Научная статья на тему 'ISLOM MOLIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

ISLOM MOLIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islom moliyasi / buxgalteriya hisobi / bosqichlar / foiz / ribo / huquqiy soha / ustama / islom krediti. / исламские финансы / бухгалтерский учет / этапы / проценты / рибо / правовое поле / ростовщичество / исламский кредит.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po’Latov Xudoyberdi Uktamovich

Maqola hozirgi kunda yurtimizda va boshqa ko’pchilik Islom davlatlari iqtisodiyoti qabul qilayotgan Islom moliyasiga o’tishning bosqichlari va bu jarayonda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, ularning buxgalteriya hisobiga ta’siri shuningdek axoli turmush tarziga ta’siri va ahamiyatini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье освещены этапы перехода к исламским финансам, которые в настоящее время переживает экономика нашей страны и большинства других исламских стран, и изменения, происходящие в этом процессе, их влияние на бухгалтерский учет, а также их влияние и большое значение для образа жизни населения.

Текст научной работы на тему «ISLOM MOLIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

ISLOM MOLIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Po'latov Xudoyberdi Uktamovich

SamISI mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya: Maqola hozirgi kunda yurtimizda va boshqa ko'pchilik Islom davlatlari iqtisodiyoti qabul qilayotgan Islom moliyasiga o'tishning bosqichlari va bu jarayonda sodir bo'layotgan o'zgarishlar, ularning buxgalteriya hisobiga ta'siri shuningdek axoli turmush tarziga ta'siri va ahamiyatini yoritadi.

Kalit so'zlar: islom moliyasi, buxgalteriya hisobi, bosqichlar, foiz, ribo, huquqiy soha, ustama, islom krediti.

Аннотация: В статье освещены этапы перехода к исламским финансам, которые в настоящее время переживает экономика нашей страны и большинства других исламских стран, и изменения, происходящие в этом процессе, их влияние на бухгалтерский учет, а также их влияние и большое значение для образа жизни населения.

Ключевые слова: исламские финансы, бухгалтерский учет, этапы, проценты, рибо, правовое поле, ростовщичество, исламский кредит.

Kirish. Mavzu dolzarbligi. Ma'lumki, shariat - bu juda ham qadimiy (taxminan 1500 yillik) diniy, ma'naviy-axloqiy, huquqiy tizim. Biroq uning moliyaviy qismi bir necha asrlik "parokandalik" davomida unutildi va musulmon Sharqining o'z an'anaviy huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy-moliyaviy hamda ta'lim tizimlari asosan G'arb mamlakatlarida paydo bo'lgan muqobil tizimlarga almashtirildi. Bu davrda mustamlakaga aylantirilgan musulmon davlatlarining (ya'ni aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo'lgan mamlakatlar) bir qanchasida islom qonunchiligidan faqatgina nikoh va janoza kabi marosimlar saqlanib qoldi desak, katta xato bo'lmasa kerak. Shu ma'noda, tabiiyki, yaqindagina (XX asrning o'rtalarida) mustaqillikka erishgan musulmon davlatlari va mintaqalarining huquqshunoslik maktablari bir necha asr davomida yig'ilib qolgan murakkab va jiddiy masalalarni, hamda zamonaviy dolzarb muammolarni hal qilishga tayyor emasligi ma'lum bo'ldi. Buning sababi esa, bir necha asrlik mustamlakachilik davrida ijtihodning mumiyodek qotib qolib, dolzarb muammolarni hal qiluvchi tizimdan huquqshunos olimlarning tor davrasidagina o'rganiladigan nazariy masalalar majmuasiga aylanib qolgani bo'ldi va bu, shubhasiz islom huquqshunosligining eng katta fojialaridan biri bo'ldi, deyish mumkin.

Bu holatda islom ilmiy tafakkurini biroz bo'lsa ham qo'zg'atish kuchiga ega bo'lgan narsa - nafaqat islom fiqhini yaxshi bilgan, balki musulmon olami uchun turg'unlik davri bo'lgan mustamlakachilik paytida jahonda yuz bergan ulkan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarni chuqur anglab yetgan shaxslar tomonidan amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin bo'lgan haqiqiy jonli mavzuni yuzaga chiqarish edi. Ikkinchi jahon urushining tugashi bilan islom olamida parokandanlik yakun topishiga umid paydo bo'ldi. Aynan shu davrda musulmon davlatlari o'z mustaqilligi va o'z taqdirini o'zi belgilash uchun kurash boshladi va huddi shu davrda islom

iqtisodiyoti ilmiy nazariyasi va tamoyillari yaratila boshlandi. O'tgan asrning 50-yillaridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan bu davrni 3ta alohida bosqichga va boshlanishi muqarrar bo'lgan 4-bosqichga ajratish mumkin.

• XX asrning 50-yillaridan 80-yillarning o'rtalarigacha - uyg'onish, asosiy nuqtai-nazarlarni shakllantirish va qayta yuzaga chiqish davri;

• 80-yillarning o'rtalaridan 90-yillarning oxirigacha - shakllanish va tetapoya davri;

• 90-yillarning o'rtalari/oxiridan hozirgi kungacha - o'zgarishlar va yangi g'oyalar (innovatsiyalar) davri;

• Hali boshlanmagan, lekin vaqti yetib kelgan rivojlanish bosqichi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O'zbekiston musilmonlar idorasi qoshida chop etilayotgan "Hidoyat" jurnali islom moliyasiga o'tish bosqichlari haqida quyidagilarni bayon qiladi.Mustamlakachilikdan endigina xalos bo'lgan musulmon davlatlar o'z diniy-madaniy meroslaridan kelib chiqqan holda keyingi taraqqiyot bosqichlari qanday bo'lishi lozimligini aniqlashtirayotgan bir paytda iqtisodiyot -moliya tizimini ko'rib chiqish va rivojlantirish masalasi jiddiy ravishda kun tartibida paydo bo'ldi. «Islom iqtisodiyoti» tushunchasi o'tgan asrning 50-yillarida hind iqtisodchisi Abul A'lo Mavdudiy tomonidan muomalaga kiritilgan. (Iqtisodiyot ijtimoiy fan ekanligi, tadbirkorlik va tijorat esa islom dinida islom qonunchiligi bilan tartibga solinishini inobatga olish darkor).Ilmiy izlanishlar va foizsiz ish yuritadigan moliya muassasalari tashkil etish borasidagi dastlabki urinishlar o'tgan asrning 50-60-yillarida Hindiston, Pokiston va Misrda bo'lgan (masalan 1963-1967 yillarda faoliyat olib borgan «Mit Gamr» bankini (Misr) birinchi islom banki deb atashsa ham mazkur bank ta'sischilarining o'zlari siyosiy sabablarga ko'ra islom banki degan nomga da'vogarlik qilishmagan).

Shunday qilib, 1975 yilda tashkil etilgan «Dubay islom banki» va «Islom taraqqiyot banki» birinchi islom banklari sifatida tanildi. Keyinchalik, Fors ko'rfazi mamlakatlarida, Sudan va Misrda bir qancha islom banklari paydo bo'ldi. Bu masalada 1972 yilda Saudiya Arabistoni podshohligining Jidda shahrida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 3-konferensiyasi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 80-yillarda Malayziyaning "oltin davri" boshlandi. Fors ko'rfazi mamlakatlaridan farqli o'laroq, bu davlat 1983 yildayoq islom bank tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishiga qaratilgan alohida qonun qabul qildi va ishga jiddiy kirishdi. Sekin-asta Malayziya moliya sohasida islom ilmiy g'oyasi markazlaridan biriga ham aylandi. Bunga Islom moliyasi xalqaro ta'lim markazi (INCEIF) va Islom moliyasi sohasidagi shariat tadqiqotlari xalqaro akademiyasi (ISRA) yorqin misol bo'la oladi. Malayziya sarmoya (kapital) bozori esa Osiyo miqyosida eng ilg'orlaridan biri hisoblanadi. Malayziyaning «sukuk» islom qimmatli qog'ozlarini (obligatsiyalari) birinchi bo'lib moliya bozoriga chiqarishi ham e'tiborga molik.

Tahlil va natijalar. 90-yillarning boshlarida islom moliyasi sohasi "tajriba maydoni"dan jahon moliya bozoriga e'tiborga loyiq, ammo hozircha juda yosh ishtirokchi sifatida chiqdi. Tabiiyki, bu bir qator muhim va qulay omillar sababli vujudga keldi. Jumladan:

• islom moliyasi g'oyasining xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilinishi;

• sohada bugungi kunda jahon moliya tili hisoblanuvchi ingliz tilidan foydalanilishi;

• islom banklari va moliyaviy imkoniyatlarining o'sishi va kengayishi;

• islom banklarida shar'iy kengashlaming paydo bo'lishi va гivojlanishi;

• turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar (idoralar) tashkil qilinishi;

• tijoriy bitimlar fiqhi masalasida ijtihodning faollashuvi va rivojlanishi;

• aksariyat muhim masalalaT bo'yicha to'гt mazhab huquqshunoslaгi o'rtasida umumiy qarashlarga erishilishi;

• islom moliyasi shartnomalarining an'anaviy sarmoyadorlar uchun ham tushunarli tarzda tuzilishi va xalqaro moliya / sarmoya (kapital) bozorlariga chiqilishi;

• islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlari va siyosiy yetakchilarining mavqeyi.

Islom moliyasi salohiyatini, hamda klassik islom moliyasi shartnomalarining chegaralangan imkoniyatlarini anglab yetgan jahon moliya tizimi namoyondalari hisoblanuvchi G'arbning qator yirik banklari, yuridik kompaniyalari va boshqa manfaatdor tomonlar zamonaviy talablar hamda xalqaro standart va amaliyotlarga javob beradigan murakkab islom moliyasi mahsulot va shartnomalarini yaratishga kirishdi.

Shu tariqa, islom bankchiligi taraqqiyotining uchinchi bosqichi - o'zgarishlar (tгanfsoгmatsiya) va yangi g'oya^ davгi (moslashuv davri desa ham bo'ladi) boshlandi. Xalqaro darajadagi bankchilaг va islom moliyasi tizimining jahon moliyasi tizimi bilan uyg'unlashuvi tarafdoгlaгi yuqoгi o'sish su^atlarini ta'minlash, shuningdek yangi moliya mahsulotlari yaratish maqsadida islom moliyasi fiqhi sohasi huquqshunoslari bilan yaqindan hamkorlik qila boshladi. Umumiy sa'y-harakatlar samarasi o'laгoq, 90-yillaming o'гtalaгidan boshlab mahalliy va jahon bozorlarida an'anaviy tizim bilan raqobatlasha oladigan murakkab islom moliyasi mahsulotlari davri boshlandi. Islom moliyasi bozori o'tgan as^a qaraganda ancha keng taгqaldi. Hozirgi paytda islom moliya institutlarining soni 700 dan ziyod. O'tgan asming 90-yillarida esa bu tizim yaqin Sharq va Malayziyada mavjud edi.

Hozirda esa bu tizim Yevropa davlatlarida ham tarqalmoqda. Islommoliya bozori rivojlanayotgan bozorning muhim qismini egallashga harakat qilayotgan ko'p sonli ishtirokchilar bilan parchalanib ketgan. Osiyo va Afrika kabi ba'zi mintaqalarda ko'plab mahalliy is^iro^M^ va ba'zi yirik is^n'okcM^ ishtirokida u o'гtacha darajada o'sib boгmoqda. Biгoq, GCC juda ko'p xalqaro ishtirokchilaming mavjudligi bilan yuqori raqobatbardosh bozordir. Bank Al-Rajhi, Dubay islom banki va Quwait House Finance'^ asosiy ishtiгokchilaгdandiг. So'ngi 10 yillikda islom moliyasining yillik o'sish suratlari 10-12%ni tashkil qilmoqda. 2016-yil yakuniga ko'ra, Islom moliya tizimi 2,293 trln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Kpewmnap OMOHamap/UHBecTuuviflnap

2012 2013 2014 2015 2016 2017 2023

Xulosa va takliflar. Islom moliyasi va Islom institutlari nafaqat yaqin Sharq va Malayziya balki boshqa musulmon davlatlarda va hatto amerikada hamfaoliyat yurita boshladi. Bularga misol qilib, AQSHJP Morgan, The bank of Whittier, American Finance House, Standart chartered Islamic Banking va singari tijorat banklari shariattalablariga amal qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yilda jahon islom bankining jami aktivlari qariyb 1,99 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. Global islom banki aktivlari va depozitlariumumiy qiymati o'sishda davom etishi prognoz qilingan ediva bu ko'rsatkichlar o'sishda davom etib kelmoqda. O'zbekison Markaziy Osiyoda joylashgan va aholi soni bo'yicha mintaqadagi eng katta davlat bo'lib, 90% aholisi musulmon va savodxonlik darajasi 99.9% ga teng.

Mamlakatimizning asosiy aholisi musulmonlarni tashkil qilsada shu vaqtgacha Islom moliyasiningrivojlanishi ancha past darajada.Buni katta xalqaro moliyaviy tashklilotlar (Islom Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya korporatsiyasi va b.) ham e'tirof etgan. 2019-yilda yurtimizda birinchi islomiy sug'urta kompaniyasi ish boshladi. MDH davlatlarida birinchi bo'lgan elektron-Murabaxa platformasi ishlab chiqildi. 2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida "O'zbekistonda islomiy mahsulotlar tahlili" bo'yicha o'kazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra kreditdan foydalanmaslikni asosiy omillardan biri diniy qarashlar bo'lib chiqdi va agarda Islomiy Banklar tashkil etilsa so'rovnomada ishirok etganlarning aksariyati bu muassasa xizmatlaridan foydalanishini ta'kidlagan.

Mamlakatimizda islomiy xizmatlarga talabning yuqoriligini inobatga olingan holda Islom Korporatsiyasining maslahat guruhi hozirgi kunda O'zbekistonning 6 ta tijorat banklarida, jumladan, Kapitalbank, Trustbank, Asia Allians bank, Agrobank, Qishloq Qurilish bank va Ipak yo'li banklarida Islom darchalarini (Islomiy moliya xizmatlari ko'rsatuvchi shaxobcha) ochish bo'yicha ishlar olib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. https://islommoliyasi.uz/uz/

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom bank ishi va moliyasi

3. https://www.biztv.uz/posts/ozbekiston-islom-moliyasi-sohasida-mdh-yetakchisiga-aylanishi-mumkin

4. https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/17/islamic-finance/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.