Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
MILLATLARARO MUNOSABATLAR BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING O'RNI
Ravshanova Gulhayo Abdikaxarovna
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligi mashinalarini mexanizatsiyalash
instituti tayanch doktaranti
ANNOTATSIYA
Millatlararo munosabatlar masalasi har qanday demokratik davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Bugungi globallashuv, o'zaro bog'liqlik millatlararo bag'rikenglik masalasini yanada nozik masala sifatida kun tartibiga qo'ymoqda. Millatlararo munosabatlarga noto'g'ri, bir tomonlama yondoshuv koplab salbiy oqibatlar, xattoki katta urushlarni ham keltirib chiqarganiga tarixdan ham, bugungi kundan ham ko 'plab misollarni keltirish mumkin. Buning oldini olish uchun davlat siyosati tolerantlikka asoslanishi lozim. Mazkur maqolada tolerantlikka asoslangan davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, asosiy vazifalari o 'rganilgan. Tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, millatlararo munosabatlar, tolerantlik, etnosiyosat, teng huquqlilik, o'zini o'zi boshqarish.
АННОТАЦИЯ
Вопрос межнациональных отношений - одно из главных направлений любой демократической государственной политики. Сегодняшняя глобализация, взаимозависимость поднимают вопрос межэтнической терпимости как более чувствительный вопрос. В истории и сегодня есть много примеров того, что неправильный, односторонний подход к межнациональным отношениям привел к множеству негативных последствий, вплоть до крупных войн. Чтобы предотвратить это, государственная политика должна основываться на толерантностьи. В статье исследуются роль и основные задачи институтов гражданского общества в реализации государственной политики, основанной на толерантности. Разработаны соответствующие предложения и рекомендации.
Ключевые слова: гражданское общество, институты гражданского общества, межэтнические отношения, толерантность, этнополитика, равенство, самоуправление.
ABSTRACT
The issue of interethnic relations is one of the main directions of any democratic state policy. Today's globalization, interdependence, raises the issue of interethnic
Scientific Journal Impact Factor
0
tolerance as a more sensitive issue. There are many examples from history and today that the wrong, one-sided approach to interethnic relations has led to many negative consequences, even major wars. To prevent this, public policy must be based on tolerance. This article examines the role and main tasks of civil society institutions in the implementation of public policy based on tolerance. Relevant suggestions and recommendations have been developed.
Keywords: civil society, civil society institutions, interethnic relations, tolerance, ethnopolitics, equality, self-government.
Fuqarolik jamiyatida har bir shaxs hamma vaqt ham davlat bilan bevosita munosabatlarga kirishavermaydi. Fuqarolarning turli tuman uyushmalari, jamoalari mavjud bo'ladi, ular orqali fuqarolar o'z manfaatlari, huquq va erkinliklarini muhofaza qiladilar, buzilgan huquqlarini tiklashda davlat idoralari bilan munosabatga kirishadilar. Ularning asoslari Konstitutsiyada, "Fuqarolik kodeksi", "Mehnat kodeksi", "Jamoat birlashmalari to'g'risida", "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida", "Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida", "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida", "Davlat idoralarining fuqarolar huquqlarini kamsituvchi g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish tartibi to'g'risida" kabi qonunlarda belgilab berilgan.
Fuqarolik jamiyatida davlat hokimiyati bilan fuqaro (fuqaroviy uyushmalar, guruhlar hamda jamoat birlashmalari) o'zaro teng, huquqiy (shuningdek, siyosiy-iqtisodiy) munosabatlarning erkin ishtirokchilari hisoblanadi. Bunday jamiyatning siyosiy asosini huquqiy davlat va unga bog'liq demokratik siyosiy tuzum, iqtisodiy zaminini esa xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tashkil qiladi. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari va institutlari bo'lmish oila, maktab, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari (mahalla), diniy muassasalar, jamg'armalar, uyushma va ittifoqlar va boshqalarning huquqiy maqomi asoslari mustahkamlab qo'yilgan.(1) Jamoatchilik g'oyalari, xalq, elatlar manfaatlarini mahalla yaxshi biladi. Shu bois, jamiyatda barqarorlikni, totuvlikni, ijtimoiy adolatni ro'yobga chiqarishda mahallaning o'rni beqiyosdir. Mahalla hozir millatlararo munosabatlarni mustahkamlashning eng ta'sirchan instituti bo'lib bormoqda.(2) Bugun respublikamizda aholining barcha qatlamlarini birlashtirgan 62 ta jamiyat, 4 ta qo'mita, 32 assotsiatsiya, 21 ta tarmoq kasaba uyushmalari, 38 ta jamg'arma, 15 uyushma, 32 ta federatsiya, 1500 ta mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan jamoat
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
0
birlashmalari, 70 ta xorijiy mamlakatlarning jamoat va nohukumat tashkilotlari va ularning vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Milliy-etnik jarayonlar jamiyatda kechayotgan islohotlardan, ijtimoiy munosabatlar va demokratik o'zgarishlardan alohida ro'y bermaydi, millatlararo munosabatlar umumijtimoiy voqelikning tarkibiy qismi sifatida ular bilan birga transformatsiyaga uchraydi, yangi shakl va mohiyat kasb etadi. Fuqarolik institutlari jamiyat rivojlanishining yo'nalishlarini belgilab berganidek, ularning o'zi ham ijtimoiy, shuningdek, millatlararo munosabatlarning mahsulidir. Ijtimoiy jarayonlar bilan milliy-etnik munosabatlar o'rtasidagi mazkur dialektik bog'liqlik hech qachon tekis, hamma etnoslarda aynan o'xshash kechmagan. Milliy-etnik jarayonlarni bunday sxematik, sodda tushunish murakkab milliy munosabatlar va ularning ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liqligidagi o'ziga xoslikni, betakrorlikni chuqur anglashga, tadqiq etishga xohish yo'qligi yoki ilmiy metodologiyaning reallik oldidagi zaifligidir. Biroq etnoplyuralizm milliy-etnik jarayonlarni rasional tashkil etuvchi va boshqaruvchi sub'ektlar, markaz va yadrolar bo'lishi shartligini inkor qilmaydi. Etnoplyuralizm shunday sub'ektlarning e'tiboridan chekkada qolgan zahoti jamiyatda boshboshdoqlik, xaaos, oxir natijada nizolar tug'iladi.(3) Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatida amal qiladigan sub'ektlar - siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, o'zini-o'zi boshqarish organlari huquqiy talablarga qat'iy rioya etishi shart. Aynan shu tarzda ular demokratik, huquqiy qadriyatlarni hayot tarziga aylantirishga hissa qo'shadilar (4). Bu borada juda ko'plab tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning deyarli barchasida siyosiy-ijtimoiy institutlarning yetakchilik roli tan olinadi. Qonunlarga yangicha ruh bag'ishlash, me'yoriy hujjatlarni davr talabi asosida ko'rib chiqish, inson huquqlarini ta'minlash Oliy Majlis - milliy Parlament faoliyatida asosiy o'rin egallab kelmoqda. Qonunlarni ishlab chiqishda u asosiy e'tiborini inson huquqlariga qaratadi. Chunki qonun hamma uchun majburiy bo'lmog'i, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va barcha fuqarolar qonunga asosan ish ko'rishlari talab etiladi.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Respublika hududida qonunlar bir xil qo'llanilishini, barcha fuqarolar qonun oldida tengligini kafolataydi. Bu haqda Konstitutsiyaning 18-moddasida shunday deyilgan: "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir". (5)
Scientific Journal Impact Factor
о
Fuqarolik jamiyatida amal qiladigan qonunlar uni, ya'ni fuqarolik jamiyatini huquqiy demokratik davlat bilan strategik maqsadi hamda funksional xususiyatlariga muvofiq yaqinlashtiradi. X.T.Odilqoriev va Sh.U.Yakubov yozganidek: "huquqiy davlat fuqarolik jamiyatiga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Ular bir-birining rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar hisoblanadi" (7) Millatlararo munosabatlardagi o'zgarishlar ushbu "shart-sharoitlar" asosida yuz beradi va ularga internasional, gumanistik mohiyat baxsh etadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda respublikamizda qo'lga kiritilgan millatlararo totuvlikni ta'minlashda imkoniyat yaratgan chora-tadbirlar milliy o'zlikni qayta tiklash jarayonlari barqarorlikni ta'minlashda asosiy zamin bo'lgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy mexanizmlar haqida tahlillar fikr yuritish imkonini beradi. Aytish mumkinki, mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro o'z milliy ravnaqi uchun intilishlari haq-huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun millatlararo munosabatlarning huquqiy asosi yaratildi. Bu fuqarolarning tengligini va erkinligini ta'minlaydi, shuningdek, fuqarolarga teng saylov huquqini berilishi barcha fuqarolarni irqi, millati, dini va boshqa belgilaridan qat'iy nazar, qonun oldida teng deb e'lon qilinishi tufayli ularni davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun keng yo'l ochadi. Mavjud qonunchiligimizdagi mazkur qoidalar xalqaro huquq normalariga to'la mos kelib, O'zbekiston qonunlarini demokratik ruhdaligini jahon amaliyotidagi ilg'or yutuqlarni o'ziga mujassam etganidan darak beradi.
REFERENCES
1. Jumayev R.Z. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo'lida. -"Sharq", 1998.
2. Odilqoriev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. - T.: "Sharq", 2002.
3. Абдулатипов Р.Г. Этнополитология.-СПб.: "Питер", 2004.
4. Одилкориев Х.Т., Якубов Ш.У. Миллий хукукий тизим ва хукукий кадриятлар. - Т.: Узбекистан ИИВ Академияси, 2010.
5. Холмуминов ^Узбекистонда конунийликнинг мустахкамланиши.//Х,аёт ва конун, 1995, 6-сон.
6. Узбекистан РеспубликасинингКонституцияси.-Т.: "Узбекистон", 2019.
7. Одилкориев Х.Т., Якубов Ш.У. Миллий хукукий тизим ва хукукий кадриятлар. - Т.: Узбекистон ИИВ Академияси, 2010.
XULOSA