Научная статья на тему 'JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI VA UNING AHAMIYATLI JIHATLARI'

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI VA UNING AHAMIYATLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
24
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
A’zolik qo‘mitasi / kotibyat / LAP / tariflar / notarif / ko‘p tomonlama / ikki tomonlama kelishuvlar / GATT / GATS / konsessus / ishchi guruh / implementatsiya / memorandum. / Accession comitee / Secretary / LAP / tariffs / non-tariff / bilaterial agreements / multilaterial agreements / GATT / GATS / consessus / working party / implementation / memorandum.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xo‘janiyazov, Amirbek

Mazkur maqolada Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonlari, uning tartib taomillari va a’zolik uchun harakat qilayotgan davlatlardan talab qilinadigan vazifalar yoritilgan. Bundan tashqari maqolada a’zo bo‘lishdagi davlatlarning a’zolik maqomlari (status) va ularga beriladigan qo‘shimcha muddatlar, kotibyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES FOR MEMBERSHIP IN THE WORLD TRADE ORGANIZATION AND ITS IMPORTANT ASPECTS

The article delves into the intricate processes of World Trade Organization (WTO) membership, exploring the associated procedures and responsibilities incumbent upon member states. It also sheds light on the various membership statuses and the additional terms granted to states in the process, elucidating the supportive role played by the WTO secretariat in facilitating these dynamics.

Текст научной работы на тему «JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH JARAYONLARI VA UNING AHAMIYATLI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZO BO'LISH JARAYONLARI VA

UNING AHAMIYATLI JIHATLARI

Xo'janiyazov Amirbek

Toshkent davlat Yuridik universiteti "Xalqaro tijoraf ' yo'nalishi magistranti. Email : khuj aniyazovamirbek@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Jahon savdo tashkilotiga a'zolik jarayonlari, uning tartib taomillari va a'zolik uchun harakat qilayotgan davlatlardan talab qilinadigan vazifalar yoritilgan. Bundan tashqari maqolada a'zo bo'lishdagi davlatlarning a'zolik maqomlari (status) va ularga beriladigan qo'shimcha muddatlar, kotibyat tomonidan ko 'rsatiladigan yordamlar haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: A 'zolik qo'mitasi, kotibyat, LAP, tariflar, notarif, ko'p tomonlama, ikki tomonlama kelishuvlar, GATT, GATS, konsessus, ishchi guruh, implementatsiya, memorandum.

ABSTRACT

The article delves into the intricate processes of World Trade Organization (WTO) membership, exploring the associated procedures and responsibilities incumbent upon member states. It also sheds light on the various membership statuses and the additional terms granted to states in the process, elucidating the supportive role played by the WTO secretariat in facilitating these dynamics.

Key words: Accession comitee, Secretary, LAP, tariffs, non-tariff, bilaterial agreements, multilaterial agreements,GATT, GATS, consessus, working party, implementation, memorandum.

KIRISH

Hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan istiqbolli maqsadlardan biri bu Jahon savdo tashkilotiga (JST keying o'rinlarda) a'zo bo'lishdir. Ushbu maqolada JST ga a'zo bo'lish tartib taomillari va undan kutiladigan natijalar haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

Jahon savdo tashkiloti 1995-yil 1-yanvarda Marokash kelishuvi bilan tuziladi, bungacha JST "GATT" ya'ni "ing,-Savdo va tariflar bo'yicha bosh kelishuvi" tarzida faoliyat yuritgan. JST tuzilgan vaqtda uning 128 ta a'zosi mavjud bo'lgan va hozirga kelib a'zolar soni 143 taga yetgan.

JST ga a'zolik jarayoni shunday jarayonki unda, JST a'zolari va a'zolikka harakat qilayotgan davlatlar o'rtasida muzokaralar amalga oshiriladi. Bu jarayoning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

asosiy maqsadi shundaki, a'zolik uchun harakat qilayotgan davlatning qonunchiligi va siyosati JST qoidalariga uyg'unlashtirilishi kerak va davlat a'zolikka erishganida to'liq JST qoidalarida savdo munosabatlari va boshqa mutanosib sohalard a faoliyatni tartibga solishi kerak. Savol tug'ilish tabiiy hol nimaga davlatlar JST ga a'zo bo'lish uchun harakat qilishadi. Bunga birqancha sabablar bor, bular:

a) Xalqaro bozorga kirish imkoniyatlarining o'sishi;

b) Mahalliy institutsional strukturalarda islohatlar bo'lishi;

c) Savdo va xizmatlar sohasida shafoff va pragnozlash imkoniyatini beruvchi qoidalar shakllanishi;

d) Xalqaro savdo munosabatlarida va qoidalarida o'z so'ziga ega bo'lish;

e) Xalqaro bozorda hamkorlik imkoniyatlarining kengayishi;

f) Proteksionistik tendensiyalarning liberallashuvi.

Maqola maqsadidadan uzoqlashmagan holda a'zolik jarayonini yoritishga harakat qilamiz. Marokash kelishuvining XII moddasi ya'ni a'zolikka nisbatan talablarni belgilovchi norma bo'lib, ko'pincha XII modda asosida JST ga a'zo bo'lgan davlatlar " XII modda a'zolari" deb yuritiladi. Marokash kelishuvi XII moddasiga ko'ra, Istalgan davlat, yoki o Z tashqi savdo aloqalarini belgilashda to 'liq avtonomiyaga ega bo 'lgan alohida bojxona hududi Marokash kelishuvi bo 'yicha va uning tartib qoidalariga asosan JST ga a 'zo bo 'lishi mumkin. JST ga a 'zolik Vazirlar konferensiyasi tomonidan konsessus asosida (yoki ko 'pchilik ovozi 3/2) belgilanadi. Ko'p tomonlama savdo shartnomasiga qo'shilish Marokash kelishuvi qoidalari bilan tartibga solinadi.

Marokash kelishuvi XII moddasi a'zolik tartibini tushunishdagi asosiy norma hisoblanadi shu sababli unda belgilangan asosiy prinsiplarni quyida ko'rib chiqamiz.

Davlat yoki alohida bojxona hududi

Kelishiladigan shartlar

Vazirlar konferensiyasi

Konsessus

Yago n a majburiyat(single u)

Davlat yoki alohida bojxona hududi.

Marokash kelishuviga ko'ra, har bir suverinitetga ega bo'lgan davlat JSTga a'zo bo'lishi mumkinligi keltirilgan shu jumladan, suveren davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot va ittifoqlar ham unga a'zo bo'lishi mumkin. Ammo Marokash kelishuvi XII moddasi to'liq suverinitetga ega bo'lmagan savdo hamkorlariga ham

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

a'zo bo'lish imkoniyatini yaratadi, lekin ularga nisbatan quyidagi ikkita talabni belgilaydi:

1. Ular alohida bojxona hududlari bo'lishi kerak;

2. Tashqi savdo munosabatlarida to'liq avtonomiyaga ega bo'lishlari zarur.

Alohida bojxona hududlari ham boshqa a'zo suveren davlatlar kabi huquq va

majburiyatlarga ega bo'lishadi. Masalan, Tayvan alohida bojxona hududi, Penghu, Kinmen va Matsu (Xitoy Taypeyi) 2002-yil 1-yanvardan buyon JST a'zosi hisoblanadi.

Kelishiladigan shartlar.

Marokash kelishuvi XII moddasi a'zolik uchun majburiy kelishladigan shartlarni belgilamaydi bunga asosiy sababi, a'zolik uchun moslashuvchanlikni ta'minlashdir. Chunki har bir davlat o'zgacha geografik joylashuv, siyosat va savdo tartib qoidalariga ega, shu sababdan kelishuvlar shundan kelib chiqqan holda har bir davlatga nisbatan alohida amalga oshiriladi. Kelishuvlar ketma-ketlikda qo'shilayogan davlatning institusional va savdo siyosatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Vazirlar konferensiyasi.

Tashkilotga a'zolik to'g'risidagi qarorlar Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Vazirlar konferensiyasi tashkilotning qaror qabul qiluvchi organi hisoblanadi. U JST funksiyalarini bajaradi va buning uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi. Vazirlar konferentsiyasi barcha a'zolarning vakillaridan iborat bo'lib, kamida ikki yilda bir marta yig'iladi. Qo'shilish to'g'risidagi qarorlarni Vazirlar konferensiyasi yig'ilishlari oralig'ida JSTning barcha masalalari bo'yicha Vazirlar konferensiyasi nomidan ishlaydigan Bosh Kengash ham qabul qilishi mumkin. Bosh Kengash, shuningdek, JSTning barcha a'zolari vakillaridan iborat bo'ladi.

Konsessus.

Konsesus tushunchasi ishtirokchilarning to'liq ovoz berish, barchaning bir qarorga kelishini anglatadi, bitta ishtirokchi ovoz bermagan bo'lsa ham konsessus o'tmagan hisoblanadi. Marokash kelishuvining XII moddasiga ko'ra Vazirlar konferensiyasi ko'pchilik ovozi, ya'ni vazirlarning uchdan ikki qisminign ovozi bilan qaror qabul qilinishi mumkin. Ammo ko'pchilik ovozi bilan qaror qabul qilish konsessusga erishilmaganda va a'zolikning so'ngi bosqichida qo'llanilishi mumkin va bunday usuldan JST tuzilgandan buyon bir marta foydalanilgan, ya'ni 1996-yilda Ekuadorni a'zolikka qabul qilish jarayonida. Asosan barcha qarorlar Kelishuvning IX moddasida belgilangan tartibda konsessus orqali amalga oshiriladi.

Majburiyatlarni to'liq qabul qilish (Single undertaking).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bu prinsipga ko'ra JSTning barcha xalqaro shartnomalari bir-biri bilan bog'langan va JSTga a'zo bo'lgan subyekt shartnomalarning barchasini qabul qilishi shart, ya'ni unda ba'zi shartnomalarni qabul qilishi va ba'zilarni rad qilish huquqi mavjud emas. Ammo JST da "Plurilateral" o'zaro shartnomalar ham mavjud bo'lib, ularga qo'shilish barcha uchun majburiy hisoblanmaydi. Bularga misol qilib, quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

1. Fuqaro aviatsiya savdosi bo'yicha kelishuv (The Agreement on Trade in Civil Aircraft);

2. Davlat xaridlar to'g'risida kelishuv (The Agreement on Government Procurement);

3. Axborot texnologiyalar bo'yicha kelishuv (The Information and Technology Agreement).

Yuqorida XII modda haqida tushnchaga ega bo'ldik, endi JST ga a'zo bo'lish jarayonini uch bosqichda ko'rib chiqamiz.

1. A'zolik uchun JST ga so'rov (xat);

2. A'zolik uchun kelishuvlar jarayoni;

3. So'ngi bosqich bosqichi: JSTga A'zo bo'lish shartlarini tasdiqlash va a'zolik protokolini qabul qilish va uni ratifikatsiya qilish.

A'zolik uchun JST ga so'rov yuborish, a'zolik uchun tashlangan ilk qadam hisoblanadi, bu bosqichni ham shartli ravishda to'rtta jarayonga ajrtish mumkin.

So'rov yuborish

Talabnomaning aylanishi

Bosh

kengashga/Vazirlar konferensiyasiga topshirish

Ishchi guruhning tuzilishi

JST ga a'zo bo'lishni xohlagan davlat bu haqida JST bosh direktoriga davlatning tashkilotga qo'shilish istagini ifodalaydigan xat yuborishi kerak. Bu xat uchun alohida talablar mavjud emas, u sodda tilda yozilishi ham mumkin. Xatda Marokash kelishuvining XII moddasi asosida JST ga qo'shilish istagi ifodalanishi yetarli bo'ladi. Misol sifatida Afg'oniston Islom Respublikasi tomonidan yuborilgan xatni ko'rsatishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

World Trade

RESTRICTED

WT/ACC/AF G/1 15 April 2003

Organization

Original: English

THE TRANSITIONAL ISLAMIC STATE OF AFGHANISTAN

Request for Accession Pursuant to Article XII

The Director-General has received the following communication, dated 10 April 2003. from the Minister of Commerce of the Transitional Islamic State of Afghanistan with the request that it be included on the agenda of the General Council

On behalf of the Government of the Transitional Islamic State of Afghanistan. I have the honor to submit the request of the Government of Afghanistan for accession to the World Trade Organization (WTO) under Article XII of die Agreement Establishing the WTO

The Government of Afghanistan remains at the disposal of you and of the Members of the WTO for any information that may be required with regard to its application for accession

Davlatlar JST ga qo'shilishdan oldin, kuzatuvchi maqomida kirishni so'rashlari mumkin, kuzatuvchi sifatida kirishdan asosiy maqsad, JST faoliyati bilan yaxshiroq tanishish uning istiqbollarini o'rganish va kelajakda a'zolik uchun tayyorgarlik bo'lishi mumkin. Kuzatuvchi maqomi ko'pi bilan besh yil muddatga beriladi va shu muddat ichida davlat JSTga qo'shilish niyatini bilidirishi kerak va hozirgi savdo va iqtisodiy siyosati haqida ma'lumot berishi va qanday islohatlar amalga oshirishni rejalashtirganligi to'g'risida ma'lumot berishi lozim.

Talabnomaning aylanishi (Circulation of the Request).

JST ga a'zo bo'lish talabida yuborilgan xat (talabnoma) Bosh direktor tomonidan qabul qilinadi va barcha a'zo davlatlarga rasmiy hujjat sifatida yuboriladi (circulation). Bu JST bazasida uch harfli identifikatsiya kodi bilan belgilanadi masalan, O'zbekiston uchun WT/ACC/UZB kodi foydalaniladi. Keying bosqichda xat bosh Kengash raisiga bo'lajak umumiy Kengash yig'ilishida ko'rib chiqish uchun yuboriladi.

Ishchi guruhni tashkil etish.

Bosh kengash a'zolik uchun talabnomani ko'rib chiqadi va ma'qul deb topsa, arizani muhokama qilish uchun ishchi guruh tuzadi. Ishchi guruh tarkibiga muhokamalrda ishtirok etishni xohlagan boshqa a'zo davlat vakillari ham qo'shilishi mumkin. A'zolik uchun ishchi guruh tuzilishi bilan davlatga kuzatuvchi maqomi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

beriladi. Bosh kengashda a'zolik talabnomasini ko'rib chiqish uchun o'tkaziladigan birinchi yig'ilishda a'zolikni talab qilgan davlatdan vakil ham ishtirok kerak. Vakil o'z davlatining nima sababdan JST ga qo'shilmoqchi ekanligi va hozirgi iqtisodiy-siyosiy holati haqida ma'lumot beradi. Ishchi guruh tomonidan unga JST doirasida savollar va takliflar beriladi. Ishchi guruhning majburiyati davlatning arizasini ko'rib chiqadi va Bosh konsul yoki Vazirlar konferensiyasiga takliflarni kiritadi, takliflar bilan birga Qo'shilishi protokoli loyihasi ham ilova qilinishi mumkin. Ishchi guruhga rahbarlik qilish uchun vakil Bosh konsul tomonida tayinlanadi. Ishchi guruh a'zolar soni qatiy belgilanmagan misol uchun, Qozog'iston a'zolik jarayonida ishchi gu ruhda 52 ta a'zo, Liberyanikida esa 20 ta a'zo bo'lgan. Istalgan JST ga a'zo davlat vakillari kotibyatga yozma murojaat qilgan holda ishchi guruh tarkibiga kirishi mumkin, xalqaro tashkilotlar, a'zolik jarayonidagi va a'zolikni nazarda tutmagan davlatlar ishchi guruh yig'ilishlarida rasmiy ravishda kuzatuvchi maqomida ishtirok etishlari mumkin.

II. A'zolik uchun kelishuvlar jarayoni.

Kelishuvlar a'zolikda eng muhim jarayon hisoblanadi, chunki bu jarayonda a'zo bo'layotgan davlatning savdo qonunchiligi ko'rib chiqiladi va JST qoidalariga uyg'unlashtiriladi. Kelishuvlar jarayonini ham shartli ravishda uchga ajratish mumkin. Bular JST ko'p tomonlama (Multilateral) kelishuvlar, O'zaro kelishuvlar (Plurilateral) va ikki tomonlama (Bilaterar) kelishuvlar.

Multilateral negotiations

Bilateral negotiations

Plurilateral negotiations

Ko'p tomonlama kelishuvlar ishchi guruh doirasida amalga oshirilib, unda asosan davlatning xalqaro savdo rejimi, JST ga a'zolik uchun amalga oshirayotgan ishlari va ularning amalga oshirilishi ko'rib chiqiladi va ko'riladi. Ko'p tomonlama muzokaralarni ham uch bosqichga ajratish mumkin, ya'ni Faktlarni topish bosqich, kelishuv bosqichi va ishi guruh hisobatini ishlab chiqish bosqichi. Faktlarni topish bosqichida, a'zo bo'layotgan davlatning xalqaro tijorat siyosati o'rganiladi, JST qoidalariga moslashtirish lozim bo'lgan normativ hujjatlar aniqlanadi. Bu jarayonda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

davlatdan xalqaro tijorat siyosati bo'yicha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda davlat o'zining xalqaro savdo rejimini bayon qilgan holda Memorandum topshiradi. Memorandumda quyidagi sohalar bo'yicha ma'lumot bo'lishi shart:

• Iqtisodiy siyosat va tashqi savdo;

• siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos;

• tovarlar savdosiga ta'sir qiluvchi siyosat (importni tartibga solish, eksportni tartibga solish, ichki siyosat tovarlar savdosiga ta'sir qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosiga ta'sir qiluvchi siyosat);

• intellektual mulk huquqlari;

• xizmatlar;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• shaffoflik;

• savdo shartnomalari.

Statistika va nashr etish, qonunlar va me'yoriy hujjatlar ro'yxati, importni litsenziyalash tartibi, bojxona baholash shartnomasini amalga oshirish, savdodagi texnik to'siqlar, Davlat savdosi, xizmatlar sohasi tasniflari va savdo shartnomalari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etilishi kerak. Barcha qo'shilish hujjatlari tashkilotning rasmiy tillaridan biri ingliz, fransuz va ispan tillarida taqdim etilishi kerak.

Memorandumga qo'shimcha ravishda davlatdan quyidagi hujjatlarni ham taqdim etishi so'raladi:

• Qonunchilik harakatlari rejasi (LAP), qonun hujjatlari nusxalari bilan birga;

• Tegishli bo'lsa, muayyan shartnomalar amalga oshirish uchun harakat rejalari (odatda sanitariya va Fitosanitariya (SPS) choralari, savdo uchun texnik to'siqlar( TBT), intellektual mulk (IP) va bojxona baholashi);

• Qishloq xo'jaligida ichki qo'llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari haqida ma'lumot (Vt/ACC/22/Add.1);

• Xizmatlar haqida o axborot (Vt / ACC / 5 );

• SPS va TBT bo'yicha cheklist (Vt/ACC/22/Qo'shish.2);

• Intellektual mulk savdo bilan bog'liq jihatlari bo'yicha nazorat ro'yxati (Vt/ACC/22/Qo'shish.2);

• Subsidiyalar to'g'risida bildirishnoma loyihasi (25-modda, subsidiyalar va kompensatsiya choralari to'g'risidagi bitim);

• Davlat savdo subyektlari bo'yicha so'rovnoma.

A'zo bo'layotgan davlat JST qoidalari va davlat NHHlar o'rtasidagi farqlarini aniqlab, Qonunchilik Harakatlari Rejasi (LAP) da bayon etish va ularni JST qoidalariga moslashtirish bo'yicha davriy jadvala bayon qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

PART 1 - PENDING BILLS/D RAFTS/REG U LATIONS

Subject Legislation/ Measures Authority in Cha rge Expected adoption/ enactment date Status Expected implementation date Translation submitted to Working Party

PART II —COMPLETED LEGISLATION/REGULATIONS

Subject Legislation/ Measures Authority in Cha rge Date of adoption/ enactment Status Date of implementation Translation submitted to Working Party

Bundan tashqari JST qoidalariga uyg'unlashtirilishi kerak bo'lgan NHHlar nusxasi JST rasmiy tilarining birida taqdim etiladi. Taqdim etilgan memorandum bilan tanishgan a'zolar to'rt hafta ichida o'zlarning savollarini yo'llashlari mumkin. Berilgan savollarga A'zo bo'layotgan davlat javoblar yo'llaydi. Birinchi savol javoblar raundi tugagandan so'ng, ishchi guruh rahbari, birinchi ishi guruh yig'ilishini chaqiradi. A'zo bo'layotgan davlat delegatsiyasi ishchi guruh bilan muhokamaga kirishadi va ular tomonidan berilgan savollar va takliflarni muhokama qiladi. Ishchi guruh yig'ilishi nihoyasiga yetgandan keyin, JST kotibyati a'zolarni yozma ravishda savollar taqdim etishga taklif etadi. Qabul qilingan savollarni kotibyat a'zo bo'layotgan davlatga yuboradi. Qachonki, yangi savollar, javoblar va qo'shimcha hujjatlar yig'ilganda yangi ishchi guruh majlisi chaqiriladi. Ma'lumot yig'ish bosqichi nihoyasiga yetganda, kotibyat jarayonning shafoffligini ta'minlash uchun Faktik xulosalar (Factual summary) talab qilishi mumkin. Bu hujjat norasmiy hisoblanib, ko'rib chiqilgan masalalar va muhokama haqida ma'lumot beradi. A'zo bo'lish jarayoni nihoyalaganda, kelishuvlar bosqichi so'ngida ishchi guruh kotibyatdan ishchi guruh hisobot loyihasini faktik xulosalar asosida tayyorlashni so'raydi. Bu jarayonlardan keyin a'zolik protokoli loyihasi va qaror loyihasi tayyorlanadi, ya'ni a'zolik uchun so'nggi bosqich bo'lib, unda davlatning a'zolik shartlari ham belgilanadi.

Ikki tomonlama muzokaralar.

Tovar va xizmatlar bo'yicha bozorga kirish majburiyatlarini muhokama qilish uchun manfaatdor ishchi partiya a'zolari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkaziladi. Ushbu muzokaralar odatda ishchi partiyalar yig'ilishlarining chekkasida, istalgan vaqtda Jenevada yoki poytaxtlarda bo'lib o'tadi. Ikki tomonlama savdo va xizmatlar bo'yicha kelishlgan qoidalar kotibyatga taqdim etiladi va u a'zolik paketiga ilova qilinadi.

A'zolik bosqichi.

Bu bosqich ishchi guruh va a'zolikka intilayotgan davlat o'rtasida kelishuvga erishilgandan keyin boshlanadi. Davlatning a'zolik masalasi Vazirlar konferensiyasi tomonidan konsessuga qo'yiladi va shundan so'ng ishchi guruh mandat yakunlan adi. Davlat kuzatuvchi sifatida yillik to'lovini to'lashi kerak bo'ladi. To'lov miqdori

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

barcha a'zo davlatlarning bir yillik a'zolik badalining 0.015% tashkil etadi. So'ngra Vazirlar konferensiyasi "A'zolik protokolini" tasdiqlaydi, A'zolik paketi Vazirlar konferensiyasi tomonidan taqdim etilgach, A'zolik protokolini Imzolash marosimi tashkillashtiriladi. A'zolik protokoli imzolangandan 30 kalendar kunidan so'ng rasmiy ravishda JST a'zosi deb e'lon qilinadi. A'zolik protokoli davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

A'zolik jarayonlari jadvali. Wto.org O'zbekiston Respublikasi ham JST ga a'zolik jarayonida yuqoridagi bosqichlarni bosib o'tmoqda. Aytish kerak O'zbekistonning a'zolik jarayonlari ancha cho'zilyapti, hozirgi vaqtda O'zbekistoning a'zolik jaryonining qaysi bosqichida ekanligini quyidagi jadvaladan bilish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Working Party established

Memorandum on the roreign Trade Regime (MFTR)

Multilateral process

Factual Summary

Draft Working Party Report (DWPR)

Plurilateral process

Agreed

Any other Technical Verification elements are area of of Draft Goods and added to draft WTO Services Schedules/ Report (DWPR)

rules, as Small Group & draft

necessary Consultation Schedules,

as applicable

Bilateral process

Initial \ k goods \ & offer \ \ Bilateral Market Access NegotiatioHon Goods \ 1 \ Goods 1 \ Schedule

W Initial / r services / offer f Bilateral M Negotiator arket Access is on Services > / Draft / À ! Schedule J

Draft Accession Package adopted, ad

referendum, by the Working Party

action \ ^

J Gênerai / Council/

Conference

O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi doirasida 2023-yil 16-noyabr kuni yettinchi ishchi guruh yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu ishchi guruh yig'ilishida davomida ham Qonunchilik harakatlari rejasi (LAP) yangi bandlar kiritildi. Bundan tashqari boshqa a'zo davlatlar bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama kelishuvlar amalga oshirildi. Ishchi guruh raisi Koreya Respublikasi elchisi Yun Song Dok "Ushbu yuqori darajadagi katta delegatsiyaning mavjudligi O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishga sodiqligini aks ettiradi. Iyun oyida Prezidentning JST masalalari bo'yicha maxsus vakili va JSTga qo'shilish bo'yicha yangi bosh muzokarachi etib tayinlangan Janob Azizbek Urunovni alohida olqishlayman" dedi.

REFERENCES

1. Sabirov X.N. Ekanometrika II. O'quv qo'llanma. "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" 2022, 430 bet.

2. Pomfret, Richard. 2020. "O'zbekiston va Jahon savdo tashkiloti". http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ ga qarang. 2(1): 54-61. DOI: https://doi.org/10.16997/srjed.35

2. Umirdinov Alisher va Valijon To'raqulov. 2019. "Markaziy Osiyodagi protektsionizmning so'nggi tayanchi: O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishidan keyingi avtosanoati" Savdo, huquq va taraqqiyot 11(2): 301-33.

3. A Akhrorjon. (2022). Reasons, problems and consequences for the accession of the Uzbek ecanomy to the WTO. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern world.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.