVLAT BOSHQARUVIGA
TA'SIRI
Xushvaqtov Hasan Zohidjon o'g'li
Shahrisabz tumani 36-sonli maktab o'quvchisi Xushvaqtov Zohidjon Roziqovich
O'zDJTSU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada jamoat tashkilotlariga ta 'п/ berilgan va ularning vazifalari ochiqlantirilgan. Jamiyatdagi jamoat tashkilotlarining davlat boshqaruvida tutgan о 'гт, ahamiyati, ta ^т maqsadlari Ьауоп еШ^ап, funksiyalari Ы 'таЫ^ап. Jamiyat rivojiga qo Shgan hissasi уопШ^ап hamda хи^а уа takliflar ishlab chiqilgan.
КаШ so'zlar: agregatsiya, artikulyatsiya, bedodlik, bosm o'tkazish, volontyorlik, diversiflkatsiya, yechm topish, ziddiyat, ijtmoiy sheriklik, integratsiya, ^тетш, konsepsiya, liberallashtirish, manfaatlar, та'типу buyruqbozlik, modernizatsiya, muvofщlasЫmsh, muzokara, muqobil, muxolif, nizo, noaniqlik, ruyobga chiqarish, sektor, siyosiy ЫМатШ, taranglik, to'qnashuv, uyg'unlashtirish, xavotir, hayriya.
ОБЩЕСТВЕННЫЕ ОРГАНИЗАЦИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ГОСУДАРСТВЕННОЕ УПРАВЛЕНИЕ
АННОТАЦИЯ
В данной статье дается определение общественным организациям и разъясняются их задачи. Роль, значение, влияние общественных организаций в обществе в государственном управлении изложены цели, указаны функции. Освещается вклад в развитие общества, разрабатываются выводы и предложения.
Ключевые слова: агрегация, артикуляция, недержание мочи, давление, волонтерство, диверсификация, поиск решения, конфликт, социальное партнерство, интеграция, консенсус, концепция, либерализация, интересы, административное командование, модернизация, координация, переговоры, альтернатива, оппозиция, конфликт, неопределенность, раскрытие, сектор, политический солидарность, напряженность, конфликт, гармонизация, беспокойство, благотворительность.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
COMMUNITY ORGANIZATIONS AND THEIR IMPACT ON PUBLIC ADMINISTRATION
ABSTRACT
This article describes public organizations and exposes their functions. The role, importance, goals of influence of public organizations in society in public administration are stated, their functions are indicated. His contribution to the development of society was covered and conclusions and proposals were developed.
Keywords: aggregation, articulation, Bedouin, pressure, volatility, diversification, finding a solution, conflict, social partnership, integration, consensus, concept, liberalization, interests, administrative command, modernization, coordination, negotiation, alternative, opposition, conflict, uncertainty, derogation, sector, political solidarity, tension, conflict, harmonization, anxiety, charity.
Demokratik qadriyatlarni kengayishi muhim ijtimoiy va siyosiy muammolarni hal etishga harakat qiluvchi jamoat tashkilotlari paydo bo'lishi bilan bog'liq. Jamoat tashkilotlari jamiyatning siyosiy munosabatlarida tutgan o'rinlari bilan davlat hokimyati tashkilotlari va siyosiy partiyalardan farq qiladigan, jamiyat siyosiy tuzulishining o'ziga xos alohida tashkilotlari hisoblanadi.
Jamoat tashkilotlari siyosiy hokimyatni amalga oshirishda faol qatnashsada, ammo, davlat hokimiyati vakolatiga ega emas va barcha fuqarolar uchun majburiy hisoblangan qarorlarni qabul qila olmaydilar. Ayni vaqtda, jamoat tashkilotlari davlat va siyosiy partiyalardan farq qilib, ular mamlakatdagi barcha aholining manfaatlarini emas, balki aholining alohida bir ijtimoiy guruhi manfaatlarini himoya qiladilar va ularni o'z tashkilotlariga birlashtirishga harakat qiladilar.
Jamoat tashkilotlari - o'z a'zolarining ijtimoiy, siyosiy, ijodiy, iqtisodiy mehnat kabi muammolarini hal etishni ko'zlab umumiy manfaatlarini amalga oshirish uchun demokratik asosda birlashgan jamiyat a'zolarining uyushmasi bo'lib, mavjud siyosiy hokimyatga ta'sir o'tkazish guruhi deb ta'rif bersak mubolag'a bo'lmaydi.
Zamonaviy jamoat tashkilotlari barqaror shakllangan ichki tuzilmalarga ega bo'lib, davlat hokimyati organlaridan farqli ravishda ma'muriy buyruqbozlikdan holi va qonunchilikdan tashqari_ko'rsatmalarga bo'y sunmaydi.
Jamoat tashkilotlari allaqachon umumiy manfaatlarni ro'yobga chiqarish yoki umumiy maqsadga jamoaviy harakat orqali erishishga intiluvchi rasmiy belgilangan institut sifatida tan olindi. So'ngi yillarda jamoat tashkilotlari jamiyatdagi manfaatlar o'rtasidagi nizo oqibatida vujudga kelgan tuzulmaviy tarangliklar yoki ziddiyatlarni,
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
noaniqlik, havotir, maqsadlardagi ikkixillik yoki bevosita to'qnashuvlarni o'zaro "muzokaralar" jarayoni orqali "konsensus" ga olib chiqishi qimmatlidur.
Bugungi kunda jamoat tashkilotlarining har bir harakatini o'z manfaat va maqsadlari bor, bular uchun kurash olib boradi, shuningdek uni inkor qiladigan qarashlar va g'oyalar ham mavjud. Ular o'z muholiflarining qarashlari va harakatlaridagi norozilikni tiniqlashtiradigan va uni hal qilish uchun muayyan harakat tarzini taklif qiladigan mafkuraviy ta'sir etuvchi kuchga aylanib ulgurishdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda jamoat tashkilotlari davlat boshqaruvi organlariga kuchli ta'sir etib, muammoni hal qilishning qarshilik uyg'otmaydigan yechimini topishga erishmoqda. Shuningdek, barcha munosabat ishtirokchilarining manfaatlarini uyg'unlashtitishda ijobiy muvaffaqiyat qozonmoqda. Hozirgi kunda jamoat tashkilotlari manfaatlarni maksimal hisobga olish, muvofiqlashtirish, to'laroq ro'yobga chiqarish, ijobiy yechim topish, turli guruhlar o'rtasidagi tarangliklarni yumshatish, siyosiy birdamlikni shakllantirish kabi muammolarga yechim topishni o'z maqsad va vazifasiga aylantirishdi.
Shuningdek, insonning oliy maqsadi bo'lgan soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz, demokratiya niqobisiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, teng asoslarga ko'ra o'zaro manfaatli kelishuv yo'li bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o'tish vazifasi ham jamoat tashkilotlarining maqsadiga aylanmoqda.
Rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari ko'rsatishicha, jamiyat qurilishida fuqarolarning faolligini ta'minlash va ma'naviy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan tayyorlashda jamoat tashkilotlari asosiy rol o'ynamoqda.
Jamoat tashkilotlari odamlarning baxt-saodatga erishishi uchun ularning istak va muloxazalarini, xohish va g'oyalarini zavq va shavq bilan maqsadga aylantirishda hamda kuch va quvvatini jamiyat ravnaqiga safarbar qilishda beqiyos hissa qo'shmoqda.
Jamiyat boshqaruvining rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo'llanib ulgirilgan, har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o'z ixtiyori asosida qurishga to'la erkinlikni kafolatlovchi, davlat faoliyati yuzasidan fuqarolarning to'la nazorati o'tkaziladigan, davlatning ko'pgina vazifalari mahalliy joylarda fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari tomonidan bajariladigan shakli jahon mamlakatlarining ijobiy e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. Bu jamoat tashkilotlari tajribalarini yangi rivojlaniyotgan mamlakatlar hayotiga modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishiga olib kelmoqda.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Jamiyat-davlat-shaxs munosabatlarini bir-biriga nisbatan muvozanatli bo'lishi ta'sir ko'rsatishida ham jamoat tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. "Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o'zaro aloqada bo'lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi" [1]. Bunday nohukumat tashkilotlarining paydo bo'lishi oqibatida jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko'ra jamoat tashkilotlarining faolligi balandroq turadi, bunday jamiyat o'z-o'zini yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi va davlatning kuchli ta'siriga ehtiyoj sezmaydi. Aksincha, davlat - jamiyatning "yollanma xizmatkori" va jamiyatning nazoratida bo'ladi. Zero u jamiyat a'zolarining soliqlari hisobiga mavjud bo'ladi.
Jamoat tashkilotlarida davlat organlarining boshqa bo'g'inlariga nisbatan byurakratizm ta'siri kamroq bo'ladi.
Jamoat tashkilotlari bir tomondan, mahalliy hududlarga davlat boshqaruvining ba'zi vakolatlarini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati instituti sifatida aholi manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Jamoat tashkilotlari bir qator:
- manfaatlarni kuchli agregatsiya (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg'unlashtirish) qilish;
- guruhlar va qatlamlarning manfaatlarini artikulyatsiya (bir-biriga o'xshash manfaatlarni guruh miqyosida birlashtirish) qilish;
- manfaatlarni integratsiya qilish (bir-butunlikka birlashtirish) kabi funksiyalarni ham bajaradi.
O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan jamoat tashkilotlari sirasiga "mahalla fuqarolar yig'inini ko'rsatish mumkin. "Mamlakatda 9349 ta fuqarolar yig'inlari mavjud" [2], ular o'z-o'zini boshqarish organlari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta'minlash masalasi jamoat tashkilotlarini qay darajada rivojlanganligi bilan bog'liq jamoat tashkilotlari jamoatchilik fikrini, davlat va jamiyatning holatini o'zida aniq aks ettiradigan bamisoli bir ko'zgu.
Jamoat tashkilotlari muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda bir xil manfaatlar atrofida birlashishadi. "Bundan tashqari, G'arbiy Evropada "sektorni anglash", ya'ni juda ko'p notijorat va nohukumat tashkilotlarni yagona sektor sifatida (masalan, jamoatchilik yoki uchinchi sektor kabi) tasavvur etish - yangi hodisa bo'lib, ko'pgina mamlakatlarda hali qaror topmagan" [3]. Ijtimoiy va siyosiy maqsadlar atrofida birlashadigan bunday jamoat tashkilotlari rivojlangan mamlakatlarda "uchinchi sektor" deb nomlanadi. Ular asosan hayriya maqsadlarida tashabbus ko'rsatayotgan nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) sifatida keng faoliyat yuritib kelmoqda.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
"Rossiyada ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash, ijtimoiy innovasiyalami amalga oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, sog'liqni saqlash va ta'lim tizimidagi muammolarni bartaraf qilish, sog'lom avlodni shakllantirish, aholini ish bilan ta'minlash hamda demokratiyani rivojlantirishda NNTlarning o'rniga muhim ahamiyat berilmoqda" [4].
O'zbekistondagi jamoat tashkilotlar ijtimoiy tashkilotlar, NNT, Mahalla Fuqarolar yig'ini, jamg'armalar, uyushmalar kabi nomlar bilan atalmoqda. "O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida "jamoat birlashmasi" tushunchasi ishlatilgan bo'lsa-da, 90-yillarning o'rtalariga kelib, ko'proq "nodavlat tashkilot" yoki "uchinchi sektor" tushunchasi ham (ya'ni, birinchi sektor davlat tashkilotlari, ikkinchi sektor tijorat tashkilotlari) qo'llanila boshladi" [s].
Rivojlangan mamlarkatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbga doir uyushmalar, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar, diniy birlashmalar kabi yuz minglab jamoat tashlotlari bo'lib ular o'z a'zolari manfaatlari uchun kurashadilar.
"Hozirgi davrda AQShda tadbirkorlar doirasi manfaatlarini ifoda etuvchi manfaat guruhlari birlashmalar sifatida ko'plab uyushmalar mustaqil biznes Milliy federasiyasiga birlashganlar. GFRda esa nemis kasaba uyushmasi federal birlashmasi, nemis ish beruvchilari uyushmasi federal birlashmasi, Germaniya sanoatchilari federal birlashmasi, soliq to'lovchilar uyushmasi, demokratik olimlar uyushmasi, nemis sport uyushmasi kabi bir qancha manfaatlar guruhlari faoliyat ko'rsatadi" [6]. O'zbekistonda jamoat tashkilotlariga davlatning bedodligi va aralashuviga yo'l qo'ymaydigan, ijtimoiy guruhlar va davlat hamkorlik asosida ishlashini ta'minlovchi, shuningdek boshqaruvni to'g'ri va istiqbolli tashkil etishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Ularga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin:
1) "Ijtimoiy sherklik to'g'risida"gi qonun (2014 y.);
2) "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi qonun (1999 y. aprel);
3) "NNT to'g'risida"gi qonun (1999 y. aprel);
4) "Jamoat birlashmalari to'g'risida"gi qonun (1997 y.);
5) "O'zbekiston Respublikasi "Kasaba uyushmalari, ularning huquq va faoliyatining kafolotlari to'g'risida"gi qonun (1992 y.);
6) O'zbekiston Respublikasi "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi qonun (1996
7) O'zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va siyosiy partiyalar to'g'risida"gi qonun (1998 y.) va boshqalar.
Demak, quyidagicha xulosaga kelish mumkin:
y.);
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
1) jamoat tashkilotlari - jamiyatning siyosiy hayotiga faol ta'sir o'tkazuvchi tizim;
2) davlat bilan jamiyatni bir-biridan begonalashmasligini ta'minlovchi ko'prik;
3) birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch bu - ularning manfaatlari;
4) davlat organlarini ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini yetkazish, o'z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o'tkazish qudratiga ega tuzilma;
5) murakkab funksional vazifalarni bajaruvchi va maqbul konsensusni ta'minlovchi kuch;
6) har qanday tanglik, taranglik, nizo, ziddiyat, to'qnashuv, noaniqlik, xavotir, bedodlik kabilarga to'g'ri yo'l ko'rsatish, yechim topish, muzokaraga keltirishda asosiy bo'g'in;
7) davlat boshqaruviga kuchli va samarali ta'sir ko'rsataoladigan tuzilma.
Yuqoridagi xulosalarga asoslanib quyidagi takliflarni berish o'rinli:
1. Jamoat tashkilotlarini davlat boshqaruviga ta'sirini yanada liberallashtirish va faollashtirish.
2. Jamoat tashkilotlarini huquqiy asoslarini mustahkamlash va takomillashtirib borish.
3. Jamoat tashkilotlariga ko'proq siyosiy, iqtisodiy imkoniyatlar berish va ma'naviy qo'llab-quvvatlsh, ularni rag'batlantirib borish kerak.
4. Jamoat tashkilotlari erishgan muvaffaqiyatlarni ochiqlantirish va ommalashtirish zarur.
5. Rivojlangan davlatlarning jamoat tashkilotlari erishgan yutuqlarini toboro ko'proq modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga erishish.
6. Rivojlangan davlatlarning jamoat tashkilotlari bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik o'rnatish, o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlash va bir-biriga yordam berish tizimini yaratish.
7. Jamiyat boshqaruvining rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo'llanilayotgan davlat faoliyati yuzasidan fuqarolarning to'la nazorati o'tkaziladigan shakliga o'tish.
8. Jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko'ra jamoat tashkilotlarining faolligi balandroq turishini ta'minlovchi konsepsiyalarni ishlab chiqish.
9. Davlat organlarining kuchli ta'siridan holi, o'zini-o'zi yuksak darajada tashkil etadigan jamoat tashkilotlarini yangi tiplarini yaratish davr talabiga aylanmoqda.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
REFERENCES
1. Курбатов В.И. Современная западная социология: Аналитический обзор концепций: Учеб.пособие. - Ростов-на-Дону: Феникс, 2001. - 416с.
2. https: //www.gazeta.uz/oz/2022/05/17/mahallas/
https://staff.tiiame.uz/storage/users/416/books/lJQ9fgMneHKJNAC2di7qu6bKHa2li Zeddw50wezD.pdf
4. http://www.socpolitika.ru/rus/ngo/research/document4693.shtml ; яна каранг: http : //agentstvo. gokrk.ru/activity/podderi ka/
5. Фукаролик жамияти асослари: укув кулланма/ А. Жалилов, У. Мухдммадиев, К. Жураев ва бошк. — Тошкент, 2015, 171 б.
6. Фукаролик жамияти асослари: укув кулланма/ А. Жалилов, У. Мухдммадиев, К. Жураев ва бошк. — Тошкент, 2015, 101 б.
3. Фукаролик
жамияти.
2016.
-168
б.