Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY IJTIMOIY SUG‘URTA QILISH'

ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY IJTIMOIY SUG‘URTA QILISH Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
83
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Baxtsiz hodisa / kasb kasalligi / ijtimoiy sug‘urta / sug‘urta badali / nogironlik / ish beruvchi.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Olmosova Munisa Sherxon Qizi

Ushbu ilmiy maqolada ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug‘urtalash mavzusi o‘rganilgan. Ushbu mavzuga oid bir qancha tahlillar o‘tkazilgan. Shuningdek, ishchilarni ijtimoiy himoyalashning asosiy tamoyillari batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY IJTIMOIY SUG‘URTA QILISH»

s#

Ws,

ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY IJTIMOIY SUG'URTA

QILISH

Olmosova Munisa Sherxon qizi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10586046

ARTICLE INFO

Received: 22th January 2024 Accepted: 39th January 2024 Online: 30th January 2024

KEY WORDS Baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, ijtimoiy sug'urta, sug'urta badali, nogironlik, ish beruvchi.

ABSTRACT

Ushbu ilmiy maqolada ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalash mavzusi o'rganilgan. Ushbu mavzuga oid bir qancha tahlillar o'tkazilgan. Shuningdek, ishchilarni ijtimoiy himoyalashning asosiy tamoyillari batafsil yoritilgan.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasini amalga oshirish uchun mablag'lar sug'urtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: sug'urta qildiruvchilarning sug'urta badallari; undiriladigan jarima va penyalar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar[1]. Sug'urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tarzida to'lanadi.

Sug'urta tovoni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanadi. Sug'urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasining maqsadlari uchun sug'urtalovchi tomonidan to'plangan pul mablag'lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda to'lanadi.

Sug'urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa uning oila a'zolariga yoki dafn marosimini o'tkazishni o'z zimmasiga olgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to'lanadi.

Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyati to'liq yoki qisman yo'qotilganda tayinlanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik pensiyasi ish stajidan qat'i nazar, tayinlanadi[2]. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik kelib chiqqan vaqt va nogironlik belgilab qo'yilayotgan muddat qonunchilikda o'rnatilgan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.

Sug'urtalangan shaxsga nogironlik guruhi tayinlansa, sug'urta to'lovi quyidagi tartibda amalga oshiriladi[3]: sug'urtalangan shaxsga I guruh nogironlik belgilansa - personal sug'urta summasining 100 % miqdorida; sug'urtalangan shaxsga II guruh nogironlik belgilansa -

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

personal sug'urta summasining 75 % miqdorida; sug'urtalangan shaxsga III guruh nogironlik belgilansa - personal sug'urta summasining 50 % miqdorida; sug'urtalangan shaxsning o'limi holatida sug'urta to'lovi miqdori personal sug'urta summasining 100 % ni tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi vafot etgan sug'urtalangan shaxsning qaramog'idagi mehnatga layoqatsiz oila a'zolariga qonunchilikda belgilangan tartibda to'lanadi. Bunda yoshidan va mehnat layoqatidan qat'i nazar, farzandlarga, ota-onadan biriga yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singilga pensiya, agar ular vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opasingillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta'tilda bo'lish huquqini beradigan yoshga to'lguniga qadar boqish bilan mashg'ul bo'lsa va ishlamasa, boquvchining qaramog'ida turgan-turmaganligidan qat'i nazar, tayinlanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi, shuningdek vafot etgan sug'urtalangan shaxsning qaramog'ida bo'lmagan otaonasiga va eriga (xotiniga) ham, agar ular keyinchalik tirikchilik uchun zarur mablag'lar manbaidan mahrum bo'lib qolgan bo'lsa, to'lanadi.

Har bir tashkilot tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalangan bo'lsa, to'lovlar sug'urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Lekin, sug'urta qilinmagan bo'lsa, ko'p holatlarda, sug'urta to'lovi (kompensatsiya pullari) ish beruvchi korxona mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda baxtsiz hodisani tekshirish bo'yicha komissiya tuziladi. 15 kun ichida baxtsiz hodisa sabablari tekshiriladi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, har bir jarohat olgan yoki jabr ko'rgan oilaga komissiya a'zolari tashrif buyurib, qonunchilik bo'yicha imkoniyatlari va huquqlarini tushuntirishi shart. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, uzog'i bilan 1 oy muddatda barcha to'lovlar amalga oshirilishi kerak. Agar, xodim baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo'lsa, bir martalik 6 yillik o'rtacha ish haqi to'lab berilishi kerak[4]. Qaramog'ida farzandlari bo'lsa, marhumning o'rtacha oylik maoshi ularning soniga bo'linadi hamda har bir farzandi 18 yoshga kirguncha to'lab boriladi. Agar, baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olgan bo'lsa, bir martalik to'lov bir yillik o'rtacha ish haqini tashkil etishi darkor. Bundan tashqari, mehnat qobiliyatini to'la tiklagunga qadar, to'lovlar foizlarda amalga oshiriladi. Ya'ni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik darajasi foizlarda TMEK tomonidan aniqlanadi. 30 yoki 40 foiz bo'lsa, o'rtacha maoshining shuncha miqdori sog'lig'i tiklangungacha yoki umrbod to'lab boriladi.

Har bir jarohat olgan yoki vafot etgan xodimlar bo'yicha bevosita nazorat olib boriladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Pensiya jamg'armasi, mabodo korxona tugatilsa, to'lovlar davlat zimmasiga tushadi va moliyalashtiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi 2020 yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019 yilga nisbatan 107 taga ko'pligini ma'lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo'lgan. 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar oshgan. 2020 yil davomida respublikada ushbu ko'rsatgich 607 tani (107 taga ko'paygan) tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar 500 ta bo'lgan[5]. Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok bo'lgan, 457 nafari og'ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan. Tarmoqlar kesimida sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar[6]:

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

sanoatda - 101 ta (oqibatda 23 nafar xodim vafot etgan va 80 nafari og'ir tan jarohati olgan); qurilishda - 82 ta (oqibatda 31 nafar xodim vafot etgan va 51 nafari og'ir tan jarohati olgan); qishloq ho'jaligida - 18 ta (oqibatda 12 nafar xodim vafot etgan va 15 nafari og'ir tan jarohati olgan).

Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 4014 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan 566 ta yozma ko'rsatma berilgan. Qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'ygani uchun 403 nafar mansabdorga nisbatan 4,149 mlrd. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanilgan. 63 ta holatda inspektorlarning tegishli xulosalari asosida aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Respublika bo'yicha kasb kasalligi hisobida turgan bemorlar soni 2019 yil 4716 kishini, 2020 yilda esa 4759 kishini tashkil etgan. 2020 yilda kasb kasalligi aniqlangan 43 nafar bemorning 40 nafari sanoatga to'g'ri kelgan.

Qayd etish joizki, agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalamagan bo'lsa, turgan gap, baxtsiz hodisani yashirishga urinadi. Bunning oldini olish uchun mehnatni muhofaza qilish sohasini ham raqamlashtirish kerak. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalashning asosiy maqsadi ishchilarni va ularning oilasini mehnat qilishga layoqatini yo'qotganda, nogironlikda ma'lum bir darajada (vaqtinchalik yoki doimiy) daromad bilan ta'minlash hamda jabrlangan ishchiga tibbiy va realibitatsion yordam berish hisoblanadi.

Ijtimoiy sug'urtaning bunday shakli: sug'urtalangan shaxslarning sug'urtalash masalalari borasida kafolatlanganligini; sug'urta sub'ektlarining mehnat qilish uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash va mehnat xavfsizligi masalalari bilan iqtisodiy qiziqishi, ishlab chiqarishda jarohatlanish holatlari va kasb kasallliklari bilan og'rish darajasini pasaytirishni; sug'urtalovchilarning sug'urta badallarini to'lash majburiyatlarini; kasbiy riskning turidan kelib chiqqan holda sug'urta badallari miqdorlarini hisoblab chiqishni; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug'urtalangan ishchilarni yollanma mehnatga jalb etayotgan barcha ish beruvchilarni sug'urtachilar sifatida ro'yxatga olish muhimligini aniqlab beradi.

Shu tariqa, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalash instituti sug'urtalangan shaxslarga kompensatsiya to'lovlari berish masalalaridan tashqari, shuningdek, ularga tibbiy va realibitatsion yordam ko'rsatish holatlarini ham qarab chiqadi. Bu kabi keng qamrovli himoya va profilaktik vazifalarni tashkil qilish - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalash institutlarining maqsadi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalash munosabatlarining sub'ektlari sug'urtalangan shaxslar (ishchilar), sug'urtalovchi va sug'urtalangan shaxslar, shuningdek, tibbiy va realibitatsiya tashkilotlari hisoblanishadi.

Ko'pchilik iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bu kabi ijtimoiy sug'urta institutlarini tashkil qilishning umumiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

- sug'urta badallarini faqat ish beruvchilar to'laydi, ularning ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar yuz berishidagi ayblari o'zlari tomonidan tan olinishlari kerak hamda xech qanday sudlar yordamida uni isbotlash talab qilinmaydi;

é

Ws,

- sug'urta to'lovlarining miqdori kompensatsiya to'lovlariga, tibbiy va realibitatsiya xizmatlariga ketgan to'lovlar asosida aniqlanadi. Bu xizmatlarga ketgan xarajatlar biror muassasa, korxona yoki biror kasb ishchilari (dengizchilar, uchuvchilar, konchilar) guruhida o'rganilib, bir necha yillar (5 yil yoki undan ko'proq) davomida olingan statistik ma'lumotlar asosida aniqlanadi. Bunda kasbiy risklarning darajasi va kelitrib chiqaradigan og'ir oqibatlarini ham hisobga olish kerak bo'ladi.

XMTning 1964 yildagi ishlab chiqarish vaqtida olgan jarohati uchun yordam puli berish haqidagi 121-sonli konvensiyasida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari, shuningdek, ish joyida sodir bo'lgan boshqa xil ko'ngilsiz voqealar tufayli ishchi sog'ligiga yetkazilgan zararlar uchun to'lovlar to'lash tamoyillari batafsil bayon etilgan. Shuningdek unda ishchiga yo'qotgan daromadi o'rninini ma'lum miqdorda qoplash maqsadida to'lovlar to'lash sxemasi, tibbiy va realibitatsiya xizmatlari turlari bayon etib berilgan. 121-sonli konvensiyada ishchilarni ijtimoiy himoyalashning quyidagi tamoyillari ham keltirilib o'tilgan:

1.Agar baxtiz hodisa ishlab chiqarish vaqtida yuz bergan bo'lsa, yordam puli olish huquqi hamma ishchiga birinchi ish kunidan boshlab to'lanadi;

2.Yordam pullarining miqdori mehnat yoki sug'urta stajining qanchaligiga, sug'urta badallarining to'langan davri va to'langanligi haqidagi dalillarga bog'liq holda belgilanmaydi. Demak, ishchi sug'urta badalini to'lashni amalga oshirmagan holatlarda ham, yordam puli olish huquqiga ega;

3.Ishchilar yordam pulini baxtsiz hodisalar yuz bergandan ancha vaqt o'tgach, o'zining nojo'ya ta'sirini ko'rsata boshlaganidan keyin ham, bu nojo'ya ta'sirlar o'z tasdig'ini topganidan so'ng ham olish huquqiga egadirlar. Masalan: asbest materiallari bilan ishlash, hattoki bu modda bilan ishlashni to'xtatagandan 20 va 50 yillar o'tgach ham, jiddiy nafas yo'li kasalliklariga (o'pka va mezotelioma raki) olib kelishi mumkin;

4.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari yuz berganda beriladigan yordam pullarning minimal miqdori: myehnat qilishga layoqatini vaqtinchalik yoki butkul yo'qotganda oylik ish haqining 60 foizi miqdorida bo'lishi lozim (odatda, bunday yordam pullarini oluvchilar turmush o'rtog'i va ikkita farzandi bor ishchilardir);

5.Boquvchisini yo'qotganda oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bo'lishi lozim (odatda bunday yordam pullarini oluvchilar ikkita farzandi bor beva ayollardir);

6.Davriy (muntazam) yordam pullari boquvchisini yo'qotish (marhumning umr yo'ldoshiga) va mehnatga layoqatini butunlay yo'qotish holatlarida beriladi;

7. Agar nogiron kishi doimiy yordamga yoki boshqalarning parvarishiga muhtoj bo'lsa, unga berilayotgan doimiy yordam pullari miqdori oshirilishi mumkin;

8.Doimiy yordam pullari berish shartlari mehnat qilishga layoqat va mavjud hayot tarzida ijobiy o'zgarishlar yuz bergan holatlarda qayta ko'rib chiqilishi, vaqtinchalik yoki butkul to'xtatilishi ham mumkin.

9.Ishchi ishga ketayotganda (uyi va ishxonasi oralig'idagi yo'lda) sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar, ishchilarni ijtimoiy himoya qilish nuqtai nazaridan, ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisa bilan tenglashtiriladi;

10.Kasb kasalliklarida beriladigan yordam puli ishchiga yoki ishchi vafot etgan bo'lsa, uning umr yo'ldoshiga to'lanadi.

é

Ws,

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug'urtalash tizimi XMT 194-sonli tavsiyasida keltirilgan kasbiy risklar shakllarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Kasbiy risklarning bunday ro'yxati kasb kasalliklari haqida zamonaviy axborotlar berish maqsadida muntazam ravishda yangilanib turiladi.

Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug'urtalashning muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi: ishchilarning sog'ligiga ziyon yetkazilganda va ularning mehnat qilishga layoqati yo'qolgan vaqtlarda, ularning daromadlariga yetgan moddiy zararni qoplash; moddiy resurslarni akkumulyasiya qilish (to'plash) va boshqarish; jabrlangan shaxslarga kompensatsiya pullari to'lash, tibbiy va realibitatsion xizmatlar ko'rsatish yordamida ularning kompleks himoyasini tashkil qilish; ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari oqibatida yuzaga keladigan kasbiy risklarni baholash va tahlil qilishni amalga oshirish; kasbiy risklarning yuzaga kelish ehtimolliklari va ular oqibatlarining og'irlik darajasini kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni qabul qilish.

Sug'urtalangan shaxs sog'ligini va mehnatga layoqatini yo'qotgan holatlarda unga oylik ish haqini yo'qotayotganligi uchun kompensatsiya to'lanadi va tibbiy xizmatlar olishi uchun harajatlar to'lab beriladi. Shuningdek, uning mehnatga layoqatini tiklash, mehnat qilishi va ishga joylashishi uchun yetarli shart-sharoit yaratishga yo'naltirilgan tibbiy, kasbiy va ijtimoiy realibitatsiyalar o'tkazish jarayonlari tashkil etiladi. Xuddi shunday sug'urtachi ham mutaxassislar yordamida kompensatsiya to'lovlari, tibbiy va realibitatsiya xizmatlari ko'rsatish orqali jabrlangan shaxslarning kompleks ijtimoiy himoyasini tashkil etadi.

Sug'urtachining yana bir vazifasi kasbiy jarohat va kasb kasalliklarining ommaviy kasbiy risklar omillarini ajratib ko'rsatish va tahlil etish hisoblanadi. Shu maqsadda sug'urtachilik mutaxassislari tarkibida yuqori malakali texnik inspektorlar va tibbiyot xodimlari shtatlari ham bor. Ular ish joyida va ishlab chiqarishda yuz bergan risklar sabablarini tizimli tekshirish ishlari bilan shug'ullanadilar. Texnik inspektorlar va tibbiyot xodimlari mashinalar hamda ish jihozlarini ishga tushirish va ishni tashkil qilish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalarini buzishga chek qo'yish maqsadida ish beruvchilarga ogohlantirishlar yozib berish huquqiga ega.

Sug'urtachilarning nazorat qilish vazifalariga quyidagilar kiradi: xavfsiz faoliyat yuritish qoidalarini qo'pol buzish holatlarida ish beruvchilar va ishchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash; ishlabchiqarishda baxtsiz hodisalar yuz berishidagi aybdor shaxslar o'z xodimlarini sug'urta himoyasiga olishdan qisman yoki to'liq rad etganida, ularni jazolash huquqiga ega.

Ish beruvchilar ishlab chiqarishdagi ishlash xavfsizligini buzganlarida ular uchun so'nggi chora - ular to'layotgan sug'urta badallari miqdorini oshirish hisoblanadi. Bu bilan ularga moliyaviy jihatdan zarar yetkaziladi va ulardan xavfsiz faoliyat yuritish borasida o'z fikrlarini o'zgartirishni talab etadi. O'z faoliyatida qo'pol xatoga yo'l qo'ygan ish beruvchilarga ta'sir etishning eng ma'qul jiddiy quroli - bu baxtsiz hodisalar yuz berganda, ishlab chiqarishdagi to'xtalishlardan ko'rilgan zararni qoplash borasidagi ularning iltimoslarini rad etishdir. Agar baxtsiz hodisa ish beruvchining e'tiborsiz munosabati tufayli yuz bergan bo'lsa, ishchiga yetkazilgan zararni qoplash uning o'ziga yuklatilishi, ish beruvchining boshqa bu kabi xatolarga yo'l qo'ymasligiga sabab bo'ladi.

Sug'urtachining kasbiy risklarni baholash va ularning sodir bo'lish ehtimolligini kamaytirish borasidagi profilaktik faoliyatining yana bir yo'nalishi korxona ishchilarida

é

Ws,

«antirisk» xulq-atovorni shakllantirish hisoblanadi. Buning uchun korxonalarda ish beruvchilar va ishchilarga kasbiy xavf-xatarlarning fizik, kimyoviy, biologik va psixologik tabiatini tushuntirish bo'yicha ishlar olib boriladi.

Ish beruvchilar va ishchilar xavfsiz mehnat qilish va potensial xavf-xatarlar talablarini, nafaqat, ma'muriy hamda nazorat choratadbirlari orqali, balki kasbiy risklarning sodir bo'lish tabiatini anglash, ishga bo'lgan o'zgacha ijobiy talab hamda ichki madaniyatning shakllanishi asosida ham to'g'ri qabul qiladilar.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 10 sentyabrdagi O'RQ-174-sonli «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida"gi Qonuni, 8-modda

2. https://www.lex.uz/docs/1390913.

3. https://uzbekinvest.uz/legal-entities/ishchilarni-ishlab-chiqarishdagi-bahtsiz-hodisalardanzhamoavij-sugurta-qilish 73.

4. https://kun.uz/71576672.

5. https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/.

6. https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.