Научная статья на тему 'BEHINING ISTIQBOLLI, EKSPOTBOP NAVLARI'

BEHINING ISTIQBOLLI, EKSPOTBOP NAVLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
behi / hosildorlik / adaptivlik / bakterial rak / nav / payvandtag / sifat / meva ta'mi / qand miqdori / mahalliy / introduktsiya / unumdorlik / tosh-shag'alli.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mahmudov Adham, Mashrapov Axliddin

Ushbu maqolada behi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari va yuqori hosilli, kasaliklarga bardoshli navlari bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Eng yaxshi natija “Olmabehi” navida qayd etilib, hosildorlik 200 tsentnerni, standart navga nisbatan qo'shimcha hosil 23,8 tsentnerni tashkil qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BEHINING ISTIQBOLLI, EKSPOTBOP NAVLARI»

YYT 634.12.632 BEHINING ISTIQBOLLI, EKSPOTBOP NAVLARI *Mahmudov Adham, 2Mashrapov Axliddin

1q.x.f.n.,k.i.x, 2doktorant Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy tajriba stantsiyasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10931603

Annotatsiya. Ushbu maqolada behi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari va yuqori hosilli, kasaliklarga bardoshli navlari bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Eng yaxshi natija "Olmabehi" navida qayd etilib, hosildorlik 200 tsentnerni, standart navga nisbatan qo'shimcha hosil 23,8 tsentnerni tashkil qilgan.

Kalit so'zlar: behi, hosildorlik, adaptivlik, bakterial rak, nav, payvandtag, sifat, meva ta'mi, qandmiqdori, mahalliy, introduktsiya, unumdorlik, tosh-shag'alli.

Аннотация. В данной статье представлены результаты исследований по высо^ урожайным, устойчивым к заболеваниям сортам айвы. Лучший результат был отмечен в сорте «Олмабехи», урожайность составила 200 центнеров, а дополнительный урожай по сравнению со стандартным сортом - 23,8 центнера.

Ключевые слова: айва, урожайность, адаптив, рак бактериальный, сорт, подвой, качество,содержание сахара, местный, интродуктивный, плодородие, гравийно-каменнистый.

Abstract. This article presents the results of studies conducted on quince and breeding for high-yielding, disease-resistant varieties. The best results was noted in the "Olmabekhi" variety with a yield of200 c/ha and an additional yield of 23.8 c/ha compared to the standard variety.

Keywords: quinche, productivity, adaptability, bacterial cancer, variety, rootstock, quality,fruit aroma, sugar content, local, introduction, fertility, pebbli.

Kirish. Meva ishlab chiqarishni sohasini jadal rivojlantirishni intensiv tipdagi, kompakt shox-shabbali, har yili barqaror hosil beradigan, kasalliklarga chidamli, yuqori adaptivlik xususiyatiga ega bo'lgan navlarsiz tassavvur qilib bo'lmaydi. Ushbu dolzarb masalani xal qilish yuqori hosilli meva turlaridan hisoblangan behining o'rni beqiyosdir. Biologiyasi va xo'jalik xususiyatlari hamda iqtisodiy nuqtai nazardan behi daromadli meva turi hisoblansada O'zbeksitonda uning maydonlari chegaralangan.

Mevachilikning zamonaviy rivojlanishi selektsioner olimlar oldiga mahsulot sifati, hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bo'yicha raqobatbardosh behi navlarini yaratishni va boshqa xududlardan introduktsiya qilishni taqozo etmoqda (Eremin, 2017).

Shox-shabbasining kichikligi, tez hosilga kirishi, har yili hosil berishi, meva tarkibida xilma-xil foydali moddalarning ko'pligi, qayta ishlangan mahsulotlarning yuqori sifatga egaligi, uzoq muddat saqlanishi singari xususiyatlari eng qimmatli meva turlari bilan bir qatorga qo'yadi. Bu esa o'z navbatida behi navlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni yangi darajaga olib chiqish va behizorlar maydonini kengaytirishni dolzarb masalaga aylantirmoqda.

Tadqiqot uslubiyoti. Tadqiqotlar o'tkazilgan maydondagi tuproq tarkibini agrokimyoiy taxlili natijalarinig ko'rsatishicha xaydalma qatlam, 0-30 sm da, umumiy gumus miqdori 0,98 foizni, azot 0,09 foizni, fosfor 0,155 foizni, kaliy 1,25 foizni tashkil qiladi. Ozik moddalardan xarakatchan fosfor bilan 18 mg/kg, almashinuvchan kaliy bilan esa 175 mg/kg miqdorlarda ta'minlangan.

Behining mahalliy va introduktsiya qilingan navlarini baholash hamda xo'jalik belgilari bo'yicha boshqalaridan ustun navlarni ajratib olish maqsadida olib borilayotgan tadqiqotlar qabul qilingan uslubiyot asosida o'tkazildi (Sedov,1999). Tadqiqotlar ob'ekti sifatida stantsiyada mavjud bo'lgan behining 31 ta navi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilgan. Ushbu maqolada ulardan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lan 10 ta nav bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Tadqiqot natijalari. Farg'ona viloyatining barcha xududlarida mavjud behizorlarda parvarish qilinayotgan mahalliy va introduktsiya qilingan navlar zamburug' va bakterial kaslliklari bilan turli darajada zararlanmoqda. Shuning uchun Farg'ona tajriba stantsiyasi mavjud behi navlari ichidan kasalliklarga, ayniqsa bakterial rakka nisbatan chidamli navlarni aniqlab olish muhim ahamiyatga egadir.

Bakterial rak kasalligi bilan zararlanishni baholash 4 balli shkalada aniqlangan.

1-ball, daraxt shox-shabbasida quriyotgan barg, mayda novda va ularda qurigan gul va gul tugunchalari ularning umumiy miqdoriga nisbatan 1-10 foizdan ortmaydi.

2-ball, tana va sklet shoxlarda kichik nekroz dog'lar, gulli novda va shoxchalarning 11-30 foizi qurigan.

3-ball, daraxt tanasi a'zolirining 31-50 foizi zararlangan, tana po'stlog'i, sklet shoxlarda dog'lar aniq ko'rinadi, ayrim shoxlar to'liq quriy boshlagan, lekin daraxt vegetatsiyasi davom etadi.

4-ball, 50 foizdan ortiq shox, barg, gul, mevalar zararlangan, tana va shoxlarda yirik dog'lar, yelim oqishi kuzatiladi, daraxt quriy boshlaydi.

2019-2020 yilarda o'tkazilgan kuzatish natijalari 10 ta behi navlaridan 5 tasida zararlanish 10 foizdan kamligi aniqlanib, 1 ballga baholangan. 1 balli darajada zararlanishni shartli ravishda bardoshli navlar qatoriga kiritilgan. Etalon sifatida olingan Izobil'naya navida ham bakterial rak bilan novda, shoxchalarning zaarlanishi 10 foizdan kam bo'lganligi sababli 1 ball bilan baholanib, ushbu nav kasallikka nibatan bardoshli deb topilgan (1-jadval).

1-жадвал. Бех,и навларида бактериал рак касаллигига чидамлиликни

урганиш.

касалланиш даражаси (барг, чидамлилик

№ нав новда, гулда)

2019 2020

1 2 3 4 5

1 Изобильная(назорат) 1 1 Б

2 Наргуш 2 2 УБ

3 Совхозная 2 2 УБ

4 Крупноплодная 2 2 УБ

5 Консервная 1 1 Б

6 Олма бех,и 1 1 Б

7 Отличница 1 1 Б

8 Чучук крупная 2 2 УБ

9 Ширин 1 1 Б

10 Урожайная 2 2 УБ

Изох. касалликка нисбатан Б - бардошли; УБ - уртача бардошли; М - мойил.

Farg'ona ilmiy tajriba stantsiyasida yaratilgan Olmabehi navida kasallanish darajasi 1 ball bilan baholanib, kasallikka bardoshliligi tasdiqlangan.

5 ta behi navida novda va shoxchalarning bakterial rak bilan zararlanishi 11 foizdan ortib ketganligi sababli 2 ball bilan baholnib, kasallikka nisbatan o'rtacha bardoshliligi aniqlangan.

Bakterial rak kasalligiga o'rtacha bardoshli navlar qatoriga Nargush, Sovxoznaya, Krupnoplodnaya, Chuchuk krupnoplodnaya, Urojaynaya navlarini kiritish mumkin.

Taxlil natijalari mahalliy va introduktsiya qilingan behi navlarning Farg'ona viloyati sharoitida bakterial rak bilan turli darajada zararlanayotganligi sababli, behiniing bakterial rak bilan kam zararlanadigan payvandtag va navlari ustida tadqiqotlarni davom ettirish zarurligini ko'rsatmoqda.

Uch yillik taxlil natijalarining ko'rsatishicha, Olmabehi navida hosildorlik o'rtacha uch yilda 200 tsentnerni tashkil qilib, Izobil'naya standart naviga nisbatan 23,8 tsentner qo'shimcha hosil olingan (2-jadval). Sovxoznaya navida hosildorlik 177 tsenner, qo'shimcha hosil 0,8 tsentner, Konservnaya navida hosildorlik 179,5 tsentner, qo'shimcha hosil 3,3 tsentner, Urojaynaya navida hosildorlik 177,5 tsentner, qo'shimcha hosil 1,2 tsentnerni tashkil qilgan. Lekin bir qator mahalliy va introduktsiya qilingan behi navlari Farg'ona viloyatining unumdorligi past, tosh-shag'alli yerlari sharoitida hosildorligi etalon navga nisbatan past bo'lgan. Jumladan, Otlichnitsa navida Izobil'naya naviga nisbatan 4 tsentner, Nargush navida 9,3 tsentner, Shirin navida 12,7 tsentner, Chuchuk krupnaya navida 24,1 tsentner, Krupnoplodnaya navida 27,7 tsentner kam hosil olingan. Behi mevasining ta'mi bo'yicha Izobil'naya, Sovxoznaya, Krupnoplodnaya, Olmabehi, Shirin navlari yuqori baho (4,0-4,5 ball) ga sazovor bo'ldi.

Meva tarkibidagi umumiy qand miqdori esa Izobil'naya, Sovxoznaya, Shirin, Krupnoplodnaya navlarida yuqori (13,0-14,1 foiz) bo'lgan.

Mevaning umumiy sifat ko'rsatkichlari bo'yicha Izobil'naya, Olmabehi, Sovxoznaya, Krupnoplodnaya, Otlichnitsa, Shirin navlari yuqori 3,9-4,3 ball) baholangan. Demak, yuqorida sanab o'tilgan behi navlari unumdorligi past yer sharoitlarida yuqori hosil berishi bilan bir qatorda mevasining sifat ko'rsatkichlari bo'yicha eksport talablariga javob beradi.

Stantsiyada yaratilgan "Olmabehi" navi yarimpakana "A" yoki yovvoyi bexi payvadtagga payvandlanadi, amal davri 14-22 martdan boshlanadi, 6-10 apreldan to'liq gulga kiradi,

yoppasiga pishish sentbr' oyining uchinchi o'n kunligida kuzatiladi.

Behizorlarni kuchli zararlaydigan bakterial kuyish kasalligiga bardoshli. Yuqo hosildorligi, umumiy sifat ko'rsatkichlari, kasalliklarga bardoshi bo'yicha "Olmabehi"ning boshqa barcha navlardan ustunligi aniqlandi. hosilli nav, hosil quvvati 4,1-4,3 ballga baholangan. Mevasi yirik, yumaloq olma shaklida, pishganda och sarg'ish tusda, yoqimli xidga ega. Xo'l mevasida umumiy qand miqdori 17,5-18,3 foizni tashkil qiladi. Xo'l mevasi hamda sharbatlari iste'mol qilinadi. Qayta ishlash korxonalarida murabbo, sharbat tayyorlanadi. Mevasi ichki bozorda sotiladi va eksport qilinadi. Xulosa qilib aytganda mahalliy va introduktsiya qilingan behi navlari ichida Stantsiyada ona bog'i va ko'chatchiligi tashkil qilingan behining yangi, "Olmabehi" navini yangi bog'larni tashkil qilish va eskilarini ta'mirlash uchun tavsiya qilish mumkin.

2-^aflBa^. Eex,HHHHr Typ.H HaB.iapiiaa x,ocH.gop.HK Ba MeBa CH^ara.

№ HaB 1 ra MafiflOHflarH x,0CH.^/ra MeBa TatMH, öa.. KaHa MiiKaopii, $OH3 MeBaHHHr yMyMHH CH^aTH, öa..

20 18 20 19 20 20 ypT ana 20 18 20 19 20 20 201 8 20 19 20 20 ypT ana 201 8 20 19 20 20

Изобиль

1 ная 20 17 14 176, 4 4, 4, 13, 13 13 13,0 4 4 4,

(назорат ) 1,5 8,2 9,0 2 1 3 0 ,0 ,1 1

2 Наргуш 18 5,0 17 0,9 14 5,0 167, 0 4, 2 4 3, 8 13, 4 13 ,5 13 ,7 13,5 3,8 3, 9 4

3 Совхозна я 21 0,0 16 6,0 15 5,0 177, 0 4, 4 4, 2 4 14, 1 14 ,5 14 ,0 14,2 4 4, 1 4, 2

4 Крупноп лодная 19 6,5 12 1,0 12 8,0 148, 5 4, 5 4 4, 1 14, 4 14 ,3 13 ,9 14,2 4 4 4

5 Консерв 18 17 17 179, 3, 3, 3, 11, 11 11 11,5 3,5 3, 3,

ная 6,5 3,0 9,0 5 4 5 6 4 ,5 ,6 3 7

6 Олма 21 19 18 200, 3, 4, 4, 12, 12 12 12,6 4,5 4, 4,

бех,и 5,0 6,0 9,0 0 8 5 1 4 ,8 ,5 5 2

7 Отлични ца 22 2,5 15 4,2 14 0,0 172, 2 4 3, 9 4 12, 3 12 ,6 12 ,6 12,5 4,1 3, 8 4

8 Чучук крупная 19 8,0 10 9,5 14 9,0 152, 2 4, 1 4, 2 4, 3 12, 8 13 ,1 13 ,2 13,0 4 4, 1 4, 2

9 Ширин 20 7,5 15 7,1 12 6,0 163, 5 4, 2 4, 3 4, 2 13, 1 13 ,5 13 ,4 13,3 4 4 3, 9

1 Урожайн 20 17 15 177, 3, 3, 3, 11, 11 11 11,6 3,5 3, 3,

0 ая 8,0 0,4 4,0 5 5 5 8 8 ,5 ,6 5 6

REFERENCES

1. Еремин, Г.В. Основные направления селекции плодовых культур на Северном Кавказе / Г.В. Еремин, А.П. Луговской / Современные методологические аспекты организации селекционного процесса в садоводстве и виноградарстве - Краснодар, 2012. - С. 223267.

2. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур/под ред. Е.Н. Седова. Орел, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.