Научная статья на тему 'ISTIQBOLLI SHAFTOLI NAVLARINING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI'

ISTIQBOLLI SHAFTOLI NAVLARINING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaftoli / biokimyoviy tahlil / quruq modda / qand / umumiy kislota / vitamin C / nitrat miqdori.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aliev X. X, Yuldasheva G. Q

Ushbu maqolada Farg’ona viloyatining unumdorligi past, tosh – shag’allii er sharoitida tashkil qilingan kolleksia bog’ida parvarishlanayotgan shaftolining turli navlari mevasida o`tkazilgan biokimyoviy tahlil natijalari to’g’risida so’z boradi. Shaftoli mevasining ta’mi, sifat ko’rsatkichlarini belgilab beradigan biokimyoviy ko’rsatkichlariga asosan eng yaxshi navlar sifatida tuksiz shaftolining Ifora, Oq luchak va tukli shaftolining Krasnaya Moskva, Elbert navlari aniqlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISTIQBOLLI SHAFTOLI NAVLARINING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI»

UOT:634.12.632

ISTIQBOLLI SHAFTOLI NAVLARINING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI

1Aliev X. X, 2Yuldasheva G. Q

1ilmiy xodim, 2tayanch-doktorant, Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog'dorchilik,

uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Fargona ilmiy tajriba stansiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.1093083 7

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg'ona viloyatining unumdorligi past, tosh - shag'allii er sharoitida tashkil qilingan kolleksia bog'ida parvarishlanayotgan shaftolining turli navlari mevasida o'tkazilgan biokimyoviy tahlil natijalari to'g'risida so'z boradi. Shaftoli mevasining ta'mi, sifat ko'rsatkichlarini belgilab beradigan biokimyoviy ko 'rsatkichlariga asosan eng yaxshi navlar sifatida tuksiz shaftolining Ifora, Oq luchak va tukli shaftolining Krasnaya Moskva, Elbert navlari aniqlab berilgan.

Kalit so^zlar: shaftoli, biokimyoviy tahlil, quruq modda, qand, umumiy kislota, vitamin C, nitrat miqdori.

Аннотация. В этой статье приводятся результаты биохимического анализа, проведенного в плодах различных сортов персика выращиваемого коллекционних садах, организованных в условиях низко-плодородних, гравийно-щебеннистих почвах Ферганской области. В соответствии с биохимическими показателями, определяющими вкусовые, качественные показатели персика, в качестве лучших сортов определены сорта Ифора, Ок луччак, Красная Москва, Эльберт.

Ключевые слова: персик, бохимический анализ, сухое вещество, сахар, общая кислотность, витамин С, количетво нитратов.

Abstract. This article talks about the results of the biochemikal analisis of the fruits of different varieties of peach grown in the collection garden, which is organized in the low-fertility, stony-gravel soil conditions of the Fergana region. Based on the biochemikal parameters that determine the taste and quality indicators of peach fruit, the best varieties are Ifora, White Luchak and hairi peaches Krasnaya Moskva, Elbert.

Keywords: biochemical analisis, dru substance, sugar content, total acidity, vitamin c, nitrate content.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 2030 -yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish, ichki bozorda aholi talabini ta'minlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo'llab quvvatlash maqsadida mamlakatimizda juda ko'p samarali ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, sohaga ilm-fan yutuqlari, ilg'or tajriba natijalarini joriy etish dolzarb masaladir.

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutning Farg'ona ilmiy tajriba stansiasida mahalliy va introduksia qilingan shaftoli navlari hisobiga tashkil qilingan kolleksia bog'ida mavjud navlar ichidan qimmatli xo'jalik belgilariga ko'ra eng yaxshilarini tanlab olib, bog'dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklariga tavsiya qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. _

Tadqiqot uslubiyoti. Tadqiqotlar 2023 yil Fargona ilmiy-tajriba stansiyasining dengiz sathidan 400 metr balandlikda joylashgan, unumdorligi past, tosh-shag'alli yerida barpo qilingan shaftolining kolleksia bog'ida mahalliy, xorijdan introduksia qilingan turli navlarida mevaning bikimyoviy tahlil natijalariga asosan baho berishga harakat qilingan.

Shaftoli mevasining biokimyoviy tarkibi refraktomer uslubida aniqlangan (KpuBeH^B,1982).

Tadqiqot natijalari va ularning tahlil i

Tahlil natijalaryning ko'rsatishicha shaftoli mevasi tarkibidagi quruq modda miqdori tuksiz navlar uchun andoza sifatida olingan Lola navida 17,67 foiz darajasida qayd etilgan (1-jadval).

1-jadval. Shaftoli turli navlari mevasining biokimyoviy tarkibi (2023 y)

№ Navlar nomi Quruq modda miqdori, % Qand miqdori, % Umumiy kislota, % Askorbin kislota, mg % Nitrat, mg /kg Qand miqdori ning kislota miqdori ga nisbati

Tuksiz navlar

1 Lola (st) 17,67 11,34 1,12 12,97 37 10

2 Oq luchchak 18,26 15,48 1,09 11,55 45 14

3 Ifora 15,29 11,31 1,06 12,70 31 11

4 Hosiyat 10,66 7,00 1,01 13,57 25 7

Tukli navlar

1 Chempion (st) 14,69 11,34 1,12 12,10 40 10

2 Krasnaya moskva 17,23 14,08 1,09 14,40 33 13

3 Elbert 14,39 11,48 1,15 11,30 34 10

Andozaga nisbatan ustunlik Oq luchchak (18,26 foiz) navida aniqlangan. Hosiyat navida bu borada nisbatan past ko'rsatkich aniqlanib, 10,66 foizni tashkil qildi.

Tukli navlar tahlili quruq modda miqdori Chempion navida 14,2 foizni tashkil qilgani holda ushbu ko'rsatkich bo'icha Krasnaya Moskva navida (17,23 foiz) sezilarli ustunlik qayd etildi.

Shaftoli mevasi sifatini belgilovchi muhim ko'rsatkichlaridan biri meva tarkibidagi umumiy qand miqdori hisoblanadi. Tadqiqodlarimiz shaftoli mevasi tarkibidagi qand miqdori bilan quruq modda miqdori o'rtasida to'g'ri bog'liqlik borligini ko'rsatdi. Quruq modda yuqori bo'lgan navlarning barchasida umumiy qand miqdori yuqori darajalarda qayd etildi. Jumladan, tuksiz navlar uchun andoza sifatida olingan Lola navida qand miqdori 11,34 foizni tashkil qilganini ko'rsatdi. Oq luchchak navida ushbu ko'rsatkich 15,48 foiz darajasida aniqlanib, bu borada sezilarli ustunlik qayd etildi. Qand miqdori bo'yicha eng past ko'rsatkich Hosiyat navi (7 foiz)ga tegishi bo'ldi.

Tukli navlar ichida Krasnaya Moskva navida qand miqdori 14,08 foizni tashkil qilib Chempion (11,34 foiz) andoza naviga nisbatan ustunlik kuzatildi.

Shaftoli tarkibidagi umumiy kislota miqdorini aniqlash natijalari navlar o'rtasida stzilarli tafovut yo'qligini ko'rsatdi. Umumiy kislota miqdori tuksiz navlrda 1,01-1,12 foiz, tukli navlarda 1,09-1,15 foizni tashkil qildi.

Askorbin kislota yoki S vitamini tarkibini aniqlash, tuksizlardan Hosiya (13,57 foiz), tuklilardan Krasnaya Moskva (14,40 foiz) navlarining askorbin kislota yoki S vitaminga boyligini ko'rsatdi. Buning sababini ishbu navlar mevasi etining qizg'is rangi bilan izohlash mumkin. Ilmiy manbalarda ko'rsatilishicha qizil etli shaftoli shifobahshlik xususiyatiga ega bo'lib inson tanasidan radioaktiv elementlarni chiqarib tashlaydi (2).

Ma'lumki, tibbiyot nuqtai nazaridan meva tarkibidagi nitrat miqdori 1 kg meva tarkibida 60 mg dn oshmasligi talab etiladi Bizning tajribamizda o'rganilgan shaftolli navlarining barchasida meva tarkibidagi nitrat miqdori bibbiy me'erlar bo'yicha yo'l qo'yiladigan konzentraziyadan kam bo'lib chiqdi. Nitrat miqdori tuksiz navlardan 25-45 mg/kg, tukli navlarda 33-40 mg/kg atrofida bo'lgan. Nav xususiyatiga ko'ra eng yuqori nitrat miqdori tuksizlardan Oq luchchak (45 mg/kg), Lola (37 mg/kg), tuklilardan Chempion (40 mg/kg) navlarida aniqlangan.

Meva sifatini aniqlashda umumiy qand miqdorining umumiy kislota miqdoriga nisbatini taxlil qilish muhim o'rin tutadi. Jumladan, tuksiz navlar ichida ushbu nisbat ta'mi bo'yicha eng shirin hisoblangan Ifora vaq luchchak navlarida yuqori bo'lib, mos ravishda 11-14 ni tashkil qildi. Tukli navlar ichida esa eng yuqori nisbat Krasnaya Moskva (13 naida qayd etildi. Xulosa

Shunday qilib, biokimyoviy taxlil natijalariga asosan mevasining sifat ko'rsatkichlari, xushta'mligi bo'yicha tuksiz navlar ichida Oq luchchak, Ifora navlari, tukli navlar ichida Krasnaya Moskva va Elbert navlari o'rganilgan navardan ustunligi aniqlandi. Taklif va tafsiyalar

Eski, samarasis, rekonstruksiy qilinadigan va yangidan tashkil qilinadigan maydonlarga tuksiz shaftolining Ifora va Oq luchchak, tukli shaftolining Krasnaya Moskva navlari tavsiya qilinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori. 05.04.2023 yildagi PQ-113-son.

2. Кривенцов В.И. Методические рекомендации по анализу плодов на биохимический состав.-Ялта.,-1982.-22 с.

3. Заяць, В. А. Бюлопчш i господарсью властивосп та перспективи вирощування персика в зош Украшських Карпат: автореф. дис. ... докт. с.-г. наук, 06.01.07. / В. А. Заяць. - К., 2001. - 40 с. - Ыбшогр.: С. 33-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.