Научная статья на тему 'JAMIYAT TARAQQIYOTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYATI'

JAMIYAT TARAQQIYOTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT TARAQQIYOTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYATI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

JAMIYAT TARAQQIYOTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYATI

Bekzod Malikov

Katta o'qituvchi

Avazxanov Jasurbek Abdurashid uli Fayziraxmanov Dilshod Farxod o'g'li

TDTrU SBXT-7 gurux talabalari

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan huquqiy bilim va huquqiy ongga ega bo'lish har bir fuqaro, har inson uchun birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi uqtirib kelinmoqda. Uning barcha asarlarida, nutqlarida, Oliy Majlisning sessiyalarida, viloyatlar kengashlaridagi ma'ruzalarida bu masalaning dolzarbligi qayta-qayta ta'kidlanayapti. «Har bir fuqaro, har bir inson, -deydi bu haqda u, - o'z haq-huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo'lishi shart. Toki jamiyatning har qaysi a'zosi o'z huquqi, o'z burchi va mas'uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so'zlarimiz, sa'y-harakatlarimiz besamar ketaveradi»[1]

Inson jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan qonunlarni, mavjud huquqiy mezonlarni bilmasdan turib, ma'naviy-axloqiy yetuklikka erisha olmaydi. Huquqiy bilim, huquqiy ong va madaniyat millat yetukligi va inson barkamolligining eng muhim, asosiy omillaridan biridir.

Huquqshunos olimlarning ilmiy asarlari, risolalari, nazariy maqolalarida o'rinli ta'kidlanib kelinayotganidek, huquqiy ong ijtimoiy ongning alohida shaklidir.[2]

Huquqiy ong o'zining ayricha tomonlari, xususiyatlariga ega. Ana shu jihatlari bilan u ijtimoiy ongning diniy, axloqiy, falsafiy, badiiy va boshqa shakllaridan jiddiy ravishda farq qiladi.

Respublikamizning atoqli huquqshunoslaridan A.Saidov va U.Tojixonov huquqiy ong ijtimoiy turmushda mavjud bo'lgan, jamiyatimizga xos turli-tuman holatlar yig'indisini o'zida mujassamlashtirishi haqida fikr yuritib shunday deydilar: «Huquqiy ong-huquqiy hissiyotlar, tuyg'ular, g'oyalar, qarashlar, baholar, yo'l-yo'riqlar, tasavvurlar va fuqarolarning O'zbekiston Respublikasiga munosabatini ko'rsatuvchi, bu munosabat esa amaldagi huquqqa, huquqiy amaliyotga, fuqarolar huquqlari va

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

215

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

burchlariga nisbatan, shuningdek, boshqa orzu qilingan huquqlarga nisbatan bo'lishi lozim holatlar tizimidir».[3]

Ijtimoiy turmushni huquqiy boshqarishning zarur tartibi to'g'risidagi tushunchalar, tasavvurlar, g'oyalar, qarashlar tizimi bo'lgan huquqiy ong huquq bilan dialektik birlikdadir. «Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir, odamlarning ham amaldagi huquq, ham ularning o'zlari istagan huquqqa munosabatini ifoda etadigan tasavvurlar va his-tuyg'ularining mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning ob'ektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta'sirida shakllanadi, o'zgarib turadigan ob'ektiv sharoitlar va jarayonlar ta'siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy va siyosiy qarashlar ta'sir etib turadi»[4]

Huquqiy ong, huquqiy bilim va tasavvurlar kishilarda o'z-o'zidan yoki tasodifiy ravishda paydo bo'lmaydi. Uni insonning tug'ma xususiyati deyish ham to'g'ri emas. Inson onadan dono donishmand bo'lib tug'ilmaydi. Kishilardagi huquqiy ong, huquqiy tushuncha va tasavvurlar, eng avvalo, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar va jarayonlar ta'siri ostida, tashqi muhit ta'sirida ostida shakllanib va rivojlanib boradi. Inson atrofida sodir bo'lgan voqea va hodisalardan o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarmasdan, ularga o'zining munosabatini bildirmasdan, baho bermasdan yashay olmaydi. Huquqiy masalalarga oid hodisa va jarayonlar uni ko'rgan, bilgan kishilar ongida o'z izini, ta'sirini qoldirishi turgan gap.[5]

Huquqiy ong, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti asosida yuzaga kelgan va doimiy ravishda o'zgarib, rivojlanib turadigan ob'ektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar asosida ham shakllanadi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning yuzaga kelishi, doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib borishi cheksiz jarayondir.

Huquqiy ong va huquqiy bilimlar hosil bo'lishi va rivojlanishda o'qish-o'rganishning, amaliy faoliyatning, ajdodlar ilmiy merosi va qadriyat-larining, oilada, bolalar bog'chasida, jamoat joylarida, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, institutlar va universitetlarda beriladigan huquqiy ta'lim-tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir.

Huquqiy tarbiya fuqarolarga, har bir alohida insonga, har bir maktab o'quvchisi va institut, universitet talabasiga huquqiy bilimlarni sekin-astalik bilan singdirish va miyasiga quyishning eng muhim, tarix sinovidan o'tib isbotini topgan usulidir.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Huquqiy tarbiya murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uni bir ma'noli qilib ta'riflab bo'lmaydi. Huquqshunos olimlarning fikrlaricha, «huquqiy tarbiya-shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko'rsatiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan, tashkillashtirilgan, boshqariladigan, oldindan rejalashtirilgan va maxsus ishlab chiqarilgan huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta'sir jarayonidir».[6]

A.Saidov va Tajixanov huquqiy tarbiya jarayonida odamlar ongiga huquqiy bilimlar va e'tiqodlar singdirilishini alohida ta'kidlab yana shunday deydilar: «Demak, huquqiy tarbiya-fuqarolarning ongi va ruhiyatiga ta'sir qilishga qaratilgan, rejalashtirilgan, boshqariladigan, uyushtirilgan, tizimli, maqsadga yo'naltirilgan, hozirgi zamon huquqshunosligi tasarrufida mavjud bo'lgan turli xil huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublari-dan foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barqaror huquqiy bilimlar, e'tiqodlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe'l-avtor, odatlarni shakllantirish jarayonidir»

Huquqiy tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarga ma'lum darajadagi huquqiy bilimlar, ko'nikmalar va malakalar berilsa, ikkinchidan, ularga huquqiy g'oyalar, hissiyotlar, e'tiqodlar shakllantiriladi.

Huquqiy tarbiyaning vazifasi odamlarning ongida huquqning ahamiyatini, maqsadini tushunishni ta'minlash, ularga ongli ravishda rioya qilish zarurligini shakllantirishdan iborat.

Huquqiy ta'lim-tarbiyada oila, oila tarbiyasining roli va ahamiyati beqiyosdir deyilsa, bizning fikrimizcha, hech qanday mubolag'a bo'lmaydi. Oila shunday bir oliy darajadagi ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidirki, unda endigina dunyoga kelgan farzandlar qalbi, vujud-vujudiga odob-axloq, huquqiy qonun-qoidalar asoslari haqidagi ilk tasavvur va tushunchalar asta-sekinlik bilan singdirila boradi.

REFERENCES

1. Behzodjon Qurolovich Malikov O'ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATINI TARTIBGA SOLIShDAGI MUAMMOLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №2. URL: https://cyberlenmka.ru/artide/n/zbekistonda-davlat-hizmatini-tartibga-solishdagi-muammolar (data obra^eniya: 20.12.2022).

2. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYoSIY QARAShLARI. Scientific progress, 1(4), 207-212.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

217

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

3. Malikov, B. Q., & Ikromov, D. R. O'. (2022). ShARQ TA'LIMOTIDA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 483-487.

4. Malikov, B. K. (2021). YoShLARNI SALBIY MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN XDMOYa KILISh-DAYoTIY ZARURIYaT YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN VA TA'LIM ILMIY-METODIK JURNALI. ISSUE, 1(1), 202-206.

5. Malikov, B. Q., & Abduraimov, O. K. O'. (2022). XUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA'NAVIYaT. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 449-453.

6. Malikov, B. Q., & Dexqonboev, Sh. B. O'. (2022). XUQUQIY MADANIYaT HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT BARPO ETIShNING MUHIM OMILI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 462-466.

7. Malikov, B. Q., & Eshqurbonov, A. I. O'. (2022). ADOLATLI JAMIYaTDA ODIL SUD SIFATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 467-472.

8. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, B. K. O'. (2022). O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYaSIDA INSON VA TABIAT QADRI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 473-478.

9. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, S. K. O'. (2022). ISLOM KARIMOV ASARLARIDA KONSTITUTSIYa VA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 479-482.

10. Malikov, B. Q., & Bolieva, N. Q. Q. (2022). XUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 458-461.

11. Malikov, B. Q., & Bo'riev, Z. B. O'. (2022). JAMIYaT TARAQQIYoTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYaTI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 454-457.

12. Qurolovich, M. B. (2023). ALISHER NAVOIYNING VATAN VA DAVLAT XIZMATCHISI SIFATIDAGI SIYOSIY QARASHLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 78-81.

13. Qurolovich, M. B. (2023). YOSHLARNING SIYOSIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 73-77.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.