Научная статья на тему 'SO’ZLASHUV TILIDA QO’LLANILADIGAN FRAZEOLOGIK IBORALAR ( ITALYAN TILI MISOLIDA)'

SO’ZLASHUV TILIDA QO’LLANILADIGAN FRAZEOLOGIK IBORALAR ( ITALYAN TILI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
176
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birlik / frazeologik ibora / tarjima / shakl va ma’no / ko’chma ma’no / ekvivalent. / phraseology / idioms / phraseological unit / translation / meaning / figurative meaning / equivalent.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — B. Xudoyqulov, A. Davlaev

Italyan tilida frazeologik iboralar mavzusi qiziq va munozarali mavzulardan biri bo’lib hisoblanadi. Italyan tilini o’rganishdan tashqari italiyanlarning frazeologik iboralarni so’zlashuvda qo’llash darajasini tahlil qilish va iboralarning hayot tarziga nechog’lik bog’liqligini tushunishimiz muhimdir. Ushbu maqolada italyan tilida ko’p qo’llaniladigan frazeologik iboralar tahlil qilingan bo’lib, ularning semantik xususiyatlari turli misollar orqali yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHRASEOLOGICAL EXPRESSIONS USED IN COLLOQUIAL LANGUAGE (ON THE EXAMPLE OF ITALIAN)

In communication, we use various stable phrases, especially figurative expressions and phraseological units. Phraseological units closely related to the traditions and culture of every nation. Also in Italian language, PU is considered one of the most important research topics. This article addresses the semantic analysis of phraseological units in colloquial Italian language. Theoretical data about colloquial phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples.

Текст научной работы на тему «SO’ZLASHUV TILIDA QO’LLANILADIGAN FRAZEOLOGIK IBORALAR ( ITALYAN TILI MISOLIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SO'ZLASHUV TILIDA QO'LLANILADIGAN FRAZEOLOGIK IBORALAR

( ITALYAN TILI MISOLIDA) Behzod Xudoyqulov Abdugaffar Davlaev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7424175

Annotatsiya. Italyan tilida frazeologik iboralar mavzusi qiziq va munozarali mavzulardan biri bo'lib hisoblanadi. Italyan tilini o'rganishdan tashqari italiyanlarning frazeologik iboralarni so'zlashuvda qo'llash darajasini tahlil qilish va iboralarning hayot tarziga nechog'lik bog'liqligini tushunishimiz muhimdir.

Ushbu maqolada italyan tilida ko'p qo'llaniladigan frazeologik iboralar tahlil qilingan bo'lib, ularningsemantikxususiyatlari turli misollar orqaliyoritilgan.

Kalit so'zlar: frazeologik birlik, frazeologik ibora, tarjima, shakl va ma'no, ko'chma ma'no, ekvivalent.

ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИЕ ВЫРАЖЕНИЯ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В РАЗГОВОРНОМ ЯЗЫКЕ (НА ПРИМЕРЕ ИТАЛЬЯНСКОГО ЯЗЫКА)

Аннотация. Тема фразеологических выражений в итальянском языке считается одной из интересных и спорных тем. Помимо изучения итальянского языка, важно проанализировать, в какой степени итальянцы используют фразеологические выражения в разговоре, и понять, как эти выражения связаны с образом жизни.

В данной статье анализируются часто употребляемые в итальянском языке фразеологические выражения, а их семантические особенности иллюстрируются на различных примерах.

Ключевые слова: фразеологизм, фразеологизм, перевод, форма и значение, переносное значение, эквивалент.

PHRASEOLOGICAL EXPRESSIONS USED IN COLLOQUIAL LANGUAGE (ON THE

EXAMPLE OF ITALIAN)

Abstract. In communication, we use various stable phrases, especially figurative expressions and phraseological units. Phraseological units closely related to the traditions and culture of every nation. Also in Italian language, PU is considered one of the most important research topics. This article addresses the semantic analysis of phraseological units in colloquial Italian language. Theoretical data about colloquial phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples.

Keywords: phraseology, idioms, phraseological unit, translation, meaning, figurative meaning, equivalent.

KIRISH

Xorijiy tillarni o'rganishga yuksak e'tibor qaratilayotgani, yurtimizda yuqori ilmiy natijalarga erishishga alohida zamin yaratmoqda. Boshqa xorijiy tillar kabi - italyan tili ham yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladi. Shu o'rinda Italyan tili va madaniyatini o'rganishda frazeologik iboralarning ham alohida ahamiyati borligini ta'kidlab o'tishimiz joiz. Boshqa til birliklari singari frazeologik birliklarni o'rganish italyan tilida ham muhim tadqiqod mavzusi hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Italyan tilidagi frazeologizmlar bo'yicha tadqiqodlar olib borganlardan quyidagi tilshunoslarning ishlarini ta'kidlab o'tishimiz mumkin: Lapucci C., (Modi di dire della lingua italiana) [Lapucci C., 1990;] - ""Italyan tilidagi iboralar" lug'ati, Radicchi S., (In Italia. Modi di dire ed espressioni idiomatiche) - Idioma va iboralar lug'ati; Quartu B. M., (Dizionario dei modi di dire della lingua italiana) - Italyan tilidagi iboralarning lug'ati. [Quartu B. M., 2000;]; Turrini G., Alberti C. [Turrini G., Alberti C. 2002;] Gianluca Aprile.,(Italiano per modo di dire) - Italyan tili - iboralar bo'yicha qo'llanmasi; [ Gianluca Aprile. 2008;] va b.q. ASOSIY QISM

Oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan o'quv jarayoni, xususan, til o'qitish bilan bog'liq fanlar bo'lajak mutaxassislarning shaxs sifatida shakllanishi, intellektual, axloqiy jihatdan rivojlanishlari uchun qulay sharoitlarni yaratmoqda. Til - millatning ruhi, uning ulkan boyligi, shu bois tilni umumbashariy qadriyatlar sirasiga kiritadilar. Til - aloqa vositasi. Uning kommunikativ belgilari insonlar o'rtasidagi turli munosabatlarda, nutqiy vaziyatlarda namoyon bo'ladi. [M.Abdurahmanova, D.Fattoxova, U.Xalmuxamedova, N.Inogamova, N.Egamberdiyeva, 2018.]

So'zlashuv tili umumxalq tilming barcha ko'rinishlari kabi og'zaki va yozma shakllarda qo'llaniladi. Uning og'zaki ko'rinishi yozuvdan oldin ham qo'llanilgan. Bu davrlarda u yozma shaklning vazifasini bajargan. Jumladan, xalq og'zaki ijodiyotida, sheva va dialektlar (urug', qabila tillari) ning o'zaro umumiy muomalasida keng qollanilgan. Chunki, u sheva va dialektlatdagi umumiy, ko'p tomondan bir xilda shakllangan til xususiyatlarini o'zida singdira borgan. [Usmon Sanaqulov, 2004.]

Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, frazeologik birliklar til bilan birga paydo bo'lib, til bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Ammo jamiyatning turli davrlarida ularning o'rni va ahamiyati turlicha baholanadi. Frazeologizmlar tuzilishi, lek-sik-semantik, funktsional-uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o'ziga xos shakllanish xususiyatlariga ega bo'lgan til birligidir. [G'.Rahimov, 2016]

Italyan tili ham boshqa tillar kabi frazeologik iboralarga boy til hisoblanadi. Shuning uchun ularni turli tomondan tadqiq etish va o'ziga xos jihatlarini o'rganish lug'at boyligini oshirish hamda italyan tili bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Ushbu maqolaning maqsadi so'zlashuvdagi frazeologik iboralar tahliliga bag'ishlangan bo'lib, ularni quyidagi misollar orqali tahlil qilamiz:

• Essere bianco dallapaura - Juda qo'rqmoq. [Oltiev T., Xudoyqulov B. 2021;]

• Essere rosso dalla vergogna - Juda tortinmoq/uyalmoq.

• Cronaca rosa - Odamlar haqidagi/Shaxsiy hayoti haqidagi (g'iybat) xabarlar.

• Lavorare in nero - Shartnomasiz soliq to lamasdan noqonuniy ishlash ma nosida keladi.

• Vedere rosso - G azablanish , aqldan ozdirish ma nosida ishlatiladi.

• Vedere tutto nero - Doim pessimistic ya ni har narsaning yomon tomonini ko rish ma nosida keladi.

• Fare una settimana bianca - Tog'da qishki ta'tilni o'tkazish.

• Essere al verde - Pulsiz bo'lmoq.

• Avere una fifa blu - Juda ko'p qo'rquvi bo'lmoq

• Partire da zero: Hech kimni yordamisiz, boshidan/noldan boshlamoq ma'nolarni ifodalaydi.

• Su duepiedi - Ogohlantirmasdan, darhol degan ma'nolarni ifodalaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• Prendere il coraggio a due mani - Qat'iylik bilan harakatga o'tmoq degan ma'noni ifodalaydi.

• Parlare a quattr'occhi - Yuzma - yuz alohida (birovlarsiz) gaplashish.

• Dare il cinque - Mamnunlikni ifodalash uchun ishlatiladigan ishora (ikki kishi orasida qo'l harakati bilan )

• Avere il sesto senso - Yaxshi tuyg'ularni sezadigan/his eta oladigan.

• Essere al settimo cielo - Juda xursand bo'lmoq. [Oltiev T., Xudoyqulov B. 2021;]

• Ha le mani bucate - Qo'li ochiq, sahiy;

• Avere un cervello di gallina - Juda ahmoq.

• Zampa di gallina - Xunuk yozadigan/xati yomon

• Aver grilliper la testa - G'alati g'oyasi/fikri bo'lmoq.

• Lento come una lumaca - Juda sekin

• Figlia di famiglia - Yaxshi oilaning qizi

• Figlio di famiglia - Taniqli oila farzandi

• Rifare il nonno - Bolaga bobosining ismini berish.

• Luna di miele - Asal oyi. [Oltiev T., Xudoyqulov B. 2021;]

Ma'lumki, har bir tilning o'z qonuniyatlari bo'ladi. Bir tilda tabiiy jaranglagan so'z, ibora, boshqa tilga so'zma-so'z o'girilganda, jarangsizlashishi, jumla esa og'irlashib qolishi mumkin. Demak, nimanidir tashlab yuborish, qaytadan yasash, soddalashtirish yoki fikrning kitobxonga asliyat kabi tushunarli bo'lishi uchun nimanidir qo'shish kerak bo'ladi. Ammo bu tarjimonning "o'zidan qo'shishi" degani emas. Bunday vaziyatda tarjimon muallif matniga tuzatish kirita olmaydi. Zero muallif o'z muddaosini tekis sintaktik va quruq lug'at vositalari bilan emas, ona tilining badiiy so'z, obraz va murakkab sintaktik qurilmalari vositasida ifodalaydi. [Salomov G'., 1983]

Yuqoridagi italyan tilida keltirilgan frazeologik iboralarning ekvivalentlari yoki qisman ekvivalentlarini tarjima orqali imkon qadar to'liq yoritib berishga harakat qilindi. Mazkur maqolada keltirilgan italyan tilidagi iboralar va ularning semantik tahlili - italyan tilini o'rganuvchi talabalarga foydali manbaalardan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Gianluca Aprile. (2008). Italiano per modo di dire//Alma Edizione .

2. Lapucci C., (1990) Dizionario dei modi di dire della lingua italiana, 1st ed., Milano.

3. M.Abdurahmanova, D.Fattoxova, U.Xalmuxamedova, N.Inogamova, N.Egamberdiyeva (2018) O'zbek Tili O'quv qo'llanma. Toshkent «Mumtoz So'z».

4. Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi" lug'ati. - 2021.

5. Quartu B. M., (2000) Dizionario dei modi di dire della lingua italiana, 4th ed., Milano.

6. Salomov G'., (1983) Tarjima nazariyasi asoslari, T., "O'qituvchi", 73-b.

7. Turrini G., Alberti C. (2002) Santullo M. L., Zanchi G., Capire l'antifona. Dizionario dei modi di dire con esempi d'autore, 6th ed., Bologna.

8. Usmon Sanaqulov. (2004) O'zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV asrlar) Toshkent.

9. Vladimir Kovalev. il Kovalev, (2014) Dizionario Russo-Italiano Italiano-Russo. Quarta edizione. Collana: I grandi dizionari .

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

10. G\ Rahimov. (2016) Tarjima nazariyasi va amaliyoti: darslik-majmua /- Toshkent: «O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, - 116-122 b.

11. Xudoyqulov B., Jumayeva M. FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA) //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 698-706.

12. Xudoyqulov B., Tursunov U. ITALYAN HIKOYALARIDA FRAZEOLOGIK IBORALARNING BERILISHI ("GIALLO A CORTINA" VA "LA STRANIERA" HIKOYALARI MISOLIDA) //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B7. - С. 13151318.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.