Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK:619:636.7:616.28-002:616.
ITLARDA OTITLARNI UCHRASH DARAJASI VA DAVOLASH
Ruziyev A.I. - tayanch doktorant
Niyozov H.B. - vet.f.d., professor, ilmiy rahbar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada tekshirishlar natijasida Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasiga keltirilgan 79 bosh itlar tekshirilganda shulardan 17 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 22 % ni tashkil qildi. "Terra vita" qarovsiz itlarni saqlash periutidagi itlarda 96 bosh itlar tekshirilganda shulardan 20 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 21% ni tashkil qildi, hamda Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo'limidagi 292 bosh itlar tekshirilganda 32 bosh itda quloq kasalligi uchraganligi bular 11% ni va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayorgarlik o'quv markazi balansidagi itlar 88 bosh it bo'lib shulardan 13 bosh itda quloq kasalligi uchragadi, bular 18 % ni tashkil qilishi, otitga xos bo'lgan klinik belgilar ya'ni quloqdan qo'lansa hidning kelishi paypaslaganda shulqillash ovoz borligi, quloq sohasida qizarish, mahalliy harorat va og'riq borligi hamda otoskop asbobi yordamida tekshirilganda yiring rangidek suyuqlik borligi va davolashda ayrim preparatlarning samaradorligi aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Stafilokokk, streptokokk, protey, abekval, amoksiklov, otoskop, quloq, ximotripsin, gidrokortizon, diaksidin, levomitsetin spirti, otoskop, Terra vita, endoskop, otodektoz, demodekoz.
Mavzuning dolzarbligi. Quloqning yallig'lanishi barcha yoshdagi itlarda uchrab itchilik xo'jaliklarida katta iqtisodiy zarar etkazadi. Otitlarni davolashda qo'llaniladigan dori vositalari juda ko'p bo'lib, ammo davolash usullari qo'llanilgandan keyin albatta biror bir asorat qoladi. Ko'pchilik mua'liflar tomonidan davolashning juda samarali usullari ishlab chiqilgan va ular amaliyotga keng qo'llanib kelinmoqda. [1,2].
Tashqi quloq otiti veterinariya amaliyotida keng tarqalgan kasallik bo'lib hisoblanadi. Kelib chiqish sabablariga quyidagilar kiradi: bakteriyalar-ichak tayoqchasi, streptokokklar, stafilokokklar, proteylar, psevdomonas, zamburug'lar, kandida, malasseziya, aspargilius, parazitlar, otadektoz, demodekoz, sarkoptoz; boshqa sabablar: begona jismlar, noto'g'ri davolash, o'rta quloqning yallig'lanishi, yuqori darajali sezuvchanlik. [3].
Ta'kidlashicha itlarda quloq kasalliklari barcha kasalliklarning 20 % ini tashkil qiladi. Itlarda asosan tashqi va o'rta quloq otitlari uchraydi. Bu kasallikda quyidagi simptomlar kuzatiladi: itning bezovta bo'lishi, boshini silkitishi, og'rigan quloq tomonga boshini egib turishi, qulog'ini qashish, paypaslaganda bezovtalanishi, mahalliy haroratning ko'tarilishi aniqlanadi. Quloqdan kataral yoki yiringli suyuqlik
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
oqib turadi. Hayvonning umumiy holati, ishtahasi pasaygan, harorati ko'tarilgan bo'ladi. [4].
Mu'allif otitlarning kelib chiqish sabablariga quyidagilarni keltiradi: bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, protey) ulardan, ayniqsa tilla stafilokokk va zumburug'lar asosiy bo'lib hisoblanadi.
Otitlarni davolashda yaxshi ta'sir etuvchi zamonaviy dori vositalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Shunday dori vositalariga quyidagilar kiradi: Abektal -ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi antibiotik. Itlarda quloq kasalliklarini davolashda yaxshi natija beradi.
Tashqi otit itlarda keng tarqalgan bo'lib, bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo'lishi mumkin. Otitni baholash va uning diagnostikasi quloq kanallarini palpasiya qilish, quloqlarni vizual tekshirish, shu jumladan otoskopik tekshirish va otit tarkibini sitologik tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. [5].
Otitning asosiy sabablari 83,3% hollarda tananing allergik holatidan ya'ni immunitet va organizmning himoya kuchlarining pasayishidan kelib chiqadi. Kasallikning yallig'lanish jarayonining mahalliy va tizimli namoyon bo'lishining og'irligiga qarab, kasallikning to'rtta darajasi bor. [6].
Xorij olimlarining ta'kidlashicha otitlarni davolashda xalq tabobati usullaridan foydalanishni taklif qiladi. Isituvchi kompress qo'llaniladi, buning uchun 50 ml spirt 50 ml distillangan suvda aralashtirladi, yoki aroqdan ham foydalanish mumkin, salfetkani namlab quloq atrofiga qo'yiladi, quloq teshigi ochiq qolishi kerak. Uning ustidan nam o'tkazmaydigan qog'oz qo'yib quloq atrofiga bog'lam qo'yiladi. Bu muolaja bir kunda 1 marta qilinadi. [8].
Maqsad va vazifalar. Maxsus it saqlanadigan itchilik xo'jaliklaridagi va odamlar qaramog'idagi itlarda uchraydigan quloq kasalligini uchrash darajasini o'rganish va davolash tekshirishlarimizni maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqot materiallari va uslublari. Ilmiy tadqiqot Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi klinikasida qabul qilingan kasal itlarda, "Terra vita" qarovsiz itlarni saqlash periuti , Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo'limidagi itlarda hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayorgarlik o'quv markazi olib borildi. Tekshirish usullari maxsus otoskop asbobi hamda endoskop yordamida, maxsus quloq tamponlari yordamida quloq ichidagi suyuqliklarni bakteriologik hamda laborator qon tahlillari orqali tekshirildi.
Olingan natijalar tahlili. Itlarda quloq kasalliklarini uchrash darajasi va davolashga oid ilmiy tadqiqot ishlari 2022-2024 yillarda Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasiga keltirilgan 79 bosh itlar tekshirilganda shulardan 17 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 22 % ni tashkil qildi. "Terra vita" qarovsiz itlarni saqlash periutidagi itlarda 96 bosh itlar tekshirilganda shulardan 20 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 21% ni tashkil qildi, hamda Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo'limidagi 292 bosh itlar tekshirilganda 32 bosh itda quloq kasalligi uchraganligi bular 11% ni va
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayorgarlik o'quv markazi balansidagi itlar 88 bosh it bo'lib shulardan 13 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 18 % ni tashkil qildi, ushbu itlar tekshirilganda otitga xos bo'lgan klinik belgilar yani quloqdan qo'lansa hidning kelishi paypaslaganda shulqillash ovoz borligi, quloq sohasida qizarish, mahalliy harorat va og'riq borligi hamda otoskop asbobi yordamida tekshirilganda yiring rangidek suyuqlik borligi, bundan tashqari maxsus quloq tozalash tamponlari bilan tekshirilganda ushbu belgilar yaqqol namayon bo'lganligi aniqlandi.
Otit bilan kasallangan itlarni davolash
Davolash. Otit bilan kasallangan itlarni davolash maqsadida. levomitsetin spirti 0,25% 25 ml, diaksidin 1 ml, ximotripsin 1 ml, gidrokortizon 1ml, adrenalin 1ml aralashtirilib o'rta quloq yuvildi va keyingi kunlarda o'rta quloqga 3 tomchidan tomizildi hamda futsis 100 ml vena qon tomiriga yuborildi, sefotaksim-BXF3 150 mg muskul orasiga 1 gr dan 1 kunda 1 mahal yuborildi va quloq ichiga nistatin 5 ml mazdan surtildi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Xulosa.
1.Tekshirishlar natijasida Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasiga keltirilgan 79 bosh itlar tekshirilganda shulardan 17 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 22 % ni tashkil qildi. "Terra vita" qarovsiz itlarni saqlash periutidagi itlarda 96 bosh itlar tekshirilganda shulardan 20 bosh itda quloq kasalligi uchragani bular 21% ni tashkil qildi, hamda Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining nazoratsiz hayvonlarni saqlash bo'limidagi 292 bosh itlar tekshirilganda 32 bosh itda quloq kasalligi uchraganligi bular 11% ni va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayorgarlik o'quv markazi balansidagi itlar 88 bosh it bo'lib shulardan 13 bosh itda quloq kasalligi uchragadi, bular 18 % ni tashkil qildi.
2. Davolashda levomitsetin spirti 0,25% 25 ml, diaksidin 1 ml, ximotripsin 1 ml, gidrokortizon 1ml, adrenalin 1ml aralashtirilib o'rta quloq yuvilhanda va keyingi kunlarda o'rta quloqga 3 tomchidan tomizilganda hamda futsis 100 ml vena qon tomiriga yuborilganda, sefotaksim-BXF3 150 mg muskul orasiga 1 gr dan 1 kunda 1 mahal yuborilib va quloq ichiga nistatin 5 ml mazdan surtilganda davolash samaradorligi yuqori bo'ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Day, M. Mechanisms of immune-mediated disease in small animals / Day M. // In Practice, 1998. Vol. 20. - N 2. - P. 75-86.
2. David, II. Lloyd. Optimization of a condition of a skin and wool at dogs /11. Lloyd David // Waltham Focus, 1999. Vol. 9. - N 3. - p. 2-8.
3. Донник И.М. Отит его распространения диагностика и лечение. Журнал Ветеринария. 2006.- С. 42-43.
4. Гусаров О.А., Феактистов Л.П., Шурхно Е.С. Энциклопедический справочник современные лекарственные средства. М. 2005.
5. Салямова В.Х. Отит у собак. Домашний ветеринарный справочник для владельцев собак. М. 2008.
6. J. Bajva «Canine otitis externa — Treatment and complications» Can Vet J. 2019 Jan; 60(1): 97-99.
7. Войтенко Л.Г «Совершенствования Способа Лечения Собак При Наружном Отите» ФГБОУ ВО «Донской государственный аграрный университет» 2020-г. 167-174-ст.
8. Маркова А.В. Полная энциклопедия народной медицины. М. 2007.
9. Kh, D. M., & Ruziyev, A. I. (2021). Treatment of suppurative inflammation of the finger joint in sport horses. Academicia Globe: Inderscience Research, 2(6), 355-359.
10. Niyozov, B. K., & Subukhov, M. (2021). Etiological factors, frequency of occurrence and pathomorphological indications for purulent inflammation of the joint of the fingers in sports horses. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 238-244.