Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA BADIIY ASAR POETIKASI'

ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA BADIIY ASAR POETIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1072
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ohang / tahlil / san’atkor / persanaj / hikoya qilish / sujet.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Amonova Shaxnoza Abdialimovna

Poetika so‘zi yunoncha bo‘lib, san’at, badiiyat ma’nosini аnglаlаdi. Вadiiy аsаr роеtikasi dеgаndа, biz avvalo, uning san’atga xos xususiyatlari, badiiy оlаmini tushunamiz. Abdulla Qodiriy asarlarida poetikani qo`llanishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY ROMANLARIDA BADIIY ASAR POETIKASI»

Amonova Shaxnoza Abdialimovna

Chirchiq Pedagogika Universiteti gumanitar kafedrasi o'zbek tili va adabiyoti fakulteti 2 kurs magistranti https://doi.org/10,5281/zenodo,7480476

Annotatsiya: Poetika so'zi yunoncha bo'lib, san'at, badiiyat ma'nosini anglaladi. Badiiy asar poetikasi deganda, biz awalo, uning san'atga xos xususiyatlari, badiiy olamini tushunamiz. Abdulla Qodiriy asarlarida poetikani qollanishi.

Kalit so'zi: ohang, tahlil, san'atkor, persanaj, hikoya qilish, sujet.

Badiiy asarning tuzilishi, sujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlari, hikoya qilish yo'sini, ifoda tarzi, tasvir usullari va vositalari, ohangi — bularning barchasi asar poetikasini tashkil etadi. Ijodkorning san'atkorligi, o'ziga xosligi birinchi galda uning poetik ixtirosi, mahorati bilan belgilanadi. Qolaversa, har bir chinakam san'at asari badiiy jilolari bilan ajralib turadi, biri ikkinchisini aslo takrorlamaydi. Bu jihatdan Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari g'oyat ibratlidir. Adibning «Uloqda», «Jinlar bazmi» hikoyalarini eslang. «Uloqda» hikoyasida qalamga olingan voqealar ayni hayotdagidek jonli gavdalantirilsa, «Jinlar bazmi»da g'aroyib xayoliy hodisalarning shohidi, ishtirokchisiga aylanasiz. «Kalvak Maxzum» va «Toshpo'lat tajang» — har ikkisi ham hajviy asar, biroq ulardagi tasvir usuli, kulgi bir-biridan farq qiladi; «Kalvak Maxzum»da istehzo, kinoya~~,kesatiq ustun bo'lsa, «Toshpo'lat tajang»da kinoya bilan birga hazil, hajviy personajga nisbatan qandaydir xayrixohlik ham mavjud. Yozuvchining uch yirik asari — «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» bamisoli bir-biriga mutlaqo o'xshamaydigan mahobatli uchta san'at koshonasiga yoxud musiqa — kuyga o'xshaydi. Darhaqiqat, «O'tkan kunlar»ni o'qiyotganda ham vazmin, ham mungli, ham nurli tuyg'ularga to'la shashmaqom kuylarini tinglayotganday bo'lasiz; «Mehrobdan chayon» mutolaasi paytida esa qandaydir nafis, sho'x-shiddatkor, dilbar xalq qo'shiq^lar, sadolari qulog'ingiz ostida jaranglab turganday bo'ladi. «Obid ketmon»da esa, bir oz «dag'al» —jaydari, hazil-mutoyibalarga, kinoya-qochiriqlarga yo'g'rilgan xalq laparlari sadolari yangrayotganday tuyuladi. «Mehrobdan chayon»da ham xon o'rdasi, ham quyi tabaqa odami Anvarning bosh qahramon qilib olinishi bejiz emas. Anvar orqali, bir tomondan, o'rdadagi mojarolar, xon oilasi turmushi, ikkinchi tomondan, oddiy mehnatkash, ziyolilar hayotini ko'rsatish imkoniyati tug'iladi. G'alamislar qutqusi tufayli Anvar sevgilisi Ra'noning xonga unashtirilishi vaziyatni keskinlashtiradi. Shu jarayonda romandagi barcha personajlar bisoti - ularning kimligi namoyon boia boradi. Mana shu chigal hodisalar tasviri, talqinida adibning asar qurilmasini,

qiziqarli sujet chiziqlarini yaratish, xarakterlami ochish, til — tasvir bobidagi ustaligi, tasvirning esa benihya seijilo, ta'sirchanligi namoyon bo'ladi. Shoirona liro-romantik, kinoya-kesatiqlar, hazil-mutoyibalar bilan yo'g'rilgan ifodalar asarga ajib bir ruh baxsh etadi. Yozuvchi romanda, hatto tarixiy ma'lumotlarni ham san'atkorona tarzda beradi. Mana shular tufayli «Mehrobdan chayon» noyob san'at durdonasiga aylanadi.

Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar haqida. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari.

Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qoTlanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog'liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallan har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uní qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi cfrnini o'rganishni ko'zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o'qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o'qish tushuniladi. Bu xil o'qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganadi.

Talqin atamasini biz "interpretatsiya" istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng ma'noda "talqin" scTzi o'zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h. ) mazmunini anglash, uni malum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o'zigina emas, tushuntirish hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o'tmish ilmida "talqin" so'zining ma'nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.

Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o'quvchi badiiy asarni tushundi" degani, mohiyatan, "o'quvchi asarni o'zicha talqin qildi" deganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy cTquvchi ham tushuaish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so"zlarini va h.), ularning

o'zaro mazmuniy aloqalarini tasawur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, konkret badiiy asar turli o'quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o'quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechogTi turfa bo'lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro (javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo'ladi. Bu yadro esa — badiiy asarning o'zi, badiiyat hodisasini o'zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo'ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektív ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o'rinda talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning o'zaro aloqalarini yetarli tasawur qilolmasa, uning talqini subyektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adábiyotning obrazlar orqali fíkrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e'tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkoming assotsiativ fíkrlashi mahsuli oTaroq yaratügan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt ongidagina (ya'ni, uning ham assotsiativ fíkrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo'ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o'quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma'noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o'qish va uqish demákdir.

Yuqoridagilardan ma'lum boladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo'sh, "asarni tushunish11 deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga ko'ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o'rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o'rganish (immanent tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib boTmaydi, bu o"rinda "oraliq" mavqening egallangani, har ikki yo'sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko'zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani to'g'riroq bo'ladi.

Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o'rganuvchi soha — germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo'sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat

bu o" rinda immanent tahlil "kontekst" tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda "kontekst" tushunchasining ko'lami kengayib boradi (konkret asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr shart-sharoitlari", "muallifiiing ijodiy merosi", "asar yaratilgan davr adabiyoti", "milliy adabiy an'analar" kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga ycTl ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o'quvchiga cTz mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o'laroq, oddiy o'quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham cTquvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o'quvchilar uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta'sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o'zinigina taniydilar, uning o'zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning barí muhim, chunki asarni taríxiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga ham bilvosita ta'sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta'sir qilishga urinishning esa adábiyotga ziyon keltirishi ehtimoli ko'proq. Buni qanday tushunmoq kerak? Gap shundaki, o'zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy asar turli talqinlarga duch keladi, zero, har bir konkret davr uning mazmun qatlamlaridan birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy o'qish imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy asarning hali hech kirn e'tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali hech kim ilg" amagan voqelik bilan aloqalarini ko'rishga qobillari har vaqt bo'ladi. Agar biografik yoki boshqa xil metodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni yagona, eng to'g'risi deb bilib, shu talqinni barcha o'quvchilarga singdirmoqchi bo'lsak, bu bilan ijodiy o'qish imkoniyatlarini cheklagan, badiiy didga jiddiy zarar yetkazgan bo'lib chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho'ro davrida yozilgan asarlarning o "sha davrda amalga oshirilgan talqinlari o'rinlashib qolgan. Bu esa davr adabiyoti haqida muayyan tasawur, munosabatga asos boladiki, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to'g'ri deb bo'lmaydi. Demak, talqinlar yangilanishi zarur. Zero, adabiyotshunosning vazifasi ham mavjud talqinlarni bilish emas, balki ularga tayangan (ularga ba'zan qo'shilib, ba'zan inkor etib) holda asarni bugungi kun nuqtayi nazaridan talqin qilish va baholashdir. Xulosa qilib aytsak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, faqat har ikkisining ham o z o'rni, vazifasi va maqsadi tayinli ekanligini unutmaslik darkor.

Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodiari haqida gapirish mumkin bo'ladi.

Sotsiologik tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o'rganishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlartiing ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bogliq muammolarni o'rganishda ham sotsiologik yondashuv asos vazifasini o'taydi. Sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo'yishlik, unga ayricha e'tibor berishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho'ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo'ladi. Masalan, sho'ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko'rinishlari ayni shu metodning mavqeini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida shu metodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar keyincha ularning mualliflarmi qatag'on qilish uchun dastakka aylandigina emas, o'quvchi ommani o'sha ijodkorlarni "xalq dushmani", asarlarini "zararli" deb tushunishga tayyorladi.

Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asarni milliy madaniy an'analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o'rganishga qaratilgandir. Ma'lumki, badiiy asar madaniy-adábiy an'analar zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin namoyon boTadi, anglashiladi. Masalan, ChoTponning qator she'rlari borki, ularning mazmun mohiyati mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasawuf she'riyati kontekstidagina o'zining ramziy ma'nolarini ochishi, tushunilishi mumkin boTadi. Yoki "OTgan kunlar"dagi bir qator xususiyatlar (Otabekning oshiqligi sahnalari, sujet motivlari, maktublar va h. ) folklor va mumtoz dostonchilik an'analari zaminida yetishgani shundoq ko'zga tashlanadi. Mazkur yondashuv badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash imkonini beradi.

Qiyosiy metod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni ko'zda tutadi. Konkret asarni o'tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o'zi mansub adabiyotda yaratilgan asarga qiyoslab tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik, asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an'ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasawur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta'sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy "Xamsa"larini qiyosiy tahlil

qilish har ikkala san'atkorning ijodiy o'ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o'ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini beradi.

Biografik metod badiiy asami muallifining hayot ycTli kontekstida cTrganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o'rinlar muallif biografîyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko'ra, biografik metod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A. Qahhorning "O'g'ri" va "Dahshat" hikoyalari o'tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, cTsha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning qanchalik samarali bo'lishi ko'p jihatdan tadqiqotchi qo'l ostidagi biografik materialga bogliq bo'lib qoladi. O'zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan qollanilmay kelayotgani ayni shu narsa — biografik materialning yetarli emasligi bilan izohlanadi.

Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini cTrganishni maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish ycTlini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va shu kabilarni chuqur o'rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-genetik yondashuv samara bilan qo'llangan tadqiqotlardan bin sifatida R. Qo'chqorning A. Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko'rsatish mumkin.

Yuqoridagi metodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o'rganishga qaratilgan bo'lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham taTddlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo'llanadi, ya'ni tadqiqotchining tahlildan ko'zlagan maqsadiga bog'liq ravishda metodlardan biri yetakchi bo'lib, qolganlari uni to'ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontekstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanent tahlil metodlaridan ham o'rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Immanent tahlil metodlari sifatida struktural, stilistik va semiotik metodlarni ko'rsatish mumkin. Struktural metod badiiy asarning ichki qurilishi, undagi qismlar va ularning o'zaro aloqalari, qismlarning butunlikka birikish yollarini, xullas, asarning tashkillanishini o'rganadi. Bu o'rinda tadqiqotchi badiiy matnning tashkillanishini (bunda tahlil ko'proq tilshunoslik aspektida boTadi) yoki badiiy voqelikning tashkilanishini diqqat markaziga qo'yishi mumkin bo'ladi. Stilistik tahlil matnning uslubiy o'ziga xosligi, til unsurlari vositasida badiiy informatsiyaning qanday yetkazilayotgani, qollangan uslubiy vositalarning fiinksionallagi kabi

masalalarga diqqatni jalb etadi. Semiotik yondashuvda badiiy asarga belgilar tizimi, badiiy obrazga esa belgi deb qaraladi, shu bois semiotik tahlil badiiy asardagi obraz-belgilarning ma'no qirralarini o'rganishni maqsad qiladi. Tahlilning bu usuli ramziylik darajasi yuqori boTgan asarlar talqinida, ayniqsa, samaralidir.

Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog'i, uning ijtimoiy mavjudligini, shuningdek, adabiy jarayonning muayyan muammolari, kitobxonlar ommasining qiziqishlarini o'rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlaridan ham foydalaniladi. Ijodkorlar yoki o'quvchilar orasida sotsiologik so'rovlar o4kazish, matbuot sahifalarida o'tkaziluvchi so'rovlar, ayrim masalalar bo'yicha tashkil etiluvchi davra suhbatlari, alohida asarlarga bag'ishlangan kitobxonlar anjumanlari bunga misol qilinishi mumkin. Shuningdek, konkret asarning ijtimoiy hayotini o'rganishda u haqda yaratilgan tanqidiy asarlarni o'rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon"ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari - ,,xon zamonlari" davridagi о'zboshimchaliklarni ko'rsatishga qaratilgan boTsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon" deb atash, ziyoli ulamolami qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh - sajdagohdan chiqqan, o'sha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgo'y, e'tiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Ra'noning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutug'i, kashfiyoti sifatida e'tirof qilingan.

Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to *ngyuz xona qilishgЪ hozirlang^an biz itlar Yaratguvchning qahrigxa albattayo liqamiz!

Abdulla Qodiriy

(' 'О Чкап kunlar * ' dan)

Osmondan ofat yog di - qahraton fasl boshlandi. Tuflash uchun og'iz ochilsa -bas, til ham tunglab qoladi. Qoshlaru kipriklarni, mo'ylovlaru saqollarni oppoq qirov bosadi. Qaboqlaru dudoqlar, saqoqlaru buqoqlar muzlaydi. Burunlaru yanoqlarni ushuk urardi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Каримов X. Адабиёт назариясининг илмий асослари. - Т.: Янги нашр, 2010.

2. Назаров Б. Узбек адабий танвдци тарихи. - Т.: Тафаккур каноти, 2012

3. N. Boqiy. Arzón kitoblari nashtiyoti, 2021

4. Raxmatulloh Nosir. Olam yuzin obod qil. Toshkent: 2004-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.