Научная статья на тему 'JAMIYAT TARAQQIYOTDA AYOL-QIZLARNING RIVOJLANISHING O’RNI VA UNING AHAMIYATI'

JAMIYAT TARAQQIYOTDA AYOL-QIZLARNING RIVOJLANISHING O’RNI VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ayollar / jamiyat / rivojlanish / rahbar / boshqaruv / ta'lim / davlat / huquq / jinoyatchilik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamayusupova Dildora

Har bir jamiyat rivoji uchun ayol va qizlarimizning yuksak ma'naviyatli , zehnli , bilimdor bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ham ayol va qizlarimizning rivojlanishlarining istiqbolli yo'llari va uning samarasi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT TARAQQIYOTDA AYOL-QIZLARNING RIVOJLANISHING O’RNI VA UNING AHAMIYATI»

JAMIYAT TARAQQIYOTDA AYOL-QIZLARNING RIVOJLANISHING O'RNI VA UNING AHAMIYATI

Mamayusupova Dildora

Qoqon DPI, Maktab menejmenti yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181807

Annotatsiya. Har bir jamiyat rivoji uchun ayol va qizlarimizning yuksak ma'naviyatli , zehnli , bilimdor bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ham ayol va qizlarimizning rivojlanishlarining istiqbolliyo'llari va uning samarasiyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ayollar, jamiyat, rivojlanish, rahbar, boshqaruv, ta'lim, davlat, huquq, jinoyatchilik.

Abstract. For the development of every society, it is important for our women and girls to be highly spiritual, intelligent, and knowledgeable. In this article, promising ways of the development of our women and girls and its results are highlighted. Abstract. For the development of every society, it is important for our women and girls to be highly spiritual, intelligent, and knowledgeable. In this article, promising ways of development of our women and girls and its effect are highlighted.

Key words: women, society, development, leader, management, education, state, law,

crime.

Jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ulardagi salohiyatni namoyon etilishi uchun jamiyatda yaratilgan imkoniyatlar doirasini yanada kengaytirish - o'z-o'zidan oilalarning mustahkamlanishi, jamiyat taraqqiyoti rivoji, qolaversa, xalqaro miyosda ham mamlakatimiz nufuzining yanada yuksalishi, farzandlar tarbiyasining yaxshilanishi, xotin-qizlardan aksariyatining nafaqat о'z oilalari uchun, balki, jamiyat taraqqiyoti uchun, jamiyat rivoji uchun fidoyilarcha mehnat qilishlarining faollashuvi, huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayonida ayollar ishtirokining bundan-da te'payishiga olib keladi. [1] Haqiqattan ayol bu avvalo ona , singil , opa va mehribon , qalbi ila mehr chashmalarini yaratuvchi va o'zidan ziyo , quvonch nurlarini tarqatib turuvchi inson. Onalar nafaqat hayot paytida balki vafot etganlaridan so'ngra ham o'z farzandlariga kuch berib tura oladilar , har bir bola ilk bor dunyoni onasining nigohlari bilan ko'radi va u qanday ko'rsa huddi shunday bola ham dunyoni ko'radi. Ayollarning ilmli bo'lishi butun bir jamiyatning bilimli bo'lishiga yordam beradi deb bejiz aytishmagan . Bolaning har bir istagini otasidan avval sezuvchi , farzandining biror joyi o'g'risa tunlari bedor bo'lib, ikki hayoli unda turuvchi yagona inson , hech bir insonning hayotida onasidek mehribon va unga sodiq inson bo'lmaydi . Har bir inson har qanday muammosi va hech kimga ayta olmaydigan gaplarini ham kelib onasiga aytadi . Onasining uni eshituvchi va unga to'g'ri maslahat beruvchi shaxsligini doimo his etadi , shuning uchun ham sog'lom va kuchli avlodni tarbiyalash uchun bizga aqlli , har sohada o'z muvafaqqiyatlariga erishgan ayollar kerak , buning uchun biz ayollar rivoji uchun ularni qo'llab- quvvatlashimiz , imkoniyat yaratib berishimiz kerak. Bizga qancha kuchli avlod kerak bo'lsa ularning onalari shu darajada bilimli va dono bo'lishlarini talab etadi. Ularning qadr-qiymatini oshirish buning yechimlaridan biridir. Oilaviy zo'ravonliklar , psixologik ta'sirlar va tashqi muhit tomonidan berilayotgan ta'sirlar ayrim holatlarda ularning o'limi bilan yakunlanayotgani ham sir emas . Ayollarning erkinliklarini , ularga berilayotgan hurmat va e'tiborni o'z o'rniga qo'yish haqida turli islohotlar olib borilmoqda . Biroq , to'laqonli hali ularni taxlikaga soluvchi muammolar o'z yechimini topgani yo'q afsuski.

Hozirgi kunda O'zbekistonda ayollar rivojini kengaytirish , ularning jamiyat oldida obro'sini oshirish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratib berilmoqda . Hozirgi kunda xotin-qizlarning, shu jumladan rahbar ayolllarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda jamiyatdagi mavqeni oshirish, ularning bevosita boshqaruv jarayonidagi ishtirokini oshirish bilan bog'liq. Hozirgi kunda xotin-qizlarning boshqaruv faoliyatiga jalb etish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan sungi yillarda qator normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlarni, rahbar ayollarning kasbiy va boshqaruv malakalarini oshirish, ularda boshqaruv kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha qator vazifalar belgilandi. [2]

Davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda rahbar alyollar faol ishtirok etmoqda. "O'rganish natijalari mamlakatimizda tuzilmaviy va institutsional o'zgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi. Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda" Aslida hamma ayollar ham bunday emasligini ayollarning har sohada aniq maqsadga erishish uchun ma'suliyatli ekanliklarini isboti tariqasida ko'ryabmiz . Ayollar aqlli ularga ozgina yengillik berilishi bilan ular yomon fikrlarni o'ylamasliklari va ular ham rivojlanish uchun to'g'ri harakat qilishlarini tushunyabmiz . Bu esa ayrim otalarning faqatgina o'g'illarini emas, qizlarini ham o'qitishlari kerakligini tushunishmoqda . Oiladagi zo'ravonliklar ham qizlarning ongi ostida kuchli travmalarning paydo bo'lishiga va uning og'rig'i kelajaklariga ham ta'sir o'tkazishi mumkinligi haqida otalar ongida tushuncha paydo bo'lmoqda .

Biroq hamma otalar shunday demoqchi emasman , ammo qo'shtirnoq ostida shunday otalar ham borligini aytib o'tmoqchiman . Yaqinda bo'lib o'tgan

" Jamiyatda ayol-qizlarning o'rnini oshirish "haqidagi Saida Mirziyoyeva o'z nutqida shunday dedilar : "Endilikda har bir ayol-qizlarni davlat o'z himoyasiga oladi va oiladagi zo'ravonliklarni bartaraf etish bizning bosh maqsadimiz! "[3]

Ayollarning sabriga tasanno aytmasdan ilojimiz yo'q ular oiladagi barcha qiyinchiliklarga sabr qilishadi har kuni ichib keluvchi erning kaltaklarini yeyish , qaynonaning zaharli gaplarini eshitish , bepisand qarab turuvchi qani-opa va singillarni ko'nglini olish , shu bilan birga sog'lom farzand dunyoga keltirish , ular bu hechkimga aytishmaydi . Uyimga qaytib borsam otam onamga kun bermaydi , onam ham bu kunlarni boshidan o'tkazgan va men ham chidayman kabi iboralar paydo bo'ladi . Ammo ketkizilgan umr , sog'lik , vaqt hech qachon qaytib kelmaydi .Oiladagi bu munosabatlar albatta farzandlarga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Natijada xulqi yomon bolalar soni ortaveradi. Ularga bo'lgan bunday munosabatlar shunday davom etsa jamiyat rivoji ham so'na boshlaydi . Biz oiladagi zo'ravonliklarni kamaytirishga va ularni yo'qotishga har birimiz ma'suldirmiz .[4]

Ayollar rivojlangan yurtda jamiyat ham rivojlanadi . Ayollar o'z muvafaqqiyatlari bilan jahon maydonlarini ham zabt etib yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga yordam bermoqdalar . Sog'lom , barkamol avlodni tarbiyalashimiz uchun , har sohada tez va muvafaqqiyatga erishmoqchi bo'lsak , biz ayollar qadr -qiymatini va obro'sini oshirishimiz kerak . Avval ta'kidlab o'tganimdek , ayollar faqat tirik paytida balki, vafot etgandan keyin ham o'z farzandlariga kuch berib turadilar . Saida Mirziyoyeva "Zakovat"ning final bosqichidagi ochilish nutqida aytib o'tganlaridek :" Otam to'qqiz yoshda onalaridan yetim bo'lib qoladilar va har doim har qanday qiyinchilikka uchrasalar onalarining qabrlariga borib o'z qiyinchiliklarini aytishardi " deydilar .

Bunga tayyor namuna sifatida qarasak yaxshi bo'lar edi , ilmli ayol har doim farzandiga o'z ilmi bilan tarbiya beradi . Tarbiya esa uzoq muddatli va engmurakkab jarayondir . Ilmli ayolning beradigan eng asosiy yutug'i uning farzandiga bergan oqilona tarbiyasidir. Ayollardagi rivojlanishga e'tibor qarata, xulosa qilib shunday deya olamizki har sohada muvaffaqqiyatga erisha olamiz va ular iqtisodiy tomonlama ham erkin bo'lishlari davlatimizga ham o'z foydasini olib keladi. Ayol -qizlarning tadbirkorlik sohasida o'z faoliyatlarini olib borishlariga imkoniyat yaratish, ilmli bo'lishlari uchun keng imkoniyat yaratish eng yaxshi usuldir . Ota-onalar qizlarning kichiklik chog'idanoq uning to'yi uchun sarpo yig'ishdan oldin , uning ilmli bo'lishi uchun investitsiya qilishlari lozim. Ilmli qiz hech qayerda xor bo'lmaydi . Unga berilgan tillo , zarlar esa uni har doim ham baxtli qilmaydi. Xolbuki xotin qizlarni jamiyatda o'z o'rniga ega ekanligini yana bir bor ta'kidlab, ularga to'g'ri maslahatlar bilan yo'naltirish orqali o'z hissamizni qo'shish burchimizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni // https://lex.uz/docs/5899498

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "2022 - 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy Dastur" (2022). // https://lex.uz/docs. Qonunchilik ma"lumotlari milliy bazasi.

3. Rahmonova, Manzura. "THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN." Interpretation and researches 1 (2023).

4. Shokirovna, Rakhmonova Manzura. "ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 1041-1044.

5. Rahmonova, Manzura. "Inson Kapitali Indeksi Tushunchasi Va O'zbekistonda Uni Holati Tahlili." Interpretation and researches 1.1 (2023).

6. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." AcademiaRepository 4.10 (2023): 259-263.

7. Shokirova, Rahmonova Manzura. "Inson kapitalini rivojlantirishning menejmenti yo'nalishlari." Open Academia: Journal of Scholarly Research 1.6 (2023): 1-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.