Научная статья на тему 'JADID MARIFATPARVARLARI G’OYALARIDA XOTIN – QIZLARNI O’QITISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI'

JADID MARIFATPARVARLARI G’OYALARIDA XOTIN – QIZLARNI O’QITISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
275
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidlar / marifatparvarlik harakati / jamiyat / Dilshodi Barno / Anbar otin / axloq. / Jadids / enlightenment movement / society / Dilshodi Barno / Anbar Atin / ethics.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Yakupbayev, Safarboy Ibadullayevich

Jamiyatda ayolning o’rni va roli qanday? Insoniyat ming yillardan buyon ushbu savolga javob izlaydi. Bugungi texnologiyalar taraqqiyoti, ulkan kashfiyotlar zamonida bu masala yanada dolzarb va o’tkirroq ko’rinish olmoqda. Birlashgan Millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, ayni paytda jamiyatda ayolning ahvoli va roli muammosi ekologik-iqtisodiy masalalardan keyin ikkinchi o’rinda turibdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF WOMEN GIRLS EDUCATION ON SOCIETY DEVELOPMENT IN THE IDEAS OF MODERN EDUCATIONAL PEOPLE

What is the place and role of a woman in society? Humanity has been searching for an answer to this question for thousands of years. In today’s time of technological progress and great discoveries, this issue is becoming more urgent and acute. According to the United Nations, the problem of the status and role of women in society is second only to environmental and economic issues.

Текст научной работы на тему «JADID MARIFATPARVARLARI G’OYALARIDA XOTIN – QIZLARNI O’QITISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI»

JADID MARIFATPARVARLARI G'OYALARIDA XOTIN - QIZLARNI O'QITISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIRI

YAKUPBAYEV Safarboy Ibadullayevich

Ilmiy tadqiqotchi. +99890 134 22 21 Yakupbayev@bk. ru

https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-76-80

Jamiyatda ayolning o 'rni va roli qanday? Insoniyat ming yillardan buyon ushbu savolga javob izlaydi. Bugungi texnologiyalar taraqqiyoti, ANNOTATSIYA ulkan kashfiyotlar zamonida bu masala yanada dolzarb va o'tkirroq ko 'rinish olmoqda. Birlashgan Millatlar tashkiloti ma 'lumotlariga ko 'ra, ayni paytda jamiyatda ayolning ahvoli va roli muammosi ekologik-iqtisodiy masalalardan keyin ikkinchi o 'rinda turibdi.

КаШ so'zlar:]аё1ё1аг,тап/Мрагуаг11к ЬагакаИ,]аш1уа1, БШНоЛ Вагпо, ЛпЪат оИп, ах1оц.

Каково место и роль женщины в обществе? Человечество искало ответ на этот вопрос тысячи лет. В наше время технического прогресса и великих открытий этот вопрос АННОТАЦИЯ становится все более актуальным и острым. По данным ООН, проблема статуса и роли женщин в обществе уступает только экологическим и экономическим вопросам.

Ключевые слова: джадиды, просветительское движение, общество, Дильшоди Барно, Анбар Атин, этика.

What is the place and role of a woman in society? Humanity has been searching for an answer to this question for thousands of years. In today's time of technological progress and great discoveries, this issue is ABSTRACT becoming more urgent and acute. According to the United Nations, the problem of the status and role of women in society is second only to environmental and economic issues.

Key words: Jadids, enlightenment movement, society, Dilshodi Barno, Anbar Atin, ethics.

KIRISH (Introduction)

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning ilmli, har jihatdan yuksak axloq-odob egasi bo'lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat avj oladi. Zero, oiladagi

76

www.birunij ournal .uz

bola tarbiyasi ya'ni yosh avlod tarbiyasi asosan onalar qolida ekani hammaga ayon bo lib qoladi. Shu bois ilg or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yoli bilan ham bolajak ziyoli onalarni voyaga yetkazishga hissa qo'shadilar.Ular orasida ayollarning ham borligi diqqatga sazovordir.

Turkiston ma'rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning axloqiy qarashlari lirik -falsafiy she'rlarida va «Qarolar falsafasi» (1898) risolasida o'z aksini topgan. Anbar otin ham inson axloqiy darajasini aql, ilm - ma'rifat bilan bog'laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog'iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariat va tariqat namoyandalari aynib ketganligi, boylardan insof ko'tarilganligi haqidagi fikrlar mardona ilgari suriladi. «Muqimiyga», «Mingboshi kal Omil hajvi», «Olimjon hoji ta'rifi» kabi she'rlarida ana shu yo'nalishni ko'rish mumkin. Tanqidiy-badiiy shakldagi bu yo'nalish «Qarolar falsafasi» risolasida falsafiy-tahliliy shakl kasb etadi

«Qarolar falsafasi» asari asosan bir- birining ziddi bo'lmish ikki muammo -ijtimoiy adolat va ijtimoiy zulm tushunchalariga bag'ishlangan. Risola ko'p o'rinlarda falsafiy - majoziy talqinlardan iborat. Chunonchi, risola davomida ayniqsa, uning birinchi faslida qora va oq ranglarning majoziy hamda botiniy mohiyati o'ziga xos tarzda ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnatayotgan insonlar qalbining oqligi, oq tana - yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarning qoraligi ta'kidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi. Anbar otin shunday deb yozadi: «Ul qaro xalq oftob so'zanida mehnat qilib, o'zlari har qancha kuyganlari holda, xosillarini hamtovoqlariga tuhfa qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qoradur, o'zi o'tda kuyib qaro bo'lg'oni holda ovqat pishurib odamlarni to'ydirur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Qarolar bordurlarki, alar o'zlari qaro bo'lg'oni holda, ma'rifat nuri siyratlarida to'ladur va ul nurlarni fasohat va til durdonalari vositasi ila olamg'a oq shu'la socharlar, Misol uldurki, qaro charog' o'zi qaro yog', kuyundig'a giriftor bo'lg'oni holda, nuri ilan kulbani ravshan qilur» [2.b.86].

Risolaning ikkinchi faslida Anbar otin o'sha davrdagi ayollar ahvolini, ularning bevosita va bilvosita ijtimoiy kamsitishlar natijasida o'z iqtidori, istedodi, latofatini namoyon qila olmasliklarini aytib o'tadi. Ular, hatto, ko'cha-ko'ylarga zarurat yuzasidan, masalan, qarindosh-urug'larini ko'rgani borish uchun chiqqanlarida, eski paranjiga o'ranib, kampirlar kabi bukchayib yuradilar. Chunki agar qaddi qomatini

[1.b.78].

77

www.birunij ournal .uz

adl tutib, yoki ochilib-sochilib yursalar, unlarga erkaklar tajovuz qilishlari mumkin. Bunday axloqsizlikning ildizi ijtimoiy adolatsizlikka borib taqaladi: kambag'alligi tufayli uylanish, oila boshlig'i bo'lish huquqidan mahrum bo'lgan bunday erkaklar shayton vasvasasiga tushib, shahvoniy nafslarini tiyolmay qoladilar. Lekin taraqqiyparvar shoira kelajakka katta ishonch bilan qaraydi: bu ijtimoiy axloqiy illatlar albatta o'tib ketadi, hurlik, tenglik zamonlari keladi. Mana bu haqda Anbar otinning o'zi nima deydi: «Bir zamoni bo'lurki, kamina mushtipar kabi olijanob orzu qilg'ondan ziyoda bo'lur... alarni mazlumalar avlodi xatarsiz tavallud o'lib, yaxshi parvarish topib, hushro'y va hushho'y, botamiz va vatando'st, serg'ayratu mehmondo'st bo'lub, kamolg'a yetar. Ul zamonda barcha xalq sohibjamol bo'lur...

Ul zamonda odam axloqi ul darajag'a eturki, mijoz gala hotunlik rusumini tark etar va har yer bitta xotin ila farog'atvor kun kechirgay...

Ul vaqt qizlar ilmi dunyoviy tahsilig'a muyassar bulub, urfon tahtida qaror topib, ellar va ulug'lar safig'a doxil bo'lurlar, alar hayrat va mehnatda erlarg'a hamfo va yovar bo'lub, obro' topib, hurmat va ikromg'a sazovor bo'lurlar. »

Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham, shaxs sifatida ham kishini hayratga soladigan darajada matonatli, pokiza inson, yuksak axloq egasi bo'lgan. U umrini Turkiston xalqlari ma'naviyatini yuksaltirishga bag'ishladi, nogiron bo'lishiga qaramay, adolatnining pahlavoni bo'lib kurashdi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonimizga bu tom ma'nodagi qahramon ayollar orzu qilgan kun keldi. Anbar otinning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi.Hozirgi kunda yurtimizda yutboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuqoridagi shoiraning fikrlarining isboti bo'lmoqda.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning ilmli, har jihatdan yuksak axloq-odob egasi bolishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat avj oladi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi ya'ni yosh avlod tarbiyasi asosan onalar qolida ekani hammaga ayon bo lib qoladi. Shu bois ilg or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yoli bilan ham bolajak ziyoli onalarni voyaga yetkazishga hissa qo' shadilar. Shu jihatdan Olimat ul -Banotning Sankt - Peterburgda 1898 va 1899 yillarda ikki marta nashr etilgan «Muosharat odobi» «(Turmush odobi)» asari o'z vaqtida katta ahamiyatga ega bo'lgan. «Agar hotun o'qigan bo'lsa, o'zining kim ekanligini, vazifasi nimadan iborat ekanligini shak - shubhasiz biladi [4.b.32].

Bolalarini esa go'zal tarbiya qiladi, eri bilan yaxshi muomalada bo'ladi va nihoyat Alloh Taolaning amriga muvofiq hayot kechiradi», - deydi risola muallifi. Unda ayollarning turmushdagi o'rni, oilaviy vazifalari, er - hotin orasidagi

[3.b.54]

78

www.birunij ournal .uz

munosabatlar, bolalar tarbiyasi uy tutish, nikoh va muhabbat borasida fikrlar bildiriladi. Ayni paytda, uy xizmatchilariga munosabatda insof va adolat yuzasidan, ularning ham uy egalariga o'hshash inson ekanliklarini hisobga olib, ish ko'rish lozimligi ta'kidlanadi, turmushning oqilona uyushtirilishi uchun xizmat qiladigan ibratli maslahatlar beriladi. Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul - Banot Sibg'atulloh qizining sakson etti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa tarbiyaning turli tomonlarini birvarakay o'z ichiga oladi. Axloqshunos olima o'z risolasi mohiyatini quyidagicha belgilaydi: «Oila saboqlari xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlariga oila vazifalari to'g'risida foydali ma'lumot bergani kabi o'quvda tamom yengillik va bir tarafdan asosli bir axloq sabog'i hamdir». U o'n ikkinchi saboqda tarbiyani «ilmli axloqning tani, negizi» deb ta'riflaydi. Asar falsafiy mushohadalardan ko'ra ko'proq amaliy ko'rsatmalardan iborat. Ayni paytda, unda ham ma'naviyatga, ham moddiyatga zamonaviy munosabat masalasi o'rtaga tashlanadi, yuksak axloqli bolani voyaga etkazishda har ikki yo'nalishdagi tarbiyaning muhimligi ta'kidlanadi [5.b.27].

Bilamizki, xotin-qizlar jamiyat hayotining barcha jabhalarida ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda. Ular uchun faoliyatning biror bir turi taqiqlanmagan, qolaversa, ijtimoiy muhit uni ma'lum bir mavqe yoki daraja bilan cheklab qo'ymayapti. Bir so'z bilan aytganda, bugungi kunda xotin-qizlar shaxsiy va ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teppa-teng ishtirok etmoqda. Ularning aksariyati erishilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmasdan, balki yanada ko'proq yutuqlarga erishishga harakat qilmoqda.

Ayol xonadon charog'boni, fayzi. Ayol ishchi, xodim, u hech narsani e'tibordan soqit qilmagan holda, oqilona qarorlarni qabul qiladi. Ta'kidlash kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayollar katta rol o'ynamoqda. Ushbu mamlakatlarning jadal iqtisodiy rivoji bevosita ayollarning biznes sohasida salmoqli yutuqlarga erishishiga olib kelayotir.

Grant Thorntonning 45 mamlakatdagi xususiy kompaniyalarda ishlovchi 6,6 ming kishi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomasiga ko'ra, BRIKS(Braziliya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, JAR)ga kiruvchi davlatlarda rahbariy lavozimlarda ayollarning ulushi 30 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, G7 ga kiruvchi mamlakatlarda bu ko'rsatkich 20 foiz, jahonda esa 24 foizdan iborat. Taqqoslash uchun qo'shimcha qilib aytish mumkinki, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu ko'rsatkich atigi 10 foizdan oshmaydi [6.b.87].

Albatta, gender tengligi borasida erishilgan yutuqlardan ko'z yummagan holda, ammo hali ham ayollar va erkaklarning tengligi masalalarida ko'pdan-ko'p muammolarni sanab o'tish mumkin. Xususan, ayol va erkaklarning oylik maoshi

79

www.birunij ournal .uz

xususida gap ketar ekan, ay ollar ish haqi erkaklarnikining 77 foizini tashkil etishi ham dolzarb muammolardan sanaladi.

XULOSA (Conclusion)

Ming shukurki, Vatanimiz, xalqimiz hamisha ayollarni, onalarni ardoqlab kelgan, bu narsa, ayniqsa, mustaqillik yillarida yanada dolzarblik kasb etdi. Xususan, o'tgan yillar davomida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholi turmush farovonligini hamda uzoq umr ko'rish darajasini oshirish yo'nalishlarida salmoqli o'zgarishlar yuz berdi. Inchunun, yurtimizda o'tgan yillardan bir nechtasini bevosita oila, ayollar va bolalar mavzulari bilan bog'langanini e'tiborga olsak, bizda ayollarga alohida e'tibor va g'amxo'rlik qaratilayotganiga yana bir karra amin bo'lamiz. Binobarin, ona va bola hayoti, uning istiqboli bugun davlat va jamiyatning muhim yumushiga aylangan, desak aslo mubolag'a emas.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari, T.4.-T.: "O'zbekiston" NMIU, 2020.-B.456.

2. Anbar Otin, she'rlar, risola. -T.: Badiiy adabiyot, san'at nashri. 1968.

3. Doniyorov S. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. // "Yangi O'zbekiston", 2021 yil 17 avgust, 165 (421)-son.

4. Karimov D. Ta'limdagi yangilanish va sifat // "Xalq so'zi", 2022 yil 30 sentyabr

5. Maxmudov N. Milliy o'zligimizning rost va raso o'zagi // "Xalq so'zi", 2022 yil

6. Qodirova M., XHX asr o'zbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri. -T.: O'qituvchi, 1977.

7. Qayumov L., Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. -T.: O'zbekiston, 1964.

8. Norboyeva T. Ayol baxtli bo'lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo'ladi // "Xalq so'zi", 2022 yil 6 sentyabr.

9. Saidov A. Inson qadrini konstitutsiyaviy ulug'lash va Yangi O'zbekistonni barpo etishda parlament mas'uliyati // "Yangi O'zbekiston", 2022-yil 24-dekabr, 2662-son.

28 dekabr.

80

www.birunij ournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.