IT TA'LIMNING OQUVCHILARNING IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI
AHAMIYATI
Jurayev Vohid Tojimamatovich
Farg'ona davlat universiteti dotsenti, Turg'unova Navbaxoroy
Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 04- June 2024 yil Nashr qilindi: 08- june 2024 yil
KEY WORDS
tanqidiy fikrlash, aqliy hujum, interfaol metodlar, o'quv jarayoni, IT ta'limi, ijodiy fikrlash, bilimlarni mustahkamlash, yangi axborot, fikrlash bosqichi, muloqat qilish.
ABSTRACT
Ushbu maqolada tanqidiy fikrlashning o'quv jarayonidagi roli va ahamiyati haqida so'z boradi. Tanqidiy fikrlash o'qish predmeti emas, balki o'qitish natijasidir. Bu jarayon bir nechta bosqichlardan iborat bo'lib, birinchi bosqichda o'quvchilar "Aqliy hujum" metodi orqali avval bilganlarini tiklaydilar, ikkinchi bosqichda yangi axborot bilan muloqatga kirishadilar va uchinchi bosqichda yangi bilimlarni mustahkamlaydilar. Maqolada tanqidiy fikrlashning IT ta'limida o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati hamyoritilgan.
Tanqidiy fikrlash - o'qish predmeti emas, balki o'qitish natijasidir. Bu g'oyalarni va ularning ahamiyatini ham ko'p fikrlilik nuqtaiy nazaridan ko'rib chiqish hamda ularni boshqa g'oyalar bilan taqqoslashdir. Birinchi bosqich - davat bosqichi deb ataladi. Da'vat bosqichida o'qitishda interfaol metodlardan foydalangan holda o'quvchi talabalar topshiriq olishi, "Aqliy hujum" metodi orqali avval bilganlari yoki bilaman deb o'ylaganlarini ro'yxatini tuzishlari mumkin. Bunda "Aqliy hujum" yakka yoki juftlikda, keyin esa butun guruh ishtirokida o'tkaziladi. Biror o'quvchi talaba guruhdagi "Aqliy hujum'' jarayonidagi fikrlarni to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lishdan qat'i nazar, qanday bo'lsa, shu holda doskaga yozadi. So'ngra o'qituvchi o'quvchi talabalarga mavzuga bevosita aloqasi bo'lgan, lekin muhokama qilinmagan savollarni berish mumkin. Ushbu bosqich davomida o'qituvchi imkoni boricha kam gapirib, o'quvchi talabalarga ko'proq gapirishga imkoniyat yaratishi muhim. Lider o'quvchi talabaning asosiy vazifasi yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi sifatida chiqishi va sinfda yoki guruhda fanlarni to'liq o'zlashtirmaydigan, o'quv jarayonida sust, fikrlash qobiliyati etarli rivojlanmagan o'quvchi talabalarning fikrlarini ham diqqat bilan tinglashdan iborat. Bu bosqichda pedagogik faoliyatning bir nechta muhim turlari amalga oshiriladi. Birinchidan, ta'lim oluvchi mavzu to'g'risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o'z bilimlarini tahlil qilishga va tez orada batafsil ko'rib chiqiladigan mavzu haqida o'ylay boshlashga majbur etadi. Shuni doimo esda tutish kerakki, agar axborot o'quvchi talabaga unda mavjud bo'lgan bilimlar majmuiy bilan bog'lanmasdan taklif etilsa, tez orada unitilib ketadi. Chunki ta'lim jarayoni yangi bilimlarni egallash va to'plash jarayonidir1.
1 http://www.Yuz.uz/uz/news/raqamli-texnologivalar-imkoniYatlari
Ikkinchi bosqich anglash bosqichidir. Bu bosqichda o'quvchi talaba yangi axborot yoki fikrlar bilan muloqatga kirishadi. Bu muloqat matnni o'qishi, filmni ko'rish, nutqni tinglash yoki tajribalar o'tkazish kabi shakllarda bo'lishi mumkin. Bu bosqich o'qitish jarayonida o'qituvchining o'quvchi talabalarga eng kam ta'sir qiladigan bosqichidir. Aynan bosqichda o'quvchi talaba mazkur ishda mustaqil va faol ishtirok etishi kerak. O'qitishning shunday strategiyalari borki, ular doim faoliyati sust, fikrlash qobiliyati etarli darajada rivojlanmagan o'quvchi talabalarning faolligini yuqori darajada ushlab turadi. Masalan, 1986 yilda Vagan va Estez tomonidan shaxsiy kuzatish uchun taklif etilgan insert metodi (samarali o'qish va tanqidiy fikrlash uchun belgilarning interaktiv tizimi) mavjud. Insert metodi o'qish jarayonida o'zligini anglashni faol kuzatish uchun o'quvchi talabalarga imkon beradigan kuchli quroldir. Anglash bosqichining amalga oshirilishi bilim orttirishi jarayonida muhim ahamiyatga ega, chunki o'quvchi talabaning qobiliyati sust bo'lsa, uni o'qitish imkoniyatini boy berishi mumkin. An'anaviy ta'limda, afsuski, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi.
Uchinchi bosqich fikrlash bosqichidir. Bunda o'quvchilar yangi bilimlarni mustahkamlaydilar, yangi tasavvur va tushunchalarni avval mavjud bo'lganlariga qo'shib, o'zlashtiradilar. Aynan fikrlash bosqichida bir nechta muhim maqsadga erishish yo'llari rejalashtiriladi. Birinchi navbatda o'quvchi talabalar yangi fikr va axborotlarni o'z so'zlari orqali ifodalashga harakatlar qilishlari kerak. Bu yangi tasavvurlarni va tanqidiy fikrlarni hosil qilish uchun juda zarur.
Tanqidiy fikrlashning da'vat bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlarni mustaqil tanlangan maqsad uchun ishlatish o'quvchi talabada kuchli bo'ladi. Ifodali fikrlashning ikkinchi bosqichini anglashda esa yangi axborot da'vat bosqichida faollashtirilgan axborot bilan bog'lanadi. Yangi o'quv materiallarining tushunilishiga erishish bu bosqichning muhim vazifasi hisoblanadi.
IT ta'limi, o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatni anglash yordam beradi. Bu rivojlanish, ularning professional guruh ishini biroz tezlashtirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va texnologiyalarni o'zgartirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Quyidagi ma'lumotlarni o'rgangan holda bu konseptni tushuntirib chiqamiz:
1.Ijodiy fikrlash: IT sohasida o'quvchi ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi, ularning yangi usullar, uskunalar va yechimlar topishga va qo'llashga imkon beradi. Bu, ularga muammolarni yechish, yangiliklar va innovatsiyalar bilan ishlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun g'oya olib borishda yordam beradi.
2.Tanqidiy fikrlash: IT ta'limi o'quvchilarni tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga o'rgatadi, bu esa ularga ma'lumotlarni samarali baholash, muammoni tahlil qilish va ularni yaxshiroq tahlil qilishga olib keladi. Bu fikrlash qobiliyati ularning tizimli o'ylash va vazifalarni tahlil qilish, qo'llash va natijalarni hisoblashni osonlashtiradi.
3.Innovatsiyalar va yangiliklar: IT ta'limi o'quvchilariga innovatsiyalar va yangiliklarni qo'llash imkonini beradi. Ularga yangi texnologiyalar va ilg'or uskunalar, mashinalarning o'qitilishi va rakamlashtirilgan yechimlar bilan tanishish, o'zlarining fikrlari va mahsulotlari ustida ishlash uchun ilham beradi.
4. Eskirilgan muammolar yechish: IT ta'limi o'quvchilariga eskirilgan muammolar yechishni o'rganishga imkon beradi. Bu ularga muammolar va xatolar bilan uchrashish, ularni
yechish va boshqalarga xal bermasligi mumkin bo'lgan formulalar va dasturlashda qanday muammolar paydo bo'lishini tushuntiradi.
5. Hamkorlik va jamoatchilik: IT sohasidagi ta'lim, o'quvchilarni hamkorlik va jamoatchilikni rivojlantirish uchun tashvishli masalalardan biri hisoblanadi. Bu, ularga qo'shimcha tadbirlar va proyektlarda ishlash, guruh bandligini qo'llash va fikr almashinuvi o'rganish imkonini beradi2.
IT ta'limining ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati, o'quvchilarning texnologik muhitda innovatsiyalar va yangiliklar qilish, muammolarni yechish va hamkorlik qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lishini ko'rsatadi. Bu, ularning o'zlarini va o'z faoliyatlarini rivojlantirish, texnologik o'zgarishlarga moslashish va ish hayotlarini yanada sifatli shakillantirish imkonini beradi.
Adabiyotlar:
1. Tajimamatovich, J. V. (2023). Pedagogical Management Ability of Socio-Cultural Activity Owners. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(6), 14-17.
2. Mukhtoraliyevna, Z. S. (2023). Educational Importance Of Using Didactic Games. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 19, 104-107.
3. Tojimamatovich, J. V. (2023). Digital Transformation of Educational Management System. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(4), 202-206.
4. Tojimamatovich, J. V. (2023). CONCEPT AND ESSENCE OF INFORMATION SECURITY. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 643-647.
2 B.Boltayev, A.Azamatov va boshqalar.Informatika. 7-sinf uchun darslik(tajriba-sinov).-T., 2017 y. 6. B.Boltaev, A.Azamatov va boshqalar.Kompyuterning arifmetik asoslari // Toshkent, 2017 . Elektron ta'lim resurslari