SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'ZBEK QARORLAR TILI TERMINLARIDA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGI (SINONIMIYA VA OMONIMIYA MASALASI)
Sadoqat Rasul qizi Rajabova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani
o'qituvchi sadoq atraj abova@mail .ru
ANNOTATSIYA
Har qanday matnda shakl va mazmun birligi yetakchi o rinni egallaydi maqolamizda ham aynan mana shu jihatni yoritib berishga katta e'tibor qaratilgan. Har bir matnni yaratar ekanmiz biz sinonim so'zlarni oz o'rnida matinga muvofiq birligini tanlay bilishimiz zarur. Ushbu jihatlarini tahlil qilayotganimizda, albatta, mavzu doirasidan kelib chiqqan holda har bir so'zning rasmiy uslubga mos keladigan turini va matnni mazmunini toliq yoritib bera oladigan shaklni tanlay olishimiz kerakligi alohida ta'kidlangan.
Kalit so'zlar: shakl, mazmun, sinonim, omonim, yuridik soha, polisemiya, Normativ-huquqiy, ma'muriy-hududiy tuzilma, sudning sayyor majlisi, odil sudlov, ehtimoliy huquq, farmoyish majlisi, obunachi, mualliflik huquqi...
KIRISH
Har bir xalqning terminlar tizimida shakl va mazmunning birligi hamda ularning mutanosibligi masalasi muhim o'rin tutadi. Chunki mazmun - obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning ongda aks etishi bo'lsa, shakl (nom) esa shu tushunchaning tashqi belgisi, ramziy ko'rinishidir. Shu bois tushunchalarga nom berishda terminlar qanchalik to'g'ri tanlansa va tushuncha bilan termin o'rtasida uzviy aloqadorlik qanchalik kuchli bo'lsa, termin tushunchani shunchalik aniq ifodalaydi.
Aksincha, tushuncha bilan termin o'rtasida bog'liqlik mavjud bo'lmasa, termin shu tushunchaning mohiyatidan kelib chiqib to'g'ri tanlanmasa, bu shu sohada kutilgan natijalarni bermaydi, turli xil chalkashliklarga olib keladi va, o'z navbatida, qonunlarning turlicha sharhlanishiga ham sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi qonunining 19-moddasida: "Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va terminlar ularning amaldagi qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qo'llaniladi", -deyiladi.
Qonun loyihalarini tuzishda bu vazifani amalga oshirish qonunshunosdan juda ham katta iqtidor va mas'uliyatni talab etadi. Shuningdek, yuridik terminlar, ularga
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
qo'yiladigan talablar hamda ularni qonun matnlarida ishlatish usullari haqida ham mukammal bilimlarga ega bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ilmiy adabiyotlarda terminlarga quyidagi eng muhim talablar qo'yiladi: 1) har qanday termin ona tilining qonun-qoidalari asosida yaratilmog'i lozim; 2) termin tushunchani to'g'ri va aniq ifodalashi kerak; 3) terminlar sinonimiyasi va omonimiyasiga yo'l qo'yilmaydi; 4) termin mumkin qadar ixcham va qisqaroq bo'lishi lozim.
Buning uchun yuridik terminlarni tahlil etuvchi mutaxassis yuridik bilimlar bilan birga o'z ona tilining fonetik, leksik-grammatik qonun-qoidalarini hamda terminlarga qo'yiladigan talablarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi lozim.
Ko'rinadiki, ilmiy adabiyotlarda terminlarga bir termin faqat birgina tushunchani ifodalashi lozimligi hamda bir tushuncha faqat bir nom bilan ifodalanishi zarurligi kabi muhim talablar qo'yiladi.
Shuning uchun har bir xalq o'z terminlar tizimini yaratayotgan paytda bu talablarga to'la rioya qilishga harakat qiladi. Lekin bu vazifaning murakkabligidan terminlardagi shakl va mazmunning birligi talabini to'la amalga oshirib bo'lmaydi.
Ayniqsa, uzoq yillar davomida mustamlakachilik siyosati asoratida bo'lishi natijasida tili kamsitilgan va hayotning barcha sohasida uni (tilni) to'la qo'llay olmagan xalq, o'z ozodligiga erishganidan keyin ham, uning terminlar tizimida, yuridik terminlarida bir qancha muammolar yig'ilib qoladi. Terminlar hayotning barcha sohasida keng qo'llanib, ularni ham vaqti-vaqti bilan ilmiy asosda tahlil etib turilmasa, shu sohaning tilida ayrim muammolar paydo bo'ladi.
Sh.Ko'chimov yuridik terminlarning shakl va mazmuni bilan bog'liq bunday muammolarni quyidagi uch guruhga umumlashtirib ko'rsatgan:
1. Yuridik terminlarda shakl va mazmunning o'zaro nomutanosibligi muammosi;
2. Bir huquqiy tushunchaning turli nomlar asosida yuritilishi muammosi (yuridik terminlarda sinonimiya muammosi);
3. Bir yuridik terminning xilma-xil yoki bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalashi muammosi (yuridik terminlarda omonimiya va polisemiya muammosi).1
Yuridik terminlarda shakl va mazmunning o'zaro nomutanosibligi muammosi. Har bir sohaning rivoji, taraqqiyoti bilan shu ixtisoslikka turli-tuman terminlar kirib keladi, aksincha, eskirgan terminlar esa iste'moldan chiqa boshlaydi. Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan bugungi kunda yuridik terminlarimiz ham o'z asl mohiyatini kashf etmoqda. Sobiq sho'rolar davrida o'zbek yuridik terminlariga e'tiborsizlik tufayli
1 Ky^HMOB ffl.ropngHK thïï Ha3apuacH Ba aM&mëTH. - T. 2013.- E.80.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
ayrim yuridik terminlarimiz huquqiy tushunchaning mazmunini noto'g'ri ifodalar, to'g'ri ifodalasa ham to'la mazmunini ochib bera olmas edi. Istiqloldan keyin yangi milliy-huquqiy tizim shakllanishi natijasida rus tilidan mazmunan emas, so'zma-so'z ko'chirilgan ko'pgina yuridik terminlarning munosib variantlari ishlab chiqilib huquqiy amaliyotga joriy etildi. Bunday terminlar jumlasiga ma'muriy-hududiy tuzilma, sudning sayyor majlisi, odil sudlov, ehtimoliy huquq, farmoyish majlisi, obunachi, mualliflik huquqi, gumon qilinuvchi, qilmish, qonun ustunligi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Boshvazir, vazir, vazirlik, hokimlik, davlat maslahatchisi, davlat kotibi, ichki ishlar idoralari, huquqiy tartibot, milliy-huquqiy tizim, milliy-huquqiy qonunchilik, o'zbek davlatchiligi kabi bir qancha terminlarni keltirish mumkin. Hatto, uzoq yillar davomida o'zbek yuridik tilida ishlatib kelingan, lekin mazmun va mohiyati shakliga to'g'ri kelmaydigan ayrim terminlarning munosib variantlarini ishlab chiqishga ham erishildi.
Bundan tashqari qonunlar tilida sinonimik hodisasi ham mavjud bo'lib, tilshunoslikda bu ijobiy holat sanalsada ammo terminlarda sinonimlik hodisasiga yo'l qo'yish salbiy hodisa sanaladi.
NATIJA
Tilimiz so'zlarga ayniqsa sinonimlarga boy til, buni Alisher Navoiy ham o'z asarlarida takidlab o'tgan. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, borliqdagi ayni bir predmet yoki hodisaning turli nom asosida yuritilishi sinonimiya hodisasi hisoblanadi. Masalan, osmon, gardun, falak kabi ya'ni bir predmet osmon falak, gardun ko'rinishida boshqa nomlar bilan atalmoqda. Ammo faqatgina uslubiy betaraf so'zgina termin sifatida foydalaniladi. Bu sinonimlik qatorida osmon so'zi uslubiy betaraf hisoblanadi.
Yuridik terminning so'zdan farq qiladigan eng muhim belgisi maxsus huquqiy tushunchaning faqat bir nom bilan yuritilishidir. Ya'ni, matematik til bilan aytganda, "bir tushuncha har doim bir nomga teng bo'lishi lozim". Aks holda, bir tushuncha bir nechta so'zlar bilan ifodalansa, bu holat shu terminning terminlik xususiyatiga zid hodisa hisoblanadi.
O'zbek tilidagi ko'pgina dastlab terminlar rus tilidan aynan tarjima qilinib qo'llanilganligi uchun terminlar sinonimiyasi keng ko'rinishga kelib qolgan.
2 2 KyHHMOB ffl.ropugHK thïï Ha3apuacH Ba aM&mëTH. - T. 2013.- E.81.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
подозреваемый гумон килинувчи.
гумондор,
гумонланувчи,
птубха остита олинган шахе
обороноспособность мудофаа кудрати,
мудофаа кобилияти,
мудофаа салохияти
охрана куриклаш,
мухофаза этиш,
химоя килиш
административное маъмурий мажбурлов,
принуждение маъмурий мажбурлаш,
маъмурий мажбур этиш
исполнитель ижро этувчи,
бажарувчи,
ижрочи
Yuqoridagi jadval Sh Ko'chimov ishlariga ta'luqli bo'lib buning yorqin isboti bo'lgan.
G.G'ulomova sinonimiya masalasiga to'xtalib quyidagi fikrlarni keltiradi.
"Terminlarning o'zaro munosabatida sinonimiya masalasi ham ko'ndalang bo'ladi. Chunki hozirgi o'zbek yuridik terminologiyasida ko'plab tushunchalar ikki va undan ortiq terminlar bilan ifodalab kelinmoqda. Tadqiqot obyektimizda sinonimlarning leksik sinonimlar va variantdorlik turlari, ayniqsa, tez —tez uchrab turadi.
Yuridik terminlar lug'atlari va qomuslariga murojaat etilganda leksik sinonimlar katorini ikkitagina emas, balki uchta va undan ortiq terminlar tashkil etganligini kurish mumkin:
a) sinish — kasodga uchrash, vasiylik — homiylik, qilmish — qidirmish, guvoh — shohid, vorislik — meros olish, merosxo'r — voris, kamomad — kam kelish;
b) tintuv — tintuv qilish — kavlab ko'rish — titkilab kurish, talonchilik — ug'rilik — mol— mulkini talab olish; oqlash — hakli deb topish -1 aybsiz deb topish; ko'rik — ko'rish — ko'zdan kechirish — tekshirib chiqish va b."3
Hozirgi kunda sinonimik tarzda parallel qo 'llanayotgan terminlar ham mavjud bo 'lib, ularning ayrimlari hali ham neologizmlik xususiyatini yo 'qotgani yo 'q. Masalan, kontrakt-shartnoma, korrupsiya - poraxo 'rlik, kredit - muddatli to 'lov, aksiya - qimmatli qog'oz va boshqa so'zlarni keltirishimiz. Bu so'zlar amalda parallel ravishda keng qo 'llaniladi. Bu terminlararo sinonimlik hodisasini namoyon qiladi.
Tilimizda omonimlik hodisasi bo'lganidik, yuridik terminlar qatorida ham bunday hodisalar uchrab turadi. bu hodisa juda salbiy hisoblanadi.
"...o'zbek milliy yuridik terminlarida omonimiya muammosini hal etish o'ta muhim vazifa bo'lib, bu yo'nalishga bag'ishlangan maxsus tadqiqot obyektlarini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq. Bunda barcha terminlar huquqning har bir sohasi bo'yicha
Fуломова Г. Узбек юридик терминалогиясининг истиклол даври тараккиёти. Афтореф.дис...филол.фан.ном.- Т. 2005. - Б.10.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
o'rganib chiqilib, so'ngra omonimiya hodisalari mavjud bo'lgan terminlarning muqobil variantlarini ishlab chiqish lozim".4
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qonunlar tilida sinonimlik, omonimlik hodisalariga yo'l qo'ymasligimiz zarur. Bu hodisalar qonun tili uslubiyatining buzilishiga olib keladi. Bu bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun ularning sonini ko'paytirmasdan yuridik tilga muvofiq keluvchi variantlarini ishlab chiqishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
1.Ш Кучимов. Хукукий нормаларни узбек тилида ифодалашнинг илмий-назарий муаммолари. Афтореф.дис...филол.фан.докю - Т.2004. Б.46.
2. Ш Кучимов Юридик тил назарияси ва амалиёти. - Т.2013. Б. 125.
3.Турахожаева.А. Мустакиллик шароитида узбек тили ижтимоий-сиёсий лексикасининг тараккиёти. Афтореф.дис...филол.фан.ном. - Т. 2012.- Б.27
4. Гуломова Г. Узбек юридик терминалогиясининг истиклол даври тараккиёти. Афтореф.дис...филол.фан.ном. - Т. 2005. - Б. 26
5. Узбек тилининг изошли лугати: 1-2-3-4-5жилдлар - Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2006.
4 Кучимов Ш.Юридик тил назарияси ва амалиёти. - Т. 2013.- Б.83.