Научная статья на тему 'HUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI'

HUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI Текст научной статьи по специальности «Право»

37
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

HUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI

Bekzod Malikov

TDTrU katta o'qituvchi

Ziyodilla Botirjon o'g'li Qosimov Behzod Nasrulla o'g'li Xayrullayev

TDTrU SBXT-7 gurux talabalari

Huquqning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turishdagi roli va ahamiyati o'z-o'zidan tushunarlidir. «Demokratik ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish sohasi kengayib, ijtimoiy boshqaruvda huquqiy asoslar chuqurlashib, huquqning nufuzi ortib borayotgan hozirgi vaqtda bu alohida ahamiyat kasb etmoqda. Huquq inson turmushining hamma jihatlariga tegishli bo'lib, uning butun hayoti davomida, u bilan hamisha yonma-yon yuradi, huquq nikoh oila munosabatlarini, ta'lim, mehnat, dam olish, sog'liqni saqlash, uy-joylardan foydalanish, yerlardan, suv, boshqa tabiat boyliklaridan foydalanish, turli tovarlarni sotib olish, buyumlarni ijaraga olish, fuqarolarning o'zlarining huquqlari va qonuniy manfaat-larini himoya qilish va yana ko'plab boshqa narsalarni tartibga solib turadi».[1]

Huquqiy davlat va huquqiy ong o'zaro bog'liq ijtimoiy hodisalardir. Huquqiy bilim va huquqiy ong rivoj topmagan jamiyatda huquqiy davlat, demak, davlat, fuqarolik jamiyati shakllanmaydi. Chunki, huquqiy ong, birinchidan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning zarurligini, undan oqilona foydalanish zarurligini anglash, ikkinchidan, amaldagi qonun hujjatlarining mavjud ijtimoiy munosabatlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash va baho bera olish, uchinchidan, huquqiy qoidalarni o'rnatish va amalda tatbiq etishning davlatga aloqador vazifa ekanligini anglashdan iborat.[2]

Huquqiy ong - huquqiy madaniyat, huquqiy faollik mahsuli. Huquqiy faollikning ichki manbai-ijtimoiy huquqiy ko'rsatmadir, ya'ni uning jamiyat madaniyati qadriyatlariga yo'naltirilgani hisoblanadi. Huquqqa hurmat-bu ijobiy ijtimoiy-huquqiy ko'rsatmadir.[3]

Afsuski, buni hamma ham tushunavermaydi. Shu sabab ayrim hollarda inson turmushining barcha jihatlariga nisbatan ayanchli, hatto, xavfli harakat ham kasb etishi hech gap emas. Ilmda huquqiy infantilizm, huquqiy nigilizm, buzilgan huquqiy ong degan

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

huquqiy tushunchalar ana shu xavfli hodisalardir. Xo'sh, bular nima o'zi?

Huquqiy infantilizm, bu-huquqiy ong palag'daligining shakli. Bu-huquqiy bilim va ko'rsatmalarning shakllanmaganligi, to'liq yaxlit emasligi bilan bog'liq. Boshqacha aytganda, «huquqiy infantalizm - huquqiy ong buzilishining yengil shakli, unda huquqiy bilimlar, yo'l-yo'riqlar shakllanmagan, oz bo'ladi. Fuqarolar huquqiy bilimi yetishmovchiligidan tashqari, asosan, huquqiy bilimlar yaxlit tizimi orasidan uning muhim elementlari, avvalo, qonunga, boshqa huquqiy qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabatlar tushib qolmoqda».[4]

Huquqiy nigilizm, bu-manqurtlik degani. Uning mohiyati-huquqqa, qonunlarga, me'yoriy tartiblarga salbiy, behurmat munosabatda bo'lishdir. Sabablari yuridik jihatdan g'ofillikda, qoloqlikda, aholining huquqiy tartibsizligida namoyon bo'ladi. «Huquqiy nigilizm - qonun talablarini ongli ravishda rad etish, ammo jinoiy maqsadning yo'qligi... Qonun talablarini inkor etish yashirin, ochiq ko'rinishlarda kechishi va har biri alohida holda turlicha sabablar bilan izohlanishi mumkin».[5]

Buzilgan huquqiy ong ong palag'daligining eng yomon ko'rinishidir. «Huquqiy ong buzilishining eng og'ir ko'rinishi favqulodda inson ongining buzilishidir»3. Bu-o'ta ijtimoiy xavflidir. Yashirishning hojati yo'q. Hayotimizda ularning hammasi bilan ham u yoki bu tarzda ro'baro' kelib turibmiz. Bunday illatlarga qarshi kurashda bizga faqat huquqiy madaniyat va huquqiy mafkura yordamga kela oladi, xolos.

Huquqiy ong huquqni takomillashtirish va rivojlantirishning muhim omilidir. «Huquqiy ong huquqni nafaqat yaratadi, balki rivojlantiradi ham... huquqiy ong darajasida shaxsning o'zining huquqiy bilimlari ko'lami ham, huquqni qabul qilish holati ham, ma'naviy o'sganligi ham shaksiz ko'zga tashlanadi. Huquqiy ongga faqatgina yuqorida sanab o'tganlarimiz ta'sir etib qolmay, yana boshqa ko'p omil (jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, maishiy) lar ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Odamlarning bir-birlari bilan o'zaro ta'siri va munosabati, muhiti, tarbiyasi, axloqiy darajasi ham kam ta'sir qilmaydi. Ijtimoiy-huquqiy yo'l-yo'riq huquqni baholash, uning talablariga munosabat, o'ta xilma-xil omillar majmuining ta'siriga bog'liq holda ongda shakllanadi».[6]

Huquqiy ong ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy hayot rivojida katta ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ham egadir. Huquqiy hissiyotlar, tuyg'ular, qarashlar, huquqiy ta'limotlar, huquqiy mafkuralar jamiyat hayotida, ijtimoiy turmushda ro'y bergan o'zgarishlarni aks ettirish bilan cheklanib-chegaralanib qolmay, balki jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayoti o'zgarishi va rivojlanishiga, odamlarning xulq-atvoriga,

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

xatti-harakat-lariga mafkuraviy va ruhiy-psixologik ta'sir ham etadi. Buni falsafada, huquqshunoslik ilmida huquqiy ongning nisbiy mustaqilligi deyiladi.

Huquqiy ong insonga vaziyatni har taraflama mushohada qilishga, o'zining xatti-harakatlari va qilmishlarini jamiyatdagi qonun-qoidalarga mos kelish-kelmasligini, yurish-turishi, fe'l-atvorini huquqiy jihatdan baholashida yordamlashadi. Shaxsning huquqiy onglilik talablari asosida qadam qo'yishi, faoliyat ko'rsatishi, qonunni hurmat qilishi jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun koni foydadir.

Yuksak huquqiy ong, qonunlarning ruhi va talablarini bilish, muayyan huquqiy bilim va tasavvurlarga ega bo'lishning o'ziyoq odamlarning ma'lum tarzda o'zlarini idora qilishga undaydi. «Huquqiy ongning ijtimoiy turmushda nisbiy mustaqilligi yana shunda namoyon bo'ladiki, ko'pincha huquqning o'zi odamlarning xulq-atvoriga aynan ularning xatti-harakat-larini bevosita belgilaydigan huquqiy ong orqali tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatadi. U yoki bu huquq normalari odamlarga ma'lum bo'lganida, ularning to'g'ri xulq-atvori hamma vaqt ham huquqiy normalarning sanksiyalarini qo'llashga va hatto qo'llash bilan tahdid qilishga asoslanavermaydi. Ya'ni huquqiy ongning boshqa muhim tomoni-bu shaxsning huquqqa va uni qo'llash amaliyotiga munosabati, uning huquqiy nuqtai nazari va maqsadlaridir. Individ huquqiy madaniyatiga xos ushbu elementning muhimligi qonunbuzar-lar bilan huquq normalariga rioya etuvchi fuqarolarning huquqiy ongini taqqoslab o'rganish jarayonida taqqoslanadi»

Jamiyat va davlat taraqqiyotini, xalq va millat kamolotini, shaxsni har tomonlama rivojlanishini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Behzodjon Qurolovich Malikov O'ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATINI TARTIBGA SOLIShDAGI MUAMMOLAR // Academic research in educational sciences. 2021. №2. URL: https://cyberlenmka.ru/artide/n/zbekistonda-davlat-hizmatini-tartibga-solishdagi-muammolar (data obra^eniya: 20.12.2022).

2. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYoSIY QARAShLARI. Scientific progress, 1(4), 207212.

3. Malikov, B. Q., & Ikromov, D. R. O'. (2022). ShARQ TA'LIMOTIDA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 483-487.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

221

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

4. Malikov, B. K. (2021). YoShLARNI SALBIY MAFKURAVIY TAXDIDLARDAN XDMOYa KILISh-DAYoTIY ZARURIYaT YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN VA TA'LIM ILMIY-METODIK JURNALI. ISSUE, 1(1), 202-206.

5. Malikov, B. Q., & Abduraimov, O. K. O'. (2022). XUQUQIY BARKAMOLLIK VA MA'NAVIYaT. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 449-453.

6. Malikov, B. Q., & Dexqonboev, Sh. B. O'. (2022). XUQUQIY MADANIYaT HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT BARPO ETIShNING MUHIM OMILI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 462-466.

7. Malikov, B. Q., & Eshqurbonov, A. I. O'. (2022). ADOLATLI JAMIYaTDA ODIL SUD SIFATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 467-472.

8. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, B. K. O'. (2022). O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYaSIDA INSON VA TABIAT QADRI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 473-478.

9. Malikov, B. Q., & Xamroqulov, S. K. O'. (2022). ISLOM KARIMOV ASARLARIDA KONSTITUTSIYa VA QONUN USTUVORLIGI G'OYaLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 479-482.

10. Malikov, B. Q., & Bolieva, N. Q. Q. (2022). XUQUQIY NIGILIZMNING IJTIMOIY XAVFI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 458-461.

11. Malikov, B. Q., & Bo'riev, Z. B. O'. (2022). JAMIYaT TARAQQIYoTIDA XUQUQIY ONGNING AHAMIYaTI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 454-457.

12. Qurolovich, M. B. (2023). ALISHER NAVOIYNING VATAN VA DAVLAT XIZMATCHISI SIFATIDAGI SIYOSIY QARASHLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 78-81.

13. Qurolovich, M. B. (2023). YOSHLARNING SIYOSIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. PEDAGOGS jurnali, 27(1), 73-77.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

222

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.