Научная статья на тему 'FORTEPIANO IJROCHILIK MAKTABI VA ZAMONA'

FORTEPIANO IJROCHILIK MAKTABI VA ZAMONA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
304
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kompozitor / janr / fortepiano / musiqiy asar / ijrochilik / badiiy g‘oya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Arzibayeva Zuhra Ilyasovna

Ushbu maqolada О‘zbekiston san’at olamida о‘zbek kompozitorlarining fortepiano ijrosi uchun yaratilgan asarlari о‘rni masalasi kо‘rib chiqildi. Mavjud kompozitorlik maktabining bugungi kun ijodkorlari uchun qay darajada muhim ekanligi ochib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FORTEPIANO IJROCHILIK MAKTABI VA ZAMONA»

FORTEPIANO IJROCHILIK MAKTABI VA ZAMONA

Arzibayeva Zuhra Ilyasovna O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston san'at olamida o'zbek kompozitorlarining fortepiano ijrosi uchun yaratilgan asarlari o'rni masalasi ko'rib chiqildi. Mavjud kompozitorlik maktabining bugungi kun ijodkorlari uchun qay darajada muhim ekanligi ochib berildi.

Kalit so'zlar: kompozitor, janr, fortepiano, musiqiy asar, ijrochilik, badiiy g'oya

PIANO PERFORMING SCHOOL AND MODERN

Arzibayeva Zuhra Ilyasovna Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the role of works by Uzbek composers for piano performance in the art world of Uzbekistan. It revealed how important the existing school of composition is for today's artists.

Keywords: composer, genre, piano, musical, performance, artistic idea

O'zbek milliy musiqa san'ati o'zining boy tarixi va qadimiyligi bir necha asrlar davomida, o'ziga xos tarzda rivojlanib yanada sayqallanib kelmoqda. Bu merosning bugungi kunga qadar saqlanib kelishi va keng targ'iboti yulida nafaqat O'zbekistonda, balki jahon miqyosida o'zining sermahsul ijodi bilan tarixiy ahamiyatga eaga buyuk ijodkorlar nomlarini aytish joyizdir. O'tgan asrning 20-yillaridan boshlab, milliy musiqiy merosni turli janrlar talqinida o'ziga xos milliy joziba va mezonlarini saqlagan holda ommaga taqdim etish yulida qator kompozitor va basatkorlar beminnat jonbozlik ko'rsatganlar.

Bu davrga kelib musiqa merosini o'rganish va kelajak avlod uchun milliy ohanglardan foydlangan holda yangi janrlar asosida ularni xalqqa yana qayta taqdim qilishdek mashaqqatli ishlar amalga oshirildi. Bu borada boshqa millat musiqa bilimdonlaridan N.Mironov, V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel, R.Glier, S.Vasilcheko, keyinchalik esa B.Brovsin, B. Nadejdin, B. Giyenko, G.Sobitov kabilar say harkatlari yetakchilik qilgan. Bu ijodkorlar oz muddat mobaynida o'zbek musiqa merosini o'rganibgina qolmay, o'zbek bastakorlari bilan hamkorlikda davr talabi va muhitidan kelib chiqqan holda, dolzarb mavzular asosida qator cholg'u va vokal asarlarini yaratilishiga sababchi bo'ldilar. Ularning yaratgan xar bir asarlari negizida, milliy ohanglar o'ziga xos tarzda talqin etilganligini kuzatish mumkin. Ijodkor

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

kompozitorlar musiqa meros o'zgapmas milliylik ruxiyatini saqlagan holda, boshqa yod janrlar talkinida ifoda eta bilganligi, davrning katta yutuqlaridan biri edi. Oddiy xalq uchun bu yevropacha janrlar talqinidagi milliy ohanglar, ilk bor musiqali darmalarda aks etdi. Musiqali dramalar ko'rinishi, ma'lum jihatdan ham shakl-shamoyili, ham dramatik g'oyalar mavzusiga ko'ra turlicha tarzda kompozitor va dramaturglar ijodida o'z ifodasiini topdi. Zero, bu janrlar qatorida fortepiano cholg'usi asarlariga ham e'tibor kuchayib bordi. Bu cholg'u musiqasi o'zbek xalqi uchun yangilik bulishiga qaramay, oz muddat ichida o'z ijodkorlariga ega bo'lib ulgurgandi. O'zbek bastakorlaridan Manas Leviyev, Doni Zokirov, Hamid Rahimov, Ibrohim Hamrayev, Fattox Nazarov, Ikrom Akbarov, Abduraxim Muxamedov, Matniyoz Yusupov, Abdusharif Otajonov, Sulton Hayitboyev, va boshqalar nafqat o'zbek milliy musiqali dramaning yaratilishida balki frortepiano asarlarini yaratilishida ham tarixiy ahamiyat kasb etadi. Fotrepiano cholg'usi uchun yaratilagn kuy va ohanglarda milliy ohanglar uyg'unligidagi yangicha musiqa namunalari kompozitorlar ijodidan joy oldi.

Bir asrlik vaqt mobaynida, mustaqillikdan so'ng, milliy va dunyoviy janrlarning rivojlanishiga katta imkoniyatlar ochib berildi, bu imkoniyatlar bugungi kunda o'zing natijasini berib kelmoqda. Shu kunga qadar, nafaqat milliy musiqiy janrlar balki, yevropa janrlari ham birdek rivojlanib, jahon miqyosida ham bu bastini ko'rsatib kelmoqda. Bu kabi qator jarnlar tarkibida cholg'u musiqasi, yani fortepiano ijrochilik an'analari ham birdek taqsinga loyiq.

Uch asrlik tarixga ega bo'lgan mukammal fortepiano cholg'usi uchun yozilgan musiqiy asarlar Yevropa kompozitorlarining ijodiy izlanishlari natijasi samarasidir. Bu o'tilgan davr ichida Yevropa musiqa san'atida fortepiano cholg'u ijrochiligi uchun o'ziga xos bo'lgan qator musiqiy janrlar yuzaga keldi. Ushbu janrlarning har birida o'ziga xos shakl, mazmun, dramaturgiya va albatta badiiy g'oyasi yetakchilik qiladi. Xususan, oddiy fortepiano pyesalaridan tortib, toki yirik shakldagi konsert janrlargacha kompozitorlar tomonidan yaratilib, ijrochilar tomonidan sevib ijro etilib kelinmoqda. Bu asarlar hozirgi kunda allaqachon tarix sahifalariga muhrlanib ulgurgan.

O'zbek musiqa san'at olamida esa, fortepiano musiqa ijrochiligi uncha ko'p bo'lmagan chorakkam bir asrlik davrni o'z ichiga qamrab oladi. Aynan bu cholg'u ijrochiligi mavjud qisqa davr mobaynida, fantastik rivojlanish jarayonini boshdan kechirdi va o'zbek kopozitorlari ham Yevropaning zabardast monumental fortepiano asarlariga mos kela oladigan yetuk mukammal o'zbekona ruhiy, milliy ohanglar jilosida sayqallangan musiqiy namunalar yaratishga muvaffaq bo'ldilar.

Bu haqda musiqashunos olima N.S.Yanov-Yanovskaya, - "O'zbek kompozitorlari tomonidan ilk davrdayoq to'g'ri yo'l tanlandi, ya'ni Yevropa musiqasidagi fortepiano janri an'analarini shaxsiy masalalarga itoat ettirib, milliy

I [ccñ^^BI 657 http://oac.dsmi-qf.uz

xarakterdagi obrazlar bilan to'ldirib, yangicha milliy mazmun sharoitida qayta tafakkur asnosida keng qo'llandi" - deb yozadi.

1920-1930-yillardan boshlab o'zbek fortepiano musiqasiga bo'lgan e'tibor ko'zga tashlana boshladi. Uning rivojlanishiga esa o'z vaqtida musiqiy o'quv dargohlarining tashkil topishi ham muhimlik kasb etdi. Ushbu davrlarda O'zbekistonda maxsus musiqiy ta'lim tizimi joriy qilinib, boshlang'ich musiqa maktablari, Xalq konservatoriyasi, keyinchalik esa O'rta va oliy musiqa dargohlari tashkil qilingan. Ushbu janrda ilk bor arzirlik ijod qilgan kompozitorlar V.Uspenskiy, B.Nadejdin, I.Kozlovskiylardir. Ularning ijodiy taffakkuri, talqini va texnikasi o'ziga xos rivoj topdi va va ular milliy xalq kuy va qo'shiqlarini qayta ishlab, turli hajmdagi asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldilar. 1950-1970-yillarga kelib kompozitorlarning davrasi yetarli darajada kengaydi. M.Ashrafiy, I.Akbarov, X.Izomov, A.Berlin, S.Jalil, S.Varelas kabi ijodkorlar fortepiano uchun nafaqat pyesalar balki miniatyura, syuita, variatsiya kabi turkumli janrlarda asarlar yaratdilar. Yevropa musiqasiga xos bo'lgan janrlar o'zbek kompozitorlarining tafakkuri orqali o'zgacha g'oyalar va ohanglar bilan sug'orilib,o'zbekona milliy ohanglar zaminiga yangicha shaklu-shamoyilni kasb eta boshlaydi.

Markaziy Osiyo kompozitorlari orasida birinchilar qatorida o'zbek fortepiano san'atining zabardast ustozi Georgiy Mushel ijodini aytib o'tish joizdir. U o'zining "24 prelyudiya va fugalar" turkumida Baxning kompozitorlik ijodiga xos polifonik uslubi asnosida o'zbekona ohanglardan to'g'ri va o'rinli foydangan holda, o'ziga xos uyg'unlikni ifoda etib, mukammal ijodiy maxoratini yana bir bor namoyon etadi.

Yana bir atoqli musiqashunos etnograf, kompozitor va pedagog V.I.Uspenskiy o'zining butun musiqiy hayotini O'zbekistonning musiqa madaniyatini o'rganish xalq musiqasini asl holatini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishga bag'ishladi. U ijodida o'zbek milliy ohang tizimidan keng foydalanib, milliy musiqaga xos bo'lgan turli jihatlarni saqlab qolishdek mukammal vazifani uddalay oldi. Uning 1947 yil "Novella" pyesasi o'zbek xalq qo'shiqchilik ijod an'analariga tayanib, aynan ijodiy kamolotga erishgan davrda yaratdi. Bunda o'zbek xalq kuy ohanglarini Yevropa janri uyg'unligida o'ziga xos tarzda ifoda etadi. Kompozitor Yevropa maktabi uslublari hamda o'zbek musiqa unsurlari (elementlari)ni mutanosiblashtirishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, musiqiy qiyoslash usulini mohirona qo'llab, bir tonallikdan ikkinchi tonallikka go'zal o'tishlar yordamida (modulyatsiya) mavzuga turlicha xarakterlarni in'om etadi.

Shuningdek, A.Kozlovskiy, B.Nadejdin va G.Mushellar yaratgan musiqiy meros va kompozitorlik maktabi hozirgi davr kompozitorlarining sermahsul ijodida yetakchilik qilib kelmoqda.

Jumladan, X. Rahimov, D.Saydaminova, N.Zokirov, R.Abdullayev, A.Nabiyev, D.Omonullayeva, M.Otajonov va O.Abdullayeva, va A. Utegenov, A. Safarov singari

I ícclT^^^^H 658 http://oac.dsmi-qf.uz

yosh kompozitorlar erkin, original shakllarga murojaat etib, fortepiano kompozitorlik maktabining munosib davomchilari sifatida samarali ijod qilib kelmoqdalar.

Zamonaviy kompozitorlar asarlarida musiqiy tafakkur uslub milliy ohang bilan sug'orilgan mavzular o'ziga xos xarakterda namoyon bo'ladi.

Shu o'rinda mamlakatimizning Birinchi Prezidnti I.A. Karimovning quyidagi so'zlarini keltiramiz, - "Agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak, avvalam bor buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak"1

Ma'lumki, zamon talablariga to'liq javob bera oladigan yetuk asarlar yaratilishi kundan-kunga o'sib bomoqda. Bunda zamonamizning taniqli kompozitori Dilorom Omonullayeva ijodi serqirra bo'lib, nafaqat mustaqil O'bekistonimizda, balki jahon miqyosida ham o'zining munosib ijodiy o'rniga allaqachon ega bo'lib ulgurgan. D.Omonullayeva estrada qo'shiqlari, bastakorning mukammal professional kompozitor sifatida elga tanitdi. Ijodkor aynan fortepiano janri uchun yaratgan asarlari sermahsul bo'lib, turli janr va uslubdagi badiiy, musiqiy g'oyasining o'ziga xosligi, xalqchilligi bilan boshqa kompozitorlar ijodidan tubdan farq qiladi. Kompozitorning yaratgan asarlari nafaqat O'zbekistonda, balki dunyo san'at olamida qator musiqiy tanlovlar va festivallar tarkibida shartli asar sifati ijro etilib kelinmoqda.

Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston professional ijrochilik olami o'zbek fortepiano kompozitorlik an'analari, ravnaqi va rivoji yo'lida tolmay ijod qilib kelayotgan qator taniqli ijodkorlariga ega. Hozirgi kunda u O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi A. Utegenov va A.Safarof kabilar, bugungi kun yosh ijodkorlar ichida o'z iste'dodi va samarali ijod mahsullari bilan boshqalardan ajralib kelayotgan fidoyi bastakorlar nomini ham aytib o'tish o'rinlidir. Ayniqsa, A Safarovning fortepiano uchun lirik janrlardan tokkata, prelyudiya va fantaziya, uch qisimli sonatalar asarlari milliy ohanglar bilan uyg'unlashuvini kuzatish qiyin emas. Ularning yaratgan asarlari asosan milliy ohanlar bilan, tingovchida sharqona xarakterni o'zbek xalqinig ichki kechinmalari, xis tuyg'ulari, ruxiyati va nozik o'y xotiralarni yaqqol ifoda eta olgan. Lad tizimini tug'ri tanlanganligi, milliy intanatsion xarakatlar tartibi va xarakatlari natijasida janrdagi sharoqona ruxiyatini ifoda etadi. Bunday mukammal fortepiano asarlar albatta, janrga professional kompozitsion yondashuv, izlanishlarning samarasidir. Bu o'tilgan davr ichida Yevropa musiqa san'atida fortepiano cholg'u ijrochiligi uchun o'ziga xos bo'lgan qator musiqiy janrlar yuzaga keldi. Ushbu janrlarning har birida o'ziga xos shakl, mazmun, dramaturgiya va albatta badiiy g'oyasi yetakchilik qiladi. Xususan, oddiy fortepiano pyesalaridan tortib, toki yirik shakldagi konsert janrlargacha

1 H.A.KapHMoB.roKcaK MatHaBHHT - eHrarnwac Kyn-T.: MatHaBHHT, 2008 ,139-6eT

m^^m 659

http://oac.dsmi-qf.uz

kompozitorlar tomonidan yaratilib, ijrochilar tomonidan sevib ijro etilib kelinmoqda. Bu asarlar hozirgi kunda allaqachon tarix sahifalariga muhrlanib ulgurgan.

Nafaqat O'zbeksiton miqyosida balki, jahon sahnalarida o'zining bastakor va moxir ijrochilariga ham ega ekanlagini e'tirof etish muhimdir. O'zbek fortepiano ijrochilik maktabi o'z muvaffaqiyatini allaqaochon dunyo miqyosida ko'rsatishga ulgurdi deyish mubolag'a bo'lmaydi. Buning isboti sifatida xalqaro miqyosida nufuzli professional darajadagi ijrochi, slzanda va kompozitorlar tanlovlar g'oliblari orasida yosh o'zbek Gran pri sovrindolari ham borligini a'tirof etish lozim. Shu sabab, bugungi kun yoshlari orasida aynan fortepiano ijrochilik maktabining davomichilari kundan kunga safi kengayib bormoqda.

Barcha milliy cholg'ular qatorida fortepinao cholg'usini o'zlashtirish, ijrochidan nafaqat qobiliyat va ishtiyoq balki, yetarli nazariy bilim, ko'knikma hamda albatta mashaqqatli mexnatni talab etishi sir emas. Shu o'rinda aytib etish joizki, bu profesioan ijro an'anasini rivojlanishida qator tamoyillar muhimdir:

- yurtmizning barcha viloyat san'at madaniyat o'quv yurtarini mutaxassislar bilan ta'minlash

- oliy ma'lumotli tajribali mutaxassislarni chekka viloyatlarda faoliya yuritishiga jalb etish

- yoshlar orasida targ'ibot iishalrini kuchaytirish

- yosh ijrochilar tafakkurida yevropa va milliy uyg'unlikni birdek ifoda eta bilish ko'nikmalarini singdirish

- nazariy bilim uchun yeatli soatlar ajratish

Xulosa o'nrida aytish kerakki, bugungi kun yoshlari juda ham qobiliyatli va har biri ilmga chanqoq. Shunday ekan, kelajakning rivoji uchun bu imkoniyatdardan to'g'ri va unumli foydalanish barchamiznnig muhim vazifamizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008.

2. A.H.Jabborov. O'zbek kompozitorlari va musiqashunoslari. -T., 2004.

3. N.S.Yanov-YanovskaY. Fortepiannaya muzika v sb. Istoriya uzbekskoy sovetskoy muziki ", II tom - T. 1973.

4. T.A.Galovyans., E.S.Meyke. Kompozitori i muzikovedi Uzbekistana. -T.1999.

3. K.Zoirov. Umumiy fortepiano . - T. 2004.

5. Yan Pekker. Georgiy Mushel. - M. 1966.

6. A.Vohidov. Stilisticheskiye osobennosti prelyudii i fug G. Mushelya -T.1982.

660

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.