Научная статья на тему 'HUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA’NAVIYAT'

HUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA’NAVIYAT Текст научной статьи по специальности «Право»

12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA’NAVIYAT»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

HUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA'NAVIYAT

Malikov Bekzod

Katta o'qituvchi

Muxammadinova Kamolaxon Nurali qizi Umirzaqov Axror Abdurashit o'g'li

TDTrU SBXT-7 gurux talabalari

Mustaqillik yillarida barcha fuqarolarning qonun oldida huquqiy tengligini hamda qonunning hamma narsadan ustunligini kafolatlovchi huquqiy davlatni shakllantirishning mustahkam asoslari yaratildi. Boshqacha aytganda, - deydi Islom Karimov, - mustaqillik yillarida mamlakati-mizda inson huquqlari va erkinligining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi. Biz totalitar tuzumning tazyiq va zo'ravonligidan huquqiy me'yorlar sari ulkan qadam tashladik. Bu esa insonning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, barcha mulk shakllariga asoslangan ma'muriy-xo'jalik tuzilmalari bilan turli-tuman munosabatlarini yo'lga qo'yishda yaqqol namoën bo'lmoqda. O'zbekistondagi huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi sudning alohida va mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatidagi mavqeini qayta tiklash g'oyasi bo'ldi. Sud hokimiyatining yangi tarmoqlari yaratildi. Sudning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni kafolatlashning huquqiy me'yorlari shakllantirilmoqda. [1]

Jamiyat va davlat, xalq va millat oldidagi o'z huquqi, o'z burchi va mas'uliyatini puxta biladigan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglab yetgan, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish oldimizda turgan eng asosiy, dolzarb vazifadir. [2]

O'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan yuksak huquqiy bilimli va madaniyatli kishilarni shakllanti-rishda xalq ma'naviyatining, boy tarixiy merosimizning, milliy an'anala-rimizning o'rganilishining ahamiyati beqiyosdir.

Darhaqiqat, ma'naviy ma'rifat, ma'naviy madaniyat sof axloqiy hodisa sifatida jamiyat insoniy qiyofasini belgilaydigan,

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

210

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

uning demokratik huquqiy maqomini tayin etadigan qadriyatdir. O'zbek jamiyati bugun o'z milliy qadriyatlarini yaratishga qodir komil tizim sifatida dunyoga bo'y ko'rsatmoqda. Ma'naviyat ustuvor mohiyat kasb etmagan inson hayotining biror jabhasi yo'qligi anglab yetilgani jamiyatimiz erishgan ulkan yutuq bo'ldi.

Jamiyat va inson hayotining ma'naviyat va ma'rifatga ehtiyoj va zaruriyat sezmaydigan, undan bahramand bo'lmaydigan, uning bilan mazmunan-mohiyatan tutashib ketmagan biron-bir sohasini topish amrimaholdir.[3]

Ma'naviyat jamiyat taraqqiyoti, xalq va millat kamolati va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi shunday asosiy omil, insonga insonlik mazmun-mohiyatini bag'ishlaydigan, insonni yerdan osmonga ko'taradigan, uni ezgulikka da'vat etadigan qadriyatki, shuning uchun ham u hamma kasb va ixtisosdagi mutaxassislar, jinsi, millati, yoshi, tili, diniy mazhabi, boy-kambag'alligidan qat'i nazar, hamma odamlar, barcha fuqarolar, jamiki el-ulus, millatlar va elatlar, bani bashariyat uchun ham o'ta muhim va zarurdir. [4]

Umuman olganda, ma'naviy boyliklardan naf ko'rmaydigan, ma'naviyat bilan o'z hayotini go'zal, fe'l-atvorini yoqimli, xatti-harakati yarashiqli, tushunarli, odob-axloqli bo'lishga erishmagan inson zoti yo'q va bo'lmaydi. Inson ma'naviyat bilan tirik. Insonning insonligi ham ma'naviyat sohibi bo'lganligidadir. Insonning jamiyki mavjudotlar ichra ulug'i, a'losi, nodiri, eng donosi, aql-idrokli, farosatlisi ekanligining, kuch-qudratliligining asosiy boisi ham ma'naviyatliligidadir.

Aytib o'tilgan fikrlarimizga Islom Karimovning «Ma'naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi», «Uni o'lchab ham, poyoniga yetib ham bo'lmaydi. U — inson uchun butun bir Olam», «Ma'naviyat insonga havodek, suvdek zarur», «Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi», degan dono so'zlari ilmiy-nazariy asos, metodologik qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.[5]

Ma'naviyat haqidagi Islom Karimov ta'limotini chuqur va mukammal bilishlik barcha soha kishilari, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun ham havodek, suvdek zarur. Buni biz murakkab, mas'uliyatli kasb egalari tergovchilar misolida ko'rib chiqamiz.

Tergov ishlari jarayoni juda murakkab, jinoyatni ochish, jinoyatchini topish, aybdorni - gumon qilinayotgan kishini aybi yoki qilmishini bo'yniga qo'yib isbotlash, haqiqatni qaror toptirish mutaxassisdan nainki kasbiy, bilim va mahoratni, ayni paytda katta tajriba hamda nozik ruhshunoslikni, muomala madaniyatini, katta-kichik dalillar, hatto bir qarashda sodir bo'lgan hodisaga bevosita dahli bo'lmagan voqealar, xatti-

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

harakatlar, faktlar-dalillar, mantiqiy tahlil va muqoyasani yaxlit bir tizimga solish hamda sirli, shubhali nuqtalarni ichki bir tuyg'u bilan nozik his qilish san'atini ishonarli tarzda bilishni ham talab qiladi. Shu ma'noda tergovchi amaldagi qonunlar va qator yuridik hujjatlar asosida jinoyat deb atalmish «sahna»ning «jarrohi»ga, obrazli qilib aytganda, «tashxischi»siga, tadqiqotchisiga aylanadi. Ko'rinib turganidek, tergov jarayoni juda og'ir bo'lishi bilan bir qatorda, o'ta mas'uliyatli hamdir. Mana shuning o'zi ham jarayonning o'zi sof ma'naviy-axloqiy hodisa ekanligini anglatib turibdi. Tergov jarayonining ma'naviy asoslarga ega emas, deb aytish katta xatodir.

Agar tergovchi o'z faoliyatida, qonunlarga tayangan, ulardan mutlaqo og'ishmagan holda ish tutsa-yu, ammo ma'naviy mohiyatlarga e'tibor bermasa, bu qilmishi bilan birinchidan, qonunni buzgan, ikkinchidan, mansabini suiste'mol qilgan, bo'ladi demak, u adolatsiz hukm chiqarilishiga, gunohsizni nohaq jazolanishiga sababchi bo'ladi. Buning oqibati juda xunuk bo'lishi turgan gap. Odamlarda qonunlarga, demak, jamiyatga, odil siyosatga, adolatga ishonch yo'qoladi. Jamiyatda qonun ustuvorligi buziladi. Eng yomoni - bu buzilishning huquqni himoya qilish maqomiga ega kishilar aybi bilan bo'lishidir. Tergovchining xatosi yoxud o'z ishiga mas'uliyatsiz qarashi oxir-oqibat juda xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Insonlar taqdiri hal qilinayotganda tergov hujjatlari isbotlangan, tasdiqlangan fakt va dalillarga asoslangan bo'lishini unutmaslik kerak. Ana o'shandagina jinoyatni keltirib chiqargan omillar ildizi bilan yo'q qilib tashlanadi, kishilarga adolat tantanasidan ibratli saboqlar beriladi, jinoyatlarning oldi olinadi, odamlarda qonunlarga, adolatga ishonch va hurmat uyg'onadi. Demak, qonun ustuvorligi to'la ta'minlanadi. Ana shularning o'zi asl mohiyati bilan sof ma'naviy saboq, tarbiya, madaniyat, ma'rifatlilik belgisidir. Demak, tergov nafaqat qonunlar adolati, ayni paytda, tarbiya maktabi, yuksak ma'naviyatlilikning namoyon bo'lishi hamdir.

Ma'naviyat bilan huquqiy ta'lim-tarbiya hamkorligini kengaytirishni davrning o'zi taqozo etmoqda. Zero, ma'naviyat bilan qonun, huquq bir-birini taqozo etuvchi qadriyatlardir. Chunki, xalqning ma'naviyati ham o'ziga xos qonun-qoida, odob-axloq, huquqdir.[6]

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak fuqarogina, birinchidan, qonun doirasidan chiqmaydi, ikkinchidan, o'z haq-huquqi, erki ozodligi uchun kurashish san'atini o'zlashtiradi, uchinchidan, har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib o'lchaydi, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radi.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Agar fuqaro qonunlarni yaxshi bilsa, uni hech kim zo'rlik bilan g'ayri qonuniy jazoga tortolmaydi.

Aytilganlardan ko'rinib turganidek, huquqning ma'naviy-axloqiy asoslari, huquqiy madaniyat va qadriyatlarning qadimiy tarixiy ildizlari va manbalari mohiyatini yoritish huquqiy bilim va madaniyatni o'stirishning jamiyat taraqqiyoti uchun dolzarbligini, hisobga olsak jamiyat ma'naviy hayoti rivojida huquqiy ong va madaniyatning ahamiyatini ilmiy tadqiq etish olimlar oldida turgan eng muhim vazifalardan bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Behzodjon Qurolovich Malikov O'ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATINI TARTIBGA SOLIShDAGI MUAMMOLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonda-davlat-hizmatini-tartibga-solishdagi-muammolar (data obra^eniya: 20.12.2022).

2. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYoSIY QARAShLARI. Scientific progress, 1(4), 207212.

3. Malikov, B. Q., & Ikromov, D. R. O'. (2022). ShARQ TA'LIMOTIDA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 483-487.

4. Malikov, B. K. (2021). YoShLARNI SALBIY MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN XDMOYa KILISh-DAYoTIY ZARURIYaT YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN VA TA'LIM ILMIY-METODIK JURNALI. ISSUE, 1(1), 202-206.

5. Malikov, B. Q., & Abduraimov, O. K. O'. (2022). XUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA'NAVIYaT. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 449-453.

6. Malikov, B. Q., & Dexqonboev, Sh. B. O'. (2022). XUQUQIY MADANIYaT HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT BARPO ETIShNING MUHIM OMILI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 462-466.

7. Malikov, B. Q., & Eshqurbonov, A. I. O'. (2022). ADOLATLI JAMIYaTDA ODIL SUD SIFATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 467-472.

8. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, B. K. O'. (2022). O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYaSIDA INSON VA TABIAT

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

QADRI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 473478.

9. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, S. K. O'. (2022). ISLOM KARIMOV ASARLARIDA KONSTITUTSIYa VA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 479-482.

10. Malikov, B. Q., & Bolieva, N. Q. Q. (2022). XUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 458-461.

11. Malikov, B. Q., & Bo'riev, Z. B. O'. (2022). JAMIYaT TARAQQIYoTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYaTI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 454-457.

12. Qurolovich, M. B. (2023). ALISHER NAVOIYNING VATAN VA DAVLAT XIZMATCHISI SIFATIDAGI SIYOSIY QARASHLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 78-81.

13. Qurolovich, M. B. (2023). YOSHLARNING SIYOSIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 73-77.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.