Научная статья на тему 'ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI'

ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

100
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologiya / ibora / tarjima / asliyat / ekvivalent / Phraseology / phraseological unit / translation / originality / equivalent.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Behzod Xudoyqulov, Mushtariybonu Yangiboyeva

Har bir tilda bo’lgani kabi italyan va ingliz tillarida ham frazeologik iboralar muhim tadqiqot mavzusi bo’lib, shu paytgacha ko’plab tilshunoslar tomonidan o’rganilib kelinmoqda. Boshqa chet tillari kabi italyan va ingliz tillari ham iboralarga boy til hisoblanadi. Shuning uchun ham bu tillardagi iboralarni turli jihatdan o’rganish, jumladan, tematik tasniflash yoki tarjima orqali ma’nolarini tadqiq etish muhimdir. Mazkur maqolada italyan va ingliz tillaridagi rang komponentli iboralar tahliliga bag’ishlangan. Maqolada rang komponentli iboralar va ularning semantik xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

As in any language, phraseology in Italian and English is an important research topic and has been studied by many linguists to this day. Like other foreign languages, Italian and English are rich in expressions. That is why it is important to study the meanings of phrases in these languages from different angles, including thematic classification or translation. This article analyzes the colour component phrases in Italian and English. The article analyses color component phrases and their semantic properties through various examples.

Текст научной работы на тему «ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI IBORALARNING SEMANTIKASI»

ITALYAN VA INGLIZ TILLARIDAGI AYRIM RANG KOMPONENTLI

IBORALARNING SEMANTIKASI

Har bir tilda bo'lgani kabi italyan va ingliz tillarida ham frazeologik iboralar muhim tadqiqot mavzusi bo'lib, shu paytgacha ko'plab tilshunoslar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Boshqa chet tillari kabi italyan va ingliz tillari ham iboralarga boy til hisoblanadi. Shuning uchun ham bu tillardagi iboralarni turli jihatdan o'rganish, jumladan, tematik tasniflash yoki tarjima orqali ma'nolarini tadqiq etish muhimdir.

Mazkur maqolada italyan va ingliz tillaridagi rang komponentli iboralar tahliliga bag'ishlangan. Maqolada rang komponentli iboralar va ularning semantik xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Frazeologiya, ibora, tarjima, asliyat, ekvivalent.

As in any language, phraseology in Italian and English is an important research topic and has been studied by many linguists to this day. Like other foreign languages, Italian and English are rich in expressions. That is why it is important to study the meanings of phrases in these languages from different angles, including thematic classification or translation.

This article analyzes the colour component phrases in Italian and English. The article analyses color component phrases and their semantic properties through various examples.

Keywords: Phraseology, phraseological unit, translation, originality, equivalent.

KIRISH

Ibora lug'aviy ma'no anglatish uchun xizmat qiladi. Shunga

Behzod Xudoyqulov,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bekhzod33 8@gmail .com Mushtariybonu Yangiboyeva, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

ko'ra ibora lug'aviy birlik hisoblanadi va u so'z bilan qatorga

April, 2022

qo'yiladi. Masalan, ko'nglidan o'tkazmoq iborasi o'ylamoq so'zi anglatgan ma'noni, ko'ngli joyiga tushdi iborasi esa tinchimoq so'zi anglatgan ma'noni, eti suyagiga yopishgan iborasi esa ozg'in, qotma so'zlari anglatgan ma'noni bildiradi. Bu iboralarda bittadan ortiq so'z o'z ma'no mustaqilligini yo'qotgani holda bir umumiy ma'no markaziga bo'ysunadi, iboradan bir butun holda anglashiladigan ma'noni gavdalantirish uchun xizmat qiladi. Iboradan anglashiladigan ma'no tarkibidagi so'zlarga xos leksik ma'nolarning oddiy (arifmetik) yig'indisi bo'lmay, ustama ma'no sifatida, shu bilan bir vaqtda ko'chma ma'no sifatida gavdalanadi".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, turg'un iboralar har bir xalqning noyob boyligidir. Iboralar avloddan avlodga madaniy merosni, qadriyatlarni yetkazadigan muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, iboralar tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar bilan o'zaro chambarchas bog'langan bo'lishi ham mumkin.

Har bir tilda bo'lgani kabi italyan va ingliz tillarida ham frazeologik iboralar muhim tadqiqot mavzusi bo'lib, shu paytgacha ko'plab tilshunoslar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Ushbu maqolada aynan rang komponentli iboralar tahlil qilingan bo'lib ularning semantik xususiyatlarini quyidagi misollar orqali ko'rib chiqamiz:

Modi di dire con i colori - Italyan tilidagi ayrim rang komponentli iboralar: Passare la notte in bianco - Tunni uyqusiz o'tkazish. Essere bianco dalla paura - Juda qo'rqmoq. Dare / fare un assegno in bianco - Kimgadir moliyaviy ekinlik (pul sarflashga)/ruxsat berish.

Fare una settimana bianca - Tog'da qishki ta'tilni o'tkazish.

Vedere nero -Hammasini salbiy jihatdan ko'rish.

Essere nero - Juda yomon kayfiyatda bo'lish.

Cronaca nera - Kriminal xabarlar

Essere al verde - Pulsiz bo'lmoq.

Essere verde dall'invidia - Juda hasadgo'y bo'lish.

Avere il pollice verde - Gul/o'simlik parvarishlashda uddaburon. Qo'li gul.

Dare il disco verde - Biror narsaga yo'l ochib berish.

Vedere rosso - Jahli chiqqan.

Essere rosso dalla vergogna - Juda tortinmoq/uyalmoq. Dare il disco rosso - Bir narsani to'xtatmoq.

Vedere rosa - Narsalarni ijobiy jihatdan ko'rish.

April, 2022

Cronaca ro - Haqoratli xabarlar. Avere una fifa blu - Juda ko'p qo'rquvi bo'lmoq Avere il sangue blu - Zoti oliy, oliy nasabli. Romanzi / film gialli - Detektiv asar yoki film.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ushbu misollar orqali ko'rinadiki italyan tilida ham ko'p tillar singari "oq" rang - ijobiy holatlarni, "qora" rang salbiy holatlarni ifodalab keladi.

Quyidagi misollar orqali esa ingliz tilidagi rang komponentli ayrim iboralarning semantik xususiyatlarini tahlil qilamiz:

Ibora Ma'nosi Misol uchun jumla

Beet red To'q qizil (odatda yuzni tasvirlash uchun) My sister's face turned beet red when I caught her singing in front of a mirror - Ko'zgu oldida qo'shiq aytayotganini ko'rganimda opamning yuzi lavlagidek qizarib ketdi.

Black and blue Jarohatlangan va kaltaklangan We found the poor guy black and blue near the train tracks - Biz bechorani poyezd yo'llari yonidan jarohatlangan va kaltaklangan holda topdik.

Black and white To'g'ri, juda aniq The rules we gave the kids were black and white -Biz bolalarga bergan qoidalar juda aniq edi.

Black sheep Guruhning g'alati yoki alohida ajralib turadigan yomon a'zosi My oldest brother was the black sheep in our family. He dropped out of school at fifteen - Katta akam oilamizda boshqacha, g'alati edi. U o'n besh yoshida maktabni tashlab ketdi.

Born with a silver spoon in one's mouth Boy oilada tug'ulish Keiko hasn't worked a day in her life. She was born with a silver spoon in her mouth -Keyko umrida bir kun ham ishlamagan. U boy oilada tug'ilgan

® о

April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal

©

О

566

Catch red handed Biror kishini noto'g'ri yoki noqonuniy ish qilayotganda tutish The kids were caught red handed stealing chocolate bars - Bolalar shokolad barlarini o'g'irlagan holda qo'lga olindi.

Golden opportunity Eng zo'r imkoniyat The models' conference was a golden opportunity for me to sell my beauty products -Modellar konferensiyasi men uchun go'zallik mahsulotlarini sotishga eng zo'r imkoniyat edi.

The green light Ruxsat The builders were given the green light to begin the tower - Quruvchilarga minorani boshlashga ruxsat berildi.

Green with envy Juda rashkchi, juda xavasi kelgan I am green with envy over Julio's new wardrobe -Julianing yangi javoniga juda xavasim keldi.

(Have a) green thumb Qo'li gul, bog' ishlarida malakali You can tell by her flower garden that Sheila has a green thumb - Sheilaning bog'idagi gullarga qarab uning bog' ishida malakali, qo'li gul ekanini bilishiz mumkun.

Have the blues G'amgin bo'lish yoki tushkunlikka tushish I always have the blues during the winter time -Men har doim qish vaqtlarida g'amgin bo'lib qolaman.

In the dark Xabarsiz Antonio left his wife in the dark about their honeymoon destination until they got to the airport - Antonio aeroportga yetib bormaguncha asal oyiga boradigan joyi haqida xotinini xabardor qilmadi.

In the red Qarzdor When we were in the red we almost had to sell the house - Qachonki biz qarzdor bo'lganimizda, hattoki uyni ham sotishimizga to'g'ri keldi.

Once in a blue moon Juda kam, kamdan-kam We only go out for dinner once in a blue moon -Biz tushlik uchun ko'chaga kamdan-kam chiqamiz.

® О

April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal

©

О

567

Out of the blue Kutilmaganda I got a phone call from a long lost cousin out of the blue last week - O'tgan haftada kutilmaganda menga anchadan beri yo'qolib ketgan jiyanim qo'ng'iroq qildi.

Red tape Qog'ozbozlik There is still some red tape to deal with in terms of the inheritance - Meros masalasida hali ham bir oz qog'ozbozlik bor.

Red eye Yarim tundan keyin, saharda jo'naydigan samolyot I caught the red eye so that I would see the sunrise over the mountains - Tog'lar uzra quyosh chiqishini ko'raman deb saharda jo'naydigan samolyotga chiqdim..

Roll out the red carpet Kimgadir shoxona munosabatda bo'lmoq When relatives come to town my grandmother rolls out the red carpet -Qarindoshlar shaharga kelganlarida, buvim ularga shoxona munosabatda bo'ldi.

See red Juda jahli chiqmoq I saw red when that guy grabbed my sister's purse - U bola singlimning hamyonidan tortganda juda jahlim chiqdi.

Tickled pink Juda mamnun bo'lish My mom was tickled pink when my father brought roses home for her - Dadam uyga oyimga gullar olib kelganda u juda ham xursand bo'ldi.

White lie boshqa odamning his-tuyg'ularini, ranjimasligini o'ylab, begunoh yolg'on gapirish We told Grandma that her cake was delicious, which was actually a white lie - Biz buvimni xafa qilmaslik uchun uning keksi mazali ekanligini aytdik. Bu uni ranjitmaslik uchun aytilgan yolg'on edi.

With flying colours Muvaffaqiyatli I passed my road test with flying colours - Men yo'l imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdim.

Ushbu misollar orqali iboralarda ishtirok etgan ranglardan salbiy, "oq va yashil" ranglar ijobiy holatlarni ifodalashini ko'rishimiz mumkin.

qora" rang

April, 2022

568

XULOSA

Tarjima tilining sofligi, uning yuqori madaniyati uchun kurash adekvat tarjimalar yaratish bobidagi jonbozlik bilan mantiqan bog'lik bo'lib, barcha leksik va frazeologik birliklar xamda uslubiy vositalarning asliyatdagi darajada tabiiy jaranglashi, birinchi navbatda, ularning o'z ma'no va vazifalari xamda o'zlariga xos shakllarida ishlatilishini taqozo etadi. Leksik-frazeologik birliklar badiiy ijod tarkibida asar g'oyasini kommunikativ xamda xissiy-ta'sirchan tarzda ifoda etish uchun xizmat qilar ekan ulardan fikr maksadiga muvofiq urinli va san'atkorona foydalana bilishgina muallif nazarda tutgan ma'no va uslubiy vazifaning nutq madaniyati darajasida talqin etilishini ta'minlaydi. Birliklarning kommunikativ va uslubiy layoqatini xisobga olmasdan, ularni, asliyatdagi birliklar ta'siriga berilib, tarjima tili uchun g'ayritabiiy sharoitlarda qo'llash, aksariyat, tarjima tili madaniyati yo'l qo'ya olmaydigan birikmalarning xosil bo'lib qolishiga, ba'zan esa ma'no va vazifaning mutlaqo o'zgacha talqiniga olib kelishi mumkin.

Iboraning ma'nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma'nolarning oddiy yig'indisi bo'lmasligi, shular ustiga qurilgan yangi bir ma'no bo'lishi sababli, iboralarda go'yo ifoda plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo'ladi. Xususiy (qismlarga xos) ma'nolar umumiy (iboradan anglashiladigan) ma'noni to'g'ridan tug'ri izohlab turmaydi, shu sababli iboralarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi boglanish shartlilik kashf etadi. Bu yerda bittadan ortiq so'z yaxlitligicha ma'lum bir obraz asosida, ko'chirish yo'li bilan semantik taraqqiyotni boshdan kechiradi.

REFERENCES

1. Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Бокиева Г.Х,., Курбонова М.М., Юнусова З.К., Абузалова М.К. Хрзирги узбек адабий тили. Укув кулланма. - Тошкент: 2009. - 122 б.

2. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Хрзирги узбек адабий тили. -Тошкент: Укитувчи, 1975. - Б. 7-8.

3. Кудрат Мусаев. Таржима назарияси асослари: Дарслик.Т.: «Фан» нашриёти, 2005.-13 б.

4. Oltiev T., Xudoyqulov B. Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi" lug'ati. - 2021.

5. Xudoyqulov B. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida) //Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

2021. - Т. 1. - №. 11. - С. 945-951.

April, 2022

6. Khudaykulov B. Linguacultural Features of Phraseological Units in Italian Language. - 2022.

7. https: //dictionary.reverso .net/italian-english/

8. https://en.bab.la/dictionary/italian-english/

9. https://www.lexilogos.com/english/italian_dictionary.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.