Научная статья на тему 'ANOR MEVALARI SHARBATINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH'

ANOR MEVALARI SHARBATINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

201
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
anor sharbati / quruq modda / shakar kislotasi / oqsil / vitamin C / glyukoza / fruktoza / kul / limon kislota va mikro elementlar / pomegranate juice / pomegranate juice / dry matter / sugar acid / protein / vitamin C / glucose / fructose / ash / citric acid and trace elements.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — X. Q. Pardayev, Sh. E. Umidov, M. O. Sohibova

Maqolada anor mevalaridan yangi siqilgan sharbatining biokimyoviy tarkibini aniqlash boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the results of studies on the determination of the biochemical composition of freshly squeezed juice from pomegranate fruits.

Текст научной работы на тему «ANOR MEVALARI SHARBATINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ANOR MEVALARI SHARBATINING KIMYOVIY TARKIBINI ANIQLASH

X. Q. Pardayev

dotsent t.f.f.d., ToshDAU Samarqand filiali

Sh. E. Umidov

dosent, q.x.f.f.d. Tosh DAU

M. O. Sohibova

Tosh DAU Samarqand filiali magistranti,

ANNOTATSIYA

Maqolada anor mevalaridan yangi siqilgan sharbatining biokimyoviy tarkibini aniqlash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar bo'yicha natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: anor sharbati, quruq modda, shakar kislotasi, oqsil, vitamin C, glyukoza, fruktoza, kul, limon kislota va mikro elementlar.

ABSTRACT

The article presents the results of studies on the determination of the biochemical composition of freshly squeezed juice from pomegranate fruits.

Keywords: pomegranate juice, pomegranate juice, dry matter, sugar acid, protein, vitamin C, glucose, fructose, ash, citric acid and trace elements.

Kirish. Bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlov beradigan korxonalarning asosiy e'tibori yetishtirilgan mahsulotning tarkibidagi vitaminlarni, mikro va makroelementlarni hamda oziqaviy qiymatini saqlagan holda mevalarni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha izlanishlar olib borishni maqsad qilgan. Shuningdek, meva-sabzavotlarning sharbatlarini olishning yuqori samarali usuli va texnologiyalarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda [1, 2].

Mevalarni qayta ishlashning asosiy vazifalari mevalarni chuqur qayta ishlash ya'ni, meva rezavorlarni sharbatini olish, anor donalari urug'i tarki-bidagi moyning olish hamda po'chog'ining kimyoviy tarkibini bilgan holda dori vositalarini ishlab chiqarishga yo'naltirishni

May 12-13

944

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ham maqsad qilingan [3, 5]. Shulami hisobga olgan holda mahalliy anor mevalaridan olingan sharbatning oziqaviyligi, tarkibidagi quruq modda miqdori, kimyoviy tahlili olib borildi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Anor mevasi sharbatining tarkibini aniqlashda uning yetishtirilgan joyi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirganlik darajasi va vegetatsiya davrida suvga va oziqaga bo'lgan talabini ta'minlanganligi bog'liq bo'ladi. Anor mevasining kimyoviy tarkibining aksariyat qismi suvdan iborat bo'lishi bilan yuqori energetik qimmatga ega hisoblanadi. Olingan anor sharbatining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan holda iste'molga yetkazish mahsulotning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi [3, 4]. Tabiiy xususiyatini ta'minlash uchun yangi olingan sharbatning kimyoviy tarkibi ko'rsatkichlarini bilish talab qilinadi.

Tahlil uchun Kitob va Urgut tumanida yetishtirilgan sharbat chiqishi yuqori bo'lgan (qizil anor, qora dona, oq dona va ulfi) anor navlari tanlab olindi. Tanlab olingan anor mevalarining sharbati siqib olinib Samarqan iqtisodiyot va servis instituti hamda «agromir» MChJ qo'shma korxonasi laboratoriya sharoitida kimyoviy tahlillari o'rganildi. Namunalardagi suvda eruvchan quruq moddalar miqdori refraktometr (Atago Pal-2) yordamida, 20 °C haroratda aniqlandi. Titrlanadigan kislotalik Topalovich tavsiya etgan usulda, bunda anor mevasining siqib olingan sharbati olinib, 0,1 H NaOH dagi gomogenatida titrlanib, 100 g fraksiyaga nisbatan gram vino kislotasi orqali ifodalandi. Qand miqdorini aniqlashda anor sharbati namunalarining fruktoza va glyukoza miqdori halqaro tizimda qabul qilingan me'yori usulida LC-20 Prominence yuqori aniqlikdagi suyuqlik xromatografiyasi qurilmasi orqali aniqlandi. Tajribalarni o'tkazishda sharbat tarkibidagi quruq modda, pH miqdori, shakar miqdori, oqsil, pektin moddasi va vitaminlar foizlar hisobida kimyoviy tahlil qilindi.

Respublikamizning turli viloyatlarida yetishtirilgan anor mevasining tarkibidagi quruq modda, qand miqdori, vitaminlar, fruktoza, glyukoza va boshqa moddalarni ulushini ularni ustirilgan joyning dengiz satxidan joylashgan balandligi, tuproq-iqlim sharoitiga bog'liqdir.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Respublikamizning ikki viloyatida yetishtirilgan anor navlarining mevalaridan olingan anor sharbati namunalarining kimyoviy tahlillari natijasida sharbati tarkibidagi quruq moddasi aniqlab olindi bunda qizil anor va qora dona navi sharbatida (Kitob tumani Varganza qishlog'ida yetishtirilgan) quruq modda 15,1 % va 16,04 % ni

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tashkil qilib, oq dona va ulfi (Urgut tumani Qorabuloq qishlog'ida yetishtirilgan) navlarida 14,2 % va 15,5 % ni tashkil qildi (1-jadval).

Respublikamizda yetishtirilgan anor mevasidan yangi siqib olingan sharbatning

ximiyaviy tarkibi

1-jadval.

№ Tadqiq qilingan ko'rsatkichlar O'lchov birligi Kitob tumani Urgut tumani

Qizil anor Qora dona Oq dona Ulfi

1 Quruq modda % 15,1 16,04 14,20 15,50

2 pH - 3,14 3,02 3,02 2,83

3 Titrlanaddigan kislotalilik % 1,87 1,95 1,62 1,43

4 Shakar % 13,27 14,57 13,05 11,70

5 Glyukoza % 3,08 4,64 7,89 10,31

6 Fruktoza % 12,36 14,03 2,27 3,69

7 Kul miqdori % 0,58 0,63 0,52 0,60

8 Oqsil % 1,68 1,57 1,32 1,48

9 Pektin moddasi % 0,73 0,81 0,71 0,92

10 Vitamin C mg/100g 3,25 3,85 2,86 4,12

O'rganishlarni anorlaming yangi siqib olingan sharbatining kimyoviy tarkini aniqlash bo'yicha olib borildi va ma'lumotlar 1 -jadvalda keltirilgan.

Kitob tumanida yetishtirilgan qizil anor va qora dona anor mevalarining tarkibidagi quruq moda miqdori mos ravishda 15,1 % va 16,04 % ni juda kam miqdorda bir-biridan farq qilib, Urgut tumanida etishtirilgan oqdona va ulfi navlarining tarkidagi quruq moddalar miqdori 14,2 va 15,50 % ni tashkil qildi. Bunda quruq moddaning eng yuqori ko'rsatkichi 16,04 % bo'lib, eng kam ko'rsatkich esa 14,20 % ni tashkil qilgan bo'lsa navlar orasidagi quruq modda farqi 11,5 % ni tashkil qilmoqda. Tahlillarimizda jadval ma'lumotidan ko'rinib turibdiki, qora dona anor navining kimyoviy tarkibi bo'yicha qand miqdori, quruq modda, fruktoza, oqsil, pektin moddasi va vitaminlar boshqa navlarga qaraganda biroz yuqoriligini qurishimiz mumkin. Ulfi navli anor mevasi sharbatining kimyoviy tahliliga ko'ra glyukoza miqdori 10,31 %, pektin moddasi miqdori miqdori 0,92 %, vitamin C 4,2 mg/100 g miqdorini tashkil qilib boshqa navlarga nisbatan yuqoriligini ko'rish mumkin. Oqsil miqdori o'rganilgan navlar ichida qizil anor navida bo'lib 1,68 % ni tashkil qilgan. O'rganishlar natijasida anor sharbatidagi pH miqdorining o'ta yuqoriligi yoki pastligi kislotalik darajasi anor

May 12-13

946

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sharbatning istemollik hamda foydalilik xususiyatini belgilashda muhim o'rin tutadi. pH miqdori eng ko'p qizil anorda 3,14 va eng kam ulfi navidan olingan sharbatda 2,83 ni tashkil qilgan bo'lsa kislotaliligi yuqori bo'lgan nav qora dona navida 1,95 % ni, eng kam ulfi navidan olingan sharbatda 1,43 % ni tashkil qildi.

Xulosa. Respublikamiz viloyatlarida yetishtirilgan anor mevasi sharbatini kimyoviy tarkini o'rganish orqali sanoatda sharbat ishlab chiqarish uchun kerak bo'ladigan navlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. O'tkazilgan tahlillar natijasida anor mevasi sharbatining kimyoviy tarkibini aniqlash va sanoat uchun qimmatli nav mevalarini yetishtirishda muhim ahamiyaga ega. Anor mevasidan sharbat tayyorlashda qora dona va ulfi navlari sharbat chiqishi yuqori bo'lib, tarkibidagi quruq modda miqdori mos ravishda 16,04 % va 15,5% ni, shakar midori 14,57% va 11,70% ni, vitamen C miqdori 3,85 va 4,12 mg/100g ni tashkil. O'rganilgan navlardan uglvodlarga boy, istemollilik va energetik xususiyatini yuqotmaydigan, hazm bo'lish darajasi hamda ozuqaviylik qiymatini saqlaydigan foydali anor sharbati ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. https://www.lex.uz/docs/-4567334

2. http s: //agronet. uz/anor-mevasi/

3. Narqulova N, Abduqayumov Z, Xoshimov S. O'zbekistonda yetishtirilgan turli uzum navlaridan olingan bekmesning (shinni) fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari// AGRO ILM. 2-son [80], 2022.

4. Gvaladze G.D. Bezotxodnaya kompleksnaya texnologiya pererabotki plodov granata// Pi^evaya promtishlennostb. 2010, 7, 12-13.

5. X. Q. Pardayev, Sh. E. Umidov, & M. O. Sohibova (2022). ANOR MEVASINI TEXNIK TAHLIL QILISH NATIJALARI. Academic research in educational sciences, TSAU (Conference ), 481-484.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.