Научная статья на тему 'ADOLATLI JAMIYATDA ODIL SUD SIFATI'

ADOLATLI JAMIYATDA ODIL SUD SIFATI Текст научной статьи по специальности «Право»

9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADOLATLI JAMIYATDA ODIL SUD SIFATI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ADOLATLI JAMIYATDA ODIL SUD SIFATI

Malikov Bekzod

Katta o'qituvchi

Ziyayev Otabek Ulug'bek o'g'li Azamatova Parizoda Abror qizi

TDTrU SBXT-7 gurux talabalari

Odil sudni hurmat qilish, o'z haq-huquqlarini himoya qilishda sudga murojaat qilish, uni o'zi uchun himoyachi deb bilish va unga e'tiqod qilishni ham huquqiy madaniyat deb hisoblasa bo'ladi. Kishilarning eskicha qarashlari va tasavvurlari tamomila o'zgarib, yangilanib bormoqda.

Mustaqillik yillarida kishilarning, xalq ommasining, aholi barcha qatlamlarining sudlar haqida totalitar tuzum davrida shakllanib, rivoj-lanib ongi, tafakkuri, miyasida uzoq yillar davomida singib, chuqur ildiz otib ketgan eskicha qarashlar va tasavvurlar tubdan o'zgarib, ular o'rnida sudlarga nisbatan yangicha qarashlar, ishonch va e'tiqodlar paydo bo'lib, mustahkamlanib bormoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisining qator sessiyalaridagi ma'ruzalarida, ko'pchilik asarlarida sud faqatgina jazolovchi organ sifatida tanilmasdan, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil organga, adolat posboniga aylanishi, sudga hamma hurmat bilan qarashi lozimligini ta'kidlab kelmoqda.

Sud bo'ldi deyilsa, kimdir jazo oldi debgina emas, sud bo'ldi deganda, odamlar himoya qilindi, haq joyida qaror topdi, degan tushunchaning kishilar ongida shakllanishi, sud hokimyatiga nisbatan bo'lgan munosabatlarni jiddiy ravishda o'zgarishi juda muhimdir. Ana shularni zaruran e'tiborga olib Islom Karimov odamlar ongida chuqur o'rnashib qolgan sudga bo'lgan eskicha munosabatlar, ko'nikmalar, psixologiyani asos-asosi bilan o'zgartirish eng dolzarb vazifa ekanligini doimiy ravishda ta'kidlab kelmoqda. «Ochiq tan olish kerak, sud organlari va sudning o'zi oddiy fuqaro ko'z o'ngida jazolovchi, qoralovchi, ozodlikdan mahrum etuvchi idora sifatida gavdalanadi. Ehtimol, bu qo'pol tuyulishi mumkin, lekin bor gap shu. Sudga bunday munosabat ildizlari totalitar tizim o'z siyosatini sud qarorlari orqali yuritgan, yagona mafkura hukmronligi o'rnatgan zamonlarga borib taqaladi.

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Bular barchasi odamlar ongida chuqur o'rnashib qolgan. Bizning vazifamiz ushbu ko'nikmalarni, psixologiyani sindirish, odamlarning sudlarga munosabatini tubdan o'zgartirishdan iborat. Xalq sudni faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ deb emas, aksincha, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan organ deb bilishi kerak. Bu o'ta muhim. Yana qaytaraman, odamlar sud organlarini o'zlarining himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak»[1].

Odamlar ongida o'tmish jamiyat davrida chuqur o'rnashib qolgan sudlar haqidagi qarashlar, ko'nikmalar, psixologiyani sindirish va sudlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyachisi ekanligini har bir fuqaroga yetkazish aytishga osonu, aslida anchagina murakkab jarayondir.

Buning uchun davlat nomidan ish ko'ruvchi mansabdorlarning o'zlari qonunlarning buzilishiga aslo yo'l qo'ymasliklari talab etiladi. Davlat xizmatchilarida, qonun ijrochilarida gap bilan ish bir-biriga zid bo'lsa, buning oqibatida qonunlarning o'zi obro'sizlanadi, qonunlarni nazarga ilmaslik illati paydo bo'ladi, davlatning ma'naviy asoslariga putur yetadi. Davlat nomidan ish ko'ruvchi mansabdorlarning o'zlari qonunlarni qanday qilib buzayotganliklarini aniq-ravshan ko'rib turgan oddiy fuqaroning bundan hafsalasi pir bo'ladi, davlatga ishonch qolmaydi. «Sir emaski, -deydi Prezident,-oddiy fuqaro, avvalo, davlat nomidan ish ko'ruvchi mansabdorlarning o'zlari qonunlarni qanday bajarayotganiga e'tibor beradi.

Agar shunday bo'lmasa, agar o'sha organlar yoki mansabdor shaxslarning o'zlari qonunlarni oyoqosti qilsa, qonunlarning o'zi obro'sizlanadi, yana ham to'g'rirog'i, jamiyatning asoslariga putur yetadi.[2]

Bunday vaziyatda qonunlarni mensimaslik illati butun jamiyatni zahar-laydi, davlat tomirlari yemiriladi, chiriy boshlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyatimizda shunga o'xshash holatlarga barham beradigan davlat xizmati va davlat xizmatchilari to'g'risida qonun qabul qilish fursati yetdi, deb aytish mumkin».[3]

Xalqimiz, millatimizning ishonchini to'la oqlash, haqiqatni qaror toptirish uchun sud'yalarimiz fuqaroga jabr o'tkazmaydigan, chuqur bilimli va madaniyatli, halol bo'lishi, har bir sudya davlat va fuqaro oldidagi o'z mas'uliyatini chuqur his etgan holda faoliyat ko'rsatishi lozim. Bularning hammasi xalqimizning sudga bo'lgan ishonchini mustahkamlashda katta o'rin tutadi. [4]

O'zbek xalqi necha-necha asrlardan beri adolatsizlikni, birovlarning haqiga xiyonat qilishni, molimardumxo'rlikni qoralab, halollikni esa madaniyatlilik, diyonatlilik, iymonlilik mezoni sifatida ulug'lab keldi. Bunga ko'hna tariximizdan ko'plab misollar keltirishimiz

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

mumkin. Masalan, Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshahiyning 943-944 yillarda bitilgan «Buxoro tarixi» asarida, «Men Abdulloh Muborakdan eshitdimki, Sebavayh Buxoroda qozilik qilganida xalqning ikki dirhamiga ham xiyonat qilmadi, ikki dirham ko'plik qiladi, u tariqcha ham jabr o'tkazmadi,»- deb yozadi. Mazkur asarda yana shunday satrlar bor: «G'anjar deb mashhur bo'lgan rahmatli Iso ibn Muso at-Taymiyga qozilikni bergan edilar, u qabul qilmadi. Sulton unga, agar qozilik qilmasang biror kishini tanlagin, biz o'shanga beraylik, degan edi, buni ham qabul qilmadi. Sulton qozilikka loyiq kishilar nomini uning oldida bir-bir aytinglar, deb buyurdi; shunday qildilar, ammo uning oldida kimningdir nomini atamasinlar, u «loyiq emas» deya berdi va nihoyat, Hasan ibn Usmon Hamadoniyning nomini tilga olganlarida sukut qildi. Uning sukuti roziligidir dedilar-da, qozilikni Hasan ibn Usmon Hamadoniyga berdilar. Buning zamonida Xuroson shaharlarida ilmda va taqvodorlikka unga tenglashadigan hech bir kishini ko'rsata olmaganlar».[5]

Respublikamiz huquqshunoslaridan biri Ubaydulla Mingboev «Sud shunday hokimiyatki....» asarida barcha sudlar sudyalari va sud xodimlarida birqancha ajoyib insoniy fazilatlar bo'lishi zarurligi ta'kidlangan. Asar muallifining so'zlari chuqur ma'noli, huquqiy, falsafiy, axloqiy hikmatlarga boyligi, eng muhimi, mavzumizga bevosita daxldor ekanligini e'tiborga olib, ularning juz'iy qisqartirishlar asosida aynan keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik.[6]

«-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini muqaddas biling va ularga doimo, har bir ishda qat'iy rioya eting;

-o'zingizda vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalang;

-Vatanga va xalqqa bo'lgan sadoqatingiz har bir harakatingazda namoyon bo'lsin;

-Islom Karimovning: «Xalq ochlikka, qiyinchilikka, hamma narsaga chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi»,-degan so'zlarini aslo unutmang;

-fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilishni to'liq ta'minlashni eng asosiy burchingiz deb biling hamda bu ishda fidoiylik ko'rsating;

-xizmatda ham, shaxsiy hayotda ham qonunni to'g'ri, to'la va adolatli qo'llashga erishing, faqat qonunni qurol qilib, o'zgalarning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiling, shuningdek, zarurat tug'ilganda o'zingiz ham qonun himoyasida bo'lish layoqatiga ega bo'ling;

-fuqarolar, davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyatingizni yurak-yurakdan his qiling;

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

-sudyalik qasamyodi va etikasi qoidalariga sodiq qoling, ulami buzishdan qo'rqing, buzganlardan esa hazar qiling;

-hamma vaqt va har ishda, eng avvalo, xizmat faoliyatingiz bilan bog'liq munosabatlarda sabr-toqatli, metin irodali bo'ling;

-har qanday qonun buzilishiga nisbatan murosasiz bo'ling, ularga qonun nomidan yashinday shiddatli, shamshirday keskir munosabat bildiring;

-halol va adolatli bo'ling, o'z vakolatlaringiz-vazifalaringizni qonun doirasida vijdonan, xolisona, beg'araz bajaring, adolat faqat beg'araz qaror toptirilgandagina adolat sanalishini o'z shioringiz deb biling;

-sud ishlarida biror-bir tarzda oshna-og'aynigarchilik, jo'rabozlik, mahalliychilik, guruhbozlik, millatchilik kabi illatlarning bo'lishi mutlaqo mumkin emasligini unutmang...

-kimki nafs dardiga giriftor bo'lgan bo'lsa, unga boshqa dushmanning keragi ham yo'q, bu balo uni o'z domiga tortib, halok etishi muqarrar;

-muborak hadisi sharifda «Amirning sovg'a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishidir», - deyilgan. Bunga shak keltirishdan jahannam azobidan qo'rqqandek qo'rqinglar....

-barcha bilan muloqotda samimiy bo'linglar. Samimiyat so'zni kam talab qiladi, soxta samimiyat esa bitmas-tuganmas ezmaliklardan iboratdir....

-har qanday qiyin va mashaqqatli holatda ham haq yo'lni tutish va mashaqqatli holatlarda ham haq yo'lini tutish va haqiqatni qaror toptirish shartligi tamoyilidan og'ishmang. Undan chetga chiqishni sud'yalik qasamyodiga hamda kasbiga nisbatan xiyonat va vakolatini bajarmaslikka ifodalanuvchi jinoyat deb biling...

-kibru havoga, manmanlikka, shaxsiyatparastlikka berilish, o'zini o'zgalar-dan ustun qo'yish sudya va sud xodimiga mutlaqo yot xislatlar bo'lishi shart;

-xushomad vaqtincha tiz cho'kib turgan tajovuzdir. Xushomadgo'ydan qoching, uning xushomadida g'araz maqsad niqoblanganligini unutmang...

-sud ishida kimningdir ishonchini oqlash uchun emas, balki vakolatni to'la amalga oshirish, qonuniylik va adolatni ta'minlash uchun ishlamoq kerak-ligini burchingiz deb biling;

-ilmli, ma'rifatli bo'ling, ma'naviy qashshoqlikdan ortiqroq jaholat yo'qdir, chunki insonning ziynati uning ilmidadir, Kaykovus ta'kidlagani-dek, «Qoziga yaxshi hunar-ilm va muloyimlilikdir...»;

-kasb madaniyatiga nafaqat xizmatda, balki hamma munosabatlarda qat'iy rioya eting, ishda ham, ko'cha-ko'yda ham, oilada ham sudyalik salohiyatini bir xilda saqlang...

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

-maishiy jihatdan pok, kamtar bo'ling, kiyinish, turar joy, yurish-turish madaniyatini saqlang, o'zgalar e'tiborini tortadigan yasan-tusandan yiroq yuring....

«-o'zingga ravo ko'rganni o'zgaga ham ravo bil va aksincha, ravo ko'rmaganingni ravo bilma....» hikmatidan kelib chiqib, biror-bir sud ishi yuzasidan ajrim qilishdan, ya'ni hukm, hal qiluvchi qaror, ajrim, qaror chiqarish, xulosa va javob tayyorlashdan avval sudlanuvchi, jabrlanuvchi, da'vogar, javobgar va umuman haq-huquqlari hal qilinayotganlarning har birining o'rnida o'zingizni birma-bir faraz qilib ko'ring, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlang, inson hayoti va taqdiriga o'ta mas'uliyatli bo'ling...

-oilaning qonuniy va halol daromadlari evaziga yashashni o'rganing, farzandlarni harom luqma hisobiga boqish ularga zahar berish bilan barobar ekanligiga va bu shaksiz kulfat keltirishiga hecham shubhalanmang...

El-yurtning hurmatu nazaridan qolmaslikka harakat qiling, zero xalq nazari qudratli va unda izzatda bo'lish oliy sadoqatdir» [7].

REFERENCES

1. Behzodjon Qurolovich Malikov O'ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATINI TARTIBGA SOLIShDAGI MUAMMOLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №2. URL: https://cyberlenmka.ra/artide/n/zbekistonda-davlat-hizmatini-tartibga-solishdagi-muammolar (data obram,eniya: 20.12.2022).

2. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYoSIY QARAShLARI. Scientific progress, 1(4), 207-212.

3. Malikov, B. Q., & Ikromov, D. R. O'. (2022). ShARQ TA'LIMOTIDA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 483-487.

4. Malikov, B. K. (2021). YoShLARNI SALBIY MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN XDMOYa KILISh-DAYoTIY ZARURIYaT YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN VA TA'LIM ILMIY-METODIK JURNALI. ISSUE, 1(1), 202-206.

5. Malikov, B. Q., & Abduraimov, O. K. O'. (2022). XUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA'NAVIYaT. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 449453.

6. Malikov, B. Q., & Dexqonboev, Sh. B. O'. (2022). XUQUQIY MADANIYaT HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT BARPO ETIShNING MUHIM OMILI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 462-466.

7. Malikov, B. Q., & Eshqurbonov, A. I. O'. (2022). ADOLATLI JAMIYaTDA ODIL SUD SIFATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 467-472.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

232

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.