Научная статья на тему 'Jadidlarning pedagogik qarashlari'

Jadidlarning pedagogik qarashlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2166
184
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
jadidlar / pedagogika / fikrlar xilma-xilligi / Turkiston / ijtimoiy hayot / jamiyat / isyon / qo’zg’olon / mustabid / makkor / g’arb jahongirlari / “maktabi usuli jadiya” / “yangi usul maktabi”

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulasal Azimova

Ushbu maqolada jadidlarning pedagogik garashlari va bu yo’lda ularning ko’rsatgan fidoiyliklari haqidagi tushunchalari yoritiladi. Pedagogik qarashlar ayni o’sha vaqtlarda yangicha qarashlar paydo bo’lib va unda qanday g’oyalar ilgari surilganligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Jadidlarning pedagogik qarashlari»

Jadidlarning pedagogik qarashlari

Gulasal Azimova Andijon davlat chet tillari instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidlarning pedagogik garashlari va bu yo'lda ularning ko'rsatgan fidoiyliklari haqidagi tushunchalari yoritiladi. Pedagogik qarashlar ayni o'sha vaqtlarda yangicha qarashlar paydo bo'lib va unda qanday g'oyalar ilgari surilganligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: jadidlar, pedagogika, fikrlar xilma-xilligi, Turkiston, ijtimoiy hayot, jamiyat, isyon, qo'zg'olon, mustabid, makkor, g'arb jahongirlari, "maktabi usuli jadiya", "yangi usul maktabi"

Pedagogical views of Jadids

Gulasal Azimova Andijan State Institute of Foreign Languages

Abstract: In this article, the understanding of the pedagogical goals of the Jadids and their sacrifices in this direction is highlighted. Pedagogical views are about those times when new views appeared and what ideas were put forward in them.

Keywords: Jadids, pedagogy, diversity of opinions, Turkestan, social life, society, rebellion, uprising, strongman, insidious, Western world-lovers, "jadiya school method", "new school method"

Eng avvalo shunday savol tug'iladi: Jadidchilik nima uchun yuzaga keldi? Uning mohiyati nimada? Turkistonda paydo bo'lgan jadidchilikning o'ziga xos xususiyatlari paydo bo'lishi, taraqqiy topishi, jarayonlari va xotimasi qanday sodir bo'ladi?

Ma'lumki, ijtimoiy hayot tarzinining muayyan davridagi holati jamiyat a'zolarining aksariyatini qoniqtirmay qoladi. Natijada ular ijtimoiy tuzumni o'zgartirish yoki uni to'g'ri, qotib qolgan holatdan chiqarish uchun yo inqilob qilish, yo isloh etish harakatiga tushadilar.

Jadidlarning yuzaga kelishi ham muayyan ijtimoiy voqelikdan qoniqmaslik oqibatida sodir bo'lgandi. Birlari jahongir g'arb davlatlariiskanjasidan xalqlarning diniy mansublilik tuyg'usini jo'sh urdirgan holda kurash maydoniga kirib, ozodlikka erishish mumkin deb bildilar. Natijada tarixga "панисламизм" nomi bilan kirgan

g'arb jahongirligiga qarshi kurash harakati yuzaga keladi. Boshqalari mazlum xalqlarni etnik jiatdan jipslashtirib milliy ozodlik yo'liga kirmoqchi bo'ldilar Jadidlar ma'rifati haqida gap ketganda, dastavval qizimlik Ismoil Gaspirinskiyni (1352-1914) tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo'lib maktabi usuli jadida ya'ni "yangi usul maktabi" ga asos soldi. Ma'lumki, islom olamida ham ta'lim va tarbiya tizimiga dastlab katta e'tibor bilan qaralgan. Musulmochilik qaror topganidan so'ng arab davlatlarida ta'limning ikki bosqichli tizimi yuzaga keladi:

Maktab va madrasa. Turkistondagi maktablarning aksariyati masjidlar, mozorlar yonidagi binolarda yoki xususiy kishilar hovlilarida bo'lgan. Masjid imomi yoki madrasani hatm gilgan kishilar maktabdorlik qilshgan. Maktablarda o'g'il bolalarni domla o'qitgan. Qiz bolalarni o'z uyida o'qitgan ayollarni otinoyi, otinbibi, bibihalifa, bibiotin kabi nomlar bilan atashgan. Maktablarda o'qitishning rasmiy dasturi bo'lgan emas. Shunday bo'lsa-da, odatda islom dini asoslari o'qitilgan, yozuv va arifmetikadan saboq berilgan. O'qish jarayoni arab xarfi va so'zarini so'ngra, Qur'onni arab tilda o'qitish va yodlashdan iborat bo'lgan. O'quvchi arab harflarining nomini hamda yozilishini o'rganish uchun ko'p vaqt mehnat qilgan.

O'quvchilar arab harflarini o'rganib olgandan keyingina Quronning ayrim suralarini hijjalab o'qishga tushgan. Quron suralarini o'qib tugatgan o'quvchilar uni to'liq yod olishga kirishgan. Bundan so'ng esa diniy kitoblarni o'qishga e'tiborlarini qaratishgan. Behbudiy o'z uyida ochgan "usuli jadid" maktabining butun moddiy harajatlarini o'z gardaniga oladi. "Padarkush"ning sahnaga qo'yilishidan kelgan asosiy daromadni Samarqand, Qo'qon, Namangan, Toshkentdagi "usuli jadid" maktablariga hadya qildi, bu maktablar uchun darslik va qo'llanmalarni tekinga bosib tarqatdi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxona va qiroatxonaning asosiy mablag'i ham uning hisobidan chiqqan edi.

Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li "usuli savtiya" maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiaton o'lkasidagi aholini qanday madaniy-ma'naviy uzlatda saqlayotganini va undan qutilish choralari faqat maktab ta'lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog'liqligini to'g'ri tushungan holda chor hukumatining mustamlakichilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik ko'rsatdi: mana shu maqsad yo'lida Toshkentda ilg'or fikirli ziyolilar va turli guruhlardan iborat "Turon" jadidlar jamiyatini tashkil etdi.

Xulosa qilib aytganda, jadidlarimizning hozirgi kunda shu darajaga, ta'lim olishni taraqiiy etishiga qo'shgan xissalari juda katta desak adashmaymiz. Yuqorida ularning qoldirgan yuksak mazmunga ega bo'lgan g'oyalari bizgacha yetib kelganining ham sababi shunda Bu g'oyalarni yanada rivojlantirib, o'z kuchini yo'qotmaslikka xissa qo'shsak foydaliroq bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мирзакаримова М. М. Умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб укитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 97-103.

2. МИРЗАКАРИМОВА МАХЛИЁХОН МАДАМИНЖОНОВНА (2022) "ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ ТАДБИРКОРЛИККА ЙУНАЛТИРИБ У^ИТИШНИНГ ДИДАКТИК АСОСЛАРИ", Novateur Publications, (1), pp. 1128. Available at: http://novateurpublication.org/index.php/np/article/view/23 (Accessed: 26 August 2023).

3. Мирзакаримова М. М. Замонавий шароитларда умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб укитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 216-222.

4. Mirzakarimova M. M. The Necessity to Develop Students' Entrepreneurial Skills in English Classes //Telematique. - 2022. - С. 7128-7131.

5. Mirzakarimova M. EFFECTIVENESS OF STUDENTS' ENTREPRENEURIAL SKILLS DEVELOPMENT THROUGH CLIL TECHNOLOGIES //Академические исследования в современной науке. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 92-94.

6. Madaminjonovna M. M. K. L. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL TEACHING OF GENERAL SCIENCES.

7. Madaminjonovna M. M. Innovative Methods and Tools for Developing Students' Entrepreneurial Skills Using CLIL Technologies //International Journal of Human Computing Studies. - 2023. - Т. 5. - №. 3. - С. 15-17.

8. Мирзакаримова М. М. ESSENTIAL COMPOSITION OF ENTREPRENEURSHIP FUNCTIONAL LITERACY //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL "INNOVATION TECHNICAL AND TECHNOLOGY". - 2020. - Т. 1. - №. 1. - С. 63-65.

9. Mavlonova.R.A, Rahmonqulova.H.N, Matnazarova K.O, Shirinov.M.K, Hafizov .S. Umumiy pedagogika. Toshkent 2018.

10. Komilova, V. (2022). O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. Scientific progress, 3(4), 1150-1155.

11. Abdullayeva, X. Y. (2022). O 'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAHORAT TUSHUNCHASI KO 'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(3), 349-351.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.