Научная статья на тему 'JADID ADABIYOTI'

JADID ADABIYOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Jadid" / jadidchilik adabiyoti / sheʼriyat / ziyolilar

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Odinaxon Tojiboyeva Xasanovna

Ushbu maqolada Turkistonda Jadidchilik harakati vujudga kelishi, jadidchilik harakatining namoyondalari va ularning gʻoyalari hamda jadidchilik adabiyoti haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADID ADABIYOTI»

Andijon viloyati Paxtaobod tuman 2-son kasb- hunar maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10841838

JADID ADABIYOTI

Odinaxon Tojiboyeva Xasanovna

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-mart 2024 yil Ma'qullandi: 17-mart 2024 yil Nashr qilindi: 20-mart 2024 yil

Ushbu maqolada Turkistonda Jadidchilik harakati vujudga kelishi, jadidchilik harakatining namoyondalari va ularningg'oyalari hamda jadidchilik adabiyoti haqida so'z yuritiladi.

KEY WORDS

"Jadid", jadidchilik adabiyoti,

she'riyat, ziyolilar

"Jadid" so'zi arabcha so'z bo'lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Shu boisdan ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchilik faoliyat bilan shug'ullangan taraqqiyparvar, ilg'or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda "jadid" degan nomga musharraf bo'lishgan. Ularning harakati esa tarixda jadidchilik deb nom qoldirgan.. Bu harakatning paydo bo'lishi va rivojlanishi o'sha vaqtdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog'liq edi.

Turkiston diyorida jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida ushbu insonlar turardi:

Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev (Ubaydulla Xo'jayev), Toshpo'latbek Norbo'tabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xo'jayev, Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho'lpon, Is'hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (O'sh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm). Ushbu kishilar Turkiston o'lkasida Jadidchilik harakatini rivojlantirishda ulkan hissa qo'shgan kishilardir. Ular o'z gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari tevaragida to'planishar edi. Ularning ko'pchiligi shu davrning ko'zga ko'ringan ijodkorlari shoir-u yozuvchilar edi. Ular o'z asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-yillardayoq ma'rifat va ozodlik g'oyalari uning markaziy mavzuyiga aylandi. Adabiyotga „millat" va „vatan" tushunchalari kirib keldi. Milliy she'rlarga rag'bat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza shakllandi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti O'zbekiston mustaqilligidan keyin milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti deb davrlashtirildi.

Adabiyotdagi bunday uyg'onish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham ro'y berdi. Jadidlar o'zbek xalqi hayotiga tom ma'nodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yo'lga qo'yila boshlandi. Yevropa ko'povozli musiqa san'ati bilan tanishgan jadidlar o'zbek an'anaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga da'vat etishgan. 1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon" kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) bo'limi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar san'at vositasi bilan millat qadrini ko'tarish, san'atning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „O'zbekiston Respublikasi" maxsus jildining tegishli bo'limlariga — adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy ta'lim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini kun tartibiga qo'ydilar. Ular musulmon maktablarining ta'lim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.

Jadidlar Turkiston xalqini sovet hukumatiga bo'yin egish xavfidan qutqarishning birdan-bir to'g'ri yo'li avval tarbiya va ma'rifat, so'ng islohot ekanligini juda yaxshi anglab yetdilar va quyidagi me'zonlarni yaratdilar:

1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo'lgan bo'lsa, jadid adabiyotida bularning o'rtasida o'zaro tenglik ya'ni diniy-dunyoviylik qaror topdi.

2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g'arb adabiyotidagi esse, drama, roman, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she'riyat kabi badiiy janrlar ko'rinishiga ega bo'ldi. Proza va publitsistika paydo bo'la boshladi.

3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma'rifatchilik mafkurasi, milliy-ozodlik xususiyatiga ega edi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o'z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.

4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o'zgardi. U endi an'anaviy oshiq yohud ma'rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o'z ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashiga ega bo'lgan shaxsdir. Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo'lgan yirik iste'dod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san'ati arboblarini ham tarbiyaladi. Bunga yaqqol misol qilib Abdulhamid Cho'lponni (1897-1938) keltirishimiz mumkin. Jadid adabiyotida she'riyat ya'ni jadid she'riyati eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko'zga tashlandi. Jadid g'oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida she'riyat san'atining ta'sir ko'rsatishi kuchli bo'ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o'z ijodiy-amaliy faoliyatini she'r yozish va drama bilan bog'liq holda olib bordi. Shu jumladan, Abdulhamid Cho'lpon ham o'z she'rlarida jadidchilik g'oyalarini olg'a surdi. Shunday qilib, jadid adabiyotida she'riyat o'ziga xos tarzda namoyon bo'ldi. Cho'lponning she'rlari jadid adabiyoti mafkurasini yoritib bera oldi. Xususan, Cho'lponning kichik-kichik she'rlaridan tortib, katta janrdagi barcha asarlarida, barcha-barcha ma'rifatparvar ijodkorlar ijodida jadid adabiyoti mafkurasi o'ziga xos mavzuga aylana oldi. O'sha davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, jadid adabiyotidagi barcha janriy izlanish holatlari ko'plab uchrab turishi va ularning mafkurasi chinakam mavzuga aylana oldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Cho'lpon adabiyotning juda ko'p tur va janrlarida samarali ijod

etgan bo'lsa-da, shoir sifatida ko'proq tanildi. U o'zbek adabiyotining zabardast vakili, yangi o'zbek she'riyatining asoschisidir. Uning o'z davrida to'plamlarda bosilib chiqqan va bugun ma'lum bo'lgan she'rlari juda ko'p emas edi. Lekin ular o'zbek ziyolilariga chaqmoqdek ta'sir qilgan va butun adabiyotni o'z izmiga olgan edi. XX asr o'zbek she'riyati chinakam Cho'lpon davri bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jadidchilik islohot yangilanish Mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Turkiston va Buxoro jadidchiligi tarixiga yangi chizgilar). Davriy to'plam N1, -T "Sharq", 1999

2. Ziyoev H.Z O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi -T, 2001y

3. htpps://arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.