Научная статья на тему 'JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUTAFAKKIRLAR ILMIY MЕROSIDAGI O‘RNI'

JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUTAFAKKIRLAR ILMIY MЕROSIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilm / falsafa / jamiyat / axloq / taraqqiyot / Renessans / adolat / mutafakkir.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lutfillo Karamatilloyevich Axatov

Jamiyat taraqqiyoti mutafakkirlarning ilmiy merosi va falsafiy mushohadalarning irratsional yondashuviga asoslanadi. Ilmiy qarashlar yordamida taraqqiyotning muhim bosqichlari va uning mohiyati tahlil qilinadi. Adolat va axloq kategoriyalari ilmiy yondashuvlar asosida o'rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUTAFAKKIRLAR ILMIY MЕROSIDAGI O‘RNI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUTAFAKKIRLAR ILMIY

MEROSIDAGI O'RNI

Lutfillo Karamatilloyevich Axatov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri, dotsent, falsafa fanlari

doktori (PhD) l_axatov@cspi.uz (https://orcid.org/my-orcid?orcid=0000-0002-9804-6220)

ANNOTATSIYA

Jamiyat taraqqiyoti mutafakkirlarning ilmiy merosi va falsafiy mushohadalarning irratsional yondashuviga asoslanadi. Ilmiy qarashlar yordamida taraqqiyotning muhim bosqichlari va uning mohiyati tahlil qilinadi. Adolat va axloq kategoriyalari ilmiy yondashuvlar asosida o'rganiladi.

Kalit so'zlar: Ilm, falsafa, jamiyat, axloq, taraqqiyot, Renessans, adolat, mutafakkir.

АННОТАЦИЯ

Развитие общества основано на научном наследии мыслителей и иррациональном подходе философских наблюдений. С помощью научных взглядов анализируются важные этапы развития и его сущность. Категории справедливости и морали исследуются на основе научных подходов.

Ключевые слова: Наука, философия, общество, этика, прогресс, Ренессанс, справедливость, мыслитель.

ABSTRACT

The development of society is based on the scientific heritage of thinkers and the irrational approach of philosophical observations. With the help of scientific views, important stages of development and its essence are analyzed. The categories of justice and morality are studied based on scientific approaches.

Keywords: Science, philosophy, society, ethics, progress, Renaissance, justice, thinker.

Kuchlaringni behuda sarflashdan ehtiyot bo 'l, uni orttirishga harakat qil. Daho hamma narsani qilishi mumkin, deb hisoblaydi, lekin u ham har bir kutilmagan vaziyat ustida bosh qotirib, adolatsizlikdan o 'kinishiga to 'g'ri keladi.

Johann Wolfgang Goethe (1749-1832)

17-aprel, 2024

525

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Jamiyat taraqqiyoti bu shunchaki, chiroyli so'zlar evaziga barpo etilmaydi. "Insoniyat tarixi - urushlar tarixi, degan mashhur ta'rifni hamma biladi" [1; 3-B] va bu jamiyat taraqqiyotining qiymatini belgilaydigan tendensiyalardan biridir. Professor Qiyom Nazarov "Har qanday jamiyatning insonparvarlik mohiyati, undagi aholi qatlamlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgani, kishilarning hayoti, ish faoliyati, ilm olishi, sog'lig'ini tiklashi, dam olishi, mehnat qobiliyatlarini tiklash uchun g'amxo'rlik qilishi bilan bog'liq soha" ni [2; 370-B] alohida jamiyatning ijtimoiy sohasi deb ta'kidlaydi.

Bugungi davr sivilizatsiyasi insoniyat tarixiy taraqqiyoti darajasi va uni harakatlantiruvchi qarashlarda ilmiy bilimlar rivojini aniqlash mezonlarini yangi-zamonaviy talablar asosida qayta baholashni taqozo etmoqda. Bu esa bizning oldimizda turgan asosiy vazifamiz - ilmni "qadri"ni yangi bosqichga chiqarishni talab qilmoqda. Zero, "Har bir musulmonning ilm talab qilishi farzdir", deb aytilgan. [3; 6-B] Bundan ma'lum bo'ladiki, jamiyat strategik taraqqiyoti uning a'zolari bo'lmish olimlarining sa'y harakatlariga bog'liq. Inson "Komil" bo'lsagina jamiyatni taraqqiyotga yo'l boshlaydi. To'g'ri, jamiyat ma'lum ma'noda uning rahbari ("Komil inson" L.Axatov) axloqi va adolati bilan belgilanadi. Ammo, jamiyat rahbaridan ko'ra, uning a'zolari (olimlari)ning faoliyati asosida shakllanadi. Shuningdek, rahbarning adolati ham ma'rifatparvarlarning "maslahat'lari asosida o'rnatiladi. Bunga Temur va uning saltanati misol bo'la oladi. Yoshligidan zehniyati kuchli bo'lganligi bilan birga, "Temurbek o'z hayot yo'lini belgilashda, eng avvalo, ulamolar va avliyolar fatvosini olishni zarur bildi" deb e'tirof etiladi. [4; 22-B]

Bu borada Islom Karimovning "Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlari, hayotning ma'no-mazmuni, insonni ulug'laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo'yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli fazilatlarni alohida ta'kidlash o'rinlidir", [5; 7-B] deb aytganligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, Amir Temurning o'zi ham bu borada "Ishlarimning barini kengash bilan yurgizib, uni bitirishda to'g'ri tadbir qo'llar edim", deb aytgan. [5; 16-B]

E'tibor qilinsa, ushbu matnda "ulamolar va avliyolar fatvosi" deb kelgan mulohaza mavjud. Bundan maqsad, jamiyatdagi olimlar (ulamolar) va din peshvolari (avliyolar)ning maslahati (fatvosi) muhim deb e'tirof etilmoqda. Jamiyatning qudratli ekanligi uning rahbarining sa'y harakatiga bog'lash biryoqlamadir. Sabab, agar ushbu rahbar (jamiyat rahbari) jamoa (jamiyat) fikri bilan ish tutmasa bu uning "o'zim

17-aprel, 2024

526

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

bilarman" deb ataluvchi "bir yoqlama qarash'lari bilan izohlanib qoladi xolos. Jamiyatning taraqqiyoti esa ushbu jamiyatning "Komil zot"lariga bog'liqdir. Buni anglagan Temur o'z davrida buyuk "Temuriylar saltanati"ga asos solgandi. Uning vafotidan keyin esa natija ma'lum. Bu kengash va mashvaratlar (fatvolar) qilinmasdan, hamma (shahzodalar L.Axatov) o'z "xohishi"ga ko'ra harakatlangani ortidan bo'lgan.

Shuningdek, keyingi "ilmu fan va insonni ulug'laydigan ezgu ishlar" deb qaralgan muhim jarayonlarga ham alohida diqqat qaratganligi bu uning keng fikrlaydigan va jamiyat taraqqiyotiga mas'uliyatli ekanligini oqilona yo'l bilan ko'rsata bilishidadir. Va "dinu diyonat va adolatni joyiga qo'yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish" deb, "har bir ishda bir hikmat" ma'nosida jamiyatning ishlariga (dinu diyonat masalasi bo'lsa ham L.Axatov) majlis - kengash asosida amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o'tgan.

Amir Temurning bunday ish tutishiga bugungi kun olimlari ham alohida diqqat qaratib, yuksak martabada e'tirof etmoqdalar. Misol uchun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti dekani, Rossiya ta'lim akademiyasining akademigi, fil.fan.dok., prof. Yelena Leonidovna Vartanova "Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda va fotih, balki buyuk strateg bo'lganligi, uning yutuqlari va qarashlari esa iqtisodiyot, boshqaruv, matematika, fanlari, falsafa va tarix bilan uyg'unlashib ketgan soha bo'lmish strategiya nazariyasining poydevoriga salmoqli hissa qo'shganligi haqidagi mashhur fikrga qo'shilmaslikning iloji yo'q" deb ta'kidlagan. [6; 20-B]

Jamiyat taraqqiyoti haqida so'z borganda, biz ta'lim dargohlarida (OTM) mutafakkirlar ilmiy meroslari asosida ko'proq va kengroq to'xtalishishimiz va asoslab berishimiz lozim. Jamiyatning adolat mezonlari asosida taraqqiyotga erishishini bir qancha mutafakkirlar o'z asarlarida bayon etiganlar. Shayx Sa'diyning (1182-1292) "Bo'ston", mavlono Jomiyning (1414-1492) "Bahoriston", va Husayn Voiz Koshifiyning (1440-1505) "Futuvvatnomai sultoniy" shular jumlasidandir.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Samarqand shahrida «O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida 2014 yil 15 mayda so'zlagan nutqida ushbu Forum-konferensiyaning maqsadi O'rta asrlarda Sharq zaminida yashab ijod qilgan buyuk allomalar va mutafakkirlarning ilmiy meroslarini chuqur tahlil qilish va anglash, ularning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga munosib baho berishdan iboratligini aytib o'tgandi. [7; 3-B]

17-aprel, 2024

527

Tashkent State University of Economics

Jamiyat taraqqiyoti ilm va olimning amaldagi mahsulidir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" [8; 2017. 16 iyun] mavzusidagi anjumanda e'tirof etib o'tgan takliflari asosida 2017 yil 8 noyabrda Samarqandda hadis va kalom ilmiy maktablari, shu yili (2017 yil) 10 noyabrda Qashqadaryoda aqida ilmi maktabi hamda Buxoroda Mir Arab madrasasi huzurida tasavvuf ilmiy maktabi va shu yili (2017 yil) 13 noyabrda Farg'onada Islom huquqi maktabi ochilgan.

Shayx Sa'diyning "Bo'ston" asari jamiyat a'zolarini tenglikka, birlikka va adolatga undovchi asar bo'lib, "o'n qismdan iborat bo'lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: hamd; na't; kitobning yozilish sababi; Abu Bakr bin Sa'd bin Zangiy madhi; Sa'd bin Abu Bakr bin Sa'd madhi; birinchi bob — odilligu tadbiru andisha zikrida; ikkinchi bob — ehson zikrida; uchinchi bob — ishqu oshiqligu mastlik zikrida: to'rtinchi bob — tavoze' zikrida; beshinchi bob — rizo zikrida; oltinchi bob -qanoat zikrida; yettinchi bob tarbiyat olami zikrida; sakkizinchi bob — shukru omonlik zikrida; to'qqizinchi bob — tavba va savob yo'li zikrida; o'ninchi bob — munojot va kitob xotimasi zikrida", deb baholanangan. [9; sayt]

Mavlono Jomiyning "Bahoriston" asari sakkiz ravza [10; jannat bog'i] (bob)dan iboratdir. Va har bir bobdagi mazmun - jamiyatdagi adolat va adolatsizlik borasidadir. Mavlono Jomiy fikriga ko'ra, insonlar halol va pok umrguzaronlikda bo'lishlari, buning uchun esa ular bir kasbga ega bo'lishlari hamda o'z mehnatlari hisobiga kun ko'rishi kerakligi aytiladi.

Adl bilan tama - suv bilan olov, Ikkisini bir joyda ko'rganmi birov? [11; 9-Б] Bundan ko'rinib turibtiki, Jomiy tavsiyasiga ko'ra: hukmdorlar doimo adl (adolat) bilan yashashlari uchun tama (bugungi kundagi istilohi - korrupsiya)dan yeroq bo'lishlari lozim. Mavlono Jomiy saroy ahlidagi savodsizlikni qattiq tanqid ostiga oladi. U "...saroy shoirlarining savodsizligi, bilimsizligi, she'riyatni o'zlarining past va tuban maqsadlari, baloyi nafslariga qurbon qilganliklarini qattiq qoralaydi" deb aytilgan. [11; 9-Б] Biz esa, misrada aks etgan so'z(lar) faqatgina saroy shoirlarining savodsizligiga qaratilgan degan xulosadan yiroqmiz. Unutmaslik kerakki, adl -adolat va uning mezonlari qandaydir "saroy shoir"larining hayot tarzi bilan ifodalanmaydi! Adl-adolat bu biron bir predmet yoki shoir(lar) g'azali emas. Adl bu Allohning sifatlaridan biri bo'lib, adolat o'rnatuchi Zot ham Uning O'zi sanaladi. Faqatgina uning (adolatning) ma'lum "mezon'lariga xos hattu-harakatlarni

528

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

ifodalash insonlarga berilgan. Uning jamiyat buylab namoyon bo'lishi esa hukmdor -rahbarlar tomonidan amalga oshiriladigan islohotlarga o'z ifodasini topadi.

Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai sultoniy" asari ham bob va fasllardan iborat bo'lib, jamiyatdagi adolat va haqiqat masalasiga bag'ishlangan bo'lib, hukmdorning (jamiyat rahbari) mas'uliyati haqida so'z boradi. "Futuvvatning mohiyati va odobi bayoni" deb nomlangan faslida Husayn Voiz Koshifiy tomonidan tasavvufga oid qarashlar tahlili berilgan bo'lib, Xusrav Dehlaviyning ushbu misrasi ham tahlil qilingan:

Hast javonmard diram sad hazor,

Kor chu bo 4on fitad, on 4ost kor. [12; 29-s]

Mazmuni: (Tarjima(lar) muallif-L.Axatov tomonidan berilgan) ushbu misra orqali juvonmardlik va uning sifatlarining tahlili berilgan. Bu borada Koshifiy "Haqiqat on ast, ki aqsomi 4avonmardn muno'asir (g'un4ondashuda) dar du sifat ast: yake naf ba do'ston rasonidan va on ba saxovat hosil shavad va duyum zarari dushman az eshon bozdoshtan va on ba shu4oat vu4ud gardad...", [12; 29-B] deb yozadi. Ma'nosi: Haqiqat shu ki, dedi Koshifiy, juvonmardlik (jo'mardlik) [13; 68-B] sifatlari ikki fazilatda (ko'rinishda) namoyo bo'ladi: biri do'st uchun manfaat va saxovatda bo'lishligi (oldingi faslda munofiq borasida kelgan so'zlarningaksi. Tadqiqot asnosida ajib o'xshashlikka (Shams Tabriziy va Koshifiy ta'riflarida) guvoh bo'ldim. "Dinni ikki yo'l birla qo'riqlang: jo'mardlik va yaxshi xulq yo'li bilan", deb aytadi Shams Tabriziy. [13; 68-B]

Misradagi "Hast javonmard diram sad hazor", juvonmardlik qadrining yuz minglarcha "qadri" va sifatlarini e'tirobga olib, Koshifiy ushbu jo'mardlik va yuksak axloqni birlashtirgan holda (e'tiqod-tasavvuf va axloq ilmi ularoq) futuvvat ilmini irshod etganligini ko'ramiz. [13; 66-B] Shuningdek, ikkinchi misrada "Kor chu bo 4on fitad, on 4ost kor", ya'ni ishning jon bilan tushishi - berilishi va o'sha bilan ishning (jon bilan) yonma-yon turishi aytilmoqda. Bu sifatlar egasi esa juvonmardlik deb qaralmoqda.

Hikmat shuki, mutafakkirlar ilmiy merosi asosida o'rganilgan tadrijiy jarayonlar asosida jamiyat taraqqiyotining muhim aspektlarini aniqlab olish lozim. Bugungi jamiyat taraqqiyoti bugungi kunda muhim ahamiyatga molik islohotlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev prof. Ismoil Saifnazarovning "Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt" nomli kitobiga (Ilm-ma'rifatga bag'shida umr sarlavfhasi ostida) so'z boshi o'rnida "Har bir mamlakat milliy yuksalish sari yuz tutar ekan, inson orzu-umidlarining ro'yobga chiqishi jamiyat hayotining turli sohalarida amalga

17-aprel, 2024

529

Tashkent State University of Economics

oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qaror va dasturlarning real samarasi hamda odamlarning bu jarayondagi ishtiroki, ijtimoiy faolligiga bo g'liq bo'ladi", deb ta'kidlaydi. [14; 3-B] Bu esa bugungi biz qurmoqchi bo'lgan "yangi O'zbekistonning yangi jamiyati"dagi ratsional yondashuvlarga xizmat qiladi.

REFERENCES

[1] Роберт Грин "Хокимятнинг 48 коидаси", - Тошкент: "Info Capital Books" 2023. - Б. 3.

[2] Киём Назаров "Жахон фалсафаси комуси" (2 жилдлик. 1-Жилди) - Тошкент: "Узбекистан файласуфлари миллий жамияти", "Маънавият", 2023. - Б. 370.

[3] Имом Зарнужий "Илм олиш сирлари", - Тошкент: "Munir" 2022. - Б. 6.

[4] Содиков Хамдам "Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати", -Тошкент: "Art Flex" 2018. - Б. 22

[5] Темур тузуклари. - Тошкент: "O'zbekiston" 2018. - Б. 7.

[6] Владимир Квинт "Амир Темурнинг стратегик етакчилиги: "Тузуклар"га изохлар" - Тошкент - Санк-Петербург. 2021. - Б. 20.

[7] Имом Шамсиддин Захабий. Сияру аъламин нурбало - Машхур дахолар сийрати (китобидан сайланма асарлар) Алломалар тугрисида маълумот. -Тошкент: Sharq, 2015. - Б. 3.

[8] Мирзиёев Ш. Ватанимиз такдири ва келажаги йулида янада хамжихат булиб, катъият билан харакат килайлик. Халк сузи. 2017. 16 июн

[9] Каранг: (интернет) TurkLib электронная библиотека : General History, Literature : Sa'diy - Guliston / Саъдий - Гулистон

[10] Жомий "Бахористон" - Равза - Жаннат богларига киёс килинган. - душанбе "Адиб", 2014. 208-б.

[11] Абдурахмон Жомий (тузувчи - таржимон. Ш.Шомухамедов) Г.Гулом, 1971. - Б. 9.

[12] Хусайн Воиз Кошифй. Футувватномаи султонй. Ахлоки мухсинй. Рисолаи Хотамия. (Мухарррирон А.Султонова, Турсун Бобо) - Дунанбе, "Адиб". 1991. -с. 29.

[13] Жумардлик - маъноси. Мехмит Ундер. Мавлоно номли китобининг (-Тошкент. "Sharq" нашриёти. 2020. Шермурод Субхон таржимаси) 68 - бетида таъриф берган.

[14] Исмоил Саифназаров "Янги Узбекистон: инсон кадри улугланган юрт" -Тошкент: "Ilm-Ziyo-Zakovat" 2023. - Б. 3.

530

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.