Научная статья на тему 'JAHON VA O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA MYUZIKL JANRI'

JAHON VA O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA MYUZIKL JANRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
102
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
myuzikl / kompozitorlar / jahon san'ati / musiqa / teatr / madaniyat / raqs / ijod / uslub. / мюзиклы / композиторы / мировое искусство / музыка / театр / культура / танец / творчество / стиль.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.A. Rasulov

ushbu maqolada jahon va O‘zbekiston kompozitorlarining Myuzikl janrida ijod etishidagi o‘ziga xos xususiyatlar, tarixi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Myuzikl janri — teatr san’atining muhim qismi bo‘lib, musiqaning, raqsning va dramatik elementlarning birlashuvi orqali hikoya qilish imkoniyatini beradi. Jahon mýuzikllarining muvaffaqiyatli misollaridan kelib chiqib, O‘zbekiston mýuzikl san’atining shakllanishi, rivojlanishi va milliy madaniyat bilan bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola shuningdek, O‘zbekiston kompozitorlarining Myuzikl janrida o‘ziga xos uslublari, mavzulari va ijodiy yondashuvlari haqida fikr yuritadi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va an’anaviy musiqasi bilan janrning uyg‘unlashuvi, zamonaviy ijtimoiy va madaniy muhitdagi o‘rni haqida ham xulosalar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSICAL GENRE BY WORLD AND UZBEK COMPOSERS

в данной статье анализируются уникальные особенности, история и развитие мировых и узбекских композиторов в музыкальном жанре. Музыкальный жанр — важная часть театрального искусства, позволяющая передать повествование посредством сочетания музыкальных, танцевальных и драматических элементов. На основе успешных примеров мировых мюзиклов рассматриваются аспекты, связанные со становлением, развитием и нatsiональной культурой музыкального искусства Узбекистана. В статье также размышляются об уникальных стилях, темах и творческих подходах узбекских композиторов в музыкальном жанре. Сделаны выводы о сочетании жанра с богатым культурным наследием и традиционной музыкой Узбекистана, его месте в современной социокультурной среде.

Текст научной работы на тему «JAHON VA O‘ZBEK KOMPOZITORLARI IJODIDA MYUZIKL JANRI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© D.A. Rasulov1H_

1Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'at instituti, Toshkent, O'zbekiston.

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada jahon va O'zbekiston kompozitorlarining Myuzikl janrida ijod etishidagi o'ziga xos xususiyatlar, tarixi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Myuzikl janri — teatr san'atining muhim qismi bo'lib, musiqaning, raqsning va dramatik elementlarning birlashuvi orqali hikoya qilish imkoniyatini beradi. Jahon myuzikllarining muvaffaqiyatli misollaridan kelib chiqib, O'zbekiston myuzikl san'atining shakllanishi, rivojlanishi va milliy madaniyat bilan bog'liq jihatlari ko'rib chiqiladi. Maqola shuningdek, O'zbekiston kompozitorlarining Myuzikl janrida o'ziga xos uslublari, mavzulari va ijodiy yondashuvlari haqida fikr yuritadi. O'zbekistonning boy madaniy merosi va an'anaviy musiqasi bilan janrning uyg'unlashuvi, zamonaviy ijtimoiy va madaniy muhitdagi o'rni haqida ham xulosalar beriladi.

MAQSAD: ushbu maqolaning asosiy maqsadi jahon va O'zbekiston kompozitorlarining myuzikl janridagi ijodi va uning rivojlanishi bo'yicha ijodiy, estetik va madaniy hususiyatlarni tahlil qilishdir. Myuzikl janrining o'zini o'zi anglash, musiqaning, raqsning va dramatik elementlarning sintezi orqali amalga oshiriladigan ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini ko'rsatish hamda O'zbekistondagi myuzikl ijodining o'sishi va rivojlanishini, milliy an'analar bilan bog'liqliklarini aniqlash. Shundan kelib chiqib, maqola da O'zbekiston myuzikl san'atidagi innovatsion yondoshuvlar, zamonaviy tendensiyalar va global san'at muhitidagi o'rni ham tadqiq qilinadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotdagi metodologiya, asosan, quyidagi usullarni o'z ichiga oladi: Tahlil usuli, Solishtirish usuli, Keys -stadi usuli, Intervyu usuli, Kvantitativ va kachestveniy tadqiqot usullari. Ushbu metodlar tadqiqotning to'g'ri va samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu maqolada jahon va O'zbekiston myuzikl janrining rivojlanishi, xususiyatlari va ijodiy faoliyati to'g'risida olingan ma'lumotlar ko'rib chiqildi. Myuzikl, o'zining jonli ritmlari, raqs, musiqa va drama elementlari bilan jahon teatr san'atida muhim o'ringa ega. Bundan tashqari, myuzikl janrining jahon miqyosidagi rivoji, yangi tendensiyalar, innovativ yo'nalishlar va u bilan bog'liq ijodiy tajribalar, asosan, amerika va yevropa myuzikllari orqali kuzatilishi mumkin.

XULOSA: xulosa qilib aytadigan bo'lsak, myuzikl janr jihatdan juda murakkab va ko'ptarkiblidir, u turli oqimlar va uslubiy yo'nalishlarni o'z ichiga olgan holda, xar bir

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

mamlakatda o'ziga hos tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Myuzikl jahon va o'zbek musiqa san'atida o'z o'rnini topdi.

Kalit so'zlar: myuzikl, kompozitorlar, jahon san'ati, musiqa, teatr, madaniyat, raqs, ijod, uslub.

Iqtibos uchun: D.A. Rasulov. Jahon va o'zbek kompozitorlari ijodida myuzikl janri. // Inter education & global study. 2024. №8. B. 431-438.

МУЗЫКАЛЬНЫЙ ЖАНР МИРОВЫХ И УЗБЕКСКИХ КОМПОЗИТОРОВ

© Д.А. Расулов1И

1Узбекский нaцональный институт музыки и искусства имени Юнуса Раджаби,

Ташкент, Узбекистан_

Аннотaция

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье анализируются уникальные особенности, история и развитие мировых и узбекских композиторов в музыкальном жанре. Музыкальный жанр — важная часть театрального искусства, позволяющая передать повествование посредством сочетания музыкальных, танцевальных и драматических элементов. На основе успешных примеров мировых мюзиклов рассматриваются аспекты, связанные со становлением, развитием и нatsiональной культурой музыкального искусства Узбекистана. В статье также размышляются об уникальных стилях, темах и творческих подходах узбекских композиторов в музыкальном жанре. Сделаны выводы о сочетании жанра с богатым культурным наследием и традиционной музыкой Узбекистана, его месте в современной социокультурной среде.

ЦЕЛЬ: основной целью данной статьи является анализ творческих, эстетических и культурных особенностей мировых и узбекских композиторов в музыкальном жанре и его развитии. Показать значение музыкального жанра как творческого процесса, реализующегося через самореализацию, синтез музыкальных, танцевальных и драматических элементов, а также определить рост и развитие музыкального творчества в Узбекистане, его связи с национальными традициями. На основе этого в статье исследуются инновационные подходы в музыкальном искусстве Узбекистана, современные тенденции и его место в мировой художественной среде.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: методика данного исследования в основном включает в себя следующие методы: аналитический метод, сравнительный метод, метод тематического исследования, метод интервью, количественные и качественные методы исследования. Эти методы служат правильному и эффективному проведению исследования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в данной статье были рассмотрены полученные сведения о развитии, особенностях и творческой деятельности музыкального жанра мира и Узбекистана. Мюзикл с его живыми ритмами,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

элементами танца, музыки и драмы занимает важное место в мировом театральном искусстве. Кроме того, глобальное развитие музыкального жанра, новые тенденции, инновационные направления и связанный с ними творческий опыт можно наблюдать преимущественно через американские и европейские мюзиклы.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: подводя итог, можно сказать, что музыкальный жанр очень сложен и многогранен, в каждой стране он формируется и развивается по -своему, включая различные течения и стилистические направления. Мюзикл нашел свое место в мировой и узбекской музыке.

Ключевые слова: мюзиклы, композиторы, мировое искусство, музыка, театр, культура, танец, творчество, стиль.

Для цитирования: Расулов Д.А. Музыкальный жанр мировых и узбекских композиторов. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 431-438.

MUSICAL GENRE BY WORLD AND UZBEK COMPOSERS

© Doston A. Rasulov1®

1Uzbek National Music and Art Institute named after Yunus Rajabi, Tas'hkent,

Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article analyzes the unique features, history and development of the world and Uzbek composers in the musical genre. The musical genre is an important part of theater art, which allows for storytelling through the combination of music, dance and dramatic elements. Based on the successful examples of world musicals, aspects related to the formation, development and national culture of the musical art of Uzbekistan are considered. The article also reflects on the unique styles, themes and creative approaches of Uzbek composers in the musical genre. Conclusions are given about the combination of the genre with the rich cultural heritage and traditional music of Uzbekistan, and its place in the modern social and cultural environment.

AIM: the main goal of this article is to analyze the creative, aesthetic and cultural features of the world and Uzbek composers in the musical genre and its development. To show the importance of the musical genre as a creative process realized through self-realization, synthesis of music, dance and dramatic elements, and to determine the growth and development of musical creativity in Uzbekistan, its connections with national traditions. Based on this, the article explores innovative approaches in the musical art of Uzbekistan, modern trends and its place in the global art environment.

MATERIALS AND METHODS: the methodology in this study mainly includes the following methods: Analytical method, Comparative method, Case-study method, Interview method, Quantitative and qualitative research methods. These methods serve the correct and effective implementation of the research.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: in this article, the information received about the development, characteristics and creative activity of the musical genre of the world and Uzbekistan was considered. The musical, with its lively rhythms, elements of dance, music and drama, has an important place in world theater art. In addition, the global development of the musical genre, new trends, innovative directions and related creative experiences can be observed mainly through American and European musicals.

CONCLUSION: to sum up, the musical genre is very complex and multifaceted, it is formed and developed in a unique way in each country, including various currents and stylistic directions. The musical has found its place in world and Uzbek music.

Key words: musicals, composers, world art, music, theater, culture, dance, creativity, style.

For citation: Doston A. Rasulov. (2024) 'Musical genre by world and uzbek composers', Inter education & global study, (8), pp. 431-438. (In Uzbek).

Zamon va musiqaning bir - biriga uzviy bog'liqligi "Zamonaviy musiqa" degan tushunchani yuzaga keltiradi. Bu tushuncha, har bir davrda yaratiladigan musiqiy asarning o'ziga hos jihatlari, hususiyatlari muayyan zamon talablariga javob beradigan ko'rinishda bo'lishini ko'rsatadi. Yana shuni aytish joizki, musiqa san'ati zamon an'analarini o'zida mujassam etgan holda rivojlanadi va natijada, yangi janr, shakl, uslublar yuzaga keladi. Ushbu kurs ishi loyihasida, XX asrda yuzaga kelgan, zamonaviy musiqa san'atida eng ommabop musiqiy - sahnaviy asar sanalmish Myuzikl janri haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Myuzikl (angl. Musical) - gohida musiqiy komediya ham deb yuritiladi. Unda dialoglar, qo'shiqlar, xoreografik raqslar va musiqaning birligi musiqiy - sahnaviy myuzikl asarini hosil qiladi. Myuzikl janrining ko'p qirraliligi uning murakkab asarligini ko'rs atadi. Myuzikl syujeti ko'pincha jahon adabiyotining yorqin dramaturgik asarlari asosida bo'ladi. Uning kelib chiqishida: operetta, komik opera (buffa), vodevil janrlarining ta'siri juda katta. Myuzikl uzoq vaqt alohida sahnaviy asar sifatida tan olinmagan. Keyinchalik, musiqashunoslarning janrni o'rganishlari, izlanishlari natijasida, unga quyidagicha ta'rif beriladi: "Myuzikl - o'z ichida bir nechta janrlarni mujassamlashtirgan, murakkab asardir".

Bundan tashqari, myuziklga aloqador quyidagi fikrlarni bildiradilar:

M. Grinberg va M. Tarakanovlar: "Myuzikl termini kelib chiqishi - 1943 - yil kompozitor R. Rodjers va O. Xammerstayn asari asosidagi "Oklaxoma!" spektaklining qo'yilishi bilan bog'liq" [1].

S. Bushuyeva: "XX asrda yuzaga kelgan ushbu janrning aniq shaklini va tuzilishini aniqlamoqchi bo'lganlar ko'p ammo, uning zamon ta'siridagi tinimsiz o'zgarishi bunga to'sqinlik qiladi" [2].

E. Kampus: "Endigina yuzaga kelgan va shakllanayotgan janrning formulasini aniqlash juda murakkab masaladir" [3].

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

cc

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

V. Savrannskiy "Myuzikl janri ko'ptarkibli bo'lganligi sababli, myuzikl termini aniqlashtirilgan holatda ishlatilishi lozim, yani «vodevil kabi myuzikl», «operetta kabi myuzikl». v.k.h." [4].

Tinimsiz rivojlanayotgan myuzikl janri, boshqa musiqiy-sahnaviy janrlarning hususiyatlarini o'ziga singdirib boradi, lekin shu bilan birga o'zining asosini saqlab qoladi.

Myuzikl ko'pincha shakl jihatdan 2 aktdan iborat bo'lgan spektakl sifatida namoyon bo'ladi va unda xoreografiya katta o'rin egallaydi.

Birinchi myuzikl Black Crook deb nomlanib, 1866 yil prodyusser D.Edvards boshchiligida, Nyu York sahnasida ilk bor ijro etiladi.

Myuziklda romantik balet, melodrama va boshqa janrlar majmuini ko'rishimiz mumkin.Aynan ushbu myuzikl, yangi janrning yuzaga kelishidagi ilk qadam xisoblanadi. Musiqiy komediya maishiy harakterda bo'lib, unda syujet ikkinchi darajali o'rinni egallaydi. Birinchi darajaga esa xalqning mashhur qo'shiqchilari tomonidan ijro etiladigan vokal asarlar chiqadi. Ushbu kuy, qo'shiqlar xalqning mumtoz musiqasiga aylanadi desak xam mubolag'a bo'lmaydi.

Myuzikl janrining Amerika davlatidagi rivoji:

Birinchi jahon urish yillari Xerbert, Friml, Romberg kabi mahoratli kompozitorlar myuzikl janrini Amerikada rivojlanishiga o'z xissalarini qo'shdilar. 20 - 30 yillarda esa Djeroma Kern, Djordj Gershvin, Kola Porter va boshqa kompozitorlarning yaratgan betakror asarlari natijasida, myuzikl asl Amerika musiqasiga hos bo'lgan bo'yoqlarini oladi. YA'ni, libretto murakkablashadi, djaz, regtaymning ritmga ta'siri kuchayadi, qo'shiqlarda esa amerikan ohanglari yuzaga keladi. Myuziklning ko'plab qo'shiqlari klassi k musiqaga aylanadi. Qo'shiqchilarning esa aktyorlik mahorati ortib boradi. 1932 yil kompozitor Gershvin " YA poyu o tebe" myuzikli uchun premiya bilan taqdirlanadi.

Rodjers va Xamerstaynlarning hamkorlikdagi ijodlari bir qator yorqin myuzikllarning vujudga kelishi sabab bo'ladi.

Bular: "Oklahoma!" (1943), "Karusel" (1945), "Yug tixogo okeana" (1949) ushbu asarlar yetuk dramaturgiyasi bilan ajralib turadi. Bu o'sha davrda katta muvaffaqiyatga erishgan asarlar va myuzikl janrining rivojlanishidagi ilk qadam sanaladi.

Ikkinchi jahon urishidan so'ng myuzikl harakter jihatdan hajviy emas balki, qat'iy ko'rinishda bo'ladi va raqslarning ortishi, xoreografiyaning ahamiyatini kuchayishiga olib keladi. Bunga Shekspirning " Romeo va Djulyetta" tragediyasi asosida yozilgan "Vestsaydskaya istoriya" (1957) myuziklning misol qilishimiz mumkin.

60 - yillarning oxirida XX asrning turli uslublarini myuziklga ta'siri natijasida, u yangicha tushuncha sifatida namoyon bo'ladi. "Volosi" spektaklida ushbu davrdagi zamonaviy xippilar aks ettirilgan bo'lib, bu "birinchi amerikan lirik rok myuzikl" nomini oldi.

70 - yillarda spektakllar soni kamayib boradi, ammo sahna ko'rinishlar va kostyumlarga e'tibor kuchayib, ular yanada ko'rkam va shohona ko'rinishga ega bo'ladi, myuzikl ma'no va mazmun jihatidan chuqqurlashadi.

Myuzikl janrining rivojlanishiga va jahon musiqa san'atida yuqori o'rin egallashiga o'zining katta hissasini qo'shgan kompozitor Endryu Lloyd Uebber hisoblanadi. U o'zining

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

betakror asarlari orqali myuzikl janrini mazmun, uslub jihatdan boyitib, uni yuksak darajaga ko'taradi.

Librettist Tim Rays va kompozitor E. Uebber hamkorligida yaratilgan "lisus Xristos superzvezda" (1971y), qatiy mazmundagi "Evita"(1978y) asarlari, myuzikl janrining rivojlanish jarayonida bosib o'tgan katta yo'lini yaqqol namoyon qiladi. Bulardan tashqari, E. Uebber qalamiga mansub bo'lgan "Koshki" T.S.Elliota she'riy to'plami asosida, myuziklda yorqin obrazlarni, musiqada mushuklarni intonatsiyasini, raqslarni mahoratli ijrosini ko'rishimiz mumkin. Kompozitorning yana bir mashhur asari "Prizrak operi" deb nomlanadi, myuziklda detektiv va triller elementlarini uchratishimiz mumkin. Shuni aytib o'tish joizki, myuzikl janrini jahon miqyosida tanitgan brodvey myuzikli hisoblanadi.

Fransiyada myuzikl janrining shakllanishi Amerikanikidan biroz farqlanadi. Ularning myuzikllarida dekoratsiyaga va sahna ko'rinishlariga e'tibor sust bo'lib, ko'proq estrada qo'shiqchilarining konsertiga o'xshab ketardi. Bunga R. Kochchante va L. Plamodona qalamiga mansub "Notre Dam de Paris" myuzikli yorqin misoldir. Lekin yillar o'tib zamon talablari o'zgardi, kostyum va dekoratsiyalarga katta ahamiyat berila boshlandi. Fransuz kompozitorlari myuzikl janrida samarali ijod qilib, bir qator mashhur asarlarni yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Myuzikllar mazmun jihatdan boy bo'lib, ularni asosan 2 guruhga ajratish mumkin:

Buyuk shahslar hayoti yoki ijodini ko'rsatuvchi myuzikllar:

"Jorj Sand va romantika"(l991)

"Emili Joli"(2002)

"Kleopatra, Misrning so'ngi qirolichasi"(2009)

"Motsart - rok - opera"(2009) v.x.k.

Mashxur asarlar asosidagi romantik myuzikllar:

"Romeo va Djulyetta"(2000) libretto va musiqa muallifi J.Presgurvik.

"Ali - Boboning ming bir xayoti"(2001) musiqa muallifi Ch.Aboulker

"Don Juan"(2003) musiqa muallifi F. Grey.

Myuzikl janri rus musiqa san'atini ham chetlab o'tmadi. Rus musiqasida myuzikl janrining ilk namunasi «Orfey va Evridika» myuzikli hisoblanadi. U hozirga qadar Sankt -Peterburg «Rok - opera» teatrida ijro etilib kelmoqda. Myuzikl janri rus musiqa san'ati da yetakchi o'rin egallaydi. Bu janrda murojat qilgan va myuzikl janrida samarali ijod qilgan kompozitorlar A. Ribnikov, A. Pantikin, G.Gladkov va boshqalardir. Rossiya myuzikllari xalqchil mavzusi va musiqasi bilan ajralib turadi. Janr turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Masalan: "Yunona i Avos"(1981) - rok opera; "Posledneye ispqtaniye","Maugli"(2005), -rus fentezi -myuzikl; "Deti Solnsa" - etno - myuzikl; "Nord - 0st"(2001) - jahon miqyosida rus myuzikli sifatida tan olingan, "12 Stulyev"(2003) Ulf va YE.Petrov romanlari asosida, "Monte - Kristo"(2008),"Bremenskiye muzikanti» "Master i Margarita"(2009), "Myortviye dushi»- rus myuzikllari.

Dunyoning turli mamlakatlarida janrining tinimsiz shakllanib, rivojlanish natijasida myuzikl muayyan xududning an'analarini o'ziga singdirib, yangi ko'rinish va shaklda namoyon bo'ladi. Bu janrning O'zbekistonda shakllanish ildizlari, o'zbek xalqining og' zaki

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ijodiyoti, qiziqchilik va masxarabozlik san'atlariga, komik opera va musiqali - komediya borib taqaladi. Myuzikl janrini o'zbek musiqa san'atida rivojlantib, bu janrga murojat qilgan kompozitorlar quyidagilar: Ermak Salixov, Vladimir Milov, Avaz Mansurov, G'ani Xalikov, Anvar Ergashev, Alisher Ikromov. O'zlarining yaratgan asarlarini "myuzikl" deb atar ekanlar, janrning o'ziga hos jihatlarini inobatga oladilar. O'zbek myuziklining syujetining mazmun doirasi juda keng. Ammo uning ko'p qismini bolalar va yoshlar uchun mo'ljallangan myuzikllar tashkil qiladi, bu bolalarning estetik , psixologik to'g'ri tarbiyalashiga yordam beradi va o'zbek xalqining yosh avlodga bo'lgan kuchli e'tiborini ko'rsatadi. Bizga malumki, nafaqat O'zbekiston balki butun jahon yoshlari, yengil va sho'x pop, estrada, djaz musiqasiga judayam qiziqadilar [5]. Yoshlarning bu ehtiyojlarini hisobga olgan holda kompozitorlar zamon talabiga moslashtirib, musiqani ommabop, sodda tuzilmada yaratishga va unda xalqchillik, mantiqiy jixatlarini umumlashtirishga intiladilar. Hozirga kelib, O'zbekistonda quyidagi myuzikllar yaratilgan:

Ermak Salixov - " Oygul uchun sovg'alar", libretto Y.Sherbachenko xalq ertaklari asosida (1976), "Ajoyib doira" o'zbek xalq ertaklari asosida (1980).

Vladimir Milov - " Drakon va svirel"(1985), "Tilning tug'ilishi va o'lishi"(1987), "Bo'g'irsoq"(1990).

G'ani Xakimov - "Kashmir qo'shig'i" Sh.Rashidov asari asosida.

Anvar Ergashev - " Tegirmon ustidagi quyosh"(1991), "Ilonlar qirolichasi"(1995), "12 oy" (1995) S. Marshak ertaklari asosida, " Qor malikasi" (1996), "Ayoz bobo"(1998).

Avaz Mansurov - "Kachal Polvon va Garmel" (1988), "Ur to'qmoq"(1989).

Alisher Ikromov - "Afsonaviy zinapoya"(1986),"Shum bola"(1993), "Xolajon uylanmoqchiman" (2004), "Ming bir kecha".

Bulardan tashqari myuzikl janrida yosh kompozitorlar ham murojat qilishni boshladilar.

Masalan: Irina Berlin "Bir kuni Nyu - Yorkda"(2004) judayam qiziqarli spektakl, kuy va ritm asosida djaz, esrada jilolari mavjud. Bu myuzikl g'arb myuzikllariga juda yaqin [6].

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, myuzikl janr jihatdan juda murakkab va ko'ptarkiblidir, u turli oqimlar va uslubiy yo'nalishlarni o'z ichiga olgan holda, xar bir mamlakatda o'ziga hos tarzda shakllanib, rivojlanib bormoqda. Myuzikl jahon va o'zbek musiqa san'atida o'z o'rnini topdi. Kompozitorlarning tinimsiz izlanishlari, o'z uslublarini topish uchun qilinayotgan harakatlari myuzikl janrining turli hududlarda turlicha namoyon bo'layotganligini ko'rsatadi. Myuzikl janri hozirga qadar tinimsiz o'zgarib kelm oqda, uning bu taraqqiyoti hali ko'p davrlar davom etadi degan fikrni oldinga sursak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, kompozitorlarning bu janrga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda, ularning yaratayotgan asarlari orqali bu janrni yangicha tarzda targ'ib etishga urinayotganliklarini ko'rishimiz mumkin. Yosh ijodkorlarning yangilikka intiluvchanligi myuzikl janrining yanada boytishiga ishonamiz.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Т.М. Гринберг М., "Современный мюзикл" Советский музыкальный театр. Проблемы жанров, 1982.

2. С. Бушуева, "Мюзикл," Искусство и массы в современном буржуазной обществе, 1989.

3. Э. Кампус, О мюзикле, 1983.

4. В. Савранский, "Что такое мюзикл?," Вечерний Ташкент, 1972.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Н. Махаров, "Становление узбекской нatsiональной композиторской школы," Проблемы современной науки и образования., 2017.

6. Д. Расулов, "Замонавий Естрада ва Композиторлик санъатининг хозирги кундаги ютук ва камчиликлари," Сcиенcе анд Инноватион., вол. 1, но. 6, 2022.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Rasulov Doston Alisher o'g'li, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'at instituti, o'qituvchisi [Rasulov Doston Alisher o'g'li, Uzbekskiy natsionalniy institut muziki i iskusstva imeni Yunusa Radjabi, prepodavatel], [oston A. Rasulov D, Uzbek National Music and Art Institute named after Yunus Rajabi, teacher]; manzil: O'zbekiston, Toshkent, mustaqillik ko'chasi, 31-uy [adrec: Uzbekistan, Toshkent, ul. mustaqillik, 31], [address: Uzbekistan, 31, mustakillik st., Tashkent city] YE-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.