Научная статья на тему 'BADIIY ASAR TAHLILI: ISAJON SULTONNING “ABDUJABBOR” HIKOYASI.'

BADIIY ASAR TAHLILI: ISAJON SULTONNING “ABDUJABBOR” HIKOYASI. Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1915
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / badiiy asar mazmuni / tahlil va talqin / kontekstual va immanent tahlil. / художественное произведение / содержание художественного произведения / анализ и интерпретация / контекстно-имманентный анализ.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Madaminova Dilnura Bahodir Qizi

Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Abdujabbor” hikoyasi tahlil qilinadi, shuningdek, hikoyaning mohiyati, yozuvchi mahorati, obrazlar haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ АНАЛИЗ: ПОВЕСТЬ «АБДУЖАББОР» ИСАДЖАНА СУЛТАНА.

В данной статье анализируется рассказ «Абдуджаббар» Исаджона Султана, а также рассказывается о сути рассказа, писательских способностях, персонажах.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR TAHLILI: ISAJON SULTONNING “ABDUJABBOR” HIKOYASI.»

BADIIY ASAR TAHLILI: ISAJON SULTONNING "ABDUJABBOR"

HIKOYASI.

Madaminova Dilnura Bahodir qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7680971

Annotatsiya: Ushbu maqolada Isajon Sultonning "Abdujabbor" hikoyasi tahlil qilinadi, shuningdek, hikoyaning mohiyati, yozuvchi mahorati, obrazlar haqida so 'z boradi

Kalit so'zlar: badiiy asar, badiiy asar mazmuni, tahlil va talqin, kontekstual va immanent

tahlil.

ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ АНАЛИЗ: ПОВЕСТЬ «АБДУЖАББОР» ИСАДЖАНА

СУЛТАНА.

Аннотация: В данной статье анализируется рассказ «Абдуджаббар» Исаджона Султана, а также рассказывается о сути рассказа, писательских способностях, персонажах.

Ключевые слова: художественное произведение, содержание художественного произведения, анализ и интерпретация, контекстно-имманентный анализ.

ARTISTIC ANALYSIS: THE STORY OF "ABDUJABBOR" BY ISAJAN

SULTAN.

Abstract: This article analyzes the story "Abdujabbar" by Isajon Sultan, and also talks about the essence of the story, writing skills, characters.

Keywords: artistic work, content of artistic work, analysis and interpretation, contextual and immanent analysis.

KIRISH

Adabiyotning asosi, uni dunyoga keltiruvchi omil — hayotdir. U bitmas-tuganmas yaratish qudratiga, yangilanishga, o'sish va rivojlanishga qodir ekan, adabiyot ham unga mos holda shu qodirlikni o'zida mujassam etadi, u ham kamolot sari taraqqiy qilishdan, hayot baxshida etgan yangiliklarni kashf etishdan to'xtamaydi. Albatta, adabiyot bu vazifani inson ruhiyatining ma'naviyatga va ijtimoiy borliqqa o'zaro ta'sirini o'rganish, tadqiq qilish bilan amalga oshiradi. Chunki ma'naviyatsiz ijtimoiy borliqni, ijtimoiy borliqsiz insoniyatni tasavvur qilish mumkin emas. Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuli o'laroq dunyoga keladi. Ya'ni borliqdagi muammolar insonni o'ylatadi, tashvishga soladi. Ijodkorning o'sha muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo'l uradi. Yozuvchi Isajon Sulton ham "Abdujabbor" hikoyasida yashashda davom etayotgan oddiy bir insonning o'y-xayollarini, keksayganda anglab yetgan haqiqatlarini sodda va ta'sirli tarzda tasvirlagan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo'llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog'liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun-mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin muhim ahamiyatga ega. Tahlil atamasi, odatda, ilmda «analiz» deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o'rnini o'rganishni ko'zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, «uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas» degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o'qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o'qish tushuniladi. Bu xil o'qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni

qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganadi.

"Abdujabbor" hikoyasi. Hikoya "Qishloqdan chiqib, katta yo'ldan o'ngga burilasiz, yura-yura o'ngga burilib boraversangiz, kimsasiz dalalar bag'rida yolg'iz shiypon oqarib ko'rinadi..." deya boshlanadi. Hikoya Abdujabor tilidan aytiladi (buni hikoya so'nggida bilib olishimiz mumkin:

"...- Isming ne, qayoqdan kelmoqdasan, ey inson bolasi?

Ichim yorug' olamdagi chek-chegarasiz iztiroblar, men ko'rgan ozorlar, o'zimgagina xos toza sevinchlar, armonlar bilan limmo-lim, balki shunday javob berarman:

- Yorug' dunyodan... Ismim - Abdujabbor...).

TADQIQOT NATIJALARI

Hikoya davomida bosh qahramon hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida emas, uning ruhiyatidagina burilishlar, o'zgarishlar sodir bo'ladi. Abdujabborning ruhiy holati, fikrlari sodda, o'z o'rnida, mukammal tarzda ifodalangan. Jumladan, " Har kimning o'z ziyoratgohlari bo'ladi. Aziz xotiralar o'sha yerda uyg'onadi", "Bu yerda mening yana bir ziyoratgohim bor. U - daryo qirg'og'i ustiga qurilgan osma ko'prik", "Bilmadim...Qalbda ham kuz hukm surayotganday...", "Orzular don-dun tergan qushlarday uzoqlarga uchib ketishgan. Bir ikkitasi esa dasht mushugiga o'xshaydigan kishilarga yem bo'lgan..", "Qiziq bugungi kunda men qanchalar bor ekanman? Kimlar bilandir so'zlashaman, qanaqadir yumushlarga urinaman...ammo yo'qdayman! Ruhim, qalbim bularning hech biri bilan emas. Kundalik ishlarni aqlim bilan hal qilaman, ruhim esa, kim bilsin, qayerlarda tentiraydi?".

Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok etilayotgan narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan bo'ladi. Shunga ko'ra, badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar nuqtai nazaridan tushuniladi. Badiiy asar mazmunini so'zlab berish mumkin emas. Buni hatto muallifning o'zi ham uddalay olmaydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish mumkin emas». Odatda, amaliyotda «mazmunni so'zlab bering» deyilganda, uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushtiruvchi muhim unsur — fabula so'zlab beriladi.

Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun-mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi «obrazlar tili»ni «mantiq tili»ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. Oddiy o'quvchidan farqli ravishda, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. "Abdujabbor" hikoyasini o'qigan birorta o'quvchi hikoya Abdujabbor ismli shaxsning o'ylari ifodalangan deb talqin qilsa, yana bir boshqa o'quvchi esa, qari tol daraxtini obraz hayoti bilan o'xshashligi bor deya talqin qiladi.

MUHOKAMA

Badiiy asar tahlilida kontekstual va immanent tahlil tushunchalari ham mavjud. Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo'l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o'quvchiga o'z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o'laroq, oddiy o'quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi(shu bois ham o'quvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud).Demak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, -ikkisining ham o'z o'rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir

XULOSA

Keltirilgan ushbu misollardan xulosa chiqarish mumkin: yozuvchi doimo hayotdan, hayotdagi fakt va hodisalardan turtki oladi. Adabiyot hayotning in'ikosidir. San'atkor to'g'ridan-to'g'ri hayotni tasvirlamaydi, balki muayyan g'oyaviy-badiiy maqsad asosida hayotni qayta yaratar ekan, xuddi ana shu maqsadning bir butunligini, maftunkorligini ta'minlashga qodir bo'lmagan keraksiz va foydasiz fakt va hodisalardan voz kechadi, eng xarakterli, zaruriylarini tanlaydi, saralaydi, o'zida (xotirasida, qalbida, zehnida, tajribasida) borini qo'shadi. Eng asosiysi, hayotga haqiqatan o'xshash qilib, bo'lishi mumkin bo'lgan olamni yaratadi. Mana shu haqiqatda adabiyotning mohiyati yaqqol ko'zga tashlangani uchun yana bir bor ta'kidlaymiz: san'atkor (adabiyot) hayotni asos qilib oladi, uni salohiyatiga moslab bichib-to'qib, qaytadan tiklaydi, hayotga o'xshash qilib, hayotda bo'lishi mumkin bo'lgan, to'qilgan, mubolag'ador badiiy olamni yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Isajon Sulton."Bilga xoqon" roman, qissalar va hikoyalar. Toshkent : Factor books nashriyoti, 2022.

2. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T. : A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.