Scientific Journal Impact Factor
TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARI VA ULARNING O'ZARO TA'SIRI
Safarov Bahodir O „tkir o„g „li TDYU, "Davlat boshqaruvi huquqi" magistranti. bahodir [email protected]
Annotatsiya : Ushbu maqolada davlat va jamiyat munosabatlari ostida transformatsiya jarayoninng vujudga kelishi, transformatsiya jarayoning mohiyati, jamiyat tarnsformatsiya jarayonida qay darajada muhim rol o'ynashi, davlat va jamiyatning o'zaro aloqadorligi muhimligi, rivojlanishning inqilobiy tanlovidan natija olish kam darajada samaradorlikka ega ekanligi, faqatgina evolutsion yo 'l orqali davlat ham, jamiyat ham rivojlanish kabi hodisalar o 'rganilgan. Keltirilgan nazariyalar jamiyatning murakkab hodisa ekanligini va davlat vositasida o 'zini isloh qilishi, rivojlanishi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar : davlat, jamiyat, transformatsiya, evolutsion, o'zaro aloqadorlik, hamkorlik, jamiyat institutlari.
Annotation: This article discusses the emergence of the transformation process under the relationship between the state and society, the essence of the transformation process, the role of society in the transformation process, the importance of the relationship between state and society, the ineffectiveness of the revolutionary choice of development through the evolutionary path, phenomena such as the development of both the state and society have been studied. These theories emphasize the complexity of society and the importance of self-reform and development through the state.
Keywords: state, society, transformation, evolution, interconnectedness, cooperation, social institutions.
Transformatsiya jarayonini tadqiq qilish davomida ko'plab olimlar jamiyat va davlatning o'zari aloqadirligi qolgan omillarga nisbatan yetakchi rol o'ynashini alohida ta'kidlaydilar. Ilgari ta'kidlangan omillar qatoriga ta'lim sohasining kengayishi, kasaba uyushmalari va chap qanot siyosiy partiyalarining kuchliligi, shuningdek, milliy sanoat darajasining roli, ommaviy safarbarlik va demokratlashtirish kiradi. Ta'lim sohasining riojlanishi, jamoat instutlari va nodavlat tashkilotlarining vujudga kelishi va rivojlanishi, demokratlashtirish kabi jarayonlarning rivojlanishi jamiyatning davlat transformatsiyasiga ta'sirini va uzviy aloqadorlikda ekanligini namoyon etadi.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
METODLAR.
Tadqiqot metodi transformatsiya jarayonida davlat va jamiyatning o'zaro munosabatini tahlil etishga qaratilgan. Tadqiqotimizda tizimli yondashuv asosida davlat, jamiyat munosabatlari tahlil etilgan, analiz, sintez kabi metodlar vositasida olimlarning turli xil farazi tahlil etilib, farazlarning ahamiyatlilyligi qiyosiy usulda barchasi o'zaro aloqadorligi yoritilgan. Maqolada huquqning umumiy nazariyasi toifalari keng qo'llanilgan.
Tadqiqot davomida olingan natijalar davlat va jamiyatning o'zaro aloqadorligi ahamiyatli ekanligi. Transformatsiya jarayonida har ikki tomon ham musatham aloqadorligi natijasida davlat boshqaruvida ham, jamiyat hayotida ham demokratlashtirishi, iqtisodiy rivojlanishga erishishi xususida xulasaga kelingan. Transformatsiya jarayoni bu muqarar jarayon bo'lib, uni kechiktirish yoki rad etishdan har ikki tomon faqat yutqazishi mumkinligi natijasi isbotlangan.
Transformatsiya jarayoni dunyodagi barcha davlatlarni birdek qamrab olgan hodisa bo'lib, xoh u davlat iqtisodiy barqaror va rivojlangan bo'lsin, xoh iqtisodiy jihatdan qoloq, xoh o'zida demokratiyaning barcha elementlarini qamrab olgan, yoki avtoritar tuzumli davlat bo'lsin bu jarayon barcha davlatlar va xalqlar bu jarayonda ularni qamrab oladi. Transformatsiya - davalatning fundamental o'zgarishidir[1]. Transformatsiya so'zi lotin tilidagi "transfor" va "matio" so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, "o'zgarish" va "oldinga" degan ma 'nolarni anglatadi. Jamiyat va davlat o'zgarishi bilan bog 'liq jarayonlarni ifodalash uchun ishlatiladi[2]. Transformatsiya asosiy sifat o'zgarishlarini anglatadi, agar o'zgarishlar ijtimoiy voqelik va zaruriy ehtiyoj asosida vujudga kelsa, ularning aks - sadolari odatda jamiyat va davlat hayotning barcha sohalarida sezilib, uning eng muhim sifatini o'zgartiradi. Jamiyat -insonlarning oila, tabaqa, guruhlar o'rtasidagi murakkab, jo'shqin aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi. Davlat tashkil etilishidan jamiyatning eng asosiy maqsadi ham nima edi ? Albatta, jamiyat ehtiyojlarini qondirish. Davlat tusunchasiga berilgan ta'riflardan ham shunday fikr ifodalanadi. Davlat - jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta'minlaydigan siyosiy tashkilot bo'lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat baxsh etadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi[3].
Transformatsiya shunchaki islohot yoki o'zgarish jarayoni emas, balki jamiyat va davlatning barcha jabhalarda bir holatdan ikkinchi holatga butunlay o'tish jarayonidir. Transformatsiya jarayonida davlat va jamiyat hayotida sifat o'zgarishlari
NATIJA.
MUHOKAMA.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
kuzatiladi, ya'ni sifat jihatdan yangi bosqichga o'tilish tushuniladi. Davlatlar va jamiyatlarning rivojlanishda o'zaro aloqadorlik muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiy barqarorlik, tabiiy resurslar, davlat va jamiyat hamkorligi, ishchi kuchi kabi ichki kriterialar orqali transformatsiyaning vujudga kelishi ham tezlashadi. Sanoatlashtirish, agrar sektor va ichki bozorlarning hajmi, tabiiy resurslar bilan ko'p yoki oz miqdorda ta'minlanganligi va milliy o'ziga xos iqtisodiy tuzilmalar davlatning transformatsiya jarayonlariga ta'sir etadigan muhim omillaridir[4]. Davlat o'zgarishining sababini aniqlash uchun ijtimoiy guruhlarning shakllanishi, ushbu guruhlarning tashkil etilishi va faoliyati va shu bilan bog'liq hodisalarni hisobga olish kerak. "Ijtimoiy-madaniy daraja jamiyatda hukmronlik qiladigan qadriyatlar, motivatsiya va ijtimoiy harakatlar modeli bunday munosabatlarning talablariga javob berishi mumkin. Albatta, jamiyatda yuzaga keladigan tegishli ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar, rasmiy ravishda, normativ nuqtai nazardan, ular o'zgarishsiz qolgan taqdirda ham, ijtimoiy institutlarning butun tizimi faoliyatining xarakteriga jiddiy o'zgarishlar kiritadi"[5]. Muayyan jamiyatning sinfiy tuzilishi demokratik davlatni rivojlantirish va uni demokratlashtirish darajasi, davalat transformatsiyasini belgilashda ishtirok etadi. Davlatlarda etnik, diniy, irqiy va jinsiy kabi ko'plab omillar tufayli jamiyatda ijtimoiy munosabatlar uning barqarorligi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qachonki yuqoridagi faktorlar bilan bog'liq muammo yuzaga keladigan bo'lsa bu ham davlatlarning transformatsiyasiga uchrashiga sabab bo'ladi. Sobiq Yugaslaviyadagi fuqarolar urushi mamlakatni turli mamlakatlarga bo'linishiga sabab bo'ldi. Aynan shu omillar Amerika Qo'shma Shtatlari, Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarda transformatsiya jarayonini vujudga keltirdi. Transformatsiyaga ta'sir etuvchi ichki omillar qatorida fuqarolik jamiyati ham alohida o'rin egallaydi. Fikr bildirish erkinligi, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi va uyushmalar tuziz va ularga a'zo bo'lish kabi jarayonlar erkinligi ham davlat mobilliliyliga ta'sir ko'rsatadi.
Siyosiy partiyalar ham davlatning ichki transformatsiya omilida muhim ahamiyat kasb etadi, zero ular hokimiyatga intilish uni saqlab qolish, asosiysi esa yagona umumiy maqsadlar asosida davlatni idora etadilar, maqsad mushtarakligi reformalar qilishga va hokimiyatni saqlab qolishga bo'lgan harakatga stimul beradi. Davlat - jamiyatning o'zaro munosabati ham muhim ahamiyatli hisoblanadi. Jamiyat davlat uchun resursi, axborot va inson omiliga bog'liq. Davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi yaqin munosabatlar davlatlarning shakllanishi uchun davlat resurslaridan foydalanishga imkon beradi. Robert Putnam davlat - jamiyat hamkorligiga misol tariqasida Italiyani misol keltiradi, davlat fuqarolariga hokimiyat faoliyatini va reformalarni implementatsiya qilish kabi holatlarda fikr bildirish kabi erkinliklarni
Scientific Journal Impact Factor
ta'minlash orqali davlatni rivojlantirdi. Oxirgi muhim faktor bu legitimligidir. Maks Veber o'z qarashlarida legitimlik (qonuniylik) haqida fikr yuritar ekan "qonuniylik davlat organlarga jismoniy zo'ravonlik qilmasdan o'z fuqarolari ustidan hukmronlik qilish imkoniyatini beradi va fuqarolarni davlat buyrug'iga bo'ysunishga majbur qilish imkoniyati hukumat islohoti o'tkazish qobiliyatiga va turiga ta'sir qiladi"[6]. Ya'ni qonuniy hukumat o'z fuqarolariga to'g'ridan - to'g'ri ta'sir etish kuchiga ega bo'lishi ham davlatda transformatsiya jarayonini vujudga keltirish va jadallashtirish imkoniyatini oshiradi.
"Transformatsiyaning o'ziga xos yo'nalishi va mazmuni, davlat elitalarining o'zgaruvchan sharoitlar bilan shug'ullanishi va davlat va o'zlarining qonuniyligini davom ettirishga qaratilgan harakatlari bilan belgilanadi"[7]. Despotik, avtoritar davlatlarda qonuniy hukumatning mavjud bo'lmasligi yoki hokimiyatga noqonuniy yo'llar orqali kelgan shaxslar davlat transformatsiyasidan manfaatdorligi kam bo'lib, ular o'z hokimiyatlarini qonuniylashtirish va mustahkamlash niyatida "islohot"lar amalga oshirishadi. "Arab bahori", "Atirgul inqiloblari" avtoritar tizimlarga qarshi namoyishlar shuni ko'rsatadiki, har qanday holatda davlat va jamiyat o'zgarishlar ta'rafdori bo'lib qoladi. "Atirgul inqilobi nafaqat gruzin xalqi, balki butun dunyo demokratiyasining g'alabasi bo'ldi. Bu demokratik muxolifat saylovlarda agressiv ravishda qatnashish, so'z va yig'ilishning asosiy erkinliklaridan foydalanish va aqlli strategik fikrlash orqali zaif yarim demokratik kleptokratiyani mag'lub etishini ko'rsatdi"[8]. Davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqa ularning transformatsiya jarayonini tezlashtiradi.
O'zaro munosabatlarda talab etiladigan asosiy vazifa "oltin o'rtalik"ni aniqlashdir. Davlat qanchalik transformatsiya jarayoni uchun muhim bo'lgan qarorlarni kechiktirsa, jamiyat bilan aloqasini yo'qotadi. Jamiyat bunday jarayonda davlat boshqaruvini o'zgartirishga kirishadi, bu ikki tomon uchun faqat salbiy hodisalar bilan tugash ehtimoli yuqori. Davlat jamiyat manfaatlarini uning xohishlarini ifodolovchi turli xil institutlar faoliyatiga ruxsat berishi, ta'qib qilish kuch ishlatish vositasi bilan jamiyatni tartibga solishni emas, balki, o'zaro ishonch vositasida harakat qilishini rivojlangan davlatlar misolida o'z natijasini ko'rsatadi. Jamiyat hayotida irqiy, diniy, milliy nizolarning kelib chiqishini oldini olish uchun ham, oz sonli millatlar va diniy konfessiyalarga o'z milliy,diniy masalalarni hal etishda va fikrlar xilma-xilligiga imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Zero transformatsiya revolutsiyalardan ko'ra evolutsiyalar orqali ro'yobga chiqishi tabiiy holdir, albatta.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. S.LEIBFRIED,E.HUBER, M.LANGE,J.D. LEVY, F.NULLMEIER,and J.D. STEPHENS,: TRANSFORMATIONS OF THE STATE,: OXFORD UNIVERSITY PRESS 2015,: p-1
2. Ламажаа Чимиза Кудер-ооловна Социальная трансформация // Знание. Понимание. Умение. 2011. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sotsialnaya-transformatsiya (дата обращения: 29.03.2021).
3. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent. «Adolat», 2018. - 528 b.
4. Авраамова Е. М., Дискин И. Е. Социальные трансформации и элиты //Общественные науки и современность. - 1994. - №. 3. - С. 14-26.
5. Chryssogelos A. State transformation and populism: From the internationalized to the neo-sovereign state? //Politics. - 2020. - T. 40. - №. 1. - С. 22-37.
6. Mitchell L. A. Georgia's Rose revolution. - 2004.