jort^
gL
ISH YURITISH TERMINLARINI TIL KORPUSIDA SEMANTIK RAZMETKALASH (ANTONIM VA OMONIM ISH YURITISH
TERMINLARI MISOLIDA)
O'lmas Raxmatovich Saidov
Churchiq davlat pedagogika universiteti, O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri
saidov7 5 @umail .uz
ANNOTATSIYA
Fan-texnika va madaniyatning rivoj topishi, ijtimoiy-siyosiy aloqalarning tobora o'sib borishi o'zbek tili ish yuritish terminlari tizimida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ayni paytda, terminlarning turli jihatlarini aniqlashtirish masalasini yaqqol namoyon etmoqda. Terminologik tizimlarda antonimiya va omonimiya mavjud hodisa sanalib, ko'pgina tadqiqot mavzusi bo'lib kelgan. Terminologik birliklardagi ushbu hodisalarni to'g'ri tahlil qilish terminlarning lug'atlardagi izohlarining mukammallashishiga yordam beradi.
Kalit so'zlar: ish yuritish terminlari, izohli lug'at, terminologiya, terminosistema, antonimiya, omonimiya, lesik ma'no, lisoniy tizim, leksikografiya.
Ish yuritish terminlari antonimiyasi. Sohalar terminologiyasida qarama-qarshi ma'noli birliklar - antonimlarni aniqlash, ma'nolarni izohlash orqali soha tushunchalarini tizimlashtirish va ularning tizimdagi o'rnini belgilash mumkin bo'ladi. Antonimlarni belgilashdagi asosiy o'lchov - leksik ma'no, ya'ni so'zlarning zid ma'no bildirishidir. Til birliklarining o'zaro zid munosabatdagi ma'nolari asosida guruhlanishiga antonimiya deyiladi. Bu hodisa ikkita til birligi orasidagi munosabatga ko'ra yuzaga chiqadi.[1: 120]
Har qanday leksema antonimlik munosabatiga kirishavermaydi, chunki antonimlik munosabat biri ikkinchisining aksi bo'lgan voqelikni ifodalaydigan til birliklari o'rtasida mavjud bo'ladi.
O'zbek tilining izohli lug'atlarida berilgan ish yuritish terminlarida antonimlik hodisasida, asosan, affiksal, ba'zan leksik antonomlik holatlari ham kuzatiladi. Masalan, leksik antonimlar: lavozimga tayinlamoq - lavozimidan ozod etmoq, tasdiqlamoq - rad etmoq, ixtilof - kelishuv, demokratik tuzum - totalitar tuzum, rioya qilish - rioya qilmaslik, taraqqiyot - inqiroz kabilar. Izohli lug'atdagi ish yuritish terminlari ma'nosidagi zid munosabat ko'proq yasovchi vositalar yordamida yuzaga chiqariladi.
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
538
g
Ma'lumki, o'zbek tilida -siz, -no, -be, aksil-, g'ayri- affikslari inkor ma'noli so'zlarni yasaydi. Ushbu affikslar qo'shilgan so'z va shunday affikssiz asos o'zaro antonimlik munosabatida bo'ladi. Masalan: tenglik - tengsizlik, qonuniy - noqonuniy, qonuniy -g'ayriqonuniy, rasmiy - norasmiy, rasmiy - g'ayrirasmiy, legal - nolegal, davlat tashkiloti - nodavlat tashkilot, tijorat tashkiloti - notijorat tashkilot va boshqalar. Shunindek, antonimik munosabatdagi (-viy; -siz), (-bar; -be), (-li(k); -siz) affikslari orqali ham antonim juftliklar yuzaga keladi: partiyaviy - partiyasiz, barqarorlik -beqarorlik, vasiqali - vasiqasiz, ishli - ishsiz, hujjatli - hujjatsiz, layoqatli -layoqatsiz, malakali - malakasiz kabilar. Ish yuritish terminosistemasida antonimiya hodisasini o'rganish davomida ish yuritishda foydalaniladigan hujjat nomlarida o'zaro bir-biriga zid, qarama-qarshi ma'noli hujjatlar uchramasligi kuzatiladi.
Ish yurtish terminlari tizimida omonimiya. Ma'lumki, sohalar terminologiyasida omonimiya hodisasi ham kuzatiladi. Ilmiy manbalarda qayd etilganidek, omonimlar shaklan teng, ya'ni talaffuzi va yozilishi bir xil bo'lgan alohida leksik birliklar sifatida tan olinadi. Masalan: bog' (turli meva, gul va boshqalardan iborat maydon) - bog' (bog'laydigan narsa); ot (ism) - ot (ish hayvoni) va hokazo. [2: 75]
Terminshunos olimlar terminologiyadagi omonimlik umumadabiy omonimlikdan quyidagi jihatdan farqlanishini aytadilar:
- terminologiyadagi omonimlik omonimlarning bir ko'rinishidan, ya'ni so'zning ma'no taraqqiyoti, uning ko'p ma'noliligi natijasi sifatida yuzaga kelgan omonimlardan farqlanadi;
- terminologiyaga nisbatan omonimlik sistemalararo hodisa sifatida xarakterlanishi mumkin: ular yo turli terminologik sistemalarga oid terminlar bo'ladi yoki leksik-semantik usulda hosil bo'lgan, umumadabiy tildagi o'zlariga asos bo'lgan so'zlarga nisbatan omonimga aylangan terminlar bo'ladi. [3: 72]
O'zbek tilining izohli lug'atlarida ish yuritish sohasi doirasidagi terminlar ichida ko'p bo'lmasa-da, ominimlik hodisasi kuzatiladi. Jumladan:
AKSIYA I fr. action - qimmatbaho qog'oz] Aksiyadorlik jamiyati chiqargan qimmatbaho qog'oz...
AKSIYA II [lot. actio - harakat] Biror maqsadga erishish uchun qilinadigan ish, harakat. Diplomatik aksiya. [4: 65]
YIG'IM I Biror maqsad uchun xalqdan (xonadon boshiga yoki jon boshiga) olinadigan haq, pul yoki buyum; soliq...
October 20, 2023
g
g
YIG'IM II Bank va uning tarmoqlarida mijozlarga ko'rsatiladigan pul muomalasi xizmati uchun olinadigan haq. [5: 272]
KAPITAL I [nem. kapital < lot. capitalis - bosh, asosiy] 1 iqt. O'zini o'zi ko'paytirish uchun foydalaniladigan, o'z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari, moddiy mol-mulk va sh.k.). Sanoat kapitali. Savdo kapitali. Kapital bozori.
KAPITAL II Asosli ravishdagi, tubdan bo'ladigan; katta; ko'p mehnat va mablag' talab qiladigan. Kapital mablag'lar. Kapital va joriy ta'mir. [5: 316]
KREDIT I [lot. credit - u ishonadi] buxg. Kirim-chiqim daftarlarining chiqimlar, unadigan pullar yoziladigan o'ng tomoni; zid. debet.
KREDIT II [lot. creditum - qarz < credere - ishonmoq] Foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag'lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o'ziga tegishli pullarni hisoblab qo'yiladigan schyoti; qarz, nasiya, kredit; mablag', chiqarilgan pul. [5: 415]
NOMINAL I [lot. nominalis - nomi yozilgan] Qog'oz va tanga pullar, qimmatbaho qog'ozlar, mol va sh.k. ning belgilangan, ustiga yozilgan bahosi. Nominal bilan sotmoq.
NOMINAL II Belgilangan, yozib ko'rsatilgan (narx, baho, o'lcham va sh.k. haqida). Nominal baho. Nominal o 'Icham. Nominal ish haqi - pul shaklidagi ish haqi.
NORMATIV I [lot. normatio - me'yorlash, tartibga solish] Biron-bir ishni bajarish, dasturni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik va b. norma ko'rsatkichlari majmui.
NORMATIV II 1 Normalar yoki normativlar (q. normativ I) bilan belgilanadigan. 2 Normalarni belgilaydigan. Normativ grammatika. Normativ lug 'at. Normativ hisob. [6: 60]
SUVEREN I fr. souverain - oliy] Xalqaro huquqda: mustaqil oliy hokimiyat
egasi.
SUVEREN II 1 Suverenitetga, mustaqillikka ega bo'lgan; erkin, hur; mustaqil. Suveren davlat. 2 Oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi. [6: 578]
SUD I [qad. r. sud - ish; hukm] 1 Muayyan fuqaroviy (ayrim shaxslar yoki muassasa va tashkilotlar o'rtasidagi, shaxslar bilan muassasa va tashkilotlar o'rtasidagi) nizolarni hal qiluvchi hamda jinoiy ishlarni ko'rib chiquvchi - odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi... 2
[6:55]
Shunday organ joylashgan bino, xona, joy. 3 Shunday organ
October 20, 2023
g
g
xodimlari yoki sudyalar hay'ati. 4 Fuqaroviy yoki jinoiy ishning shunday organda ko'rilishi.
SUD II f - foyda, daromad; foiz] 1 esk. Foyda, naf. 2 Sudxo'rlar tomonidan qarzga berilgan pul evaziga olinadigan foiz. [6: 581]
ETIKET I fr.] Biror jamiyatda, ijtimoiy guruh va sh.k.da qabul qilingan o'zaro muomala qoidalari majmui. Saroy ahliga xos etiket. Diplomatik etiket. ETIKET II [r. - etiketka] kam. qo'll. ayn. etiketka. [7: 61] Sharhlarga e'tibor qaratilsa, yuqoridagi omonim ish yuritish terminlari so'z turkumi nuqtayi nazaridan bir so'z turkumi doirasida va turli turkum doirasida omonimlik hosil qilmoqda. Masalan, Aksiya I - Aksiya II; Yig 'im I - Yig 'im II; Kredit I - Kredit II; Sud I - Sud II; Etiket I - Etiket II kabi omonim leksema-terminlar bir so'z turkumi (ot so'z turkumi) doirasida hosil bo'lgan. Kapital I - Kapital II; Nominal I - Nominal II; Normativ I - Normativ II; Suveren I - Suveren II kabi omonim leksema-terminlar esa turli turkum doirasida (ot so'z turkumi va sifat so'z turkumi o'rtasidagi omononimlik) hosil bo'lgan.
O'zbek tilining izohli lug'atlaridagi ish yuritish terminlarining umumiste'moldagi so'zlar va boshqa sohaviy terminlar bilan shakldoshligi hodisasi ko'proq kuzatiladi. Xususan, Akkord I (musiqaga oid termin) - Akkord II ( ish haqi ma'nosida); Nota I fmusiqa notasij - Nota II (xalqaro hujjatj; Arz I (yozma, og'zaki shikoyat, murojaat) - Arz II (yer shari yoki uning bir qismi); Band I (umumiste'moldagi sop, tutqich, dasta ma'nosida) - Band II (modda, paragraf ma'nosida) - Band III (umumiste'modagi bog'lam, to'siq, g'ov ma'nosida) - Band IV (band qilmoq ma'nosida); Bank I (kredit-moliya muassasasi nomi) - Bank II (so'zlashuv tilida qimorda o'rtaga tikilgan pul ma'nosida); Bitik I (yozuv ma'nosida) - Bitik II (so'zlashuv tilida birikib bitib ketish ma'nosida); Davlat I (mustaqil mamlakat) - Davlat II (mol-mulk ma'nosida); Modda I (kimyoviy sohaga oid) -Modda II (rasmiy hujjatning bir bo'limi) kabilar.
Sohalararo omonimiya ish-faoliyatning turli sohalaridagi hodisa bo'lgani sababli jiddiy muammoni yuzaga keltirmaydi. Ularni oson bartaraf etish, ya'ni ularga aniqlovchi elementni qo'shish bilan omonimlikka barham berish mumkin: diplomatik nota - musiqiy nota; mustaqil davlat - mol-davlatli; kimyoviy modda -konstitutsiyadagi birinchi modda; akkord ish haqi - musiqiy akkord; hujjat bandi -belkurak bandi - ariqqa band qo 'yish - o 'rinni band qilish kabilar.
October 20, 2023
g
g
REFERENCES
1. Tursunov U. va boshq. Hozirgi o'zbek adabiy tili: Oliy o'quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari uchun darslik. - Toshkent: O'zbekiston, 1992.
2. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopedyasi, 2022.
3. Даниленко В.П. Русская терминология: опыт лингвистического описания. -Москва: Наука, 1977.
4. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. - Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti" Davlat unitar korxonasi, 2020. 1-jild. - 680 bet.
5. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. 2-jild. - Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti" Davlat unitar korxonasi, 2020. - 672 bet.
6. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. - Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti" Davlat unitar korxonasi, 2020. 3-jild. - 688 bet.
7. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. - Toshkent: "O'zbekiston nashriyoti" Davlat unitar korxonasi, 2020. 5-jild. - 608 bet.
8. Jummayevna, T. G. (2022). LYRICAL IMAGE OF THE PEOPLE IN THE WORKS OF KHAMZA HAKIMZODA. Confrencea, 7(7), 242-245.
9. Тогаева, Г. (2023). Тасаввуфга оид адабий-фалсафий царашларнинг матбуотда акс эттирилиши. https://uza.uz/uz/posts/tasavvufga-oid-adabiy-falsafiy-qarashlarning-matbuotda-aks-ettirilishi 476328
10. Irgashov, G. (2022). Nemis tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalar usullaridan foydalanish. «Мугаллим Х,эм Yзликсиз Билимлендириу» . Илимий-Методикалыц Журнал, 460-463.
11. Irgashov, G. (2021). Nemis tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalar usullaridan foydalanish. DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR, 1, 457-459.
12. Shirnazarova, Z. A. (2023). THE CONCEPT OF "INTERCULTURAL COMMINICATION" IN TE CONTEXT OF TODETY'S SOCIETY. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 174-179.
13. Raxmatov, F. (2022). МАНТЩ ИЛМИДАГИ БАЪЗИ АТАМАЛАР ТАЪРИФИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 400-412.
October 20, 2023