JADIDCHILIK VA MILLIY UYG'ONISHDA G'OYAVIY QARASHLAR
HAMDA TARG'IBOT USULLARI ИДЕОЛОГИЯ И МЕТОДЫ ПРОПАГАНДЫ В РЕВОЛЮЦИИ И НАЦИОНАЛЬНОМ ПРОБУЖДЕНИИ DEOLOGY AND METHODS OF PROPAGANDA IN REVOLUTION AND
NATIONAL AWAKENING
Xaydarova Dilorom Abduxamidovna
Namangan davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi xaydarovad2112@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston tarixining bir qismiga aylangan jadidchilik, ushbu harakat namoyandalari, jadidlar tomonidan amalga oshirilgan ibratli ishlar va milliy uyg'onish davri, mamlakatimiz xududida jadidchilik oqimining yuzaga kelishi va uning ma'rifatparvarlik soxasidagi faoliyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: jadidchilik, ma'rifat, Gaspirinskiy, Behbudiy, yangi usul maktablari, mustaqillik, Turkiston muxtoriyati, renessans.
Abstract: This article describes Jadidism, which has become a part of the history of Uzbekistan, the representatives of this movement, the great works done by Jadids and the period of national renaissance, the emergence of Jadidism in the territory of our country and its activities in the field of enlightenment
Keywords: jadidism, enlightenment, Gaspirinsky, Behbudi, new method schools, independence, Turkestan autonomy, Renaissance.
Аннотация: В данной статье описывается джадидизм, вошедший в историю Узбекистана, представители этого движения, великие дела джадидов и период национального возрождения, возникновение джадидизма на территории нашей страны и его деятельность в поле просвещения
Ключевые слова: джадидизм, просвещение, Гаспиринский, Бехбуди, школы нового метода, независимость, Туркестанская автономия, Возрождение.
Hech shubhasiz bu buyuk tarixni o'rganish biz uchun ham farz ham qarzdir. Zero, Prezidentimiz so'zi bilan aytganda "Har bir millat har bir xalq o'z nasl nasabini kelajak avlodini asrab avaylab uning qadrini bilsa unday millatning, unday davlatning kelajagi buyuk bo'lishi muqarrar. Prezidentimizning o'zbek xalqi tarixini davlatchiligimiz tarixshunosligini haqqoniy qilib yaratish uchun ahamiyat berib kelayotganliklarining mohiyati ham shundadir. XIX asr oxiri va XX asr boshida Sharqiy mamlakatlari bo'ylab yoyilgan islohotchilik harakati chor Rossiyasi tobeligidagi Turkiston o'ikasiga ham kirib keldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr kuni O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqida jadidchilik harakati to'g'risida alohida to'xtalib, jumladan shunday dedi: «Ko'pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o'ylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg'onish g'oyasiga bag'ishlab, o'ikani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g'aflat botqog'idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo'lda ular o'zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar. Ular "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas" degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
Jadidlarning xalq ma'rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo'nalishda ko'rinadi.
1. Yangi usul maktablarini ochish, ko'paytirish orqali.
2. Turli ma'rifiy jamiyatlar ochish orqali.
3. Umidli iqtidorli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish orqali.
Bog'chasaroyda dastlabki jadid maktabini ochgan Ismoil Gaspirinskiy Turkiston
general-gubernatori N.O. Rozenbaxga o'lka musulmon maktablarini ham isloh qilishga doir loyihasini yuboradi. Rad javobini olgach, 1893 yil Turkistonga o'zi keladi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo'lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga
ko'ndiradi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi beriladi. Shunday qilib, jadidlar tomonidan yangi maktablarga ochish, maktablar uchun darsliklar yaratish jarayoni boshlandi.. "Usuli jadid" maktablarida diniy fanlar va arab tili bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, tabobat, nujum, handasa fanlari, rus, fors tillari - jami 17 tagacha fan o'rganilishi shartlari ilgari surildi. 1999 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo'qonda Saloxiddin domla, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo'lib jadid maktablarini ochadilar.
Yangi usul maktablariga asos solgan, darsliklar yaratgan Turkiston munavvarlaridan ba'zilarini ko'rib o'tamiz. Munavvarqori Abdurashidxonov (18781929) - O'rta Osiyo jadidchilik harakatining yo'lboshchisi. XX asr o'zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi maktab asoschisi, milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir edi. U Toshkentda 1901 yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o'quv dasturlari tuzgan. Uning "Adibi avval" (1907), "Adib us-soniy" (1907), "Usuli hisob", "Tarixi qavm turk", "Tajvid" (1911), "Havoyiji diniya", "Tarixi anbiyo", "Tarixi islomiya" (1912), "Er yuzi" (1916-1917), to'rt qismdan iborat "O'zbekcha til saboqlari" (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga) darsliklari shular jumlasidandir. Jadidchilik harakatning yana bir yirik vakili -Maxmudxo'ja Behbudiy(1875- 1919). Uning tashabbusi bilan Samarqanda yangi usul maktablari ochildi. Adib bu maktablar uchun 1904-1909 yillarda "Risolai asbobi savod", "Risolai jug'rofiyai umroniy", "Risolai jug'rofiyai Rusiy", "Kitobat ul-atfol", "Amaliyoti islom", "Muxtasar tarixi islom" kabi darslik va o'quv qo'llanmalar yozadi.
Abdulla Avloniy (1878-1934) ham jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri bo'lib tanildi. U o'zining zamondosh jadidlari, izdoshlari kabi yangi usul maktablari ochib, ularga o'zi mudarrislik qildi va darsliklar yozdi. Uning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Turkiy Guliston yoxud axloq", "Maktab gulistoni" singari darslik, "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" to'plamlari, ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilariga darslik sifatida yozilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» asari (1913 yil) mashxo'r bo'ldi. Jadidchilik xarakatining Buxorodagi yirik vakillaridan biri - Abdurauf Fitrat (1886-1938). U 1909 yilda Istambulda nashr
etilgan "Munozara" asarida Buxoro amirligi idorasiga ma'lum islohot - o'zgarish kiritish g'oyasi va "Usuli jadid" deb nomlangan yangi maorif tizimining asoslarini ilgari surdi. Fitrat butun vujudi, otash va jo'shqin yuragi bilan, ijodi va faoliyati bilan mamlakat yoshlarini rivojlangan yangi dunyo tomon safarbar etadi.
Fitratning "Hind sayyohining qissasi" asari ham 1912 yilda Istambulda nashr etilgan bo'lib, bunda Buxoro amirligiga ma'lum darajada o'z e'tiroznomasini bayon etadi. Bir zamonlar ilm va din quvvati bo'lgan Buxoro, nega tanazzulga yuz tutdi? Xar kuni bir Abu Ali Ibn Sino, Farobiy va boshqalarni jahonga hadya etgan yurt nima sababdan bunchalar abgor xolga tushib qoldi? Bu qorang'u zulmatdan qutulish yo'li bormi?, -deya savollar berar ekan, javob sifatida ma'rifatni ko'reatadi. Xorazm xonligida ham tatar ziyolilari Tavfiq Bikkulin, Yusuf Axmedovlar yordami bilan, dastlab, xon va uning amaldorlari farzandlariga mo'ljallangan bo'lsada, jadid maktablari ochildi. Tez orada ularning soni 8 taga yetdi. 1906-1907 o'quv yilida Urganchda qizlar uchun xam maktab ochildi [4]. Biz yuqorida milliy uyg'onish harakati namoyandalarining yangi usul maktablar ochib, uni uslubiy jixatdan taminlashga harakat qilganliklarni o^gandik. Ammo, jadid namoyondalari bu bilan cheklanib qolmasdan, keng xalq ommasi uchun kutubxonalar ham barpo etganlar.
Behbudiy, 1908 yilda keyinchalik "Behbudiya" kutubxonasi nomi bilan mashhur bo'lgan qiroatxonani tashkil etib [5], uni axoli uchun qo'laylik yaratish maqsadida ikki smena, ertalab soat 9 dan shom 5 gacha va kechki soat 6 dan tungi 12 gacha ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo'lgan kishilarga madaniy xizmat ko^satishni yo'lga qo'yadi. 1910 yilda Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligidagi jadidlar tashabbusi bilan "Turan" kutubxonasi yuzaga keladi. Bugungi mustaqil O'zbekistonda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng ta^'ib qilishga bag'ishlangan. Demak 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan mavzu eskirgani yo'q, o'zga^ani yo'q.
Yuqorida keltirganimiz jadidlarninig ma'rifiy soxadagi ikkinchi vazifasi xayriya va maorif jamiyatlarini tuzish edi. Bu borada "Turan", "Jamiyati xayriya", "Tartiyai
atfol" kabi jamiyatlar ochildi. 1909 yil 12 mayda Toshkentda tuzilgan Turkiston jadidlarinig "Jamiyati xayriya" tashkiloti maxalliy yoshlarni chet ellarga o'qitish, xomiylik qilish ishiga rahbarlik qildi. Uning yordami bilan yoshlar Rossiyaning Peterburg, Saratov, Qozon, Ufa, Orenburg shaharlaridagi oliy maktab va madrasalarga, shuningdek, Istambul, Qoxira kabi xorijiy shaxarlar oliy ta'lim muassasalariga o'qishga yuborila boshladilar. Shuningdek,1909 yil18 iyulda Buxoro shahrida jadidlar tomonidan tuzilgan "Tarbiyai atfol" jamiyati shu yilning o'zida Fitrat, Usmonxo'ja Po'latxo'ja o'g'li, Ato xo'ja, Mazhar Burxonov kabi yoshlarni Istanbulga o'qishga yo'llagan edi. Ushbu jamiyat orqali o'qishga jo'natilganlar soni 1911 yilda 15 nafar, 1912 yilda 30 nafarga yetgan [6].
Jadidlarning keyingi qadami matbuot bo'ldi. Ular matbuotga asos soldilar. Yangi gazeta va jurnallar chiqardilar. Milliy jurnalistika yuzaga keldi. 1906 yilda Ismoil Obidov muxarrirligida "Taraqqiy", Munavvarqori muxarrirligida "Xurshid", Abdulla Avloniy muxarriligida "Shuxrat", Axmadjon Bektemirov muxarrirligida "Osiyo" gazetalari chop etildi. Ashaddiy millatchi N.P.Ostroumov qarshiligi bilan bir oz to'xtalish bo'lgach, 1913-1915 yillarda matbuotchilikning yangi to'lqini shakllandi. Bu davrda "Samarqand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona", "Buxoroi sharif", "To'ron", gazetalari va "Oyina" jurnali, 1917 yilda esa "El bayrog'i, "" Kengash", "Xurriyat", "Ulug'Turkiston", "Najot" kabi ommaviy axborot vositalari yuzaga keldi. Xalqning dunyoqarashi, milliy ongning yuksaltirishda matbuotning o'rni nihoyatda muhim ekanligini bilgan Maxmudxo'ja Behbudiy ham "NashriyotiBehbudiya" nomi bilan o'z xususiy nashriyotini ochadi va 1913 yilda "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo'ldi. Behbudiyning "Turkiston idorasi", "Turkistonda maktab jarida", "Buxoroda usuli jadid", "Yoshlarga murojaat", "Ehtiyoji millat", "Ikki emas, to'rt til kerak", «Musulmonchilik libos va qiyofat tanlamaydi» kabi publisistik maqolalari milliy jurnalistika asoslarini tashkil etadi. Behbudiy faoliyati va uning ahamiyati haqida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomalarida: "2020 yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, ma'rifat mash'alasini baland
ko'tarib chiqqan ulug' alloma va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi",- deb aloxida to'xtalib o'tdilar
Jadidlar teatrga xam asos soldilar. 1913 yili Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tavallolar tashabbusi bilan O'rta Osiyodagi birinchi teatr truppasi "To'ron" milliy teatri yuzaga keldi. Dramatik asarlar yoza boshladilar. Behbudiyning "PadaTkush yoxud o'qimagan bolaning holi" asari (1911 yil) bu boradagi birinchi urinish edi. Asar birinchi bor (Samarqandda xavaskorlar tomonidan qo'yilgan) 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida "Turan" teatri aktyorlari tomonidan qo'yildi. Shu kuni tariximizdagi ilk milliy teatrning rasmiy ochilishi kuni xisoblanadi. Teatr haqida Behbudiy "Tiyofr naduf' maqolasida "..Tiyofr ibratnamodur. Tiyotr va'zxonaduг. Tiyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko'zliklaг ko'гub, kar va quloqsizlar eshitib asaríanm^'^]. Taraqqiy etgan millatlar teatrlarni ulug'lar uchun odob va ibrat maktabi deb biladilar. Teatr taraqqiy etishni eng birinchi sabab va omilaridandir, -deb yozgandi.
Jadidchilarning poydevori, tamal toshi - "usuli jadid" maktabi edi. Bu tabiiy, hamonki maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa, yetishtirmoq lozim. Eski an'anaviy usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon o'zga^an. U tezkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan, bugungi o'quvchi tarix, jug'rofiya, iqtisod, fizika, kimyo, matematika kabi zamonaviy fanlarni bilishi kerak. Ilmiy fanlar, fan-texnika yutuqlari so'nggi uch-to'rt asr dunyo taqdirini boshqa o'zanga solib yubordi va Yevropani oldinga olib chiqdi. Endi Yevropa ilm-fanini egallamasdan dunyo bilan barobar yashab bo'lmaydi. Bu ilm-fanni o'zlashtiimoq uchun Yevropa tillarini bilmoq kerak. Ayni paytda o'zlikni ham saqlamoq lozim. Din-diyonat ham zarur. Xullas, yashamoq uchun uchchala jihatni ham ushlamoq kerak bo'ladi. Ushlaganda ham hech birini suiste'mol qilmaslik kerak. Aks holda muvozanat buziladi. Muvozanat buzilishi esa, yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, yolg'izgina din ushlansa, dunyo qo'ldan ketadi. Faqat o'zlik, millat desak, yana dunyodan ajralib qolamiz. Birovning biz bilan ishi bo'lmaydi.
Yevropalashsak, o'zlik yo'qoladi. Bu ham fojia. Bu fojiani Behbudiy "Padarkush"da ko'rsatib beradi.
Dunyoga chiqmoq uchun til bilmoq kerak ekan. Bu talab ham bugun mustaqil taraqqiyot sari ketayotgan O'zbekiston uchun kun tartibidan tushgani yo'q, axamiyatini yo'qotgani yo'q. Behbudiy 1913 yil "Oyina" jurnalida yozgan "Ikki emas to'rt til lozim" maqolasida shu xaqda so'z yuritadi. Tilimiz turkiy, madrasalardagi shariy va diniy kitoblar arabiy, nazm va nasr kitoblari esa forsiydir.Turkistonda qadimdan beri bu uch til joriy bo'lib kelgan. Saodatki, turkiy va forsiyni taxsilsiz ham bilamiz, o'zaro gaplashamiz, tushunamiz, deydi Bexbudiy. "Bank va sudxonalar, sud mahkamalari, notarius, temir yo'l, xulosa,zamonni paydo qilgan har bir yangi nimarsalarig'a muhtoj bo'lsak avvalg'i qadamda ruscha bilmoq lozim kelur... Bu zamon tijorat ishi, sanoat va mamlakat ishlari, xatto dini islom va millatg'a xizmat ilmsiz bo'lmaydur. ...Xulosa, bugun bizlarg'a to'rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya'ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy"[9]. Bugun biz yuzma-yuz bo'lib turgan milliy g'oya asoslari, milliy mafkura masalalari bundan yuz yil oldin jadidchilarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo'yilgan va qizg'in muhokama qilingan edi. Ma'rifatga ehtiyoj, ilm-fanni egallash g'oyasi millatning ko'pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Darhaqiqat, jadidchilarimiz olib borgan barcha ishlar, matbuotning yo'lga qo'yilishi, "usuli jadid" maktabi nazariyasi va amaliyoti, teatrchilik, hammahammasi shunga xizmat qildirildi. Shu tariqa har bir g'oyaning milliy g'oyaga aylanishi, jadidchilarimiz fikricha ikki shartni taqozo etadi.
1.G'oya millatning tub, asl ehtiyojlaridan,turish-turmushidan, asosiy an'analaridan, o'zligidan va tabiiyki, imkoniyatidan kelib chiqmog'i lozim.
2. Mazkur g'oya millat tomonidan anglanishi, his qilinishi, boshqacha aytganda, ongiga joylashib, yuragidagi o'tga aylanmog'i, so'ngsiz ishtiyoq hosil qilmog'i kerak.
Jadidchilik harakatining ijtimoiy -siyosiy qarashlari, milliy mustaqillik va davlatchilik g'oyalari (Munavvarqori, Behbudiy, Polvonniyoz Yusupov, Fitratning dasturlari), bu boradagi amaliy harakatlari va kurashlari aloxida katta mavzudir. Xulosa qiladigan bo'lsak, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviysiyosiy
tazyiqlarga qaramay millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar.Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrida millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomalarida aytganidek, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini o'uncha ko'p anglab yetadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 591 b.
2. Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faolyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 jild. - Toshkent: "O'zbekiston", 2019. - B. 508.
3. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B. 215
4. Zaynobiddin Abdurashidov. Kelajakni bashorat qilgan jadidlar "Ishonch" gazetasi 2021 -yil 8-dekabr, 149-150-son.
5. Achilov B. Jadidlarning maqsadi, haqiqiy yutuqlari va zamonaviylik. Tarjumon.uz, 2019.
6. Raxmonov M. O'zbek teatri tarixi. Toshkent, 1992
7. Чориев А., Чориев С. Ренессанс даври Европа фалсафаси.- Т.: Тафаккур кдноти, 2015.
8. Jadid ma'rifatparvarlik xarakatining g'oyaviy asoslari. "Toshkent islom unversiteti" Toshkent 2016.
9.Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faolyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 jild. - Toshkent: "O'zbekiston", 2019. - B. 508.