Научная статья на тему 'JAMIYAT IJTIMOIY HAYOTIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI'

JAMIYAT IJTIMOIY HAYOTIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
294
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqa / san’at. ijod / qo‘shiq / jamiyat / psixologiya / konsanans / dissonans / ohang / konsert / festival

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mardiev Abdusamad O‘G‘Li Shahbozxon, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘Li Moʻminmirzo

Maqolada musiqaning inson hamda jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ijtimoiy-psixologik muhitga ta’siri haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT IJTIMOIY HAYOTIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI»

JAMIYAT IJTIMOIY HAYOTIDA MUSIQANING TUTGAN O'RNI

Mardiev Abdusamad o'g'li Shahbozxon Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada musiqaning inson hamda jamiyat hayotida tutgan o'rni va ijtimoiy-psixologik muhitga ta'siri haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, san'at. ijod, qo'shiq, jamiyat, psixologiya, konsanans, dissonans, ohang, konsert, festival.

THE ROLE OF MUSIC IN THE SOCIAL LIFE OF SOCIETY

Mardiev Abdusamad oglu Shahbozkhon Supervisor: Kholmuminov Zokir oglu Mominmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com

Abstract: The article provides ideas about the role of music in the life of a person as well as a person and the impact on the socio-psychological environment.

Keywords: Music, art. creativity, song, society, psychology, consensus, dissonance, melody.

Har birimiz bilamizki, musiqa bugun yoki kecha paydo bo'lgan emas. O'z o'rnida keng qamrovli tushuncha sanalib, u ham rivojlanish tarixi va yo'nalishlariga egadir. Musiqa insonlar tomonidan hozirgacha ilmiy va amaliy o'rganilyotgan, havaskor yoki professional tarzda shug'ullanayotgan soha.

Musiqa - ohang (intonatsiya) san'ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o'ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o'zgartirishga yordam beradi. Ma'lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mehnat va dam olish chog'larida albatta ishtirok etadigan bo'lib, kishini ma'naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma'naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o'zi, uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.[1:3] Umuman olganda musiqa ham dastavval inson ongiga ona allasi orqali singadi. Vaqt o'tishi sayin musiqaga bo'lgan ehtiyoj va qiziqsh ham shu tarzda shakllanadi.

Chunonchi, musiqa insonlar maishiy hayotining bevosita yoki bilvosita bir bo'lagiga aylanib bormoqda. Albatta, biror quvonchli kun yoki tantanani musiqasiz

tasavvur qilish qiyin. Ammo musiqa biz uchun maishiy omil bo'lib qolishi kerak emas.

Musiqa - yunoncha "myuzis" so'zidan olingan bo'lib, muzalar san'ati, ilhom parilari san'ati degan m a'noni anglatadi. Inson hissiy kechinmalari. fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag'ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turidir. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat.[2:99]

Musiqa inson ijtimoiy-ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatuvchi va ma'lum darajada uning holatini belgilovchi unsurdir. Musiqa shaxs psixologiyasini turli holatda harakatlantiruvchi bir lamchi omildir. Sababi insonning eshitayotgan musiqasi kayfiyatini ko'tarishi, yaratuvchanlikka, ijodkorlikka undashi, xafa qilishi, tushkunlikka tushirishi mumkin. Aytilgani kabi bular musiqaga bog'liq. Lekin biz yuqorida keltirib o'tganlar ko'p jihatdan qo'shiqqa xos. Qo'shiqni esa biz fiziologik jihatdan (ohangni) eshitish, psixologik jihatdan (so'zlarni)tahlil qilish orqali o'zimizga qabul qilamiz. Musiqashunoslida musiqiy idrok tushunchasi bo'lib, biz qo'shiq yoki musiqiy asrni musiqiyidrok orqali his qilamiz. Tom ma'noda shu orqali musiqaning ruhiy va jismoniy holatimizga ta'sirini anglaymiz.

Biror-bir musiqa asarining mazmunini "o'qiy olish", uni tushunib yetish, hamda qanday tuzilganligini "ko'rish" uchun avvalo musiqa tilini bilish, musiqiy fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirish lozim.

"Musiqa tili" degani bu musiqiy ifodalilik va tasvirlilikning vositalaridan tashkil topgan tizim demakdir. Bular tovush balandligi, cho'zim, metr, ritm, interval, akkord, lad, tonallik, kuy kabi vositalardir. Musiqiy tilning vositalari musiqaning tarkibiy elementlari hisoblanadi. Musiqa elementlari va ularning o'zaro bog'liqligi haqidagi ta'lim musiqa nazariyasiga oid fanlarda bayon qilingan.[3:4]

Musiqa va unga oid ma'lumotlar qadimiy manbalar, qoyatosh suratlari, turli predmetlarga yozilgan musiqiy ohanglar orqali aytiladigan gaplar va qomusiy olimlarning asarlarida keltiriladi. Eng e'tiborli jihati yuqorida keltirilgan qoyatosh suratlarida biz musiqani qandan tinglashimiz yoki tushunishimiz mumkin deyishimiz mumkin. Suratlarda insonlarning turli joylarda olov yoki daraxtlar va shunga o'xshash narslar yonida turli xatti-harakatlar, raqslar bilan diniy yoki maishiy amallarni bajarganliklari tasvirlangan. O'z-o'zidan ma'lum bo'ladiki aytib o'tilgan harakatlar musiqa va qo'shiqlar jo'rligida amalga oshirilgan. Keyinchalik jamiyat taraqqiy etgani sari manbaalar ko'payadi. Masalan kitoblar yaratilagandan so'ng boshqa sohalar kabi musiqa sohasining ham o'tmishi haqida ma'lumotlar bizgacha og'zaki singari yozma shaklda yetib keladigan bo'ldi. Yozma ma'lumotlarni ko'plab manbaalarda uchratishimiz mumkin. Masalan Qadimgi Yunoniston, Rim, Misr, Hindiston tarixiy asarlari hamda zardo'shtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"da uchratishimiz mumkin. Shu jumladan Abu Nasr Farobiyning "Musiqa haqida kata

kitob", Ibn Sinoning "Kitob ash-shifo", Abdurahmon Jomiyning "Risolai musiqa" asarlari va Mirzo Ulug'bekning musiqaga oid beshta risolasi O'rta asrlar musiqashunosligiga misol bo'ladi. Keying davrlarda Yunus Rajabiy, Mutal Burxonov va Mirsodiq Tojiyevlar kabi musiqa ijrochilari va bastakorlar ham musiqa ilmi bilan shug'ullanishdi va qimmatli asarlar yaratishdi. Deyarli barcha qo'shiq va kuylari yoddan yozilgan Yunus Rajabiyning ko'p jildli "O'zbek xalq musiqasi", "Shashmaqom" to'plamlari o'z davri va hozirgi kun musiqashunosligi uchun ham eng qimmatli manbaa sifatida qoldi. G'arbda ham Motsart, Betxoven, Shopen, List, Chaykoviskiy, Raxmaninov, Bax, Skryabin kabi dunyoga mashhur musiqachi bastakorlar ijod qilishdi va san'at asarlarini yaratishdi. Ularning asarlari keying vakillar uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'tadi.

Ibn Sino (980-1037) musiqaning ruh bilan birgalikda tanaga ham shifobaxsh ta'sir ko'rsatishi haqida aytib o'tgan. U musiqaning ham fiziologik, ham psixologik nuqtai nazardan o'rgangan. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) "Risolai musiqa"sida, shuningdek, interval oraliqlarning his etilishi, ularning melodik va garmonik tuzilishlari konsanans (yoqimli) va dissonans (yoqimsiz) bo'lishlari haqida fikr yuritgan. [4:6]

Allomalarning yuqorida keltirilgan ilmiy va amaliy izlanishlari bugungi kunda umumiy ma'noda musiqiy psixoterapeya deb nomlanadi. Oddiy qilib aytganda sog'lomlashtirish uchun musiqa tanlanadi va tinglash ijod qilish tavsiya etiladi. Aynan psixolog yoki shifokor tavsiyalaridan tashqari insonlarning o'zlari ham charchoq holati, stress paytida yoqtirgan musiqalarini tinglash orqali ruhiy tetiklikka erishadilar. Undan tashqari bu usul inson ma'naviyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Jumladan musiqa eshitish orqali shu musiqa ohanglari ya'ni ritmlariga xos ruhiy va jismoniy jarayonlarga mos ravishda harakat qiladi. Agar matni yaxshi qo'shiq tinglansa inson ajoyib kitob o'qigandek bo'ladi.

Agar insonning qulog'i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o'rganib qolsa, borabora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam "Shashmaqom" singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo'ladi. [5:89]

Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz I. Karimovningning fikrlari juda o'rinlidir. Har qaynday musiqiy asar va har qanday qo'shiq inson kamoloti uchun xizmat qilishi lozim. Bu borada asosan yoshlar bilan targ'ibot ishlari tashkil qilinishi, ularni milliy musiqalarimiz, maqom san'atimiz va xalq og'zaki ijodiga qiziqtirish kerak. Gap shundaki, ko'pgina yoshlar bularga zerikarli yoki qo'pol qilib aytganda eskilik sarqiti sifatida qarashlari juda achinarlidir. Bugungi kunda musiqiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyati uchun ijodkorlar ya'ni bastakorlar, cholg'uchilar, shoirlar, ijrochilar va

tinglovhilar ham mas'uliyatni his etishlari zarur. Ma'lum vaqt davomida yashab so'ng unitiladigan sayoz asarlardan voz kechishimiz jamiyat uchun ham foydali deb o'ylayman. Chunki musiqa shunchaki ohanglarning ritmik moslashishi, tushinarsiz tovushlar yoki qofiyasi mos kelgan ma'nosiz she'rning qo'shiq qilinishi emas. Har qaysi ijodiy ishlardan ko'zlangan ijobiy natija bo'lishi kerak. Masalan qaysidir ijtimoiy holatni ifodalash yoki ota-onaga, Vatanga muhabbat ruhini singdirish, do'stlik va mehr-oqibat tushunchalarini targ'ib etish uchun xizmat qilishi kerak. Insoniylik, insof, manfaat, kibr kabi ijobiy va salbiy tushunchalarning to'gri talqin etilishida qo'shiqlar va musiqiy asarlarning o'rni kattadir.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda. [6:88]

Albatta, yurtimiz aholisining asosiy qismi yoshlar ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, ular tinglayotgan yoki ular ishtirokida yaratilyotgan musiqiy asarlarning nechog'lik foydali ekanli juda e'tiborli jihatdir. Bugungi globollashuv davrida esa mafkuraviy irodani shakllantirish har birimizning yetakchi maqsadimiz bo'lishi kerak. Chunki har bir yaratilgan asarlar singari musiqiy asarda ham shu davrga xos ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, e'tiborli jarayonlar, jamiyatning qaysidir bo'g'inidagi kamchiliklar xursandchilik vas hu kabi jihatlar yoritiladi. Bundan tashqari milliyligimiz va madaniyatimizning ma'lum bir qismi ham chet elliklar uchun milliy musiqalarimiz orqali namoyon bo'lgan va shu an'ana davom etib kelmoqda. Milliy qo'shiqchilikdan tashqari musiqaning boshqa bir qator yo'nalishlarida ijod qiluvchilar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Iste'dodli yoshlarga ham qulayliklar mavjuddir. Ustoz-shogird an'analarining sohadigi o'rni bilinyapti. Sohani rivojlantirshga oid bir qancha yangiliklar joriy qilinyapti. Turli xil mahalliy va xalqaro miqyosida konset va festivallar tashkil o'tkazilyapti. Bularning barchasi xalqimiz, Vatanimiz hamda siz-u biz uchun qilinyotgan amaliy ishlardir. Gap shundaki tashkil etiladigan xalqaro musiqiy festival yoki konsert orqali unga tashrif buyuruvchilarning oqimli kelishini kengaytirishimiz, xalqaro doirada yurtimiz darajasini yana bir pog'onaga ko'tarishga erishishimiz mumkin. Musiqa san'ati sababli boshqa sohalar ham moddiy va ma' naviy jihatdan foyda ko'rishlari mumkin. Jumladan turizm, milliy hunarmandchilik va boshqa bir qator sohalar.

Xulosa qilib aytganda, havaskor yoki professional ijodkorlarning jamiyat va san'at, o'tmish va bugungi kun o'rtasida ko'prik vazifasini bajarishlari ularga katta mas'uliyat yuklaydilar. Bu o'rinda nafaqat musiqa balki barcha madaniyat va san'at vakillari, ustozlarining kuchli iroda hamda mehnatlari talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ibraximjanova Gavxar Amanbayevna, Urmanova Lola Akbarovna, Xodjayeva Maxfuza Xalilovna, Xalilov Faxriddin Nuriddinovich. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya (Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma) // Toshkent. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. "NISO POLIGRAF" MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

2. Nodirbek Sayfullayev. Teatr, kino va musiqa san'ati. O'quv qo'llanma // Toshkent. -"LESSON PRESS" MChJ nashriyoti "HAKIMA NASHR GROUP" MChJ bosmaxonasida chop etildi.

3. Ibraximjanova Gavxar Amanbayevna, Urmanova Lola Akbarovna, Xodjayeva Maxfuza Xalilovna, Xalilov Faxriddin Nuriddinovich. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya (Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma) // Toshkent. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. "NISO POLIGRAF" MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

4. R.G'.Qodirov Musiqa psixologiyasi (ma'ruzalar kursi).O'quv qo'llanma // Toshkent. -"Musiqa", 2005. 80 bet

5. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. // Toshkent. -"Ma'naviyat" nashriyoti, 2008. 108 bet

6. O'sha manbaa 88- bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.