Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA)'

FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1231
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologizm / bora / tarjima / shakl va ma’no / ko’chma ma’no / ekvivalent. / Phraseology / phraseological unit / translation / expression / equivalent.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Behzod Xudoyqulov, Mavluda Jumayeva

Har bir tilda, iboralar nutqning ko’rkidir. Shu maqsadda muloqotda nutq o’stiruvchi vositalarni, ulardan foydalanish usullarini, iboralar va tasviriy ifodalarni o’rganish muhimdir. Har bir tilda bo’lgani kabi italyan tilida ham frazeologik iboralar muhim tadqiqot mavzusi bo’lib, shu paytgacha ko’plab tilshunoslar tomonidan o’rganilib kelinmoqda. Mazkur maqolada italyan tilidagi iboralarning tematik tasnifi va semantik xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Boshqa chet tillari kabi italyan tili ham iboralarga boy til hisoblanadi. Ushbu maqolada italyan tilidagi ayrim iboralarning tasnifi va semantik xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Phraseology is an integral part of each nation’s heritage. It is through phraseology that the mentality and lifestyle of a given society are transmitted and reflected. Phraseology provides invaluable clues to understanding the thought processes of any population. It represents the treasury of any language, because phraseology reflects the history of people and their national character. The article focuses on the analysis of phraseological units in Italian. Theoretical data about phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK IBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA)»

FRAZEOLOGIKIBORALARNING TEMATIK VA SEMANTIK TAHLILI (ITALYAN TILIDAGI IBORALAR MISOLIDA)

Behzod Xudoyqulov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi bekhzod33 8@gmail .com

Mavluda Jumayeva

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti

Har bir tilda, iboralar nutqning ko'rkidir. Shu maqsadda muloqotda nutq o'stiruvchi vositalarni, ulardan foydalanish usullarini, iboralar va tasviriy ifodalami o'rganish muhimdir. Har bir tilda bo'lgani kabi italyan tilida ham frazeologik iboralar muhim tadqiqot mavzusi bo'lib, shu paytgacha ko'plab tilshunoslar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Mazkur maqolada italyan tilidagi iboralarning tematik tasnifi va semantik xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. Boshqa chet tillari kabi italyan tili ham iboralarga boy til hisoblanadi. Ushbu maqolada italyan tilidagi ayrim iboralarning tasnifi va semantik xususiyatlari turli misollar orqali tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Frazeologizm, bora, tarjima, shakl va ma'no, ko'chma ma'no, ekvivalent.

THEMATIC AND SEMANTIC ANALYSIS OF SOME PHRASEOLOGICAL

UNITS IN THE ITALIAN LANGUAGE

Phraseology is an integral part of each nation's heritage. It is through phraseology that the mentality and lifestyle of a given society are transmitted and reflected. Phraseology provides invaluable clues to understanding the thought processes of any population. It represents the treasury of any language, because phraseology reflects the history of people and their national character.

The article focuses on the analysis of phraseological units in Italian. Theoretical data about phraseological units are discussed and analyzed with reasonable examples.

Keywords: Phraseology, phraseological unit, translation,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

expression, equivalent.

February, 2022

KIRISH

Tilshunoslikda aksariyat hollarda iboralarga nisbatan frazeologik birlik sifatida qaraladi. Frazeologik tizimning milliy-madaniy muammolari hozirgi kunga kelib, ko'plab tilshunoslarning tadqiqot ob'ektiga aylanayotganligi bejiz emas, albatta. Buni oxirgi yillarda "Til va madaniyat" muammosiga bo'lgan e'tibor va qiziqish, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikning antropologik paradigmada rivojlanishi bilan izohlash mumkin. Tilning inson bilan o'zaro, chambarchas bog'liqligini hisobga olgan holda uning ongi, dunyoqarashi, ruhiy va amaliy faoliyatini o'rganishga yo'naltirilgan antropologik tilshunoslik nazariyasining frazeologik tizimga tatbiq etish zaruriyati tabiiy va muhim voqelikdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Frazeologizmlar va turg'un ifodalar asosida shakllangan frazemali idiomalar Bunga qo'shimcha ravishda, bu tasniflashni yanada kengaytirish mumkin. Frazeologizmlarni semantik xarakteriga ko'ra quyidagicha ajratish mumkin:

• Fe'lli iboralar

• Predlogli iboralar

• Gastronomik iboralar

• "Non" so'ziga oid iboralar

• "Suv" so'ziga oid iboralar

• Son komponentli iboralar

• Tana a'zolariga oid iboralar

• Hayvon nomlariga oid iboralar

• Rang - tus nomlariga oid iboralar

• Vaqt so'ziga oid iboralar

• Oila mavzusiga oid iboralar

• Yer so'ziga oid iboralar

• Oy so'ziga oid iboralar

• So'z va so'zlashga oid iboralar

• Tinchlik so'ziga oid iboralar kabi.

Italyan tilida ham iboralarni semantik xarakteriga ko'ra ushbu guruhlarga ajratish mumkin:

1. Modi di dire con i verbi - Fe'lli iboralar:

Dare una mano - Yordam qo'lini cho'zmoq/yordam

bermoq .

February, 2022

Alzare le mani - Qo'l ko'tarmoq/urmoq.

Di seconda mano - Ishlatilgan, qo'ldan - qo'lga o'tgan narsa buyum (avtomobil) ga nisbatan ham ishlatiladi.

Chiedere la mano - Qo'lini so'ramoq (qiz boladan turmushga chiqishini so'ramoq) ma'nosida ishlatiladi.

Prendere per mano - Yordam bermoq, to'g'ri yo'lni korsatmoq.

Essere al settimo cielo- Baxtga/ quvonchga to'la bo'lmoq.

Dare coraggio - Ruhlantirmoq.

Andare in fumo - Barbod bo'lmoq

Essere in gamba - O'zini o'nglab olgan, oyoqqa turgan.

Essere a portata di mano- Juda yaqin, bir qadamda.

Fuori mano - Uzoqda/ uzoqda joylashgan

Mani in pasta - Qo'lida ishi bor/ishi tayin

Ha le mani bucate - Qo'li ochiq, sahiy;

2. Modi di dire con le preposizioni - Predlogli iboralar: A caro prezzo - Qimmat narxda

A dire il vero - Rostini gapirganda A dirla schietta - Ochiq,oydin gapirganda A due mani - Sahiy

A mano a mano - Sekin-sekin, bosqichma-bosqich.

A nessuno e nascosto - Hech kimga sir emas (hammaga ma'lum...)

A noi! - Boshladik! (Bizning navbat!)

A norma di legge - Qonunga muvofiq

Alla buona - 1.Oddiy, 2. Shikoyatsiz

Di buon passo - Tez qadamlar bilan

Di buona lega - Yaxshi sifatda (sifatli).

Di fatto - Aslida

Di sotto il naso - Burinning ostida

Di sua resta - O'z aqli bilan, mustaqil ravishda

Di tutto il cuore - Butun yuragi bilan

Di tutto l'anima - Bor qalbi bilan

Di buon'ora - Barvaqt;

Di gran lunga - Juda, juda ko'p;

Di punto in bianco - To'satdan, tasodifan

3. "Non" (Pane) so'zi bilan ishlatiladigan iboralar: "Buono come il pane" - Muloyim insonga nisbatan

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

ishlatiladi

"Non è pane per i tuoi denti" - (Bu narsa) Senga atalmagan, degan ma'noda ishlatiladi.

"Per un pezzo di pane" - Juda past narxda.

"Essere come pane e cacio" - Butunlay rozi bo'lmoq, kelishmoq

"Mettere a pane e acqua" - Jazo bermoq

"Dire pane al pane, vino al vino" - Ochiq-oydin gapirmoq

"Chi ha i denti non ha il pane e chi ha il pane non ha i denti" - Ilhom bo'lganda imkoniyat yo'q, imkoniyati bo'lganda ilhom yo'q.

"Levarsi il pane di bocca" - Boshqalar uchun o'zini (borini) fido qilmoq.

"Misurare il pane" - Rizqini qiymoq, xasis bo'lmoq.

4. "Suv" (Acqua) so'zi bilan ishlatiladigan iboralar:

Acqua in bocca! - Jim! Sirni boy berma ma'nosida .

All'acqua e sapone - Tabiiy, bo'yoqlarsiz.

Andare il cervello in acqua - Aqldan ozmoq.Ahmoqona gapirmoq.

Avere (o venire) l'acquolina in bocca - Biror taomga kuchli xohishi, istagi bo'lmoq.

Bere d'ogni acqua - Mavjud bo'lgan, mumkin bo'lgan barcha narsani olmoq.

Essere come bere un bicchier d'acqua - Juda yengil, oson bo'lmoq.

Essere con l'acqua alla gola - Qiyinchilikda bo'lmoq.

Essere come l'acqua e il fuoco - Butunlay mos kelmaydigan.

Essere in acque basse - Mablag'i kam bo'lmoq.

Fare acqua da tutte le parti - Ishlamaydigan, nosoz (narsa)

Gettare acqua sul fuoco - Vaziyatni tinchlantirmoq.

5. Quyidagi misollarda italyan tilidagi ayrim somatik iboralarga to'xtalib o'tamiz:

Prenderci la mano - O 'rganib olmoq, qo 'li kelishib qolmoq.

Fatto a mano - Qo 'lda yasalgan, yasama

Ci si lavano le mani - Ma'suliyatsiz bo'lmoq - biror ma 'suliyat olmaydigan kishiga nisbatan.

Avere le mani sporche - Aybdorlikni ifodalaydi. (so'zma-so'z tarjimada - kir qo'llari bo'lmoq).

Lavarsene le mani - Ma 'suliyatdan bosh tortish

Mettere la mano sul fuoco - Kafolat bermoq, aniqligini tasdiqlamoq.

Mani pulite - To 'g 'ri, xatoga yo 'l qo 'ymagan

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

February, 2022

Stringere la mano - Yaxshi, muvaffaqiyatli kelishuvlar bo 'Iganda ishlatiladigan ibora.

Avere le mani lunghe - Qo'li uzun bo'lmoq, yetarii qudrati bo'lmoq.

Mettersi le mani nei capelli (si fa cosi quando si è disperati) -Umidsiz qolmoq ma'nosida.

Un pugno di mosche in mano - Hech narsaga erishmasdan, hech narsasiz qolmoq.

Essere un tipo o una persona alla mano - do 'stona, ko 'ngli ochiq va har

qanday vaziyatga kirishib keta oladigan odamga nisbatan ishlatiladi.

Essere a portata di mano - bu ibora biror joyni juda yaqinda joylashganini ifodalashda ishlatiladi. Ma'nosi: Juda yaqin, bir qadamda. Iboraning aksi -fuori mano; Ma'nolari: Uzoqda/ uzoqda joylashgan

Prendere per mano - Yordam bermoq, to 'g 'ri yo 'lni korsatmoq kabi ibora^ misol bo'ladi.

6. Italyan tilidagi "bosh" komponentli somatik iboralar:

Tagliar la testa al toro - Keskin qaror qabul qilmoq. (So 'zma - so 'z tarjimasi -Ho 'kizning kallasini kesmoq)

Lavare la testa all'asino - (So 'zma - so 'z tarjimasi -Eshakning kallasini yuvmoq)- Ibora - Foydasiz ishni bajarmoq ma 'nosida.

Dare una lavata di testa a qualcuno - Biror kishiga qattiq tahbeh bermoq.

Fasciarsi la testa prima d'essersela rotta - Biror narsa uchun oldindan (befoyda) tashvishlanmoq.

Essere una (gran) testa - Ma'nosi - Judda zukko, aqlli inson. (So 'zma - so 'z tarjimasi -kallasi bor).

Testa matta, stramba - O'zini hayratlanarli, g'alati tutadigan insonga nisbatan ishlatiladi.

Testa calda - G 'ayrati/jahli tez odam ga nisbatan ishlatiladi.

Testa dura - O'jar/qat'iyatli odam ga nisbatan ishlatiladi.

7. Italyan tilidagi "ko'z" komponentli somatik iboralar:

Chiudere un occhio ^ O'zini hech narea bo'lmagandek tutmoq, Ышг nareaga ko'z yummoq.

Aprire gli occhi ^ Ko 'zini ochmoq (to 'g'riyo 'lni ko 'stamoq.)

A occhi chiusi ^ Osonlik bilan, katta ishonch bilan (Ышг ishni bajaimoq)

Occhio e croce ^ Chamasi, taxminan.

February, 2022

A quattr'occhi ^ Ikki kishiningyaqin, yuzma-yuz muloqoti da ishlatiladi -Ko 'z-ko 'zga tushib, yuzma - yuz ma 'nolarida.

Vedere di buon occhio ^ Xayrihoxligi bo 'lmoq (biror kishiga yoki vaziyatga nisbatan).

8. Modi di dire sugli animali - hayvon nomlariga oid iboralar Tagliare la testa al toro - Muammoga yechim topish.

Una febbre da cavalla - Yuqori darajadagi isitma. Cavallo di battaglia - Eng yaxshi uddalangan ish/asar. Essere a cavallo - Yaxshi joyda/nuqtada bo'lish. Una dose da cavallo - Dorining yuqori dozasi - ga nisbatan ishlatiladi (tibbiyotda)

Capro espiatorio - Hamma aybni o'z bo'yniga oladigan. Salvare capra e cavoli - Har ikkala talabni ham qondirmoq/qoniqtirmoq. Essere come una cicala - Kun o'tariga yashab, pulni sarflaydigan. Essere come una formichina - Pulni tejaydigan va kelajakni o'ylaydigan bo'lish.

Fare la civetta - Ahmoqona gapirib e'tiborni tortmoq. Aver la memoria come un elefante - Juda zo'r xotiraga ega.

9. Modi di dire con i colori - rang - tus nomlariga oid iboralar: Passare la notte in bianco - Tunni uyqusiz o'tkazish.

Essere bianco dalla paura - Juda qo'rqmoq. Dare / fare un assegno in bianco - Kimgadir moliyaviy ekinlik (pul sarflashga)/ruxsat berish.

Fare una settimana bianca - Tog'da qishki ta'tilni o'tkazish.

Vedere nero -Hammasini salbiy jihatdan ko'rish.

Essere nero - Juda yomon kayfiyatda bo'lish.

Cronaca nera - Kriminal xabarlar

Essere al verde - Pulsiz bo'lmoq.

Essere verde dall'invidia - Juda hasadgo'y bo'lish.

Avere il pollice verde - Gul/o'simlik parvarishlashda uddaburon. Qo'li gul.

Dare il disco verde - Biror narsaga yo'l ochib berish.

Vedere rosso - Jahli chiqqan.

Essere rosso dalla vergogna - Juda tortinmoq/uyalmoq. 9. Modi di dire sul tempo - vaqt so'ziga oid iboralar:

A tempo - Vaqtida[4,35].

February, 2022

A tempo avanzato - Bo'sh vaqtlaráa

Ad un tempo - Bir vaqtda

Col tempo - O'z vaqti bilan, o'z vaqtida

Da piu tempo - Uzoq vaqtga

Da tempo - Allaqachon

Di gran tempo - Katta yoshda

Di mezzo tempo - O'rta yosh

Essere a tempo a (+inf) - O'z vaqtida ulgurish

Essere in tempo - Ulgirmoq.

Fare il suo tempo - O'z vaqtini yashagan/o'z davrida yashagan (charchagan) Fare in tempo a (+inf) - O'z vaqtida ulgrnmoq. Fino a poco tempo addietro - Yaqin vaqtgacha

10. Modi di dire sulla famiglia - oila mavzusiga oid iboralar: Fare famiglia con qd - Biror kishi bilan birga yashash Figlia di famiglia - Yaxshi oilaning qizi Figlio di famiglia - Taniqli oila farzandi Farsi una famiglia - Oila qurish Tenere famiglia - Oilani birlashtirib ushlab turish Fanciulla madre -Yolg'iz ona Fare una scena madre - Jahl bilan ko'p gapirish Potrebbe essere tuo padre (tua madre) - U sening ota-onangdek Sollecito come una madre - O'z onasidek g'amxo'^ mehribon. Rifare il nonno - Bolaga bobosining ismini berish. La moglie del barbiere - Yengil tabiatli ayol 11. Modi di dire sulla terra - yer so'ziga oid iboralar: Cadere a terra -Muvaffaqiyatsizlikka uchrash, qulash. A fine terra -Dunyoning chekkasida

Ci corre quanto dal cielo alla terra - U yerdan osmon qadar uzoqda Esserci differenza quanto dal cielo alla terra - Yer bilan osmonchalik farqi bo'lmoq

Farsi terra terra -Yarashmoq

Inchino profondo (fino a terra) - Yerga egilib ta'zim qilish. Interrare - Dafn qilish

Mettere piede a terra - Yerga tushish (ot, arava va boshqalardan)

February, 2022

Terra pagina - Madaniyat va san'at bo'limi (Italiya gazetalarida) Terra promessa - Va'da qilingan yer

12. Modi di dire sulla luna - oy va quyosh so'zlariga oid iboralar:

Colpo di luna - Tasodifiy ehtiros Luna di miele - Asal oyi

Vivere nel mondo della luna - Dunyodan tashqarida, boshqa dunyoda yashamoq

Levare le pecore dal sole - Biror narsani yashirmoq Mangiare un poco di sole - Quyoshda toblanmoq Mettere la pancia al sole - Xavotirsiz/tashvishsiz yashamoq Posto al sole -Quyoshli joy, quyosh tushadigan joy

13. Modi di dire sulla parola e parlare - so'z va so'zlashga oid iboralar: Ritira la parola! - So'zlaringni/gapingni qaytarib ol. Rubare la parola in bocca a qd - Birov aytmoqchi bo'lgan narsani boshqasi ilg'ab oldindan aytib qo'yish

Senza dir parola - Bir so'z demasdan

Stando alla parola - So'zma-so'z

Tradurre a parola - So'zma-so'z tarjima qilish

Uomo di parola - So'zida turadigan/ishonchli odam

Perdere il dono della parola - Nutq kuchini yo'qotish

Parla per parola - So'zma-so'z

14. Modi di dire sul pace - tinchlik so'ziga oid iboralar:

Con sua buona pace -Sizning ruxsatingiz bilan

Fare pace -Tinchitmoq

Fare pace con se - Tinchlanmoq

Lasciare in pace - Tinch qo'yish

Mettersi l'animo in pace - Murosaga kelish

Nemmeno un momento di pace - Bir dam orom/tinim yo'q

Non aver pace (requie) - Orom/dam nimaligini bilmaydigan

Pace e calma - Tinch va sokin

Prendersi qc in santa pace - Har narsaga sabr qilish.

XULOSA

Frazeologik iboralarni turli tomondan o'rganish va unga har tomonlama yondashish, uning xususiyatlarini ochish,

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

705

umumlashtirish yangidan-yangi iboralar hisobiga tilimizni boyitish uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari xorijiy tildagi iboralarning tarjimasi va muqobilini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda o'zbek tilidagi iboralarni chet tillarida va aksincha chet tillardagi iboralarni to'g'ridan to'g'ri asliyat tilidan o'zbek tilidagi tarjimada aks ettirish alohida ahamiyatga ega. Tarjimada shakl va mazmun munosabatini bejirim talqin etish hamda tarjimaning badiiy nafosati va milliy xususiyatini yuzaga keltiruvchi barcha lisoniy-uslubiy vositalar vazifalarini ijodiy aks ettira oladigan muqobil til va nutq birliklari tanlash vazifasi qo'yiladi. Chunonchi, muallif tomonidan foydalanilgan har bir bayon va tafsilot, har qanday so'z va ibora asosiy g'oyaning vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etadiki, asarning tarkibiy qismini tashkil etadigan bunday badiiy-tasvir vositalarning to'la-to'kis idrok etilishi va tarjimada ijodiy qayta yaratilishigina muloqot maqsadiga erishish imkoniyatini yaratadi.

REFERENCES

1. Сaйфуллaeвa Р.Р., Менглиев Б.Р., Бoк;иeвa Г.Х,., Kyp6oHoBa М.М., Юнусoвa ЗД., A6y3anoBa МД. Хрзирги узбек aдaбий тили. Укув KyrnaHMa. - ^шкет1: 2009. - 122 б.

2. Kamolov N. "Tarjima san'ati" maqolalar to'plami. Bu qadimiy san'at. - T.: G'ofur G'ulom, 1976. - 118 b.

3. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. - T.: O'qituvchi, - 1978. - 291b

4. T.Oltiev, B.Xudoyqulov. "Italyan tilidagi iboralarning tarjimasi" lug'ati. -SamDCHTI :2021.

5. Xudoyqulov B. "Frazeologizmlarning asosiy xususiyatlari" - Uchinchi renessans: ilm-fan va ta'lim taraqqiyoti istiqbollari konferensiya materiallari. 2021. 312 b.

6. Xudoyqulov B. "Italyan tilida ayrim fe'llar bilan ishlatiladigan iboralar va ularning semantik tahlili'. - Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi -1/2022. 268 b.

7. Xudoyqulov B.- Italyan tilidagi ayrim iboralarning tajimasi xususida "Суз caffbarn xan^apo жyрнaли". - 4 jild, 6 son. 2021. 175 b.

8. Xudoyqulov B.- Linguacultural Features of Phraseological Units in Italian Language - "Commonwealth Journal of Academic Research (CJAR.EU)" volume 3. Issue 1. 2022. 5 b.

9. Xudoyqulov B. - Frazeologik birliklarning lingvomadaniy

xususiyatlari - "Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences", 1(11): 2021. 948 b.

February, 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.