Научная статья на тему 'JADIDCHILAR MILLIY KUTUBXONALAR ASOSCHILARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARI)'

JADIDCHILAR MILLIY KUTUBXONALAR ASOSCHILARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARI) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
649
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
jadidlar / “G‘ayrat” / “Ma’rifat” / “Madoro” / “Koshifiya” / “Kutubxonai Ishoqiya” / jadidiy usul / toshbosma / litografiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rustamjon Holmatov

XIX arning oxiri XX asr boshlarida jadidchilar harakati bilan Turkistonda bir necha hususiy kutubxonalar ochilisha boshlandi. Ularga Obidjon Maxmudov tashkil etgan “G’ayrat”,Abdulla Avloniy tashkil etgan “Turon” Qo’qonlik Jadidchi Ibrohim Davron tashkil etgan “Modaro”, Mirzo Xo’qondiy tashkil etgan “Ma’rifat”, Namanganda Isxoqxon Ibrat tashkil etgan “Kutubxonayi ibrat”, Isoq Koshipovich tashkil etgan “Koshifiya” kutubxonalari ochila boshlandi. maqolada shular haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADIDCHILAR MILLIY KUTUBXONALAR ASOSCHILARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARI)»

JADIDCHILAR MILLIY KUTUBXONALAR ASOSCHILARI (XIX ASR

OXIRI XX ASR BOSHLARI)

Rustamjon Holmatov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: XIX arning oxiri XX asr boshlarida jadidchilar harakati bilan Turkistonda bir necha hususiy kutubxonalar ochilisha boshlandi. Ularga Obidjon Maxmudov tashkil etgan "G'ayrat'',Abdulla Avloniy tashkil etgan "Turon" Qo'qonlik Jadidchi Ibrohim Davron tashkil etgan "Modaro", Mirzo Xo'qondiy tashkil etgan "Ma'rifat", Namanganda Isxoqxon Ibrat tashkil etgan "Kutubxonayi ibrat", Isoq Koshipovich tashkil etgan "Koshifiya" kutubxonalari ochila boshlandi. maqolada shular haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: jadidlar, "G'ayrat", "Ma'rifat", "Madoro", "Koshifiya", "Kutubxonai Ishoqiya", jadidiy usul, toshbosma, litografiya.

FOUNDERS OF JADIDCHI NATIONAL LIBRARIES (LATE XIX EARLY

XX CENTURY)

Rustamjon Holmatov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: At the end of the 19th century, at the beginning of the 20th century, several private libraries began to be opened in Turkestan with the Jadidist movement. They included "Ghayrat" organized by Obidjan Makhmudov, "Turon" organized by Abdullah Avloni, "Modaro" organized by Jadidchi Ibrahim Davron from Kokand, "Marifat" organized by Mirzo Khoqandi, "Kubtkhonayi ibrat" organized by Ishak Khan Ibrat in Namangan. ", "Koshifiya" libraries, founded by Isok Koshipovich, began to open. the article provides information about them.

Keywords: ancient, "Gayrat", "Marifat", "Madoro", "Koshifiya", "Library Ishaqiya", ancient method, lithography, lithography.

Mamalakatimizda Yangi O'zbekiston Renessans davrini boshlanishida Milliy madaniyat, milliy urf-odat, milliy qadriyatlar rivojlanib bormoqda. Milliy ma'naviyatimizni shakllantirishda kitob va kutubxonalar o'rni tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kutubxona va yosh kitobxonlarni qo'llab-quvvatlashlari bejiz emas. Bugungi kunda fan va texnikaning nihoyat darajada taraqqiy etgan davrga matbuot, televideniya, kompyuter vositalarining ko'lami juda ham kengaydi. Kitob o'qish madaniyati, kutubxonalardagi manbalardan axborot

olishning usullari tobora kengayib bormoqda. Tariximizga nazar solsak, Turkiston o'lkasida maorif, fan va taraqqiyotga tamal toshini qo'ygan jadidlar o'tkanki, ular yangi usul maktablari, matbuot, teatr hatto, maktab, oliygohlar( intitutlar ) "Turon " nomli "Ma'rifat" "G'ayrat" va "Zarafrshon" nomli kutubxonalari o'z tashabbusi va harajatlari asosida qurganlar.

Turkistonda jadidlar harakatida milliy ozodlikni qo'lga kiritish, buning uchun esa yangi maktablar ochish, chet ellarga talabgorlarni jo'natib, xorijdagi yangiliklarni o'lkaga olib kelish bilan yutuqlarni ko'zlaganlar.

Savodsizlikni tugatish uchun dastlab yangi usul (uslubi jadid) maktablarini tashkil etdilar. Bu usul Qrimda 1884-yili Ismoil Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan bo'lib, 12 bola tomonidan o'qilib, 40 kunda savodini chiqargan. Ismoil Gasprinskiy 1893-yilda Toshkentga kelib, ziyoli-ulamolar bilan uchrashib, jadid (yangi) maktablar haqida ma'lumot beradi. Turkistonda birin-ketin yangi usul maktablari ochila boshlaydi. Birinchi bo'lib Xusainov mablag'i hisobiga 1893-yilda Samarqandda, 1898-yili Qo'qonda Salohiddin domla tomonidan, 1899-yilda Eski shahar, Toshkentda Mannon qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan jadid maktablari ochila boshlandi. 1900-yili Buxoroda Jo'raboy qori tomonidan, 1903-yili Mahmudxo'ja Behbudiy o'z mablag'i hisobidan yangi usul maktabini tashkil etadi. Jadidchi Isxoqxon Junaydulloxo'ja o'g'li Ibrat (1862-1937) o'z hovlisida bepul yangi maktab ochadi. O'zi yozgan darslik "Mufradod"(husnixat), san'ati Ibrat qalami Mirajab bandi "Ilmi Ibrat" va boshqa darsliklardan o'z maktabida dars beradi. Rus tilida esa Husayin Makayev " Ilmi hol" degan kitobdan dars bergan. Isxoqxon Ibratni ushbu asarlaridan namunalar o'zi tashkil etgan "Kutubxonai Isxoqiya" da bir necha nusxalarda saqlangan.

Jadid maktablari Toshkentda 1911-yilda 24 ta, Samarqandda 11 ta , Farg'onada 13 ta , Buxoroda 10 ta , Andijonda 6 ta, Namanganda 5 ta jami 69 ta maktab ishlagan bo'lsa, ularda 4106 ta bola o'qigan. 1917-yilga kelib jadidchilar maktabi 100dan ortiq bo'lgan. Masalan Qo'qonda Ibrohim davron Lo'lilar uchun yangi usul maktabini ochgan bo'lsa, Mirzo al Ma'ruf Mirzo "Gulshani Mirzo" maktablarini ochganlar. Faqat Qo'qon yangi maktablari uchun 110dan ortiq darsliklar yozilib yoki tarjima qilinib Qo'qon toshbosma matbaalarda nashr qilingan. Ibrohim Davron o'zi tashkil etgan "Madoro" kutubxonasi uchun ibtidoiy 2-sinf uchun "Madaniy jumboqlar" darsligida madaniy topishmoqlarni bolalarni salbiy va notoliblarni zehnlarini oshirish uchun yozilganini aytsa, Mirzo Xo'qondiy o'z maktabida tashkil etgan "Gulshani Mirzo" kutubxonasi uchun juda ko'p darsliklar yozganini aytgan.

Qo'qonda jadidchi boy Obidjon Mahmudov (1858-1936) Qo'qonda tashkil etilgan muxtoriyatda ( davlatda oziq-ovqat) va tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan, uning tashabbusida 1914-yil fervral oyida "Sadoi Farg'ona" , 1914-yilning 17-iyulidan "Ferganskoe Exo" nomli gazetalar nashr etilgan. Arxiv ma'lumotlariga ko'ra

1913-yili Obidjon Mahmudov "G'ayrat" nomli kutubxona tashkil etadi. Bu kutubxona faqat Qo'qondagina emas, Turkistonda o'ta mashhur bo'lgan. Obidjon Mahmudov Hamza Hakimzoda Niyoziyga "Doril ul yetim" maktabini ochib berish uchun bolalarga oziq-ovqat, maktab jihozlari, "G'ayrat" kutubxonasini tashkil rtish uchun mablag' va oylik to'lab turgan.

Millat taraqqiyoti yo'lida nimaiki xayrli ish bo'lsa, Obidjon Maxmudov unga albatta, bosh qo'shdi. Podsho, mustamlakachilarga qarshi yakka-yakka kurash olib borish mumkin emasligini tushungan holda, taraqqiyparvar kuchlarni birlashtirib, keng miqyosda ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib bordi. Arxiv hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, u «G'ayrat» jamiyatining faol a'zolaridan biri bo'lgan. Jamiyatning ba'zi yig''ilishlari bevosita uning uyida bo'lib turgan. Chor amaldorlarining o'zlari ham «Sadoyi Farg'ona» gazetasini ilg'or yo'nalishdagi nashr sifatida tan olganlar. Uning noshiriga esa ishbilarmon tadbirkor shaxs sifatida baho beradilar. Ayni paytda, Turkiston o'lkasi Rossiya hukmronligidan albatta, xalos bo'lish kerak, degan fikrlarni bir necha bor aytganligi uchun unga ishonchsizlik bilan qaraganlar.

Obidjon Maxmudov 1906-yil Qo'qon shahrida tashkil topgan savdo-sanoat birja jamiyatining faol a'zosi bo'lgan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, barcha jadidlar qatori u ham mustaqillik uchun kurash jarayonida iqtisodiy mustaqillikka erishish masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Shu bois u iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib siyosiy, huquqiy, madaniy va diniy sohalarda mustaqillikka erishib bo'lmasligini yaxshi anglab yetgan edi. Mustamlakachi hukumat mahalliy mulkdorlar, ishbilarmon, tadbirkorlar mavqeining o'sishiga qarshilik ko'rsatib turgan bir sharoitda, u iqtisodiy sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. O'zi nashr etgan «Sadoyi Farg'ona» gazetasida iqtisodiy sohaga oid bir qancha maqolalarni e'lon qildi.

Masalan, gazetadagi maqolalarning birida mahalliy savdogarchilik, uning o'tmishdagi mavqei, o'ziga xos xususiyatlari, afzalliklari to'g'risida ma'lumotlar bergan. Muallifning yozishicha, ilgarigi zamonlarda savdogar ahli nufuzli tabaqa sifatida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan. Biror kishining boshiga ish tushib, pul so'rab kelsa, minnatsiz yordam berishni ular o'z burchlari deb bilganlar.

Obidjon Maxmudov tadbirkor shaxs bo'lgani bois, iqtisodiy masalalarga, xususan, mahalliy sanoat, savdo va hunarmandchilikka katta ahamiyat bergan. U o'zining «Sadoyi Farg'ona»dagi maqolalarining birida mahalliy qog'oz ishlab chiqarish hunarmandchiligiga to'xtalib, bu haqdagi o'z fikrlarini bayon etgan. Muallif o'z zamonasida qadim zamonlardan beri o'lkadagi kitobat va saroy ishlari uchun ishlatiladigan qog'ozlar Rossiya va Xitoydan olib kelinmay, balki Turkistonda, aynan Qo'qonning o'zida ishlab chiqarilar edi, deydi. Bu qog'ozlar shu yerning o'zida tayyorlanishi bilan birga, arzon ham edi. Qog'ozlar asosan Qo'qonning «Mo'yi Muborak» degan mavzesida ishlab chiqarilgan bo'lib, ilgarilari bu yerda 10 - 15

atrofida qog'oz objuvozlari ishlab turgan. Lekin muallifning ta'kidlashicha, ayni paytda bunday objuvozlarning ba'zilarigina ishlayotgan edi.

Mahalliy qog'oz ishlab chiqarishning yo'q bo'lib ketishidan xavfsiragan O.Mahmudov hukumat rahbarlarini milliy hunarmandchilikning ushbu tunning rivojiga ahamiyat berishga chaqiradi: «Balki hukumatga bir yaxshi foydalik ish bo'lib qolsa ham ajab emas, yana besh- o'n yil ahamiyat berib, shul ishni ochmasalar ehtimolki nazardan shul kasb g'oyib bo'lib ketsa ham ajab emas».

Rossiyadagi 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobi Turkistonda ham mustaqillik uchun kurashning kuchayishiga katta turtki berdi. Bu kurashda Farg'ona taraqqiyparvarlarining peshqadami Obidjon Mahmudovning ham o'z o'rni bor. U Turkiston o'lkasi Ijroiya qo'mitalarining 1917-yil 10-aprel s'yezdida faol delegatlardan biri sifatida ishtirok etib, bo'layotgan ijtimoiy o'zgarishlarni ommaga qanday qilib yetkazish xususida o'z takliflarini bildirdi. Mazkur davrda Turkiston taraqqiyiarvarlari o'zlarining barcha orzu-umidlarini amalga oshishini Turkiston o'lkasi va Rossiya Ta'sis majlislari bilan bog'lagan edilar. Lekin tarixiy va siyosiy voqealarning boshqacha tus olishi bunga imkon bermadi. Oktyabr to'ntarishi ularning o'z usullarini o'zgartirishga majbur qildi. 1917-yil 15-22-noyabr kunlari Toshkentda bolshevik va eserlardan iborat I.F.Kolesov boshchiligidagi Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.

Bu hukumat dastlabki kunlardan e'tiboran o'zining shovinistik mustamlakachilik mahalliy xalqlarni hokimiyatga yaqinlashtirmaslik, zo'ravonlik, milliy va diniy urf-odatlarni mensimaslik kabi siyosatini amalda tatbiq etdi. Bundan norozi bo'lgan Turkiston o'lkasining mahalliy aholisi vakillari 1917-yil 26-29 noyabr kunlari Qo'qonda o'lka musulmonlarining 4-favqulodda Qurultoyiga to'plandilar va Turkiston Muxtoriyatini tashkil etdilar. Ushbu hukumat tarkibida O.Mahmudov ham bo'lib, u oziq-ovqat noziri vazifasiga saylandi. Oradan ko'p o'tmay, 1918-yil fevral oyida Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan zo'rlik bilan ag'darildi. Shundan so'ng, jadidlarning bir qismi o'z g'oya va maqsadlarini sovet hokimiyati idoralaridagi amaliyotlari orqali amalga oshirmoqchi bo'ldilar. O.Mahmudov ham shu kezlarda sho'ro hokimiyati idoralarida ishlab, imkon qadar xalq manfaatlariga xizmat qilishga harakat qildi. Obidjon Mahmudov haqiqiy millat fidoyisi edi.

Arxiv ma'lumotlariga ko'ra Namangan shahrida 1913-yilda Qrimdan ko'chib kelgan jadid Isxoq Komilovich Sharipov shaxsiy kutubxonasini ochadi. Uning fondida badiiy- ilmiy asarlar qatorida qishloq xo'jaligi, ayniqsa ipakchilik -pillachilikga oid adabiyotlar to'plab saqlangan. Har bir kitobda "Koshifiya" degan muhr bo'lgan. Toshkentda Munnon qori, Andijonda Salohiddin domla tomonidan jadid maktablari ochildi.

Shu tariqa maktablar ochilishi kitob va darsliklarning yozilishi bilan bog'liq masala edi. Yangi usul maktablarda bolalar o'qish yozishni 2 yilda eski, an'anaviy

maktablarda esa 5 yil vaqt sarflanar edi. O'z mehnatidan to'la ma'no, qoniqish hosil qilgan va ilg'or usulning mohiyat-oqibatini chuqur his qilgan jadidchilaming asosiy ko'pchiligi darsliklarni ham o'zlari yozganlar. Masalan : Munavvar qori (1878) jadid maktablari uchun yangi tovush usulida darsliklar "Adibi avlod" (1-adib), 1907-yili "Alifbe" va "Adibi soniy" (2-adib) kabi kitoblarni yozib, o'z harajati bilan Toshkentdagi toshbosma matbaalarda chop etadi va maktablarga tarqatadi. Bu darsliklar Turkustonda oktyabr to'ntarilishidan ham keng qo'llanilgan.

Millatni yuksalishi va uyg'onishi faqat maktabgagina bog'liq emas edi. Keng xalq ommasini dunyo voqealaridan, o'z ijtimoiy ahvolidan, siyosiy voqealardan habardor bo'lishi uchun gazeta va jurnallar badiiy ilmiy to'plamlar nashr qilishga e'tibor qaratdilar. Milliy tillarda gazeta nashr etish uchun yana jadidchilar harakat qildilar. Ular o'z mablag'lari yoki homiy boylar hisobidan Turkistonning ko'plab shaharlarida kitob va gazeta- jurnallar nashr qiluvchi bosmaxonalar tashkil etdilar.

1870-yilning iyul oyidan boshlab "Turkistaniskiya vedomosti"ga ilova tarzida o'zbek tilida chiqa boshlagan. "Turkiston viloyatining gazeta"siga Shohimardon Ibrohimov muharrir qilib tayinlangan. Dastlab 1906-yilda Ismoil Obid muharrirligida Toshkentda "Taraqqiy" gazetasi, shu yili Munavvar qori gazetaga ruxsat oldi. "Xurshid" (1906) gazetasi 8 betlik gazeta idorasi Toshentning Zanjirali mahallasida makon topgan edi. Munavvar qori najot topgan (1916) va Kengash gazetalarini chop etgan bo'lsa, Abdulla Avloniy 1907-yilda "Shuhrat", 1908-yilda Axmadjon Bektemirov "Osiyo", 1914-yilda "Sadoi Turkiston" gazetasining muharrir Asadullaxo'ja Ubaydullaxo'jayev, 1915-1918 "Al Islox", 1917-yilda "Najot", "Kengash", "Turon" kabi gazetalar chop etilgan.

Samarqandda "Samarqand (Behbudiy)", "Oyna ", Qo'qonda "Sadoiy Farg'ona", O.Muhammadov "El bayrog'i" Ashurali Zohiriy "Kengash"jurnali H.H. Niyoziy "Yurt" ashurali Zohiriy jurnaliga muharrirlik qilgan.

Kitob va jurnallarning nashrdan chiqishi maktab ochgan jadidlarga zamonaviy kutubxona va kataloglarni tashkil qilishga imkoniyat yaratdi. Jadidchilar ana shunday kutubxonalarni ochishda katta hissalarini qo'shganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yuldasheva, S. (2022). Level of Studying the Psychology of Reading in Foreign Countries. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 28-36.

2. Yuldasheva, S. N. (2022). INNOVATIVE WAYS TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF TRADE POLICY IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 505-508.

3. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

4. Habibjonov, I. (2021). PO 'LAT MO 'MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 401-409.

5. Угли, X,. И. Т. (2020). Узбек соли; терминларининг аффиксация усули билан ясалиши. Oriental Art and Culture, (V), 200-206.

6. Омоновна, С. X. (2022). ПРОФИЛАКТИКА КОНСЕРВАТСИЯСИ: КИТОБ ВА КУЛЁЗМА ХУЖЖАТЛАР, ЖАМИЯТДАГИ ТАРИХИЙ ЁДГОРЛИККА ЕТАЁТГАН ЗАРАРЛАРНИ ТУХТАТИШ ОМИЛИ СИФАТИДА. Oriental Art and Culture, 3(1), 527-535.

7. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

8. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO 'LIARI VA VOSITALARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 367-372.

9. To'Ychiyeva, S. N. M. (2022). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI. Oriental Art and Culture, 3(2), 683-689.

10. Туйчиева, Д. (2022). АМИР ТЕМУРНИНГ КИТОБХОНЛИК ОДОБИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, 3(1), 176-185.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.