Научная статья на тему 'IJTIMOIY MANFAATLAR VA FUQAROLARNI BIRLASHTIRUVCHI OMILLAR'

IJTIMOIY MANFAATLAR VA FUQAROLARNI BIRLASHTIRUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
97
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratiya / fuqarolik jamiyati / fuqarolar uyushmasi / jamoat bosimi / manfaatlar / kо‘ngillilar birlashmasi / fuqarolar faolligi. / democracy / civil society / civil union / public pressure / interests / voluntary association / citizen activism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Matkarimova, J.D.

Ushbu maqolada fuqarolarni birlashtiruvchi uyushmalarning jamiyatda demokratiyani yanada rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash uchun olib boradigan harakatlari о‘rganilgan. Fuqarolarni birlashtiruvchi uyushmalar ijtimoiy ishonch generatori bо‘lishi mumkinligi yoki aksincha bо‘lishi ham mumkinligi haqidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL BENEFITS AND FACTORS THAT UNITE CITIZENS

This article examines the efforts of citizen associations to further develop democracy and strengthen civil society. It has been analyzed by scientific studies that associations that unite citizens can be generators of social trust or vice versa.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY MANFAATLAR VA FUQAROLARNI BIRLASHTIRUVCHI OMILLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023

IJTIMOIY MANFAATLAR VA FUQAROLARNI BIRLASHTIRUVCHI

OMILLAR

Matkarimova J.D.

TDTrU, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, fan doktori (DSc)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fuqarolarni birlashtiruvchi uyushmalarning jamiyatda demokratiyani yanada rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash uchun olib boradigan harakatlari o'rganilgan. Fuqarolarni birlashtiruvchi uyushmalar ijtimoiy ishonch generatori bo 'lishi mumkinligi yoki aksincha bo 'lishi ham mumkinligi haqidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: demokratiya, fuqarolik jamiyati, fuqarolar uyushmasi, jamoat bosimi, manfaatlar, ko 'ngillilar birlashmasi, fuqarolar faolligi.

ABSTRACT

This article examines the efforts of citizen associations to further develop democracy and strengthen civil society. It has been analyzed by scientific studies that associations that unite citizens can be generators of social trust or vice versa.

Keywords: democracy, civil society, civil union, public pressure, interests, voluntary association, citizen activism.

KIRISH

Ijtimoiy kapital, siyosiy madaniyat va demokratiya bilan fuqarolik jamiyati o'rtasidagi o'zaro munosabatlami tushunish konsepti ham g'arbiy, ham sharqiy ilmiy adabiyotda keng tadqiq etilmoqda. Amerikalik olima T.Skochpolning demokratiya shakllanishida fuqarolar va tashkilotlarning rolini yoritishdagi dalillarida fuqarolarni birlashtiruvchi uyushmalarni ijtimoiy ishonch generatori emas, balki jamoat bosimi manbai sifatida ko'rib chiqadi [1]. Amerikalik tadqiqotchi fikricha, demokratik siyosiy tuzum turli ijtimoiy guruhlar hamda hokimiyat organlari bilan jamiyat orasidagi nizolar natijasi hisoblanadi [2]. Mavjud ijtimoiy va siyosiy kelishmov-chiliklar o'z manfaatlarini himoya qilish uchun hukumatga ta'sir o'tkazish maqsadida fuqarolarni birlashishga majbur qiladi [3]. Elitalar, o'z navbatida, umumiy maqsad sari birlashgan fuqarolarni siyosiy bosim o'tkazish uchun safarbar qiladi. Fuqarolar jamiyati institut va tashkilotlari hokimiyatga ta'sir etadigan tizimlarni institutlashtiradilar, uncha tanish bo'lmagan guruhlarga siyosiy qarorlar qabul etish jarayonida ishtirok etish imkoniyatini beradilar va cheksiz davlat boshqaruviga qarshi turadi [4]. T.Skochpol va uning hamkasblari ta'kidlashicha, faqatgina fuqarolarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

individual harakatlari tufayli fuqarolar birlashmalari hukumatdan ajralgan alohida bir tashkilot hisoblanmaydi. Ular fikricha, XX asr birinchi yarmida siyosiy partiyalarning ommaviy tarzda shakllanishi fuqarolar uyushmalari rivojlanishi davriga to'g'ri keldi. Hukumat institutlari va siyosiy partiyalar, shubhasiz, fuqarolar birlashmalarining turli-tumanligi, xulq-atvor meyorlari va strategiyasiga o'z ta'sirini ko'rsatdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Amerika Qo'shma Shtatlarida milliy saylovlarga elektoral safarbar qilish jarayoni fuqarolarni ko'ngillilar birlashmalari faoliyatiga qo'shilishga rag'batlan-tiradi[5]. Fuqarolar tashkilotlari ma'lum sharoitlarda siyosiy harakatlar va huquqni himoya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun o'z a'zolarini faollashtirishga yordam beradi [6]. Bunday faoliyatning natijasi a'zolik ro'yxatidan o'tish va fuqarolar keng vakillarini o'z ichiga olgan tashkilotlar o'sishidan iborat. Teng va erkin saylovlar instituti jamiyatda mavjud bo'lgan nizo va kelishmovchiliklarni tuzilmalashtirishda muhim omilga aylandi. 1950-1960 yillarda ham elitalar hamkorlikka nisbatan bo'lgan e'tiborni ijtimoiy xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan professional va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar foydasiga o'zgartirdilar. Natijada, keng miqyosdagi ko'ngillilar harakatiga talab tushib ketdi, bu esa fuqarolar birlashmalarida jamoatchilik ishtiroki darajasi pasayishiga sabab bo'ldi. Bizning fikrimizcha, T.Skochpol talqini siyosiy elita afzalliklariga tayanib, fuqarolik jamiyatining sifat o'zgarishlarini tushuntirish imkoniyatini beradi. T.Skochpol mantiqiga binoan, nizolar fuqarolar faolligini vujudga keltiradi, ular faoliyati esa institutlar vujudga kelishiga sabab bo'ladi, institutlar esa ushbu nizolarni tuzilmalashtiradi, teng huquqlikni va manfaatlar himoyasini ta'minlaydi. Afzalligi, elita tanlanishiga ko'ra ijtimoiy guruhlar yoki ommaviy siyosiy partiyalar va professional ittifoqlar yoxud kam tarkibli lobbistik va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar yordamida safarbar qilinadi.

Nensi Bermeo o'z kitobida 1970 yillardan boshlab fuqarolik jamiyati demokratik boshqaruvning ijobiy komponenti sifatida qaraladigan bo'ldi, deb izohlaydi. Manfaatdor guruhlar, sinfiy uyushmalar va mashhur tashkilotlar konseptlarining rivojlanishi ularning noaniq rolini ko'rsatdi [7]. Siyosiy rejimlar o'zgarishini tadqiq etuvchi olim Xuan Lins hukmron elitaga va fuqarolarning tashkiliy guruhlari orasidagi o'zaro munosabatlarni muammoli deb baholaydi, chunki o'ta faol fuqarolik jamiyati ko'pincha demokratik boshqarish davri beqaror bo'lishiga olib keladi [8]. Eng avvalo, siyosiy partiyalarning ishchi harakatlari, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bilan aloqasi institutlarning barqaror faoliyat yuritishiga yordam bermaydi, chunki mavjud ijtimoiy nizolar siyosiy o'lchovga ega bo'ladi. Demokratiyani qo'llab-quvvatlash uchun fuqarolarni davlat bilan o'zaro harakatini ta'minlaydigan siyosiy partiyalarning muhim institutlar sifatidagi rolini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Martin Lipset va Djovani Sartori kabi siyosiy rejim tadqiqotchüari ham ta'kidlab o'tishgan. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy nizolarni tuzilmalashtirish qobiliyati katta ahamiyatga ega, chunki institusionallashtirilgan, siyosiy safarbar qilingan, bo'lingan jamiyat demokratiya uchun xavf tug'diradi [9].

Ba'zi tadqiqotlar fuqarolarning jamoatchilik (notijorat) tashkilot-larda ishtiroki siyosiy institutlar sifatiga ta'sir ko'rsatmaydi, ko'p hollarda aksincha bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. Sheri Berman siyosiy institusionallashtirish jamoatchilik ishtirokini fuqarolik (demokratik) yoki nofuqarolik amaliyotida foydalanilishini milliy darajada aniqlaydi, deb hisoblaydi [10]. Kuchli siyosiy institutlar jamiyatda mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va tuzilmalashtirish qobiliyatiga ega [11], ular fuqarolarni qisqa muddatli emas, balki uzoq muddatli maqsadlarga erishishga yo'naltiradi. Siyosiy barqarorlik va o'yinning shaffof qoidalari (huquq ustuvorligi va xususiy mulkning xavfsizligi) fuqarolarni mavjud tizim doirasida vazifalarni amalga oshirishga yo'naltiradi. Bu kabi barqarorlikning yo'qligi mavjud holatdan qoniqmagan fuqaro uchun fuqarolik jamiyatini siyosatning alternativasiga aylanib qolishiga olib keladi. Qator tadqiqotchilar fuqarolar faolligining natijalari davlatning jamoatchilik talablariga javob bera olish qobiliyati va siyosiy jamoatchilik tabiatiga bog'liq bo'ladi [12], degan fikrga qo'shiladilar.

Manfaatdor guruhlar va davlat o'rtasidagi o'zaro harakatlarni yoritadigan nokorporativizm nazariyasi ijtimoiy nizolarni hal qilishda, dialoglar uchun maydonlar hosil qilishda, ba'zi jamoalar rivojlanishida davlatning roli asosiylardan biri ekanligini ko'rsatgan. Xususan, Skandinaviya mamlakatlarining tajribasi shuni ko'rsatadiki, ish beruvchilar (biznes uyushmalari) va kasaba uyushmalar o'rtasidagi nizolarni hal qilishda davlatning yetakchi roli siyosiy yo'nalishni shakllantirishda ushbu ikkita yetakchi manfaatdor guruhlar fikrlarini hisobga olish va kelishuvga erishish esa jamiyat rivojlanishida barqarorlikka erishishga yordam beradi.

Filipp Shmitter esa o'zaro harakat va manfaatlarni taqdim etish tizimi, qarorlar qabul qiladigan, fuqarolik jamiyatining assotsiativ tashkil etilgan manfaatdor guruhlar bilan hokimiyat organlari o'rtasidagi aloqani ta'minlaydigan maxsus ideal-tipik kelishuv sifatida aniqlaydi [13]. Bu yerda «fuqarolik jamiyati» tushunchasiga ancha kengroq ta'rif beriladi, bu jamiyatdagi birlashmalarning barchasidir, ular davlat tasaruffiga kirmaydi, shu asnoda o'zini biznes tizimlar va fuqarolik tashkilotlariga kiritadi. F.Shmitter nokorporatizmni manfaatlar o'zaro faoliyatining tizimi sifatida tavsiflashni afzal ko'radi. Chunki u rasmiy uyushmalarning o'z a'zolari talablarini ifodalash imkoniyatini gumon ostiga oladi, chunki bu ular uchun katta ahamiyatga ega vazifa bo'lmasligi mumkin, deb hisoblaydi [14].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ushbu talqindan kelib chiqib, ba'zi tadqiqotchilar uni siyosiy ishtirok tizimigacha kengaytirishmoqda, bunda fuqarolar o'z huquqlarini tashkil etilgan va markazlashtirilgan guruhlar liderlariga topshiradilar [15]. Bu nuqtai nazardan nokorporativistik tizimlar vakillik organlari hisoblanadi, ular siyosiy partiyalar va Parlament tomonidan manfaatlarini himoya qilish o'rnini to'ldiradigan shakllardan foydalanadilar. Ba'zan o'zaro faoliyatdagi nokorporativistik tizimlar vujudga kelishini siyosiy institutlarning (siyosiy partiya va parlamentlar) jamiyatda mavjud ijtimoiy nizolarni hal qilish imkoniyati bo'lmasligi bilan bog'laydilar. Shuning uchun hukumat har doim kelishuvga erishishning «eng ishonchli» yo'llariga tayanishi lozim [16]. Xuddi shunday yo'llardan biri nokorporativistik maydonlar yaratishda foydalaniladi.

Manfaatdor guruhlarni milliy darajada qarorlar qabul qilish jarayoniga tizimli ravishda jalb etishni F.Shmitter kapitalistik jamiyat rivojlanishi bilan bog'laydi [17]. Tadqiqot obyekti sifatida o'zaro faoliyat-dagi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdor guruhlar afzalliklarini ko'rib chiqish korporativizm nazariyasining metodologiyasi va asosiy tamoyil-lariga o'z izini qoldirdi. Tadqiqotchilar qiziqishlari doirasiga davlat qiziqishni namoyon etadigan soliq va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat kiradi. Bundan tashqari, o'zaro harakat (faoliyat) agentlari - ko'pincha yirik biznes tizimlar va kasaba uyushmalar bo'lib, ularda jiddiy resurslar mavjud bo'ladi, ular davlat apparatiga ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun ham o'zini manfaatdor guruhlardek tuta oladigan, umumiy maqsad sari fuqarolarni birlashtira oladigan, ma'lum usullarni qo'llab mavjud siyosiy yo'lga ta'sir o'tkazadigan notijorat tashkilotlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Olimlar nokorporativistik tahlil-larda notijorat guruhlar jiddiy darajada inkor etilganini tan olishadi [18]. Annette Semmer ilmiy ishlarida ushbu konsept ba'zi mamlakatlarda jamiyat va davlat orasidagi maxsus o'zaro munosabatlarni yoritish uchun juda foydali bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Germaniya misolida notijorat tashkilotlarning yirik uyushmalari va fuqarolari siyosiy qarorlar qabul qilish va amalga oshirish jarayoniga integrallashgani, ushbu nazariyadan foydalanish muhimligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa qilib, shuni aytish joizki, nokorporativizm manfaatdor guruhlar va davlat o'rtasidagi maxsus turdagi o'zaro munosabatlarni tushuntiradi, mavjud ijtimoiy nizolarni hal qilish va barqarorlashtirish qobiliyatiga ega ekanligini namoyon qiladi. Bunday o'zaro munosabatlar doirasida siyosiy yo'nalishni shakllantirishda davlat hal qiluvchi rol o'ynaydi, bunda u manfaatdor guruhlar ta'sirini faqat tan olingan va ahamiyatli birlashmalar bilan chegaralaydi. Ma'lum sharoitda, davlat aralashuvisiz kelishuvga erishish mumkin bo'lmagan paytlarda bu keyingisi manfaatlarini hisobga

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

olish imkonini beradi. Shunday qilib, nokor-porativizm shuni ko'rsatadiki, jamiyatda asosiy manfaatdor guruhlarni qiziqishlarini, manfaatlarini hisobga oladigan siyosiy kun tartibini shakllantirish uchun ba'zi jamoalar uchun davlatning yetakchi va tartibga soluvchi roli zarur.

1. Skocpol T., Fiorina M. Civic Engagement in American Democracy. -Washington DC: Brooking Institution press and Russell Sage Foundation, 2004. -pp.15-20.

2. Skocpol T., Fiorina M. Civic Engagement in American Democracy. -Washington DC: Brooking Institution press and Russell Sage Foundation, 2004. -pp.15-20

3. Cox T. Democratization and State-Society Relations in East Central Europe: The Case of Hungary // Journal of Communist Studies and Transition Politics, 2007. -№ 2. - pp. 276-284.

4. Kubik J. How to Study Civil Society: the State of the Art and What to do Next? // East European Politics and Societies, 2005. - № 1. -pp.105-109.

5. Skocpol T., Fiorina M. Civic Engagement in American Democracy. -Washington DC: Brooking Institution press and Russell Sage Foundation, 2004. -pp.16-20.

6. Clemens E., Guthrie D. Introduction: Politics and Partnerships, in: Clemens E., Guthrie D. (eds.), Politics and Partnerships: the Role of Voluntary Associations in America's Political Past and Present. - Chicago: Chicago University Press, 2010. -pp.5-20.

7. Bermeo N. Ordinary People in Extraordinary Times: The Citizenry and the Breakdown of Democracy. - Princeton: Princeton University Press, 2003. -p. 11

8. Bermeo N. Ordinary People in Extraordinary Times: The Citizenry and the Breakdown of Democracy. - Princeton: Princeton University Press, 2003. -p.12

9. Bermeo N. Ordinary People in Extraordinary Times: The Citizenry and the Breakdown of Democracy. -Princeton: Princeton University Press, 2003. -p.19.

10. Berman S. Civil Society and Political Institutionalization // American Behavioral Scientist,1997. -№ 5. -pp.562 - 574.

11. Armony A. The Dubious Link: Civic Engagement and Democratization. -Stanford: Stanford University Press, 2004. -p.37

12. Armony A. The Dubious Link: Civic Engagement and Democratization. -Stanford: Stanford University Press, 2004. -pp.37-39

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

13. Schmitter Ph. Still the Century of Corporatism?, in: Pike F., Stritch T. (eds.), The New Corporatism. Social-political Structures in the Iberian World. -London: University of Notre Dame Press, 1974. -pp. 85-105.

14. Wilson F. Review: Interest Groups and Politics in Western Europe: the Neo-Corporatist Approach, Comparative Politics,1983. -№ 1. -pp.105-107.

15. Wilson F. Review: Interest Groups and Politics in Western Europe: the Neo-Corporatist Approach, Comparative Politics,1983. -№ 1. -pp.105-106.

16. Offe C. Attribution of Public Status to Interest Groups, in: Berger S.(ed.), Organizing Interests in Western Europe. -New York: Cambridge University Press, 1981. -pp.123-143.

17. Schmitter Ph. Still the Century of Corporatism?, in: Pike F., Stritch T. (eds.), The New Corporatism. Social-political Structures in the Iberian World. -London: University of Notre Dame Press, 1974. -pp.85-108.

18. Wilson F. Review: Interest Groups and Politics in Western Europe:the Neo-Corporatist Approach, Comparative Politics, 1983. -№ 1. -pp. 105-115

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.