Научная статья на тему 'ITALYAN TILINI FRAZEOLOGIK IBORALAR ORQALI O'RGANISH'

ITALYAN TILINI FRAZEOLOGIK IBORALAR ORQALI O'RGANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorijiy tillar / tilshunoslik / italyan tili / frazeologiya / frazeologik ibora.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyqulov Behzod Abbosovich, Oltiyev Temir Jonimboyevich

Boshqa tillar kabi italyan tilida ham frazeologik iboralar mavzusi qiziq va munozarali mavzulardan biri bo’lib, o’rganilayotgan xorijiy tilda so’zlashadigan insonlarning hayot tarzini, urf – odatlarini ifodalash uchun muhum manbaalardan biri hisoblanadi. Bu esa italyan tilini o’rganishdan tashqari italiyanlarning frazeologik iboralarni qo’llash darajasi va ularni kundalik hayotiga nechog’lik bog’liqligini tushinishga ham yordam beradi.Ushbu tezisda frazeologik iboralarning xorijiy tilni o’rganishda-jumladan italyan tilinio’rganishdagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ITALYAN TILINI FRAZEOLOGIK IBORALAR ORQALI O'RGANISH»

ITALYAN TILINI FRAZEOLOGIK IBORALAR ORQALI O'RGANISH JXudoyqulov Behzod Abbosovich, 2Oltiyev Temir Jonimboyevich

1Mustaqil izlanuvchi, O'zDJTU, 2f.f.n., dotsent,O'zDJTU 1behzod xudoyqulov@dtpi.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.10814982

Annotatsiya. Boshqa tillar kabi italyan tilida ham frazeologik iboralar mavzusi qiziq va munozarali mavzulardan biri bo'lib, o'rganilayotgan xorijiy tilda so'zlashadigan insonlarning hayot tarzini, urf - odatlarini ifodalash uchun muhum manbaalardan biri hisoblanadi. Bu esa italyan tilini o'rganishdan tashqari italiyanlarning frazeologik iboralarni qo'llash darajasi va ularni kundalik hayotiga nechog'lik bog'liqligini tushinishga ham yordam beradi.Ushbu tezisda frazeologik iboralarning xorijiy tilni o'rganishda-jumladan italyan tilinio'rganishdagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Xorijiy tillar, tilshunoslik, italyan tili, frazeologiya, frazeologik ibora.

Abstract. In linguistics phraseological expressions is one of the important topics, and it is considered one of the important sources for expressing the way of life and customs of the people. This thesis is about the importance of phraseological expressions in learning the foreign languages.

Keywords: Foreign languages, linguistics, italian language, phraseology, phraseological expression.

Har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Hozirda xorijiy tilni bilish, shunchaki qizqish yemas, balki zamon talabi bo'lib bormoqda. Chet tillarini o'rganishning afzalliklari hayotimizning deyarli barcha sohalarida alohida ahamiyatga yega. Chet tilni o'rganish juda muhimdir va chet tilini o'rganish uchun son-sanoqsiz bunday sabablar mavjud. Xorijiy tillarni o'rganishga kun-sayin yuksak ye'tibor qaratilayotgani, yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarining xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hamda yuqori ilmiy natijalarga yerishishga alohida zamin yaratmoqda. Jumladan, boshqa xorijiy tillar kabi - italyan tili ham yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladi va italyan tili bo'yicha har yili talabalar turli grantlar va loyihalarga ishtirok yetish imkoniyatiga yega bo'lishmoqda. Ushbu yo'nalishdagi bitiruvchilar turli sohalarda, jumladan turizm sohasida samarali faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

Hozirda italyan tili, yurtimizning quyidagi oliy ta'lim muassasalarida, italyan tili asosiy va ikkinchi chet tili sifatida o'qitilmoqda: O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida italyan tili asosiy che tili sifatida - 2019 yildan buyon o'qitilmoqda. Samarqand Davlat Chet tillari institutida

- ikkinchi chet tili sifatida - 1999 yildan buyon ; asosiy chet til sifatida - 2005 yildan buyon o'qitilmoqda. Shu jumladan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham italyan tili -ikkinchi chet tili sifatida 2020 - 2021 o'quv yilidan buyon o'qitilib kelinmoqda. Italyan tilini o'rganuvchi va o'rganishga qiziqadigan talabalar anchagina bo'lib, tabiiyki ular tilni tezda va mukammal o'rganishga harakat qilishmoqda. Bu esa soha mutaxassislarining oldiga bir qator muhim vazifalarning dolzarbligini ko'rsatmoqda. Jumladan, italyan tilidagi grammatika, so'zlashuvga oid yoki leksik lug'atlarning o'zbek tiliga tarjima qilingan variantlarini ishlab chiqish; Italyan tili va madaniyati haqida yaxshiroq bilimga yega bo'lish uchun kerak bo'ladigan

- italyan tilidagi xalq og'zaki ijodi asarlarining qo'llanmalarini ishlab chiqish kabi muhim vazifalar oldimizda turibdi. Xorijiy tillardagi frazeologik iboralar va idiomalarni o'rganish ustida qizg'in izlanishlar olib borilayotgani va yangi natijalarga erishilayotgani chet tilini o'rganuvchi

talabalarga yanada qulaylik yaratmoqda. Bu kabi natijalar xorijiy tilni o'rganuvchi talabalar uchun tilning nafaqat grammatik-leksik xususiyatlarini, balki semantik va lingvomadaniy xususiyatlai bo'yicha bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Italyan tili va madaniyatini o'rganishda frazeologik iboralarning ham alohida ahamiyati borligini ta'kidlab o'tishimiz joiz. Italyan tili ham boshqa tillar kabi frazeologik iboralarga boy til hisoblanadi. Shuning uchun ularni turli tomondan tadqiq etish va o'ziga xos jihatlarini o'rganish lug'at boyligini oshirish hamda italyan tili bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Frazeologik iboralarni o'rganish davomida, ularni tematik-mavzulashtirilgan tasnifda o'rganish ham xorijiy tilni o'ganishda samarali ekanligini ta'kidlab o'tmoqchimiz. Jumladan italyan tilida quyidagicha tematik tasniflashga erishdik:

Atoqli otlar ishtirok etgan; frazeologizmlar;

> Tutte le strade portano a Roma

> Roma non fu costruita in un giorno

Somatizmlar ishtirokida tuzilgan frazeologizmlar, italyan tilidagi ayrim somatik iboralarga to'xtalib o'tamiz:

> Prenderci la mano - O 'rganib olmoq, qo'li kelishib qolmoq.

> Fatto a mano - Qo'lda yasalgan, yasama

Italyan tilidagi "bosh" komponentli somatik iboralar:

> Tagliar la testa al toro - Keskin qaror qabul qilmoq. (So'zma - so'z tarjimasi -Ho'kizning kallasini kesmoq)

Italyan tilidagi "ko'z" komponentli somatik iboralar:

> Chiudere un occhio ^ O 'zini hech narsa bo'lmagandek tutmoq, biror narsaga ko'z yummoq.

Fe'lli frazeologizmlar; modi di dire con i verbi - fe'lli iboralar:

> Dare una mano - Yordam qo'lini cho'zmoq/yordam bermoq.

> Alzare le mani - Qo'l ko 'tarmoq/urmoq.

Italyan tilidagi sifat komponentli iboralarni o'rganish jarayonida rang-tus sifatlari iboralarda ko'proq ishlatilishiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ularni quyidagi misollar orqali tahlil qilishimiz mumkin:

• In buone mani - Ishonchli qo'llarda, himoyada bo'lmoq;

Modi di dire sugli animali - hayvon nomlariga oid iboralar:

• Tagliare la testa al toro - Muammoga yechim topish.

• Una febbre da cavalla - Yuqori darajadagi isitma.

• Cavallo di battaglia - Eng yaxshi uddalangan ish/asar.

• Essere a cavallo - Yaxshi joyda/nuqtada bo'lish.

• Una dose da cavallo - Doriningyuqori dozasi - ga nisbatan ishlatiladi (tibbiyotda)

Modi di dire con i colori - rang - tus nomlariga oid iboralar:

• Passare la notte in bianco - Tunni uyqusiz o'tkazish.

• Essere bianco dalla paura - Juda qo'rqmoq.

Modi di dire sulla famiglia - oila mavzusiga oid iboralar:

• Fare famiglia con qd - Biror kishi bilan birga yashash

• Figlia di famiglia - Yaxshi oilaning qizi

Modi di dire sulla terra - yer so'ziga oid iboralar:

• Cadere a terra -Muvaffaqiyatsizlikka uchrash, qulash.

• A fine terra -Dunyoning chekkasida

Modi di dire sulla luna - oy va quyosh so'zlariga oid iboralar:

• Colpo di luna - Tasodifiy ehtiros

• Luna di miele - Asal oyi

Modi di dire sulla parola e parlare - so'z va so'zlashga oid iboralar:

• Ritira la parola! - So'zlaringni qaytarib ol

• Rubare la parola in bocca a qd - Birov aytmoqchi bo'lgan narsani boshqasi ilg'ab oldindan aytib qo'yish

Modi di dire sul pace - tinchlik so'ziga oid iboralar:

• Con sua buona pace -Sizning ruxsatingiz bilan

• Fare pace -Tinchitmoq

"Non" (Pane) so'zi bilan ishlatiladigan iboralar:

• "Buono come ilpane " - Muloyim insonga nisbatan ishlatiladi

• "Non e pane per i tuoi denti" - (Bu narsa) Senga atalmagan, degan ma'noda ishlatiladi.

Italyan tilidagi son komponentli iboralar:

1. Dare i numeri:

So'zma-so'z tarjimada: Sonlar/raqamlarni bermoq - tarzida bo'ladi. Ibora sifatida - O'zini ahmoqdek tutmoq, ma'nosiz narsalarni aytmoq degan ma'nolarni ifodalaydi.

2. Avere i numeri:

So'zma-so'z tarjimada: Sonlar/raqamlarga ega bo'lmoq - tarzida bo'ladi. Ibora sifatida -Qobiliyatli bo'lmoq, layoqatli bo'lmoq aytmoq degan ma'nolarni ifodalaydi.

3. Partire da zero:

So'zma-so'z tarjimada: Noldan jo'namoq - tarzida bo'ladi. Ibora sifatida - Hech kimni yordamisiz, boshidan/noldan boshlamoq degan ma'nolarni ifodalaydi.

REFERENCES

1. Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi" lug'ati. - 2021.

2. Xudoyqulov B. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida) //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 11. - С. 945-951.

3. Xudoyqulov B. ITALYAN TILIDAGI AYRIM IBORALARNING TAJIMASI XUSUSIDA ("Non" va "suv" konsepti bilan ifodalangan iboralar misolida) //INTERNATIONALJOURNALOF WORD ART VOLUME 4, ISSUE 6. - 2021.

4. B.Xudoyqulov. "Son komponentli iboralarning semantik tahliliga doir (italyan va o'zbek tillari misolida)"Scientife Bullettin of NamSU - Научный вестник - NamDU Ilmiy Axborotnomasi - 2022_1-сон. 241 b.

5. Худойкулов Б. Italyan tilida sifat komponentli frazeologik iboralarning semantik xususiyatlari //Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 264-269.

6. https://www.impariamoitaliano.com/frasi.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.