Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “BILGA XOQON” ROMANI BADIIYATI'

ISAJON SULTONNING “BILGA XOQON” ROMANI BADIIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy roman / “Bilga xoqon” / ilk roman / tarixiylik va reallik / turk xalqi / tabg‘ach. / Historical novel / “Bilga Khagan” / early novel / historicism and realism / Turkish people / tabghach.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madaminova Dilnura Bahodir Qizi

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Bilga xoqon” asari haqida so‘z yuritiladi, shuningdek, “Bilga xoqon” romanining yaratilishi, badiiyligi, romandagi obrazlar, ramzlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ЛИТЕРАТУРА РОМАНА ИСАДЖАНА СУЛТАНА “БИЛЬГА КАГАН”

В данной статье речь пойдет о произведении народного писателя Узбекистана Исажона султана “Бильга-хакан”, а также будет проанализировано создание, художественность, образы, символы романа “Бильга-хакан”.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “BILGA XOQON” ROMANI BADIIYATI»

ISAJON SULTONNING "BILGA XOQON" ROMANI BADIIYATI Madaminova Dilnura Bahodir qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7843506

Annotatsiya : Ushbu maqolada O'zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning "Bilga xoqon" asari haqida so'z yuritiladi, shuningdek, "Bilga xoqon" romanining yaratilishi, badiiyligi, romandagi obrazlar, ramzlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar : tarixiy roman, "Bilga xoqon", ilk roman, tarixiylik va reallik, turk xalqi, tabg'ach.

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ЛИТЕРАТУРА РОМАНА ИСАДЖАНА СУЛТАНА

"БИЛЬГА КАГАН"

Аннотация: В данной статье речь пойдет о произведении народного писателя Узбекистана Исажона султана "Бильга-хакан", а также будет проанализировано создание, художественность, образы, символы романа "Бильга-хакан".

Ключевые слова: исторический роман, "Бильга Каган", ранний роман, историзм и реальность, тюркский народ, табгач.

ANALYZING A WORK OF LITERATURE : THE NOVEL "BILGA KHAGAN"

BY ISAJAN SULTAN

Abstract: This article will talk about the work of the people's writer of Uzbekistan Isajan Sultan "Bilga Khagan", as well as analyze the creation, artistry, images, symbols in the novel "Bilga Khagan".

Keywords: Historical novel, "Bilga Khagan", early novel, historicism and realism, Turkish people, tabghach.

KIRISH

O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklarining topilish tarixi, bu yodgorliklar yuzasidan XVIII-XIX asrlarda bo'lib o'tgan munozaralar, yodgorliklarning o'qilish tarixi to'g'risida jahon turkiyshunoslari, jumladan, o'zbek olimlari ham qator fikr-mulohazalar bildirganlar. Sharq sivilizatsiyasi tarixi, jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy takomilida O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklarining xizmati katta bo'lgan. Turkiy, xususan, o'zbek yozma adabiyotining yuzaga kelishi va rivojida Ikkinchi turk xoqonligi davrida yashagan Bilga xoqon, Kultegin, To'nyuquqlarning o'rni beqiyos. Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalari xoqon va ulug' sarkardalar xotirasiga o'rnatilgan oddiy bitiglar emas. U ulug' yo'lboshchining butun turkiy ulusga, kelajak o'g'il-qizlarga murojaati, o'gitlari, sabog'idir.

Turk xoqonligining yagona orzusi - tabg'ach davlati asoratidan xalos bo'lib, tinchlik va osoyishtalikka erishish, barqaror va poydor davlat barpo qilish edi. Bu singari davlatni barpo qilish uchun esa,birinchi navbatda, xalqning tafakkurini ozod qilish, sog'lom fikr egasi qilish lozim edi. Buning uchun tabg'achlarning makkorligidan zaharlangan, ma'naviy tubanlashgan turk xalqining ongini, dunyoqarashini tamomila o'zgartirish, o'zligini anglashi uchun to'g'ri yo'lni ko'rsatish kerak edi. Bu vazifani Bilga xoqon bajardi. U turk xoqonligining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotini izga soldi, "har yerda qolgani o'lib-tirilib yurgan edi". Bilga xoqonni "tangri yorlaqagani uchun, iste'dodi, baxti bor uchun " turkiy qavmlar xoqoni bo'ldi. Bilga xoqon qashshoq xalqni oyoqqa turg'azadi, qashshoq xalqni boy qiladi, oz xalqni ko'paytiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bilga xoqon bitigtoshi asrlar davomida qulab, ko'p zararlangani uchun voqealar izchil emas. Bititoshda, asosan, Bilga xoqonning taxtga o'tirishi, dushman qabilalarga lashkar tortib, ularni itoat ettirgani hikoya qilinadi. Jumladan, basmil, idiqut xalqi turkiy qavmlardan bo'lib. avval Turk xoqonligi tasarrufida bo'lgan, ammo Turk xoqonligiga "karvon yubormagani" uchun, Bilga xoqon bu qabilalarga hujum qilib, ularni yana itoat ettirgan. Voqealarni aniqlik bilan bayon qilish Bilga xoqon bititoshining diqqatga sazovor tomonidir. Voqealar ishtirokchisi ham, hikoyachi ham Bilga xoqon. Shu bois bu bitigtosh Kul tigin bitigtoshidan farqli ravishda tarixiy-qahramonlik dostoniga emas, balki memuar janriga mansub, deb qarash lozim. Yozuvchi Isajon Sulton ana shu toshbitiklar orqali yetib kelgan ma'lumotlar asosida "Bilga xoqon" romanini yozadi. Bu asar qadim ajdodlarimiz obrazini yaratish yo'lidagi dadil qadamlardir.

TADQIQOT NATIJALARI

Yozuvchi toshbitiklar orqali yetib kelgan ma'lumotlarni roman matniga mohirlik bilan singdirib yuborgan. Roman boshlanishidagi Ishbara yamtar va Bulut obrazlari turk buduniga xos bo'lgan qirralarni o'zida ifoda etgani bilan diqqatga sazovordir. Roman tarixiylik tamoyili asosiga qurilgan. Romanda Bilga xoqon obrazi yetakchilik qiladi.

Yozuvchi Bilga xoqon obrazini shunday tasvirlaydi:

"Bilga xoqon shunday ekan: O'mizi keng, ko'ksi qabariq, oq yuzi uzunchoq ekan. Yonog'i tekis, ko'zi qora, qoshi o'rtacha qalin ekan. Ikki qansharining chizig'i cho'zilib, jag'igacha tushgan, peshanasi keng, o'zi uzun bo'yli, kuchli kishi ekan";

"Bilga xoqon o'zg'ir, alp xoqon, kishilarning ichini o'yib, o'tday yondiradigan so'zlarini so'zlayverdi.."

".. .o'zi tugal, o'yi teran Bilga xoqon erlarini asradi, o'lmasin dedi..."

"Bilga degan birovi xoqon o'tirmish, bilmagani yo'qmish..."

Yozuvchi ham Bilga xoqon qiyofasini chizadi, ham uning siyratini chizadi, xatti-harakatini jonli tasvirlaydi, gap-so'zlaridagi jonli ohangni ifodalashga intiladi, xullas, Bilga xoqon obrazini tasavvur etib olishga imkon yaratadi.

Romanda To'nyuquq obrazini ham uchratasiz. U yurt tinchligi, mamlakat kuch-qudratini oshirish yo'lida ko'p yaxshi ishlarning boshida turadi, mamlakat ozodligi, xoqonlikning tiklanishi va el yurt chegaralarining kengayishiga munosib ulushini qo'shadi. Bitigda To'nyuquq qo'rqmas bahodir, ulug' yo'lboshchi sifatida gavdalanadi. Buni Inigach ko'l yoqasidagi savash, Yaris dashtida kechgan janglar ta'rifida ko'rishimiz mumkin.

MUHOKAMA

Mohir yozuvchi personaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida o'quvchiga ko'p narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, dialoglardagi personaj nutqi inson obrazining to'laqonli, jonli chiqishini ta'minlaydi. Misol uchun, rommandagi dialoglarni keltirsak:

" - Kishi nima uchun yaraladi? - deb so'radi u. Bir qarasang, pildirab yuradi, yolg'ondan ursang, g'ingshib yig'laydi. Keyin o'sib-uylanib, bola ko'radi. Ota-enasi qariydi, ularni boqaman deb ov qiladi, urushga kiradi. Keyin o'ziyam o'ladi...

- Yana nima qilsin? - deb so'radi Achun Kulug Tirig. - Boshqa qiladigan ishi yo'g'-u?

- To'g'ri, - dedi Ishbara. - Yana nimayam qilsin?"

" - Bilib qo'y, hoy budun ! Kishi o'g'li o'lgani tug'ilarmish. Bir Tangri yashagay. Bu kun, yo'qsa, erta baribir o'lajaksan! Shunga deyman: qo'rqma! Shoqoldayin ochlikdan o'lma! Sillang qurib cho'zilib yotma! O'lsang boshingni tik tutib o'l! Qolsang ko'ksingni kerib-kerib yasha!

- Yasha! Yasha! - deb hayqirdi budun."

Romanning "Bilga xoqon bitigi" qismida Bilga xoqon obrazini to'laqonli tasavvur qilishimiz uchun bitiktoshdan roman syujetiga mos tarzda parchalar keltirilgan:

"Unga o'zga bir tosh yasatdim, ichiga-tashiga bitik urdirdim. O'n o'q o'g'illari, o'zgalar, buni ko'rib-bilingiz! Mangu tosh o'ydirib yozdirdim. Ko'nglimdagi so'zimni yozdirdim. Ko'nglimdagi so'zim shudir: —Turkiydan qul bo'lmas! —Turkiydan qul bo'lmas! —Turkiydan qul bo'lmas! Shunday deb, Bilga xoqon ko'kka uchdi.

Inisi Kul Tigin ko'kka uchdi. Botir alplari, bahodir yigitlari birin-ketin ko'kka uchishdi. —Ishbara yamtarim, Uchun Kulug Tirigim, Uyuq Tarlaq, Yagan Silig beklarim, botir Kur Shadim, asov Tangriqutim ko'kka uchdi. Shundan so'ng, men - Bilga xoqon-da ko'kka uchdim. Suluv qizlarimdan, kelinlarimdan, qattiq o'g'illarimdan, kuyovlarimdan, qutlug' yer-suvimdan, yilqimdan, el-ulusimdan ayrilib, qayg'ulanib, o'zimcha ucha ketdim". XULOSA

"Bilga xoqon" romani qadim ajdodlarimiz obrazini yaratish yo'lidagi dadil qadamlardir. Turkiyaning Bursa shahrida Turk til qurumi, Turk davlatlari kengashi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Otaturk nomidagi madaniyat, tarix va til yuksak qurumi tomonidan o'tkazilgan "Tilda, fikrda, ishda birlik - turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari" tanlovida Isajon Sultonning "Bilga xoqon" romani g'olib bo'ldi. 2022-yilda «Factor Books» nashriyoti tomonidan kitob holida chop etilgan. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu asar va undagi qahramonlar kitobxonning fe'l-atvorini, dunyoqarashini, xatti-harakatini — ruhiy va tashqi olamini o'zligi bilan boyitadi, poklaydi va ezgulikka, insoniylikka yetaklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Isajon Sulton."Bilga xoqon" roman, qissalar va hikoyalar. Toshkent : Factor books nashriyoti, 2022.

2. Isajon Sulton nasri badiiyati: ilmiy maqolalar, taqriz, adabiy suhbatlar, maktublar/ to'plab nashrga tayyorlovchilar : G.Sattorova, M.Qo'chqorova. - Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017.

3. N.Rahmonov. O'zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). O 'quv qo 'llanma. - T.: Sano-standart nashriyoti, 2017.

4. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

5. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

6. N.Rahmonov. Mangu bitiktoshlar ilhomi: https://uza.uz/posts/25169.

7. A.Haydarov. Jur'at jasorat va ijodiy mahorat mahsuli: https://uza.uz/posts/287869

8. Q.Sodiqov. Toshni tiriltirgan bitiklar: https://yoshlikjurnali.uz/tadqiqot/toshni-tiriltirgan-bitiklar/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.